Научная статья на тему 'ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO‘NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI'

ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO‘NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
201
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilmiy-tajriba stansiyasi / Fudji / ko‘chatlar / standart ko‘chatlar. / Experimental Station / Fuji / seedlings / standard seedlings.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, Furqat Hasanov

Bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot institutlariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda ularning bugungi ahvoli va salohiyatini bilish, kelajak rejasini tuzishning muhim jihati hisoblanadi. Biz bu tadqiqot ishimizda Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasining oxirgi uch yilda ko‘chatchilik sohasida amalga oshirilgan ishlarini statistik tahlil qildik. Qilingan tahlil natijasiga ko‘ra, bu tajriba stansiyasida asosan uzum ko‘chatlari yetishtirilib bundan tashqari olma, o‘rik, olxo‘ri va shaftoli ko‘chatlarining ham salmog‘i biroz yuqoriligi kuzatildi. Uzum ko‘chatlari 2019 yilgiga nisbatan 2021 yilda qisman o‘sganligini kuzatdik. Olma ko‘chatlarida esa 2020 va 2021 yillarda Fudji, Pink Ledi va Flamingo kabi navlarning ko‘chatlari ham yetishtiriliayotganli ma’lum bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL OBSERVATIONS OF THE EXPERIMENTAL STATION IN RECENT YEARS

Today, special attention is paid to research institutes in our country. To this end, knowing their current situation and potential is an important aspect of making a plan for the future. In this study, we statistically analyzed the work of the Charkhin Experimental Station of the Research Institute of Horticulture, Viticulture and Enology named after Academician M. Mirzayev in the field of horticulture over the past three years. According to the results of the analysis, grape seedlings were grown mainly at this experimental station, and the share of apple, apricot, plum and peach seedlings was slightly higher. We have seen a partial increase in grape seedlings in 2021 compared to 2019. Apple seedlings will be grown in 2020 and 2021, as well as Fuji, Pink Lady and Flamingo.

Текст научной работы на тему «ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO‘NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI»

ILMIY-TAJREBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK

KUZATUVLARI

Alisher Botirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

alikhan87 .as47@mail .com

Baxodir Ochilov

Akademik M.Mirzayev

nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-

tajriba stansiyasi [email protected]

Furqat Hasanov

Akademik M.Mirzayev

nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-

tajriba stansiyasi dovulgulzorl [email protected]

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot institutlariga ham alohida e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda ularning bugungi ahvoli va salohiyatini bilish, kelajak rejasini tuzishning muhim jihati hisoblanadi. Biz bu tadqiqot ishimizda Akademik M.Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasining oxirgi uch yilda ko'chatchilik sohasida amalga oshirilgan ishlarini statistik tahlil qildik. Qilingan tahlil natijasiga ko'ra, bu tajriba stansiyasida asosan uzum ko'chatlari yetishtirilib bundan tashqari olma, o'rik, olxo'ri va shaftoli ko'chatlarining ham salmog'i biroz yuqoriligi kuzatildi. Uzum ko'chatlari 2019 yilgiga nisbatan 2021 yilda qisman o'sganligini kuzatdik. Olma ko'chatlarida esa 2020 va 2021 yillarda Fudji, Pink Ledi va Flamingo kabi navlarning ko'chatlari ham yetishtiriliayotganli ma'lum bo'ldi.

Kalit so'zlar: Ilmiy-tajriba stansiyasi, Fudji, ko'chatlar, standart ko'chatlar.

STATISTICAL OBSERVATIONS OF THE EXPERIMENTAL STATION IN

RECENT YEARS

ABSTRACT

Today, special attention is paid to research institutes in our country. To this end, knowing their current situation and potential is an important aspect of making a plan for the future. In this study, we statistically analyzed the work of the Charkhin Experimental Station of the Research Institute of Horticulture, Viticulture and Enology named after Academician M. Mirzayev in the field of horticulture over the past three years. According to the results of the analysis, grape seedlings were grown mainly at this experimental station, and the share of apple, apricot, plum and peach seedlings was slightly higher. We have seen a partial increase in grape seedlings in 2021 compared to

2019. Apple seedlings will be grown in 2020 and 2021, as well as Fuji, Pink Lady and Flamingo.

Keywords: Experimental Station, Fuji, seedlings, standard seedlings.

