Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIMNING TUTGAN O’RNI'

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIMNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
370
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM TIZIMI / MAKTABGACHA YOSH UZLUKSIZ / TA'LIM / МАКТАБ / BARKAMOL / АХЛОқИЙ-ЭСТЕТИК / TARBIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdiganieva N.

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim ta’limning tutgan o’rni xaqida ma’lumotlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PRESCHOOL EDUCATION IN THE SYSTEM OF CONTINUING EDUCATION

This article describes the role of preschool education in the system of continuing education.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIMNING TUTGAN O’RNI»

ОБРАЗОВАНИЕ И ПЕДАГОГИКА

Abdiganieva N.

1-kurs magistri Jizzax davlatpedagogika instituti

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA'LIMNING

TUTGAN O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim ta'limning tutgan o'rni xaqida ma'lumotlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar:Ta'lim tizimi, maktabgacha yosh uzluksiz, ta'lim, MaKmaô, barkamol, axm^u^cmemuK. tarbiya.

Abdiganieva N. master

Jizzakh State Pedagogical Institute

THE ROLE OF PRESCHOOL EDUCATION IN THE SYSTEM OF

CONTINUING EDUCATION

Annotation:This article describes the role of preschool education in the system of continuing education.

Keywords: education system, preschool age continuous, education, school, harmonious, moral-aesthetic.upbringing.

Maktabgacha bo'lgan yoshda bolalarning axloqiy-estetik didi shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta'lim tizimini yanada kengaytirish ishlari yana jadallashadi. Kelayotgan yilda maktabgacha bo'lgan bolalarni 65 foizga, 2023 yilgacha 75 foizga ta'lim-tarbiyaga qamrab olinish ishlari olib boriladi. Bu ish uchun budjetdan 600 milliard subsidiya berish hisobidan qo'shimcha 2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi. 2021 yilda bolalarni maktabga tayyorlash bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'lim shakllari kengaytiriladi. Bunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni uyda berish tizimi joriy qilinadi."Kelgusi yil 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta'mirlash va moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida budjetdan 2 trillion so'm ajratiladi", - dedi Shavkat Mirziyoev.1

Ozbekiston Respublikasi oz muastaqilligini yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning har tomonlama bilimdon, ma'naviy jismoniy jihatdan barkamol insonlar bolib yetishishlariga bogliqdir.

Eng avvalo, yosh avlodning ilmiy-dunyoviy bilimlar asoslarini puxta egallashi, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur kolamining hosil bolishi

va ma'naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishi uchun ta'lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etilishiga erishish lozim. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jaxonga keng yoyish, ulug' ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosimizni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, Ozbekiston Respublikasini rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta'minlash, yosh avlodning komil inson bolib kamol topishiga bevosita bog' liqdir.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan e'tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bolmay ulgayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bolib yetishlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam. Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to'liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat korsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi. Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani ayni muddaodir.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli bo'lib yashashlari shart7. Jonajon O'zbekistonimiz mustaqillikni qo'lga kiritgach har bir sohalarga o'zlarishlar yangiliklar kiritildi. Shu jumladan ta'lim soxasida bir qancha ham yangi texnika va texnologiyalarni yaratish ularni amalyotga tatbiq etish, hamda innovatsion g'oyalarni ishlab chiqish kabi bir qancha maqsadlarni oldinga qo'ydi.

Bu borada "Ta'lim to'g'risidagi" Qonunda ishlab chiqildi. 2011 - yilda Respublikamizda maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlari maqsad va vazifalari, tamoyillarini o'z ichiga olgan "Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasi" ishlab chiqildi8.

O'zbekiston tarixida maktabgacha ta'limning rivojlanishi ilk bor Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog'chalari 1918 - yilning 2 - yarmida tashkil etila boshlandi. 1920 - yilda Turkiston respublikasida 71 ta bolalar bog'chasi 1921 - yilga kelib bolalar bog'chalarining soni 105 taga yetgan bo'lsa, ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekistonda bolalar bog'chalari va bolalar maydonchalarining tarmog'i deyarli ikki barobar kengaydi.

7 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat".2016 yil 4-bet.

8 Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo'stoni". Toshkent.2013 yil.13-bet.

