Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3035
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oila / Interaktiv / hamkorlik / faslitator / ta’lim-tarbiya / tashabbuskorlik / tashkilotchilik / rivojlantirish / pedagogik mahorat / hamkorlikdagi yondoshuv. / Family / Interactive / cooperation / facilitator / education / initiative / organization / development / pedagogical skill / cooperative approach.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Muratova

Maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning amaliyotdagi holati bayon etilgan, shuningdek muammoning olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi tahlili keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PRACTICAL SITUATION OF ENSURING THE ACTIVE PARTICIPATION OF PARENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

The article describes the state in practice of ensuring the active participation of parents in the educational process in the preschool educational organization, and also provides an analysis of the problem in the scientific research work carried out.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA'LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA'MINLASHNING

AMALIYOTDAGI HOLATI Muratova Munavvar O'rol qizi

Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7296427 Annotatsiya. Maqolada Maktabgacha ta'lim tashkilotida ota-onalarni ta'lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta'minlashning amaliyotdagi holati bayon etilgan, shuningdek muammoning olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi tahlili keltirilgan

Kalit so'zlar: Oila, Interaktiv, hamkorlik, faslitator, ta'lim-tarbiya, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, rivojlantirish, pedagogik mahorat, hamkorlikdagi yondoshuv.

ПРАКТИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ АКТИВНОГО УЧАСТИЯ

РОДИТЕЛЕЙ В ВОСПИТАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ Аннотация. В статье изложено практическое состояние обеспечения активного участия родителей в образовательно-воспитательном процессе в дошкольной образовательной организации, а также представлен анализ проблемы в проводимых научно-исследовательских работах.

Ключевые слова: Семья, интерактив, сотрудничество, фасилитатор, образование, инициатива, организация, развитие, педагогическое мастерство, кооперативный подход.

THE PRACTICAL SITUATION OF ENSURING THE ACTIVE PARTICIPATION OF PARENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstract. The article describes the state in practice of ensuring the active participation of parents in the educational process in the preschool educational organization, and also provides an analysis of the problem in the scientific research work carried out.

Keywords: Family, Interactive, cooperation, facilitator, education, initiative, organization, development, pedagogical skill, cooperative approach.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizmini takomillashtirish, uni jahon ta'lim standartlari talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, bolalari kamolga erishgan davlatlar taraqqiyotida bu omil o'ziga xos o'rin tutadi.

Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Zamonaviy ta'lim konsepsiyalari asosida ta'lim- tarbiya jarayonini yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chiqaradigan barkamol avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatadi.

Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlangan, jismonan sog'lom, aqlan etuk va ma'naviy jixatdan shakllangan etib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda.Bu kabi vazifalarni amalga oshirishdaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni ilk va maktabga chayoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha qator vazifalarni belgilaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma'naviyat va ahloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o'rni Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy, Jaloliddin Rumiy, Yusuf Xos Xojib Abdulla Avloniylarning pedagogik g'oyalari va qarashlarida o'z aksini topgan.

P.Yusupova, F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Babayeva, G.X.Jumasheva, X.I.Kasimova, M.SH.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.Shodiyeva, SH.A.Sodiqova SH.Shodmonova, O.U. Hasanboyeva va boshqalar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko'nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan. Bu sohada psixolog olimlardan G'.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina, E.G'oziev, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog'inov, S.A.Oxunjonova, A.Shojalilov va boshqlar ham o'z atdqiqotlarida oilada farzand tarbiyasi masalalriga alohida e'tibor bergalar.

Zamonaviy maktabgacha pedagogikada rus olimlari MTT oila bilan ishlashning turli jihatlarini ko'rsatgan. G.F. Biktagirova , E.I. Murtazinalar, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy, P.F. Vinogradova, I.A. Danilina, L.V. Zagik, O.L. Zvereva, V.M. Ivanova, V.K. Kotirlo, T.V. Krotovoy, T.A. Kulikova, T.A. Markova, O.V. Ogorodnova, M.M. Ramazanova, Z.I. Teplova i dr. Vetnam olimlari Lyuong Txi Bin, Nguen Xong Txuan, Nguen An Tuet, Nguen Txi Oan, Fan Ngok An, Chan Txi Go Oan va boshqalar oila hamda MTT hamkorligi borasida o'z qarashlarini billdirganlar.