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jalik vazirligi saytidagi keltirilgan manbaga ko'ra Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 1898-yilda Turkiston qishloq xo'jalik tajriba stansiyasi nomi bilan tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi "O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-2125-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan. Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida 2016-yilda 17 ta loyiha ishlari olib borilgan bo'lsa 2020-yilda 9 ta loyiha doirasida ilmiy-tadqiqoqt ishlari olib borilgan. Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida meva-uzumning 31 ta turi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi [4 ].

Bugungi kunda malakatimizda yetishtirilayotgan mevalar ichida birinchi o'rinni uzum egallasa, olma va o'riklar keyingi o'rinlardan joy oladi [2]. Bu ilmiy ishimizda yuqorida ham keltirib o'tkanimizdek Akademik M.Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasining yetishtirilayotgan meva ko'chatlari bo'yicha so'z yuritamiz. Unda uzumning mahalliy navlari yetishtirilayotgan bo'lsa, olmaning bir qancha chet eldan keltirilgan navlarining ko'chatlari ham yetishtirilmoqda. Bunga misol qilib Yanoyada yaratilgan Fudji navi [1], Avstraliyada yaratilgan Pink Lady navlari [3] hamda Angliyaning Flamingo nomli olmalarining ko'chatlari ham yetishtirilmoqda [5].

ASOSIY QISM

Bu qismda biz so'ngi uch yilda yetishtirilgan jami ko'chatlar soni va shundan chiqgan standart ko'chatlar soni haqida ma'lumot beramiz. Va buning ichida olma ko'chatlari yetishtirish bo'yicha ham qisqacha ma'lumotlar berib o'tiladi.

Jami yetishtirilgan uzum ko'chatlari 2019 yilda 110.9 ming donani tashkil etgan bo'lsa, shundan 77.6 ming donasi standart ko'chatlar sifatida qolgan (1-Figura). Bu ko'rsatkich olma ko'chatlarida 105.6 ming dona jami ko'chatlarni tashkil qilib shu jumladan standart ko'chatlar soni 71.5 ming donani tashkil qilgan. Bundan tashqari yetishtirilgan ko'chatlar soni olxo'rida 12.3 ming donani, o'rikda 10.0 ming donani, behida 9.3 ming donani tashkil etmoqda.

KIRISH

□ Ko'chat soni , m.d. □ Standart ko'chatlar, m.d.

120

100

80

60

40

20

O.

nm_nm

Uzum

Olma

Olxo'ri

O'rik Meva turi

Behi

Nok

Shaftoli

0

1- Figura. Ko'chat yetishtirishda 2019 yilda yetishtirilgan jami va standart ko'chatlarni meva turi bo'yicha taqsimlanishi; m.d.-ming dona. Bu ko'rsatkich 2020 yilda uzumda biroz yuqori natijani ko'rsatmoqda (2-Figura). Masalan, 2020-yilda 250.7 ming dona uzum ko'chati yetishtrilgan bo'lib, shundan 176.8 ming donasi standart uzum ko'chatlari bo'lgan.

□ Standart ko'chatlar, m.d. □ Ko'chat soni, m.d.

Nok Gilos | Shaftoli i

5 Behi ^

6 O'rik

S .

Olxo'ri 1 i Olma 1 i

Uzum 1 |

0 50 100 150 200 250 300

Ko'chat soni, m.d.

2- Figura. Ko'chat yetishtirishda 2020-yilda, jami va standart ko'chatlarni meva turi bo'yicha taqsimlanishi; m.d.-ming dona.

Olma ko'chatlari 2020-yilda 92.0 ming donani tashkil qilib, shu jumladan standart ko'chatlar soni 60.8 ming donani tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, olxo'ri, o'rik, behi, shaftoli, gilos, nok ko'chatlari ham yetishtirilgan bo'lib ular mos ravishda 26.3, 10.2, 6.1, 5.9, 1.7 va 1.7 ming donani tashkil qilmoqda.

□ Ko'chat soni, m.d. □ Standart ko'chatlar, m.d.

120

100

13

E

o

80

60

40

20

nm_Oi

Uzum Olma

O'rik Shaftoli Olxo'ri Meva turi

Nok

Behi

Gilos

5- Figura. Meva ko'chatlarining 2021-yilda yetishtirilgan jami va standart ko'chatlar bo'yicha taqsimlanishi; m.d.-ming dona.

