Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY IN VITRO USULIDA KO’PAYTISH ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY IN VITRO USULIDA KO’PAYTISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

496
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uzum / in-vitro / DNK / RNK / Alika / Velika / Karnaval / Avatar / Sapravi / Bayan Shirey / Pushti toifi / Baxtiyoriy / Obak / Vasarg‟a / Buvaki / MurasigaSkuga / akklimatizatsiya / mikroko'paytirish.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Muqaddas Diyorovna Xayrullayeva, Abdulla Rustamovich Raximov

Uzumni in-vitro usulida sog‟lomlashtirilgan ko‟chatlarni jadal ko‟paytirish orqali uzumning turli xil kasalliklariga chidamli virussiz ko‟chatlari yetishtirish va hosildorlikni oshirish va eng muhim iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Hozirgi vaqtda mahalliy bog'dorchilikda, ishlab chiqarish doiralarida in vitro mikroko'paytirish usulida olingan virussiz (sertifikatlangan) ko'chat materialining qimmatligi tufayli, ularni ommaviy ishlab chiqarish, ko‟paytirish to'g'risida munozaralar olib borilmoqda va tajribalar o‟rganilmoqda. Bu esa uzum va meva ko‟chatlarini in-vitro usulida qilib ko‟paytirishning ijobiy natijalariga olib kelmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY IN VITRO USULIDA KO’PAYTISH ISTIQBOLLARI»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

O'ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY IN VITRO USULIDA KO'PAYTISH ISTIQBOLLARI

Muqaddas Diyorovna Xayrullayeva Abdulla Rustamovich Raximov

Sharof Ravidovnomidagi Samarqand davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Uzumni in-vitro usulida sog'lomlashtirilgan ko'chatlarni jadal ko'paytirish orqali uzumning turli xil kasalliklariga chidamli virussiz ko'chatlari yetishtirish va hosildorlikni oshirish va eng muhim iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Hozirgi vaqtda mahalliy bog'dorchilikda, ishlab chiqarish doiralarida in vitro mikroko'paytirish usulida olingan virussiz (sertifikatlangan) ko'chat materialining qimmatligi tufayli, ularni ommaviy ishlab chiqarish, ko'paytirish to'g'risida munozaralar olib borilmoqda va tajribalar o'rganilmoqda. Bu esa uzum va meva ko'chatlarini in-vitro usulida qilib ko'paytirishning ijobiy natijalariga olib kelmoqda.

Kalit so'zlar: Uzum, in-vitro, DNK, RNK, Alika, Velika, Karnaval, Avatar, Sapravi, Bayan Shirey, Pushti toifi, Baxtiyoriy, Obak, Vasarg'a, Buvaki, Murasiga-Skuga, akklimatizatsiya, mikroko'paytirish.

Kirish.Respublikada bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida ilmiy -tadqiqot ishlari ko'lamini kengaytirish, yangi eksportbop navlarni yaratish, ularning turlarini ko'paytirish, meva va uzum navlarining genofondini saqlash va boyitish, xorijiy nufuzli ilmiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy salohiyatni yanada oshirish, intensiv ko'chatchilik tizimini yo'lga qo'yish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, hududlarni mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, hosildorlikni oshirish, zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qaroriga bog'dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurslarni tejaydigan ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

207

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

O'rta Osiyo respublikalarida uzumchilik tarixi uzoq asrlardan boshlangan. O'rta Osiyo zonasida tok Aleksandr Makedonskiy yurishi boshlagandan oldin ekila boshlagan. 1 asrlarda ya'ni greklar O'rta Osiyoni bosib olishida tokchilik va vinochilik yaxshi rivojlangan. Farg'ona vodiysida feodallar tokchilikni yaxshi rivojlantirib ulardan yuqori sifatli vinolar tayyorlaganlar. Bu vinolarni 10-15 yil saqlaganlar.

