Научная статья на тему 'O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN NOK PAYVANDTAGLARINI “IN VITRO” SHAROITIDA KO‟PAYTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN NOK PAYVANDTAGLARINI “IN VITRO” SHAROITIDA KO‟PAYTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

216
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN NOK PAYVANDTAGLARINI “IN VITRO” SHAROITIDA KO‟PAYTIRISH ISTIQBOLLARI»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN NOK PAYVANDTAGLARINI "IN VITRO" SHAROITIDA KO'PAYTIRISH

ISTIQBOLLARI

Faxriddin Zayniddinovich Bo'ronov

Akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITI Tayanch doktorant

Azim Ne'matovich Malikov

Toshkent kimyo texnologiya instituti Enologiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish kafedrasi, dotsenti v.b.

Kirish. Nok (lot. Pyurus communis) - Sharqiy Yevropa va G'arbiy Osiyo mintaqalarida tarqagan nok turkumining turlaridan biri. Aynan ushbu tur asosida ko'plab mo'tadil mintaqalarda o'stiriladigan nok navlari ishlab chiqilgan. Nok mevalaridan asosan ichimliklar va essensiyalar tayorlashda ishlatiladi, xamda ho'lmeva sifatida iste'mol qilinadi, bundan tashqari quritilgan meva, vino va uksus ishlab chiqarishda ishlatilib keninmoqda.

Bugungi kunda dunyo bo'yicha nok ishlab chiqarish hajmi 2019 yil ma'lumotlariga ko'ra 23 919 075 tonna tashkil etadi. Ushbu ko'rstkichning qariyb 70% Xitoy xalq respublikasi ulushiga to'g'ri keladi (17 mln. t), bundan so'ng AQSh (661 ming t) va Argentina (595 ming t) davlatlari kuchli uchtalikga nixoya soladi. O'zbekiston nok mevasini yetishtirish boyicha dunyo reytingida 20-o'rinda bo'lib, yiliga ishlab chiqarish hajmi 101 585 tonnani tashlik etadi.

Nok mevasini yetishtirishda hozirgi kunda asosiy uslublardan biri bu payvandlashdir. Payvandalsh vegetativ ko'paytirish usullaridan biri bo'lganligi sababli, ushbu usul yordamida nok navlari payvandtaglarini yetishtirishda keng foydalaniladi. Bunda daraxtlarning o'sib-rivojlanishi va hosil berishida payvandtaglarning o'rni nixoyatda katta.

Qadimiy vaqtlardan to bugungi kungacha ananaviy ko'chat yetishtirish usulida urug'dan unib chiqqan payvandtaglardan foydalanilib kelinmoqda. Ammo ushbu usul ayrim kamchiliklarga ega. Shular qatoriga, olingan payvandtaglarning genotipik jixatdan turli bo'lishi, va ular muayyan bir qonuniyatga bo'y sunmasligi kabilar kiradi.

Shularni inobatga olgan xolda, davlatimiz miqyosida yuvenil davri qisqa bo'lgan va hosildorlikga nisbatdan tez vaqt oralig'ida kiradigan intensiv bog' tashkil etishda ananaviy usullarda ko'paytirilgn nok

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

73

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING

RI^OJLASiSäiD^aMiFASYmTmQiAim^

payvandtaglaridan foydalanish samarasiz deb xisoblash mumkin. Shu tufayli bugungi kunda fermer xo'jaliklari va klaster egalari intensiv bog'larni barpo qilishda introduksiya qilingan payvandtaglarga payvand qilingan nok kochtlaridan foydalanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu tariqa sifatli ko'chat maxsulotlariga bo'lgan talab oshib borishi sababli analogik tarzda payvandtaglarga bo'lgan talab ham oshib bormoqda.

Payvandtaglarning qisqacha tasnifi. Intensiv bog'lar uchun pakana va yarimpakana ko'chatlar yetishtirishda foydalaniladigan asosiy payvandtaglar qatoriga Fox-9, Fox-11, Quince A, Quince BA-29 va boshqa payvandtaglarini kiritish mumkin.