TADQIQOT NATIJASI

Ota-onalarning MTT ostonasini hatlab o'tar-o'tmas bolalarni shosha-pisha tahlab ketishlaridan iborat holatlarni kamaytirish uchun shunday tartib o'rnatish kerakki, unga muvofiq ota-onalar masuliyatni yana bir bor his qilishlari lozim.

V.A.Suxomlinskiy, tarbiya va rivojlanish vazifalari bolalar bog'chasi oila bilan aloqani saqlab, uni o'z ishiga jalb qilgan taqdirdagina muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkinligini ta'kidlaydi.Darhaqiqat bolalarning ta'lim-tarbiyasida MTT pedagoglari, jamoat tashkilotlari va oilalarning birgalikdagi faoliyati orqaligina yuksak muvaffaqiyatlarga erishish bugungi kun talablaridan biri xisoblanadi.Agar bunday birdamlik va say-harakatlarni muvofiqlashtirishga erishilmasa, unda muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'zaro xamkorligi kamdan-kam xollarda darxol yuzaga keladi. Bu sabr-toqatni, tanlangan maqsadga qat'iy rioya qilishni va ota-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

onalar bilan xamkorlik qilishning yangi usullarini doimiy ravishda izlashni talab qiladigan uzoq jarayon, uzoq davom etadigan mashaqqatli mexnatdir.

Oila bilan ishlashning turli shakllaridan foydalanish ota-onalarning maktabgacha tarbiya tashkilotiga joylashishi va ishonchini uyg'otishga imkon beradi.

Oilalar bilan o'zaro an'anaviy munosabatlarning jamoviy shakillari

Pedagog bu yoki boshqa ish turini rejalashtirayotganda xar doim zamonaviy ota-onalar, shuningdek, doimiy izlanish, o'z-o'zini rivojlantirish va xamkorlikka tayyor bo'lgan zamonaviy odamlar xaqidagi fikrlardan kelib chiqishi kerak. Oilalarni ongli ravishda jalb etish uchun vaqt, oila a'zolarining qiziqishlarini, ko'nikmalarini va cheklovlarini rejalashtirish xamda bilish talab etiladi.

MUHOKAMA

Bolalarni barkamol tarbiyalshga ularning ota-nalari va MTT ning faol ishtirokisiz erishib bo'lmaydi, ota-onalarning MTT ning oila bilan hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha bo'lganligi bois MTT sharoitllaridan ota-onalarning qoniqish jihatlari o'zgarib bormoqda . Bazi oilalarda ota-onalarning o'z farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanish masalalarini hal qilishdan voz kechish tendensiyasi kuchaygan. Bazi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan qiziqishadi, ular MTT ni faqat bolalarni boqadigan joy deb hisoblashadi. Tarbiyachining maslaxatlarini e'tiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi. Bazi ota-onalar, ularning vazifasi faqat bolaning kiyinishini ta'minlash deb qarashadi.

Ota-onalarning pedagogik faoliyat sohasiga jalb etilishi, ularning ta'limiy faoliyat jarayoniga qiziqishi o'z farzandi uchun juda muhimdir.

MTT lar uchun o'zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo'lmaydigan afzallliklari ko'p. Maktabgacha ta'lim tashkilotining oila va mahalliy jamotchilik bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish zaruriyati hozirgi paytda dolzarb bo'lib qolmoqda.

