Научная статья на тему 'TOKLARNI SOVUQDAN SAQLASH'

TOKLARNI SOVUQDAN SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

340
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qora sovuqlar / ko‟mish qalinligi / namlik / kurtaklar / novdalar / tok zangi / past harorat / sug‟orish / o‟g‟itlar / hosildorlik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Suhrob Olim O’g’li Bahramov, Abdulla Rustamovich Raximov

Maqolada tokni sovuqdan saqlashda qilinishi lozim bo‟lgan agrotexnik tadbirlar,ko‟mish muddatlari, sug‟orishning ahamiyati bo‟yicha ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOKLARNI SOVUQDAN SAQLASH»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

TOKLARNI SOVUQDAN SAQLASH

Suhrob Olim o'g'li Bahramov Abdulla Rustamovich Raximov

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada tokni sovuqdan saqlashda qilinishi lozim bo'lgan agrotexnik tadbirlar,ko'mish muddatlari, sug'orishning ahamiyati bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar. qora sovuqlar,ko'mish qalinligi, namlik, kurtaklar, novdalar, tok zangi, past harorat, sug'orish, o'g'itlar, hosildorlik.

KHpHm.Hozirgi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqatga bo'lgan talab tobora kuchayib bormoqda, bu esa qishloq xo'jaligida ish olib borayotgan soha vakillarini yanada mas'uliyat bilan ishlashini talab etadi. Bu soha aholining oziq-ovqatga va sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan talabini qondiradi. Uzum mevasi tarkibida 1530%, hatto so'litilganda esa 40-50% gacha shakar, organik kislotalar, pektin, oshlovchi moddalar, o'simlik yelimi,bir qancha fermentlar,vitaminlar va mineral tuzlar bo'ladi [3,5].

Dunyo bo'yicha tokzorlar maydoni 7,5 mln gektarni tashkil etadi.Bu maydonlarni asosiy qismi, ya'ni 85% Yevro-Osiyo qit'alarida joylashgan.Uzumchilik eng rivojlangan davlatlar: Ispaniya-1,2 mln gektar, Italiya-875 ming gektar, Fransiya 870ming gektar, Turkiya-560 ming gektar, AQSH-357 ming gektar, Argintina-353 ming gektar, Portugaliya-252 ming gektar, Rumiya-250 ming gektarni tashkil etadi [5].

Respublikamizda joriy yil holatiga barcha toifa xo'jaliklari bo'yicha 181 ming gektar tokzorlar mavjud bo'lib, ulardan 1,8 mln tonna mahsulot yetishtirish prognoz qilingan.

O'zbekiston uzumchilik sohasida ancha boy tajribaga ega yurtimizda uzumning ho'raki, mayizbop va vinobop navlari ekib yetishtirib kelinmoqda lekin shunga qaramasdan bu sohada ham ko'zga korinadigan darajada muammolar bor.Hozirgi kunda Osiyo va bosha mintaqalarda ham suv muammosi dolzarb masala bo'lib turibdi, shuni inobatga olib uzum va uzum mahsulotlariga bo'gan talabni qondirish, eksport hajmini oshirish uchun hukumatimiz tomonidan ko'plab qarorlar qabul qilingan. Jumladan O'zbekiston

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

258

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyulda qabul qilgan №PQ-5200 "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida" hamda 2021-yil 23-noyabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlar qabul qilingan. Ushbu qarorlar uzumchilik sohasining rivojlanishiga turtki bo'lib kelmoqda

Uzum yetishtirish undan sifatli hosil olish ko'pgina omillar va agrotexnik tadbirlarga bog'liq.Tokdan mo'l hosil olish ko'p jihatdan uni kech kuzgi sovuq va erta bahorgi sovuqdan saqlash uchun olib boriladigan agrotexnik tadbirlarga bog'liq. Tok ko'pincha erta kuzgi (oktyabrdagi bir muncha kuchsiz -6 -8 °C sovuqlardan), ayniqsa, issiq kunlardan keyingi sovuqdan zararlanadi, bu vaqtda hali tok uncha chiniqmagan bo'ladi, novdalarning va tupdagi ko'p yillik qisimlarining to'qimasi zararlanadi.

Noyabr va dekabr oylarida bo'ladigan -16 -18 °C sovuqlarga Rakatsiteli, Sisling, Sapyeravi, Kabyerni navlari ko'proq chidamli, mahalliy navlarning ko'pchiligi, shu jumladan Husayni, Nimrang, Kattaqo'rg'on kamroq chidamli bo'ladi

Kuzda havo harorati -3-5 °C da barg va g'ujumlar, -8 -12 °C da kurtak va novdalar sovuqdan zararlanadi. Qishda tok novdalari -18 -22 °C, ildizlari esa -5 -7 °C da zararlanadi. Yaxshi chiniqqan tokning zang va madang qisimlari -20 -25 °C gacha sovuqqa chidashi mumkun.Yer sathidagi qor qatlami ham tuproq haroratini oshishiga, tuprtoqni muzlamasligiga yordam beradi.

Bahorda havo haroratining 10C gacha pasayishi kurtaklarni uyg'onishdan to'xtatadi, harorat -3 -40C sovuqda bo'rtgan kurtaklar, o'sayotgan yosh yashil novdalar va barglar, 0 -20C da esa topgullar nobud bo'ladi [6].