Fox 11. Bu urug'li payvandtaglarga nisbattan 30-35% ga pastroq o'suvchi payvandtag. Ildiz tizimi tuproqqa yaxshi birikadi. Turli tuproqlarga moslashuvchanlik darajasi yuqori bo'lganligi sababli, pH muxiti yuqori bo'lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Payvand qilingan navlarning hosildorligini oshiradi.

Fox 9. Bu pakana payvandtag bo'lib, payvand qilingan navlarning meva sifatini yaxshilaydi. Eng maxsuldor payvandtaglardan biri xisoblanadi. Deyarli barcha nok navlariga to'g'ri keladi. Hosildorlikga erta kirishi bilan ajiralib turadi.

Quince A. Bu behi kelib chiqishiga ega o'rta bo'yli payvandtag. Ohakli va sizot suvlar yaqin joylashgan tuproqlarga o'rtacha chidamlikka ega. Payvand qilingan navlar erta hosilga kiradi. Barcha navlarga to'g'ri kelmaydi (Xususan Williams naviga).

Quince BA 29. Bu yarimpakana payvandtag bo'lib, payvand qilingan daraxtlarning o'rtacha bo'yi 3 m tashkil etadi. Payvand qilingan navlar ikkinchi yildan boshlab hosilga kiradi. Ushbu payvandtag og'ir, suv ushlab turuvchi tuproqlarga chidamli.

Nok payvandtaglarini mikroklonal ko'paytirish. Ushbu turdagi payvandtaglarni ko'paytirishda asosiy qo'llaniladigan usul - bu vegetativ ko'paytirishdir. Bunda maxsus tuman qurilmalarida payvandtaglarni qalamchalar orqali ko'paytirish imkoniyati mavjud. Ammo ushbu usul yordamida payvandtaglarni ko'paytirishda ularning mutloq sog'lomligini ta'minlash, buning oldida turgan asosiy muammolardan biri. Shu ta'riqa, hozirgi kunga kelib ko'plab rivojlangan davlatlarda payvandtaglar bazasini yaratishda nisbattan zamonaviy usul xisoblangan -o'simliklarni to'qima kulturasidan in vitro sharoitida mikroklonal ko'paytirish usulidan foydalanib kelinmoqda. Ushbu usulning afzalliklarigi -o'simliklarning genetik jihatdan bir xil bo'lishi, olingan ekin materiallarining virus va boshqa patogenlardan xoli bo'lishi

Google Scholar

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

74

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

y-tadqiq

Volume 3 j Special Conference 1 j 2G22 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

hamda eksplantlaming ko'payish koeffisientining yuqoriligi kabi^ kiгadi.[1]

Vaxolanki, nok payvandtaglaгini mikmklonal ko'paytiгishda oziqa muhitining taгkibi katta o'гin kasb etadi. Nok o'simligini ko'paytiгishda biг qancha boshqa o'simliklar uchun ishlab chiqilgan asosiy oziqa muhitlaridan foydalaniladi. Ayrim shaгЫaгda, maxsus ishlab chiqilgan ko'paytirish pгotokollaгi ko'rib chiqiladi, ammo ulaming natijadoгligi to'g'risida ma'lumotlaг yetaгli emas[1-3].

Ko'pgina nashr etilgan usullar Murashige va Skoog [4] (MS) bazal ozuqaviy muhitdan to'liq, yarim quvvatli, yoki yengil o'zgarishlar bilan foydalanadi. Shuningdek tadqiqotlarda Lepoivre [5] (LP), Driver-Kuniyuki Wallnut (DKW) [6] va Woody Plant Medium (WPM) [7] oziqa muhitlarida ham olib borilgan tajribalar mavjud. Ushbu oziqa muhitlari Ыг biridan elementé miqdoгi va tuгlari bo'yicha farqlanadi. Bularning asosiysi kalsiy va azot miqdoridir. Ushbu makroelementlardagi asosiy farqlar bazal muhitlar tarkibidagi ammoniy va nitrat ionlari konsentratsiyasi va umumiy ion konsentratsiyasida belgilanadi [8].

