Научная статья на тему 'OLMANING YO‘QOLIB KETISH XAVFI OSTIDA BO‘LGAN NOYOB BELGI VA XUSUSIYATLARGA EGA MAHALLIY QAND OLMA, BOYSUN OLMA, SHOYI OLMA, MUZ OLMA, XAZARASP NAVLARINI TIKLASH VA ONALIK BOG‘LARINI YARATISH'

OLMANING YO‘QOLIB KETISH XAVFI OSTIDA BO‘LGAN NOYOB BELGI VA XUSUSIYATLARGA EGA MAHALLIY QAND OLMA, BOYSUN OLMA, SHOYI OLMA, MUZ OLMA, XAZARASP NAVLARINI TIKLASH VA ONALIK BOG‘LARINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

57
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boysunolma / Muzolma / Shoyiolma / Xozaraspolma / xalq seleksiyasi / hosilidorlik / mahalliy navlar / payvand / ko„chatchilik / noyob belgi / vegetatsiya / fenologikfazalar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdulla Ubayevich Aripov, Abdujabbor Ergashovich Mirzayev, Xilola Abduraxmonovna Boboyeva

Mazkur maqolada O„zbekistonda olmaning yo„qolib ketish xavfi ostida bo„lgan noyob belgi xususiyatlarga ega mahalliy Boysunolma, Muzolma, Shoyiolma va Xozarasp navlarini izlab topish va ularni ko„chatlarini ko„paytirish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida ma‟lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMANING YO‘QOLIB KETISH XAVFI OSTIDA BO‘LGAN NOYOB BELGI VA XUSUSIYATLARGA EGA MAHALLIY QAND OLMA, BOYSUN OLMA, SHOYI OLMA, MUZ OLMA, XAZARASP NAVLARINI TIKLASH VA ONALIK BOG‘LARINI YARATISH»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

OLMANING YO'QOLIB KETISH XAVFI OSTIDA BO'LGAN NOYOB BELGI VA XUSUSIYATLARGA EGA MAHALLIY QAND OLMA, BOYSUN OLMA, SHOYI OLMA, MUZ OLMA, XAZARASP NAVLARINI TIKLASH VA ONALIK BOG'LARINI YARATISH

Abdulla Ubayevich Aripov

Akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITI loyiha rahbari q/x.f.n.

katta ilmiy xodim

Abdujabbor Ergashovich Mirzayev

Akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITI Surxondaryo ITS ilmiy ishlar bo'yicha

direktor o'rinbosari

Xilola Abduraxmonovna Boboyeva

Akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITI doktorant, q.x.f.f.d.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonda olmaning yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan noyob belgi xususiyatlarga ega mahalliy Boysunolma, Muzolma, Shoyiolma va Xozarasp navlarini izlab topish va ularni ko'chatlarini ko'paytirish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalií so'zlar: Boysunolma, Muzolma, Shoyiolma, Xozaraspolma, xalq seleksiyasi, hosilidorlik, mahalliy navlar, payvand, ko'chatchilik, noyob belgi, vegetatsiya, fenologikfazalar.

Mevali daraxtlarning mahalliy navlarini yo'qolib borayotganligi dunyo miqyosida agrobioxilma-xillikka katta rahna solmoqda.Turli darajada ekstremal ob-havo va tuproq sharoitlarida shakllangan mahalliy navlar hosildorlik va mevalarning sifati bo'yicha raqobatlasha olmasligi mumkin, lekin qurg'oqchilik, issiqlik, tuproq sho'rlanishi sharoitlarida intensiv tipdag inavlar umuman hosil bermaganida mahalliy navlar har yili meva tugadi. Shu bilan birga mevalarning mahalliy navlari "xalq seleksiyasi" yo'li bilan yaratilganligi, ularda mualliflik himoyasining yo'qligi, doimiy ko'chatxonalarini mavjud emasligi tufayli bog' maydonlarini qisqarishiga olib kelgan. Hozirgi kunda respublikamizning olis tuman va qishloqlaridagina tomorqa va dehqonxo'jaliklari yermaydonlarida saqlanib kelinayotgan olmaning mahalliy navlarini ko'paytirish