Respublikamizda ayrim yillarda qishda havo harorati -25-30 °C gacha pasayadi, bu esa tokni qishda ko'mishni talab etadi. Novdalarning yaxshi pishishi va chiniqishini ta'minlaydigan yuqori agrofonda o'stiriladigan toklar yaxshiroq qishlaydi. Qishki zaxira suvi berish ham sovuqning zararli ta'sirini susaytiradi.

Xuddi shunga o'xshash holni yoz oylarida azotli o'g'itlardan foydalanilganda ham kuzatish mumkun, chunki bu o'g'itlar novdalarning o'sish davrini cho'zib yuboradi va pishishini sekinlashtiradi. Mamlakatimizningning shimoliy tumanlarida tok ustiga yotqizilgan tuproq uyumining

[1,2,8].

[3].

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

balandligi 30-40 sm, boshqa mintaqalarda esa 15-20 sm bo'lishi kerak [4].

Yer haddan tashqari nam bo'lsa va azotli o'g'itlar katta me'yorda berilsa, ayniqsa, tupda kurtaklar yetishmaganda surx novdalar qo'ltiq novdalar, o'sib ketadi, tuplarning qalinlashishiga va sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab bo'ladi.

Toklarni parvarish qilishda yuqori va o'z vaqtida o'tkaziladigan agrotexnika (sug'orish, o'g'itlash, xomtok, qo'ltiq novdalarni olib tashlash, chilpish, kasallik va zararkunandalardan ximoya qilish va boshqalar) tuplarning yaxshi o'sishiga va novdalarning pishishiga, tupning qishlaydigan qisimlarida plastik moddalar zahirasining ko'p to'planishiga yordam beradi, bu bilan tok kurtaklari hamda novdalarning sovuqqa chidamliligi ortadi [5].

Mamlakatimizning shimoliy tumanlarida tok uchun hafli kuzgi sovuqlar noyabrning boshida tushadi, shuning uchun tokni ko'mish ishlari bu yerlarda 1-noyabrda, qolgan tumanlarda 10-noyabrgacha tugatish kerak. Toklar yaxshi ko'milishi zarur. Yomon ko'milgan yoki kech ko'milgan tok kuzgi sovuqlardan, keyinchalik esa qishki sovuqlardan zararlanadi, novdalarini sovuq uradi va ular qurib qoladi. Hosildorlikni yuqori darajada saqlab turishda toklarni ko'mishning ahamiyati katta hisoblanadi. [4].

Respublikamizda ko'milgan toklar qattiq sovuqlar o'tishi bilan, mart oyining ikkinchi yarmida ochiladi, lekin havo haroratiga qarab bu muddat o'zgarishi mumkin. Yoz-kuzda toklar ahyon-ahyonda sug'orilsa, azotli o'g'itlar kech berilsa, tuplarning kuzgi o'sishi, novdalarning pishishi va qishga tayyorlanishi ancha kechikadi, bu esa ularning sovuqqa chidamliligini pasaytiradi.

Yerda nam yetarli bo'lsa, ular novda va barglarni kamroq chiqaradi, buning natijasida tok qishki tinim davriga oziq moddalar zaxirasini kam to'playdi va bu bilan ularning past haroratga chidamliligi pasayadi [5].

Qishgi qovuqlarga qoldirib ko'mishning zarari faqatgina tok novdalarini sovuq urushi emas balki kuzda yaxshi yopilmagan va sovuqdan shikastlangan tokzorlar bakterial rak kasalligiga ko'proq chalinadi [7].

Xulosa.Xulosa qilib aytganda, tok o'suv davrida zang uchun qoldirilgan novdalarda 3-5 ta, o'rinbosar novdadan 1-2 ta yaxshi rivojlangan novdalar shakllantirish, toklarni sovuqdan asrash bo'yicha ishlarni oktyabr-noyabr oylarida o'tkazish, namlikni saqlash va ko'mishni qulaylashtirish uchun toklarni ko'mishdan oldin sug'orish,ko'mish oldidan har bir tup oldiga kesilgan novdalardan belbog' tashlab, zang va madanglar shu belboqqa yotqizilib bog'lash, qo'ndoqlangan novdalar qatorlar bo'ylab bir-biriga qarama-qarshi tarzda bir tekis yotqizilib, sovuq tushganga qadar ko'milishi,

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

260

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

janubiy va iqlimi mo'tadil hududlarda tuproq qalinligi 15-20 sm, sovuq iqlimli viloyatlarda 30-40 sm bo'lishi tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyulda qabul qilgan №PQ-5200 "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

3. Ribakov A., va boshqalar "O'zbekiston uzumchiligi" Toshkent-1969 "O'qituvchi" nashriyoti -B. 3-4.

4. Abdullayev P.M., Mirzayev M.M., va boshqalar "Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamonaviy texnologiyalari" "Sharq"nashriyot Toshkent-2013, -B. 112-

5. NormurodovD.S., NormuratovI.T., SanayevS.T., Hamdamova.E.I, "UZUMCHILIK" samarqand-2021. 194 B.

6. Mamatov U.I. "Uzum yetishtirish".AGROBANK ATB, Nashriyot "Tasvir" -2021. 104 B.

113.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.