Научная статья на тему 'LIMON KО‘CHATLARINI QALAMCHALARIDAN KО‘PAYTIRISHDA SUBSTRATLARNI AHAMIYATI'

LIMON KО‘CHATLARINI QALAMCHALARIDAN KО‘PAYTIRISHDA SUBSTRATLARNI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

175
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
limon ko‘chatlari / qalamcha / ildiz / novda / barg / substrat / namlik / harorat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kamolitdin Sadriddinovich Sultonov, Bobosher Sheralievich Nortojiev, Ozodobonu Muxtorjon Qizi Turdaliyeva

Ilmiy maqolada sitrus mevali o‘simliklardan limon navlarini isssiqxonalarda zamonaviy usulda ko‘chatini jadal yetishtirishda substratlarning ahamiyatini o‘rganishga qaratilagan. Tajiriba davomida vigitativ yo‘l bilan sog‘lom, sifatli hamda eksportbop ko‘chatlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ekspremintal va amaliy tajribalar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LIMON KО‘CHATLARINI QALAMCHALARIDAN KО‘PAYTIRISHDA SUBSTRATLARNI AHAMIYATI»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

LIMON KO'CHATLARINI QALAMCHALARIDAN KO'PAYTIRISHDA

SUBSTRATLARNI AHAMIYATI

Kamolitdin Sadriddinovich Sultonov

Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi professori

Bobosher Sheralievich Nortojiev

Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi assistenti

Ozodobonu Muxtorjon qizi Turdaliyeva

Toshkent davlat agrar universiteti mevachilik yo'nalishi bakalavri

Ilmiy maqolada sitrus mevali o'simliklardan limon navlarini isssiqxonalarda zamonaviy usulda ko'chatini jadal yetishtirishda substratlarning ahamiyatini o'rganishga qaratilagan. Tajiriba davomida vigitativ yo'l bilan sog'lom, sifatli hamda eksportbop ko'chatlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha ekspremintal va amaliy tajribalar olib borilgan.

Kalit so'zlari - limon ko'chatlari, qalamcha, ildiz, novda, barg, substrat, namlik, harorat.

Mavzusining dolzarbligi Limonning vatani Hindiston, Xitoy va Tinch okeanining tropik orollari hisoblanib, sitron va achchiq apelsinning tabiiy yo'l bilan chatishishi natijasida hosil bo'lgan va alohida tur sifatida uzoq vaqtlar davomida shakllangan.Har yili dunyo bo'yicha 14 mln tonna limon yetishtiriladi. Eng ko'p yetishtiruvchi davlatlar Hindiston va Meksika hisoblanib, ularning har biri dunyo bo'yicha yalpi hosilning 16 % dan miqdori ushbu davlatlar hissasiga to'g'ri keladi1. O'zbekistonda esa 2021 yilda 36,5 ming tonna limon yetishtirilgan.

Tadqiqotning maqsadi ilmiy asoslangan holda zamonaviy texnologiyalar asosida sifatlilimon ko'chatlarini intensiv yetishtishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat

Tadqiqot natijalari. Respublikada yil davomida sitrus o'simliklar ko'chatlarini yetishtirishda har xil shakldagi usti yopiq inshooatlardan foydalaniladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish mumkin: qish davrida isitilmaydigan usti yopiq inshooat va sovuq vaqtda isitiladigan usti yopiq inshooatlar hisoblanadi. Turli

ANNOTATSIY

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

xildagi yopiq inshooatlar (transheya) chuqurlar birinchi tipga, har xil konstruksiyadagi yer ustki issiqxonalar ikkinchi tipga kiradi.