Jami 111.1 ming dona uzum ko'chatlari 2021-yilda yetishtirilgan bo'lib, standart ko'chatlar soni 59.2 ming donani tashkil qilmoqda (3-Figura). Bu ko'rsatkich olma ko'chatlarida, 72.3 ming dona jami ko'chat yetishtirilgan bo'lsa, standart ko'chatlar soni 40.3 ming donani tashkil qilgan.

90,0 80,0 70,0

s

60,0

¿a

u

a JS

u

50,0

40,0

üs 30,0 ■a

® 20,0 cr¡

10,0

0,0

2019-yil

■2020-yil

2021-yil

Uzum

Olma

O'rik

Shaftoli

Olxo'ri

Nok

Behi

Gilos

Meva turi

5- Figura. Standart ko'chat chiqimi (%)ni meva turlari va yillar bo'yicha o'zgarishi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0

Standart ko'chatlar soni, jami ko'chatlar soniga nisbatan 2019-2020 yillar uzumda 70.5 % ni ko'rsatgan bo'lsa, 2021 yilda 53.3 %ni tashkil qilgan (4-Figura). Olma ko'chatlarida standart ko'chat soni jami ko'chatlar soniga nisbatan 2019-2020-yillarda 66.1 %ni tashkil qilgan bo'lsa 2021 yilda 55.7 %ni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari 2021 yilda jami yetishtirilgan ko'chatlar soniga nisbatan standart ko'chatlar soni behi enga quyi ko'rsatkichlarda bo'lgan bo'lsa, eng yuqori ko'rsatkich gilos ko'chatlarida kuzatilgan.

5-Figura. Meva ko'chati ekiladigan maydon (ga) larning meva turi va yillar bo'yicha

2019-yil 2020-yil 2021-yil

Meva turi

o'zgarishi

Meva ko'chatlari ekiladigan maydonlar ko'pchilik meva ekinlari uchun 2019-yildan 2021-yilga qarab o'sib borgan (5-Figura). Ba'zi meva ekinlari uchun esa o'zgarmasdan qolgan masalan olma ko'chatlari maydoni, va olxo'ri meva ekini maydoni uchun esa 2021 yilda yer maydoni kamaygan.

Bu tadqiqot ishini qilishdan maqsad Akademik M.Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasining oxirgi uch yillik ko'rsatkichlari orqali meva ko'chatlari yetishtirish bo'yicha o'zgarishlarni statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilishdan iborat edi. Unga ko'ra biz to'plagan ma'lumotlarni dinamik usulda tahlil qildik. Ma'lumotlar asosida 2019 yilda olma ko'chatlari soni qolgan yillarga nisbatan yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsatgani kuzatuvlar asosida ma'lum bo'ldi. Uzum ko'chatlari soni esa 2020-yilda qolgan yillarga nisbatan ko'p yetishtirilgani ma'lum bo'ldi. Bu ko'rsatkichlar meva maydonlariga bog'liq bo'lmasdan boshqa omillarga bog'liqligi statistik kuzatuvlar asosida aniqlandi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak kuzatuvlarimiz davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki Akademik M.Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy

tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasida yetishtirilayotgan ko'chatlarni asosini uzum ko'chatlari tashkil qiladi. Va keyingi o'rinlarda esa olma, o'rik va olxo'ri ko'chatlarni yetishtirish tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, shaftoli, olxo'ri va gilos ko'chatlari, ko'chat yetishtirishda jami yetishtirilgan ko'chat soniga nisbatan standart ko'chatlar sonini yuqoriligi bilan ajralib turgani statistik kuzatuvlarimiz davomida ma'lum bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young 'Miyabi Fuji' Apple Trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233. https://doi.org/10.22059/iihst.2021.315746.428

2. Botirov Erkinovich, A. Promoting Young Apple Tree Growth after Planting in Water Limited Areas Non-destructive measurement for young apple trees. https://doi.org/10.15113/00015410

3. Cripps, J. E. L., Richards, L. A., & Mairata, A. M. (n.d.). "Pink Lady" Apple.

4. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jalik vazirligi. (2020) Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti -AGRO.UZ

5. Wikipedia xalqaro bepul ensiklopediya Flamingo olmasi haqida. https: //en.wikipedia. org/wiki/Flamenco (apple).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.