Научная статья на тему 'UZUMNING KOBER 5BB PAYVANDTAGINI MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISH UCHUN KULTURAGA KIRITISH'

UZUMNING KOBER 5BB PAYVANDTAGINI MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISH UCHUN KULTURAGA KIRITISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

136
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kober 5BB / payvandtag / uzum / eksplant / yuza sterillash / ozuqa muhiti / MS / mikroklonal koʻpaytirish / in vitro

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Jaxongir Mengdobilovich Ochildiev, O‘ktam Ollanazarovich Ochildiev

Maqolada uzumning Kober 5BB payvand tagini natriy gipoxloridning (NaOСl) 0,1va 0,2 foizli eritmasida sterillanib, kulturaga kiritilgan eksplantlar soni, zararlangan va yashab qolgan o„simliklar hamda o„stiruvchi moddalar (IBA, BAP) ta‟sirida payvandtagning murtak bo„rtishi va murtaklanish foizi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZUMNING KOBER 5BB PAYVANDTAGINI MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISH UCHUN KULTURAGA KIRITISH»

UZUMNING KOBER 5BB PAYVANDTAGINI MIKROKLONAL KO'PAYTIRISH UCHUN KULTURAGA KIRITISH

Jaxongir Mengdobilovich Ochildiev

Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog'dolrchilik, uzumchilik va vinochilik

ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

O'ktam Ollanazarovich Ochildiev

Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog'dolrchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi Axborot komunikatsiyalar bo'yicha bosh mutaxassis

ANNOTATSIYA

Maqolada uzumning Kober 5BB payvand tagini natriy gipoxloridning (NaOCl) 0,1va 0,2 foizli eritmasida sterillanib, kulturaga kiritilgan eksplantlar soni, zararlangan va yashab qolgan o'simliklar hamda o'stiruvchi moddalar (IBA, BAP) ta'sirida payvandtagning murtak bo'rtishi va murtaklanish foizi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Kober 5BB, payvandtag, uzum, eksplant, yuza sterillash, ozuqa muhiti, MS, mikroklonal ko'paytirish, in vitro.

KIRISH

Uzumchilik bog'dorchilikning eng ko'hna tarmoqlaridan biri bo'lib, hozirgi davrda ham ko'pgina mamlakatlarning xalq xo'jaligida salmoqli o'rinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 iyul 2021 yil PQ-5200-son" Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingan [1].

Bu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Respubikada va Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog'dolrchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida uzum ko'chatlarini innovatsion texnologiyalar asosida ko'paytirish yo'lga qo'yilgan.

Tadqiqotlar uzumning issiqqa, sovuqqa va qurg'oqchilikka chidamli bo'lgan Kober 5 BB payvandtagini in vitrosharoitida mikroklonal ko'paytirish ustida olib borilmoqda. Tadqiqo tyuzasidan ilmiy izlanishlar 2022 yil mobaynida Akademik M.Mirzaev nomidagi

193

ytadqq

bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining «Surxondaryo» ilmiy tajriba stansiyasining «Biotexnologiya» laboratoriyasida o'tkazildi.

Tadqiqot davomida amalga oshirilgan laboratoriya ishlari J.Drayverning "Laboratoriya sharoitida to'qimalar va hujayralardan sun'iy (probirka) o'stirish" bo'yicha uslubiy qo'llanmasi, fenologik kuzatuvlar, biometrik hisoblar va laboratoriya nazariy va amaliy tahlillari X. Ch. Buriev va boshqalarning «Mevali va rezavor-mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi», tajriba ma'lumotlariga kameral va variatsion-statistik ishlov berish B.A.Dospexov tavsiya etgan uslublar bo'yicha o'tkazildi [2,3,4].

Uzum navlarini yuza sterillash uchun natriy gipoxloridning 0,1, va 0,2% li eritmasidan foydalanildi (1-jadval va 1-rasmga qarang).

Kober 5 BB payvandtagini yuza sterillashda 0,1% li NaOCl eritmasida 20 daqiqa nazorat sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 26,7% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 73,3% ni tashkil qildi. Kober 5 BB payvandtagini 0,1% liNaOCl eritmasida 10 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 6,7% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 93,3% ni tashkil qildi. Kober 5 BBpayvandtagini 0,1% liNaOCl eritmasida 30 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 60,0% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 40,0% ni tashkil qildi. Kober 5 Bb payvand tagini 0,1% liNaOCl eritmasida 40 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 83,3% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 16,7% ni tashkil qildi.

Kober 5 Bbpayvand tagini yuza sterillashda 0,2% liNaOCl eritmasida 20 daqiqa nazorat sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 36,7% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 63,3% nitashkilqildi. Kober 5 BB payvand tagini 0,2% liNaOCl eritmasida 10 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 23,3% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 76,7% ni tashkil qildi. Kober 5 BB payvand tagini 0,2% liNaOCl eritmasida 30 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 56,7% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 43,3% ni tashkil qildi. Kober 5 BB payvand tagini 0,2% liNaOCl eritmasida 40 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 90% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 10,0% ni tashkil qildi.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

1-jadval

In vitro sharoitida Uzumning Kober 5 BB payvandtagini eksplantlarini yuza sterillash,

2022 yil.