Olib borilgan ilmiy izlanish va tajribalar shuni ko'rsatadiki , tarbiyachilar, oilalar va jamoat a'zolari o'rtasidagi kuchli hamkorlik bolalarning rivojlanish va ta'lim olishiga ijobiy xissa qo'shadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Demak, oila bilan hamkorlik shaxsni ilk tarbiyalash tizimi sifatida bolaning dunyoqarashi, ma'naviy olmining rivojlanishida muhim o'rin tutadi.Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma - xil va o'zaro bog'liq bo'lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'zaro xamkorligi kamdan-kam xollarda darxol yuzaga keladi. Bu sabr-toqatni, tanlangan maqsadga qat'iy rioya qilishni va ota-onalar bilan xamkorlik qilishning yangi usullarini doimiy ravishda izlashni talab qiladigan uzoq jarayon, uzoq davom etadigan mashaqqatli mexnatdir.

Oila bilan ishlashning turli shakllaridan foydalanish ota-onalarning maktabgacha tarbiya tashkilotiga joylashishi va ishonchini uyg'otishga imkon beradi.

Yuqorida bayon qilingan dolzarb muammolar haqiqatdan ham, Davlat talablarining bosh tamoyili bo'lgan " bolaning noyobligi" , "bolaning huquqiarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi", "bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli" ni anglagan holda, MTT, oila, tarbiyachi-pedagoglar hamda ota-onalarning bevosita, doimiy va samarali hamkorligini talab etadi. Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. XULOSA

MTT da bola bilimga ega bo'ladi, boshqa bolalar va kattalar bilan o'zaro munosabatda bo'lish, o'z faoliyatini tashkil etish qobiliyatini oladi. Biroq, bola ushbu ko'nikmalarni qanchalik samarali egallashi oilaning maktabgacha ta'lim muassasasiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim jarayonida ularning ota-onalarining faol ishtirokisiz uyg'un rivojlanishi mumkin emas.

"Oila bilan o'zaro munosabatlar" tushunchasini "ota-onalar bilan ishlash" tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Garchi ikkinchisi tarkibiy qism o'zaro aloqadorlik nafaqat jarayon ishtirokchilari o'rtasida vazifalarni taqsimlanishini, balki qayta aloqa qilishni ham nazarda tutadi.

Interfaol usullardan foydalangan holda ota-onalar bilan ishlashning ma'nosi nafaqat ota-onalar bilan aloqalarni o'rnatishda, balki shu tarzda yaratilgan qulay hissiy muhit tufayli ota-onalar tarbiyachining maslahatlarini yaxshi qabul qilishlari, yangi ma'lumotlarni idrok etishlari uchun ochiq bo'lishlari bilan bog'liq. Shunday qilib, oilaviy munosabatlar va ota-ona-bola munosabatlari bolaning pozitsiyasini va boshqa odamlar bilan shaxslararo munosabatlar strategiyasini shakllantiradi. Ota-onalar barkamol bo'lishni, bolalarni tarbiyalashni, o'zlarining ta'lim faoliyatini tahlil qilishni o'rganishlari, pedagogic xatolarning sabablarini, ishlatilgan usullarning samarasizligini aniqlashlari, bolaga uning xarakteriga va o'ziga xos vaziyatga mos keladigan ta'sir qilish usullarini tanlashlari kerak.Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. O'zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogic bilimlarni takomillashtirish bo'yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib,pedagogik nazariya va amaliyot tadqiqotlarining tahlili shuni ko'rsatdiki, bolalar bog'chalari va oilalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimida vazifalar va tarkibga yagona talablar mavjud emas. Bolalar bog'chasi va oila, shuningdek, bolalar bog'chasi va oila sharoitida maktabgacha tarbiyachining shaxsini muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish uchun ota-onalarning pedagogik ta'lim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mazmuni va texnologiyalaridagi uzluksizlik va amaliy ko'nikmalar va ota-onalarda bu vazifaga ijobiy munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, maqsadga muvofiq va samarali o'zaro hamkorlik qilish uchun oilaviy tarbiya tajribasini, shuningdek ota-onalar kontingentini tahlil qilish asosida o'quvchilar oilalari bilan ishlashga individual, tabaqalashtirilgan yondashuvni ta'minlash kerak; o'qituvchilar tomonidan taqvim rejasida ota-onalar, boshqa oila a'zolari bilan turli xil aloqa shakllarini, turli shakllarning o'zaro munosabatlarini rejalashtirishni talab etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -Toshkent, 2017. - 6-son.