Sitrus o'simliklarini qalamchalardan ko'paytirishda substratlarning ahamiyati katta. Ular tarkibidagi mavjud mikro elementlar qalamchalaming ildiz tizmi shakllangandan keyin uning oziqlanishiga asos bo'ladi va jadal rivojlanadi hamda sog'lom ko'chat bo'lib yetishadi. Yil davomida ko'chat yetishtirishda substratlarning tarkibi qismiga qarab tanlab olish zarur bo'ladi. Ko'chat yetishtirilayotgan yopiq inshooatlar sutka davomida nazoratda bo'lishi talab etiladi. Sitrus o'simliklarini qalamchalardan ko'paytirishda substratlarning ahamiyati ham katta. Qalamchalar ildiz otgandan to doimiy joyiga ekishgacha bo'lgan muddatda stres holatlarni boshdan kechiradi. Ushbu stimulyatorlar yordamida ko'chatlarning tutuvchanlik darajasi yuqori bo'ladi va noqulay sharoitlarga bardoshliliga oshadi. Bu esa yil davomida limon ko'chatlarini intinsiv tarzda yetishtirish imkonini yaratadi.

a) b) c)

1- rasm. a) Yopiq inshooatda latoklarga qumli substratlarni joylashuvi, b) Limon qalamchalarning ekilishi, c) Fenologik kuzatuvlar olib borish jarayonlari ko'rsatilgan.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki substratlarga ekilgan qalamchalar variantlarda nazoratga nisbatan qalamchalarning jadal ildiz otishi barg qo'ltig'idan novda larning o'sishi va rivojlanishida ustunlik namoyon bo'lganligini aniqlash imkonini berdi. Substratlarga ekilgan qalamchalarda ildiz otishi, novdalar va barglarning shakllanishida substrat tarkibidagi mavjud mikro elementlar, qo'shimcha ozuqaning miqdoriga bog'liq ravishda muayyan tafovut kuzatildi.

Tajriba variantlarida qalamchalar ildiz tizimining miqdoriy jihatdan va sifat jihatdan rivojlanishi holatida yaqqol afzallik kuzatildi. Ulardagi rivojlangan ildiz tizimining hajmi, o'lchami nazorat variantidagiga (qum) nisbatan barcha navlarda ortganligi aniqlandi. Ayniqsa bu ko'rsatkich

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

181

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

Meyer navida eng yuqori 2-4% dan 5-6% gacha ortganligi aniilandi.

Ildiz tizimining rivojlanish ko'rsatkichlari Toshkent va O'zbekiston to'ng'ichi navlarida birmuncha pastroq bo'lganligi kuzatildi. Aytish joizki, ildiz tizimining hajmi ko'rsatkichlari bo'yicha turli substratlarga bog'liq holdagi farqda ham Meyer navida farqlanishi saqlanib qoldi. Qalamchalarning yer ustki qismining rivojlanishi ulardagi ildiz tizimining umumiy rivojlanishiga korrelyatsion bog'liqlikda bo'ldi. Meyer va Yubileyniy navlarida novdalarning jadal o'sishi va rivojlanishi ijobiy natija ko'rsatdi. Novdalarning shoxlanishi qumga taqoslaganimizda torfga va vermikulitga ekilgan qalamchalarda jadalashganligi yaqqol sezilib turdi.

Qalamchalarda substratlarga o'tqazilgandan so'ng rizogenezning rivojlanishini kuzatish shuni ko'rsatdiki, ularda kallus hosil bo'lishi va qo'shimcha ildizlarning shakllanishi nazoratga nisbatan 2-4 kunga farq qilgan bo'lsada barcha qalamchalarning umumiy ildiz otish darajasi 18-20 kun o'tgach kuzatila boshlandi.