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

159

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

,ularni katta maydonlarga ekishni tashkil qilish, ona bog'lari va ko'chatxonalarini tashkil qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Respublikamizning janubiy va shimoliy mintaqalarida azaldan ekib yetishtirilib kelinayotgan va hozirgi kunda yo'qolish xavfi ostida bo'lgan olmaning Qandolma, Boysunolma, Shoyiolma, Muzolma va Xazarasp kabi mahalliy navlarini tiklash va onalik ko'chatzorlarini yaratish ilmiy-tadqiqot ishining muhim qismidir. Ushbu navlarni saqlab qolish va ko'paytirish kelajakda meva navlari xilma-xilligini oshirish, seleksiya uchun qimmatli bo'lgan birlamchi ashyo ajratishda juda qo'l keladi.

Bizga ma'lumki, mamlakatimizning ob-havo sharoiti o'ziga xos bo'lib, keskin kontinental, yozi quruq, qishi qisqa, ammo tez-tez sovuq bo'lib, issiq havo sovuq havo bilan almashib yoki teskarisi bo'lib turadi. Shimoliy antitsiklonlarni O'zbekiston hududiga oldinroq kirib kelishi mevalarga zararli hisoblanadi. Bahorgi qisqa muddatli sovuqlar, ayniqsa, iliq qishdan so'ng mevali daraxtlar erta vegetatsiyani boshlaganlarida katta zarar keltiradi. Ayniqsa, mart-aprel oylaridagi qisqa muddatli sovuqlar urug' mevalilarga katta zarar keltiradi. Ko'pgina introduksiya qilingan navlar, keskin kontinental iqlim sharoitida mevalarining sifati pasayadi, ko'p kasallik va zararkunandalar bilan zararlanadi. Shu munosabat bilan keskin kontenental iqlim sharoitida uzoq yillar davomida ekib o'stirib kelingan mahalliy urug' mevalardan istiqbolli olma navlarini izlab topish va ularni ko'paytirish maqsadga muvofiq vazifalardan biridir.

Ilmiy tadqiqot ishlari I.V.Michurin nomli BBITIning "Mevalar, rezavor mevali va yong'oq o'simliklari navlarini o'rganish usuli va dasturi" asosida o'tkazilmoqda. Fenologik fazalarni kuzatishda navlarni gullay boshlashi va uni davomiyligi, mevalarni pishish davri, vegetatsiyani tugashi ,mevalarni saqlanish davri(oddiysharoitda) o'rganilmoqda.Tadqiqot ob'ekti sifatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sangardak qishlog'ida Qosimov J. Tomorqasida o'sgan Shoyi(Chorsak)olma, Boysun tumani Qorabo'yin qishlog'ida Abduraxim Mirzayev tomorqasida o'sgan Boysunolma, Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi xo'jaligida o'sgan Muzolma, Qandolma va Xazarasp olma navlari olingan.

Loyiha bajarilishi davomida avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sangardak va Boysun tog'larida ekspidisiya olib borildi va Shoyi(Charsak) va Boysun mahalliy olma navlari izlab topildi. Bu olma navlarini joyida o'sish sharoiti, biologik xususiyatlari, hosildorligi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish holatlar io'rganildi. Avgust oyi oxirida Shoyiolmanavi bog'larida kesish va shakl berish ishlari olib borildi. Bu esa hosil yig'im-terimida

Google Scholar

ijobiy natijasini berdi. Yoshi 8-9yillik olma bog'lari 5gekta

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

rmaydondan 32tonna standart kalibrdan o'tgan va 18tonna 2-navolmamevalari berganligi aniqlandi.

1-tajriba. Mavjud ona bog'larida ularni fenofazalari ,mevasining sifati va saqlanuvchanligini(oddiysharoitda) o'rganildi. Shoyi va Boysun olma navlari mevalaridan tahlil uchun namunalar olinib, mevalar tarkibi, saqlanuvchanligi o'rganildi va degustatsion baholandi. Tahlil natijalariga ko'ra, Shoyi(Charsak) olma naviga yuqori baho berildi.

2-tajriba. Payvand qilingan Shoyi(Charsak), Boysunolma, navlarini ko'cha tholidagi o'sish dinamikasi va mevalarni to'kuluvchanligini o'rganildi. To'kiluvchanligi Shoyiolma navida Boysunolmaga nisbatan yuqoriroq bo'lib, pishish davrida10-12%ni tashkil etdi.