Arab hukumdorlari O'rta Osiyo qit'asiga Arabistondan, Hindistondan va Erondan ko'p miqdorda xo'raki navlarni olib kelib ekkanlar. Tok o'simligi O'rta Osiyoni sun'iy sug'oriladigan Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Zarafshon vodiysida, Qashqadaryoda va Xorazmda ko'p ekilgan. Uzumdan tayyorlangan mayiz, shinnilarni qo'shni sharq mamlakatlarga va Volga bo'yi rayonlarga olib borib sota boshlaganlar. Mongollarni O'rta Osiyoga xujumi dehqonchilikni xarobaga aylantiradi. Shu jumladan tokchilik butunlay yakson bo'ladi. Lekin tokchilik sekin astalik bilan tiklanadi va shu asrning 2 chi yarmida O'rta Osiyodagi feodal davlatlarda yoki Xorazmda, Buxoro, Quqonlarda musulmon diniga asosan vino ichish man etiladi. Natijada vinobop uzum navlarini tuplari bilan olib tashlanadi. Lekin hozirgi vaqtgacha vinobop sortlardan Baxtiyoriy, Obak, Vasarg'a va Buvaki navlari hozirgacha uchraydi.

O'rta Osiyoning Rossiyaga qo'shilishi bilan xo'raki sortlar va undan tayyorlangan mayizlar Rossiyani bozorlariga olib borib sotila boshlaydi va shuning bilan bir qatorda vinochilik tez suratlar bilan rivojlanadi. Qrim, Moldaviya, Kavkaz respublikalaridan O'rta Osiyoga yangi navlar olib kelib ekila boshlaydi. Ayniqsa vino tayyorlaydigan sortlar ana shulardan: Bayan Shirey, Saperavi, Muskat vengerskiy va boshqalar. Bu navlar O'rta Osiyo respublikalarida o'zining 2 chi vatanini topib oladi va yaxshi o'sadi, mo'l hosil beradi. O'rta Osiyo uzumchiligini rivojlanishida Rossiya bog'dorchiligi katta rol o'ynagan. Keyinchalik Turkiston bog'dorchilik, uzumchilik zonasiga aylantiriladi. 1911-yildan boshlab tokchilikni rivojlantirishda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda yangi tokchilik ko'chatlarini tashkil etishda va agrotexnika tadbirlarni hosilga kirgan tokzorlarda qo'llashda judayam katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Tokzorlarning hosili ko'pincha o'tkaziladigan materialning sifatiga bog'liq. Tok urug'idan va vegetativ qismlari (poyasi, qalamchalari), shuningdek parxishdan va payvand yo'li bilan ko'paytiriladi. Vegetativ ko'paytirishda tok o'tkazilgandan 2-3 yildan keyin, urug'dan ekilganda esa anchagina kech hosilga kiradi. Yangi navlar yetishtirishda seleksiya maqsadlaridagina tok urug'idan ko'paytiriladi. Xo'jalik sharoitida tok qalamchalarni

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

208

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

parvarish qilish yo'li bilan o'stirilgan ko'chatlardan ko'paytiriladi. Kamdan-kam xollarda qulay sharoitda bevosita qalamchalardan ko'paytiriladi. Uzumni in-vitro usulida sog'lomlashtirilgan ko'chatlarni olish uchun maxsus labaratoriyalarda uzum o'simligining barglari va poyalaridan olingan hujayralarni maxsus ozuqa muxitida ko'paytirish .O'tqazilgan ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki uzumning Sapravi, Bayan Shirey, Pushti toifi va Rizamat, Alivka, Velika ,Karnaval,Avatar navlaridan sog'lom avlod olish uchun eksplantlarni in vitro usulida ko'paytirishda bir qancha ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Bu jarayonda Murasiga-Skuga Murashige & Skoog (MS), Woody plant medium (WPM), Anderson Rhododendron (AR) ва Ericsson medium (ER) tarkibida makro vamikro tuzlarning konsentratsiyasi turlicha bo'lgan ozuqa muhitlaridan foydalaniladi.Sog'lom birlamchi tok novdalarini olish va in vitro mikroqalamchalash usuli uchun ozuqa tanlanadi. Ozuqa muhitlarida eksplantlarni kurtak o'sishi, poyasini rivojlanishi,barg plastinkalarini kattalashishi va ildiz rivojlanishiga taqqoslanadi.