Yuzasterillashvositasivak onsentratsiyasi Stelillashm uddati, daqiqa Kulturagakiritilgank urtaklarsoni, dona Zararlangank urtaklar, % Yashabqolgan kurtaklar, %

NaOCl - 0,1 % 10 30 6,7 93,3

20nazo rat 30 26.7 73.3

30 30 60,0 40,0

40 30 83,3 16,7

NaOCl - 0,2 % 10 30 23,3 76,7

20 nazorat 30 36,7 63,3

30 30 56,7 43,3

40 30 90,0 10,0

Uzum payvandtagini kulturaga kiritishda ozuqa muhitida o'sishni boshqaruvchi moddalar konsentratsiyasi ta'siri o'rganildi. Eksplantlar ozuqa muhiti tarkibidagi makro va mikro elementlar, aminokislotalar, o'sishni boshqaruvchi moddalar ta'sirida o'sib rivojlanadi. Ozuqa muhitiga o'sishni boshqaruvchi moddalar (BAP va IBA) turli xil konsentratsiyalarida solindi. Sterillangan o'simliklar 50 mlli probirkalarga 10 ml danMS (Murashige va Skug, 1962), ozuqa muhitida turli tarkibli va konsentratsiyalarga ega bo'lgan BAP (benzil amino purin),IBA (indol moykislota) o'sishni boshqaruvchi moddalar qo'shilganozuqa muhitigaqo'yildi. Ozuqa muxitining pH 5,8 ko'rsatkichini 1n (normal)li HCl va NaOH orqali boshqarildi. Ozuqa muhitini qotirish uchun gelrit qo'shildi va avtoklavda 20minut davomida 121oS dasterilazatsiya qilindi. Esplantlarni tayyor bo'lgan ozuqa muhitlariga ekildi.

MS (Murasige va Skug, 1962) ozuqa muhitida BAP, IBA- 0,01, va 1,0 mg/l o'sishni boshqaruvchi moddalar ta'sirida kulturaga kirgan uzum payvand tagi eksplantlarining murtak bo'rtishi va murtaklanish foizi aniqlandi.

Murtakbo'rtishi BAP - 1,0 mg/lva IBA - 1,0 mg/l bo'lgan nazorat variantida murtak bo'rtishi 10-22 kunni hamda murtaklanish 64,4% ni tashkilqildi. Murtak bo'rtishi o'stiruvchi moddalar BAP-1,0 ml/lva IBA - 0,01mg/lta'sirida 7-15 kunni va murtaklanish darajasi 86% ni tashkil qildi. Murtak bo'rtishi o'stiruvchi moddalar BAP-1,0 ml/lva IBA - 0,1mg/lta'sirida 8-18 kunni va murtaklanish darajasi 75,5% ni tashkil qildi. Murtak bo'rtishi o'stiruvchi moddalar BAP-0,1ml/l va IBA-1,0 mg/l ta'sirida14-28kunni va murtaklanish darajasi46,7% ni tashkil qildi. Murtak bo'rtishi o'stiruvchi

195

moddalar BAP-0,01ml/lvaIBA-1,0 mg/l ta'sirida 21-36kunni va murtaklanish darajasi11,1% ni tashkil qildi. Murtak bo'rtishi o'stiruvchi moddalar BAP-1,0 ml/l va IBA- 0,01mg/l ta'sirida7-15 kunni va murtaklanish darajasi 86% ni tashkil qildi.

AI

1-rasm. Payvandtagni sterillash (A) va kulturaga kiritish jarayoni (B).

B

2-jadval.

Uzumning Kober 5 BB payvandtagini murtaklanishiga turli tarkibli va konsentratsiyali o'stiruvchi moddalarining ta'siri, 2022 yil.

Ozuqamuhitlari O'stiruvchimoddalar, mg/l murtakbo'rtishi, kun murtak-lanishi, %

BAR IBA

1 0.01 7-15 86

1 0.1 8-18 75,5

MS 1(n) 1(n) 10-22 64,4

0.1 1 14-28 46,7

0.01 1 21-36 11,1

XULOSA

Kober 5 BB payvandtagini 0,1% liNaOCl eritmasida 10 daqiqa sterillanganda kulturaga kiritilgan kurtaklar soni 30 dona, zararlangan kurtaklar 6,7% bo'lib, yashab qolgan kurtaklar 93,3% ni tashkil qilib, nazoratga nisbatan zararlangan kurtaklar 20,0% kam hamda yashab qolgan kurtaklar 20,0% yuqori ko'rsatkich bilan eng samarali sterillash vositasi ekanligi aniqlandi.

Murtak bo'rtishi o'stiruvchi moddalar BAP-1,0 ml/l va IBA- 0,01mg/l ta'sirida 7-15 kunni va murtaklanish darajasi 86% ni tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan 3-7 kunga erta bo'rtdi

196

ytadqq

hamda murtaklanish darajasi 21,6% ga yuqori bo'lganligi bilan eng samarali variant sifatida ajralib chiqdi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. 28 iyul 2021 yil PQ-5200-son "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. Drayver J."Laboratoriya sharoitida to'qimalar va hujayralardan sun'iy (probirka) o'stirish" bo'yicha uslubiy qo'llanmasi. T.:2015.-B.30.

3. Buriev X.Ch., Yenileev N.Sh. - Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi - T.: ToshDAU, 2014. - B. 25-28.

4. Dospexov B.A. Metodika polevogo opbita. - M., Kolos. - 1979. - S. 72-85, 167172.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.