Yopiq inshoatlardagi havo harorati havo harorati 23-26°S va havoning nisbiy namligi 90-95% bo'lganda eng yuqori ko'rsatkich mart, aprel, may, iyun oylariga to'g'ri keldi. Bu oylarda o'rtacha ko'rsatkich 90-92% ni tashkil etdi. Qalamchalar torfga ekilganda yanvar, noyabr, dekabr oylarida 82-88% ni tashkil etgan bo'lsa fevral, iyul,oktabr oylarida 90-92%, mart, aprel, may, iyun, sentabr oylarida bu ko'rsatkich 92-96% ni tashkil etdi. Qalamchalar vermikulitga ekilganda yanvar, noyabr, dekabr oylarida 78-84% ni tashkil etgan bo'lsa fevral, oktabr oylarida 8688%, mart, aprel, may, iyun, avgust oylarida esa bu ko'rsatkich 92-96% ni tashkil etdi. Ko'chatlarni yashil qalamchalaridan yetishtirish usuli ularni yog'ochlashgan qalamchalaridan ko'paytirishga qiyoslansa, qalamchalarning rivojlanish surati yog'ochlangan qalamchalarga nisbatan 30-35% yuqori bo'lishi kuzatildi. Lekin yog'ochlashgan qalamchalarda ham noqulay sharoitlarda ham qalamchalarda ildiz otish jarayoni kuzatildi. Ko'chatlarni yetishtirish usuli bilan ularda ildiz tizimi rivojlanishining jadallashuvi o'rtasida korrelyatsion bog'liqlik mavjud ekanligiga tadqiqot natijalari orqali aniqlik kiritdikTorf va vermikulitli substratlarga ekilgan qalamchalar rivojlanishining biometrik hisobi shuni ko'rsatdiki, ularning qariyb 92 -96% miqdori sifatli ko'chat olish imkoni mavjud ekanligi aniqlandi (1-®:agBan).

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

1 -j adval

Union ko'cliallaiini qalanichalaridau bo'paytirisMa ildiz otishi jarayoulariga qo'llaniladigan substrat Imming ta'sii i, % (Havouing biranti 23-26°S va nisl>iy namligi 90-95%, 2020-2021 >7.)

Nav Substrat tuii Ildiz otisli clarajasi

Ojiar

I n in IV V VI AU ATH IX X XI xn

Meyer Quin 80 86 90 92 92 90 88 88 86 80 78 76

Torf 86 90 94 96 96 94 90 92 94 90 88 82

Vermikulit 84 88 92 94 96 96 92 94 92 86 82 78

Yubileyuiy Quin 80 82 90 90 90 90 86 88 86 78 78 76

Torf 84 88 92 94 94 94 88 92 92 82 80 78

Vermikulit 82 86 92 95 95 94 88 92 92 80 80 76

To sli keilt Quin 78 82 90 90 90 90 84 88 84 80 78 76

Torf 83 88 92 94 92 92 86 90 90 82 82 78

Vermikulit 82 86 90 95 94 94 88 92 92 82 80 76

O'zbekistou to'iig'icbi Quin 78 82 88 90 90 90 84 88 84 80 78 76

Torf 83 88 92 94 92 92 86 90 90 82 80 78

Vermikulit 83 86 90 92 94 94 88 90 88 82 80 78

Xulosa

1. Qumga ekilgan qalamchalarda ildiz otish darajasi yanvar, noyabr, dekabr, oylarida 74-78% ni tashkil etgan bo'lsa, fevral, sentabr, oktabr va iyul oylarida 8082% ga oshganligi kuzatildi.

2. Qalamchalar torfga ekilganda yanvar, noyabr, dekabr oylarida 82-88% ni tashkil etgan bo'lsa fevral, iyul,oktabr oylarida 90-92%, mart, aprel, may, iyun, sentabr oylarida bu ko'rsatkich 92-96% ni tashkil etdi.

3. Qalamchalar vermikulitga ekilganda yanvar, noyabr, dekabr oylarida 7884% ni tashkil etgan bo'lsa fevral, oktabr oylarida 86-88%, mart, aprel, may, iyun, avgust oylarida esa bu ko'rsatkich 92-96% ni tashkil etdi

REFERENCES

1. Faxrutdinov N.Z. Ostrouxova S.A. Muminov N.N. Virashivaniye sajensev sitrusovix kultur v usloviyax tumana. Nauchniye trudi Tash SXI. Intensivniye priyemi razmnojeniya i vozdelivaniya plodovix kultur i vinograda. Tashkent, 1989

2. M.M.Mirzayev, S.M.Jivotinskaya, O.P Kulkov. O'zbekistonda sitrus mevalar yetishtirish. 1983 Toshkent. 32-35 bet

3. Rekomendatsii po virashivaniyu sajensev limona v usloviyax Sredney Azii. -Tashkent, MSX, 1986. - S. 8-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.