3-tajriba. Kuzga kelib MM106payvand tagiga Shoyiolma, Boysunolma, Xazarasp(o'rtagi,kechki) va Muzolma navlari pavand qilindi. 2021yilning sentabr oyida Shoyi va Boysunolma navlaridan novdalar olib kelinib Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi ko'chatchilik dalalarga payvand qilindi. Bundan tashqari Xorazm tajriba stansiyasidan Muzolma va Xozarasp olmanavlari novdalari ham olib kelinib payvand qilindi (1-jadval).

1-jadval

Payvandlangan mahalliy olma navlarningko'karishi

№ Payvandqilin Payvandqiling QilinganPayvan Ko'karganpa Ko'karishda

gannavlarno ansana dlarsoni yvandlarsoni rajasi

mi %

1. Charsak(Shoyi )olma 9.09.21 200 170 85.0

2. Boysunolma 30.09.21 100 95 95.0

3. Muzolma 13.09.21 200 167 83.5

4. Xozaraspolma (ertagi) 30.09.21 100 95 95.0

5 Xozaraspolma (kechki) 30.09.21 100 90 90,0

Payvandlangan mahalliy olma navlarining ko'karish darajasi turlicha bo'lib, Boysun va Xozarasp(ertagi) olma navlarida ko'karish darajasi yuqori bo'lib, 95,5%ni tashkil etdi. Fenologik kuzatuv natijalariga ko'ra, tog'li hududlarda Charsak(Shoyi) va Boysun olma navlarida vegetatsiyada vripast-tekisliklarga nisbatan35-40kunga farq qilmoqda.

2-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, payvandlangan ko'chatlar vaqt o'tishi bilan diametri o'zgarib o'sishi va barglar

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

161

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ^lmiy-tadqiqoUnstitut^^^^^^^^^^^

Volume 3 j Special Conference 1 j 2G22 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING

soni ortib bormoqda. Asosiy novdalar uzunligi payvand qilingan Xazorasp olma navi ko'chatlarida eng yuqori 18-40 sm gacha ekanligi qayd etildi.

2-jadval

Payvand qilingan olma navlari ko'chatlarini o'sishi va rivojlanish fazalari

Payvand qilingan olma navlari Payva nd qilinga ndavri Asosiy novda uzunligi, sm Yon shoxlar soni, dona Tanasining diametri, mm Barg soni, dona

Payvandtag ММ 106

Charsak(Sh oyi)olma kuz davri 20 aprel 5 iyun 20 aprel 5 iyun 20 aprel 5 iyun 20 aprel 5 iyun

15-25 45-50 - 2 5-15 8-20 6-12 10-18

Boysunolm a 10-15 40-45 - 2 4-10 5-15 4-8 8-12

Muzolma 12-18 37-42 - 2 5-14 8-20 6-10 10-15

Xozaraspol maer. 18-40 65-70 2 3 5-18 8-23 6-18 12-23

Xozaraspol makech. 18-32 50-55 - 2 5-16 7-20 6-12 10-13

Olib borilgan tahlillar va kuzatuv natijalaridan ma'lumki, mahalliy olma navlarini saqlash va ko'paytirish maqsadida ularning ko'chatlarini ko'paytirildi, ushbu mahalliy olma navlari tiklanadi va onalik bog'lar tashkil qilinadi. Kelajakda ulardan sanoat bog'lari tashkil etilib, yuqori samaradorlikka erishiladi.

REFERENCES

1. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур (под ред. Седова Е.Н., Огольцовой Т.П.). - Орёл, 1999. - С. 21-32.

2. Дорохова Е.А., Байметов К.И., Ахмедов Ш.М. Описание сортов и форм яблони. Ташкент, 2016 г. - С. 214.

3. Грюнер А.М. Зимостойкость сортов яблони и ее экспериментальное изучение. // науч.тр. Майкопской опыт.станции ВИРА.- Москва, 1967. -Вып.4.-С.29-44.

4. Седов Е.Н. Состояние и задачи селекции яблони // Садоводство и виноградарство. - 2001. - № 1. - С. 6-7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.