Sog'lom birlamchi tok novdalari steril sharoitda o'sish-vegitatsiya davrida tok novdasining uchki apikal qismidan olingan eksplantlar sekin o'sadi va bog'in oralig'i qisqa bo'ladi. Virus, bakteriya zamburug'lardan holi bo'lganligini bilish uchun maxsus laboratoriyalarda polimerazali zanjirli reaksiya usuli orqali DNK yoki RNK analiz qildiriladi. Uzumni in-vitro usulida sog'lomlashtirilgan ko'chatlarni issiqxonalarda akklimatizatsiya jarayoninida harorat va namlik ta'siri,ozuqa muhitinig tarkibi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi, yashovchanligi hamda hosildorlikda hosil sifati kabi ko'rsatgichlari xizmat qiladi.

Laboratoriyalarda uzumning quyidagi navlari in vitro usulida ko'paytirilmoqda:

Ertapishar nav; Yuqori hosildor va sifatli; Kuchli o'sish xususiyatiga ega; Sovuqqa chidamliligi yuqori(-23-25 °C) Kasalliklarga chidamli.

ALIVKA

VELIKA

Serhosil;

Sovuqqa chidamliligi o'rtacha (-22°C); Ertapishar;

Google Scholar

Erta va o'rta pishar nav;

KARNAVAL

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

Zamburug'li kasalliklarga chidamliligi o'rtacha; Yuqori hosildor; Kuchli o'sish xususiyatiga ega; Mevalari yangiligida istemol qilinadi

AVATAR

O'rta pishar nav;

Mevasi ovalsimon,yirik va mazali; Kuchli o'sish xususiyatiga ega; Kasalliklarga chidamliligi o'rtacha.

Uzumni in-vitro usulida sog'lomlashtirilgan ko'chatlarni issiqxonalarda akklimatizatsiya jarayoninidan o'tgan ko'chatlar ekish uchun ona tokzorlar tashkil etiladi.

Ona tokzorlar sog'lom va sifatli qalamchalar tayyorlashga mo'ljallangan alohida tokzor maydoni. U aprobatsiya,ommaviy,klon va fîtosanitariya seleksiyalaridan o'tgan navdor,sarxil tok ko'chatlaridan barpo qilinadi.Buning uchun suv bilan yaxshi ta'minlangan,unumdor,teks joylar tanlanadi,rejalanadi,tuprog'iga ishlov beriladi,o'g'itlanadi va ko'chatlarning qator va tup oralig'i 2-2,5 m qalinlikda ekiladi.Tik sim-bag'azlarda o'stirilib,ularga ko'p zangli yelpig'ichsimon shakl beriladi.Novdalari kuzda 3-5 kurtak qoldirilib kesiladi.

An'anaviy usullar bilan ekish materialini yetishtirish bilan solishtirganda (birinchisi ko'proq mehnat talab qiladi). Shuning uchun, ko'pincha in vitro to'g'ridan-to'g'ri olingan material bilan in vivo dalalarini, pitomnikning birinchi maydonini yoki findiq plantatsiyalarini barpo etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qarori.

2. Пособие для производителей столового винограда. Кишенёв -2007. 6 ст

3. Shukur Temurov "Uzumchilik" Qishloq xo'jaligi o'quv yurtlari talabalri uchun darslik. - «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005y.6-7 b.

4. Tok ko'chatlarini in vitro usulida mikroklonal ko'paytirish bo'yicha uslubiy qo'llanma. ToshDAU Toshkent 2018 y 5-11b.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.