2. "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari". Toshkent 2018.

3. "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 2707 - son 2016 yil 29 dekabrdagi Qarori.Xalq so'zi 2016 yil,30 dekabr.

4. O'zbekiston Prezidenti 2020 yil 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga murojaatnomasi "Xalq so'zi» 25- yanvar, 2020 yil

5. "Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik" Metodik qo'llanma (birichi nashr) Toshkent : 2020-y.

6. Qodirova F. M. "Maktabgacha pedagogika" : o'quv qo'llanma Toshkent «MANAVIYAT » 2016 -y

7. Shodmonova.SH "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi". T. "Fan va tehnalogiya", 28.Qodirova F. M. "Maktabgacha pedagogika" : o'quv qo'llanma Toshkent «MANAVIYAT » 2013 157-b.

8. Qodirova.F.R ,Tashpulatova SH.K"Maktabgacha ta'lim muassasasisida metodik ishlar" Toshkent.2018 yil.

9. Sodiqova.SH "Maktabgacha pedagogika " «TAFAKKUR BO'STONI» T0SHKENT-2013

10. Джaмилoвa Н. Н. Фoрмирoвaниe oргaнизaтoрских ячеств у студентов в процессе их обучения в ВУЗе //06pa30BaH^ через всю жизнь: непрерывное 06pa30BaH^ в интeрeсaх устойчивого рaзвития. - 2011. - №. 9. - С. 690-691.

11. Джaмилoвa Н. Н. К ВОПРОСУ ФОРМИРОВАНИЯ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У ДОШКОЛЬНИКОВ (мaтeриaлы исслeдoвaния) //Пeдaгoгичeскиe тауки. - 2012. - №. 2. - С. 11-15.

12. Джaмилoвa Н. Н., Кaдирoвa Н. М., Жaмилoвa Ф. М. Теоретическое и прaктичeскoe состояние проблемы рaзвития профессиотальных кaчeств будущих пeдaгoгoв //Упрaвлeниe дошкольным oбрaзoвaтeльным учреждением. - 2021. - №. 3. - С. 56-61.

13. Джaмилoвa Н. Н., Кaдирoвa Н. М., Жaмилoвa Ф. М. ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ИНИЦИАТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ //Управление дошкольным образовательным учреждением. - 2020. - №. 6. - С. 36-42.

14. Джамилова Н. Н. ИЗУЧЕННОСТЬ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ИНИЦИАТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПО СПЕЦИАЛЬНОСТИ" ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ" //ДЕТСТВО В ПРОСТРАНСТВЕ СОЦИОКУЛЬТУРНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРАКТИК. - 2019. - С. 105107.

15. Бондина М. Е. и др. РАЗВИТИЕ ИНИЦИАТИВНОСТИ У БУДУЩИХ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА //В состав редакционной коллегии и организационного комитета входят. - 2018. - С. 201.

16. Джамилова Н. Н., Имамова Н. З. Развитие инициативности у будущих студентов на основе компетентностного подхода //Исследование различных направлений современной науки. - 2018. - С. 201-204.

17. Джамилова Н. Н., Имамова Н. З., Захарова О. С. ОРНАМЕНТАЛЬНО -ДЕКОРАТИВНАЯ СТИЛИЗАЦИЯ //В состав редакционной коллегии и организационного комитета входят. - 2018. - С. 204.

18. Джамилова Н. Н. К ВОПРОСУ ФОРМИРОВАНИЯ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У ДОШКОЛЬНИКОВ (материалы исследования) //Педагогические науки. - 2012. - №. 2. - С. 11-15.

19. Джамилова Н. Н. Педагогические условия формирования организаторских качеств у учащихся педагогических колледжей //Вопросы гуманитарных наук. -2010. - №. 3. - С. 219-221.

20. Джамилова Н. Н. Формирование и развитие организаторских качеств у обучаемых в процессе непрерывного образования //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2010. -Т. 8. - С. 91-93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.