Ijtimoiy sinflarning bolalar uchun 1891 - yilda "Bog'dorchilik" jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog'ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun "Bolalar maydoncha xilida"gi birinchi bolalar bog'chalari ochildi. 9

Bugungi kunda ta'lim davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishiga aylandi. Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Maktabgacha ta'lim tashkilotsi sohasi ochiq tan olishimiz kerakki, biz bu muhim sohadagi ishlarni e'tibordan chetda qoldirdik. Shu sohada bolalarni qamrab olish 27 % tashkil etadi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlari va o'quv tarbiyaviy rejalariga qo'yiladigan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha inson butun umri davomida olinadigan barcha ma'lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bo'lgan muddatda qabul qiladi. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Miromonovichning 2016 - yil 29 -dekabrdagi "2017 - 2021 - yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi" 10 Mazkur qaror maktabgacha ta'lim tizimini moddiy - texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagogik kardlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalar tadbiq etish. Farzandlarimizni intelektual axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart - sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal etishda muxim hisoblanadi. Binobarin, mazkur hujjatga bog'liq maktabgacha ta'lim tizimi yanada takomillashtirilib yangi tashkilotlar qurildi. Mavjudlari rekonstruksiya qilindi, hamda mukammal ta'mirlanadi. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruhlarda o'g'il qizlarning kerakli bilimlarini egallashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek qarorda, qishloq joylarida yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar o'quv - metodik qo'llanmalar va multimedia vositalari bilan ta'minlash nazarda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish to'g'risida 2017 - yil 30 - sentabr. Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etilishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yanada kuchliroq e'tibor qaratilganligining yaqqol dalilidir. Murg'ak qalbning unib - o'sishi, har tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakllanishi, hamda mamlakatimizning ertangi kunda o'ziga hos o'rin egallashi uchun, maktabgacha ta'lim sohasida malakali kadrlarni talab qiladi. Maktabgacha ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mas'ul shaxslarga yanada mas'uliyatlar yuklanadi. Maktabacha ta'lim muasssasida faoliyat olib borayotgan har bir tarbiyachi o'z

9 Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo'stoni". Toshkent.2013 yil. 24-27-betlar.

10 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar stategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarini o'rganish bo'yicha" ilmiy uslubiy risola. Toshkent. "Ma'naviyat". 2017 yil. 193-bet

kasbining mohir ustasi bo'lishi hammani o'z ortidan ergashtira bilishi sog'lom raqobat muxitiga tayyorlangan holatda ish olib borishi kerak.

Zamonaviy ta'lim dasturlaridan texnika vositalaridan to'g'ri foydalana bilishini talab qiladi. Bugun bog'cha yoshidagi bolalarni ziyraklik bilan axborot texnologiyalarini o'zlashtirib olayotgani maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'quv tarbiya dasturlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni talab etadi. Shu kungacha mamlakatimizda bir qancha yangi maktabgacha ta'lim tashkilotsi qurildi va bog'chalarni kapital rekonstruksiya qilindi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi tayyorlanmoqda. Ushbu dastruda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish ularning moddiy texnik bazasini va kadrlar bilan taminlash darajasini yaxshilash ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy usullarni joriy qilish kabi keng ko'lamli vazifalarni belgilanmoqda. Jizzax viloyatida kelgusi besh yilda 135ta maktabgacha ta'lim tashkilotsini qurish rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari bajariladi. Ayni vaqtda bu sohada hususiy bolalar bog'chalari faoliyatini yo'lga qoyishga ham keng imkoniyat ochib berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar stategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarini o'rganish bo'yicha" ilmiy uslubiy risola. Toshkent. "Ma'naviyat". 2017 yil. 193 -bet

2.Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat"2016 yil 4-bet.

3.Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo'stoni". Toshkent.2013 yil.13-bet.

4.Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo'stoni". Toshkent.2013 yil. 24-27-betlar.

5. Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. - 2019. - Т. 46.

6.Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //SCIENCE AND WORLD. - 2013. - Т. 46.

7.Ziyayeva M. FEATURES OF EFFECTIVE EDUCATION FOR ADULTS //Конференции. - 2021.

8.Зияева M. Ф. Обучение иностранному языку с использованием компьютерных технологий //Наука и мир. - 2020. - Т. 2. - №. 5. - С. 45-46. 9.Fazlidinovna Z. M. DEVELOPMENT OF WOMEN'S AND GIRLS'SPORTS FUTURE //Конференции. - 2020.

10.Зияева M. Ф. :mAXC MAЪHABИЙ KAMОЛОТИДA ТИЛШУНОСЛИКНИНГ ТУТГAH УРНИ //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 555-559.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.