MS oziqa muhitidagi modda^ asosiy gumhlaTga, ya'ni nitгatlaг(NH4NO3, KNO3) mezo nutrientlar (Ca-Mg-Cl-Mn-SO4-PO4), metallar (Zn-Mn-Cu-Co-Mo-B-I) hamda temir helati (Fe-EDTA) guruhlariga ajratilib, ularning har biri aloxida vazifaga ega. Шг biг modda^ yagona xolatda yoki kompleks taTzda, ma'alum omilga ta'siг etishi aniqlangan: o'simliklaT sifati (mezo nutrientlar, Fe), barglarning dog'lanishi / nekrozi (mezo nutrienlar), kurtaklar soni (NH4NO3, Fe) va kurtak uzunligi (Fe) [9].

Ushbu omillami e'tiboгga olgan holatda oziqa muhitini takomillashtirish va kuzatishlar asosida zarur konsentratsiyaga erishish mumkin.

Xulosa.Keltiгilgan ma'lumotlaг asosida shuni ta'kidlash mumkinki, respublikamizda sifatli hosil beradigan va yuqori ishlab chiqarish hajmiga ega intensiv bog'^ barpo etish uchun to'chat^ moddiy bazasini ta'minlash, hamda impoгt o'mini bosuvchi, sifatli ko'chat materiallarini yetishtiгish dolzaгb mavzuligini e'tibo^a olgan xolatda ko'chatlaг uchun sifatli payvandtag^ yetishtiгish ushbu muammolaming biг yechimi sifatida bo'lib qolmoqda. Bunda zamonaviy mikroklonal kopaytirish usulidan foydalanish eng samarali yechim deb xisoblash mumkin. Nok payvandtaglarini mikroklonal ko'paytirishda mavjud oziqa muhitlarining ta^bini o'гganish va ulami takomillashtiгish o^ali natijada sifatli payvandtaglar yetishtiгishtiгiladi.Bu esa o'z o'mida nok mevalaгini ishlab chiqarish borasidagi biг qancha muammolar yechim topishiga imkon va ushbu soxaning

гivojlanishiga katta xissa bo'ladi.

Google Scholar

Respublika anjunían

15-iyun, 2022

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqiq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

REFERENCES

1. Zhao H, Gu N (1990) Pear. In: Chen Z, Evans DA, Sharp WR, Ammirato PV, Sondahl MR(eds) Handbook of Plant Cell Culture, vol 6. New York, McGraw-Hill, pp 264-277

2. Singha S (1986) Pear (Pyrus communis). In: Bajaj YPS (ed) Biotechnology in agriculture andforestry; 1; 198-206. Springer-Verlag, Heidelberg, Berlin,

3. Bell RL, Reed BM (2002) In vitro tissue culture of pear: Advances in techniques formicropropagation and germplasm preservation. Acta Hort 596:412-418

4. Murashige T, Skoog F (1962) A revised medium for rapid growth and bio assays with tobaccotissue cultures. Physiol Plant 15:473-497

5. Quoirin M, Lepoivre P (1977) Improved media for in vitro culture of Prunus. Acta Hort78:437-442

6. Driver JA, Kuniyuki AH (1984) In vitro propagation of Paradox walnut rootstock.HortScience 19 (4):507-509

7. Lloyd G, McCown B (1980) Commercially feasible micropropagation of mountain laurel,Kalmia latifolia, by use of shoot-tip culture. Comb Proceed Int Plant Prop Soc 30:421-427

8. Bell RL, Srinivasan C, Lomberk D (2009) Effect of nutrient media on axillary shootproliferation and preconditioning for adventitious shoot regeneration of pears. In Vitro Cell DevBiol Plant 45:708-714

9. Reed BM, Wada S, DeNoma J, Evans TJ, Niedz RP (2010) Improving in vitro mineralnutrition for diverse pear germplasm In Vitro Cell Dev Biol 46:S64

Google Scholar

Respublika anjuman

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.