Научная статья на тему 'MTM BILAN OTA - ONALAR HAMKORLIGINING SAMARALI USULLARI, MAQSAD VA VAZIFALARINING ASOSLARI'

MTM BILAN OTA - ONALAR HAMKORLIGINING SAMARALI USULLARI, MAQSAD VA VAZIFALARINING ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5719
314
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OTA-ONA / HAMKORLIK / MAKTABGACHA TA'LIM / TARBIYACHI / SAMARA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Arziqulova S.F.

Maqolada maktabgacha ta`lim bilan ota-ona hamkorligi, bog`liq jihatlari va albatta maqsad va vazifalari xususida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS, PURPOSE AND FUNDAMENTALS OF PARENTAL COOPERATION WITH MTM

The article discusses the relationship between parents and preschool education, its aspects and, of course, goals and objectives.

Текст научной работы на тему «MTM BILAN OTA - ONALAR HAMKORLIGINING SAMARALI USULLARI, MAQSAD VA VAZIFALARINING ASOSLARI»

Arziqulova S.F.

Qarshi davlat universitetiningPedagogika instituti o^qituvchisi

MTM BILAN OTA - ONALAR HAMKORLIGINING SAMARALI USULLARI, MAQSAD VA VAZIFALARINING ASOSLARI

Maqolada maktabgacha talim bilan ota-ona hamkorligi, bogliq jihatlari va albatta maqsad va vazifalari xususida so z yuritiladi.

Kalit so^zlar: Ota-ona, hamkorlik, maktabgacha talim, tarbiyachi, samara.

Arziqulova S.F. teacher

Pedagogical Institute of Karshi State University

7 branches

Development of professional competence of teachers in the process of

continuing professional education

EFFECTIVE METHODS, PURPOSE AND FUNDAMENTALS OF PARENTAL COOPERATION WITH MTM

The article discusses the relationship between parents and preschool education, its aspects and, of course, goals and objectives.

Keywords: Parenting, collaboration, preschool, educator, productive.

Kirish

Maktabgacha talim tashkiloti tomon otlanayotgan farzandlarimiz bugunning baxtli chehcaklari. Yorug\ keng va eng zamonaviy rusmda tamirlangan xonalarda qora kozi eng zamonaviy o'yinchoqlar bilan mashg'ul bolsa, ikkinchidan ilg'or tajribaga ega malakali pedagoglar mashg'ulotlarida oz bilimini, bolalik dunyo qarashini rivojlantiradi. Avvallari devori suvog'idan nurab, boshiga chakki tomgan mashg'ulotxonalaru, kosasika sanoqli go'sh maxsuloti yo solingan yoki solinmagan yegulikni nari beri iste'mol qilib qish kunlari aqalli miriqib uxlashga ham imkoni bolmagan.

Muhtaram Prezidentimizning Yangi O'zbekistonning uchinchi ming yilligi ostonasida bugungi farzandlarimiz kelajagini oldindan ko'ra bilib ularning taqdirini o'ylab maktabgacha talim sohasida yangi qarorlarni ham chiqarib ham ijrosi uchun tezkorlik bilan yeng shimarib kirishgani biz pedagoglarni ham quvontirdi.

Avvalo, talim yo'nalishimiz vazirlik darajasiga ko'tarildi. Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabr PQ-3305 qarori asosida Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori barcha maktabgacha talim tizimi xodimlarining yillar davomida kutgan

natijasi boldi. Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 9 sentyabr n^-3261-son Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi hamda 2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarorlari barcha islohotlarning imkoniyat eshigini ochdi.

Darhaqiqat, maktabgacha talimda qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, 7 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish orqali maktabgacha ta'lim tizimining huquqiy bazasi yaxshilandi;

MTM moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda va tarmog'i kengaytirilmoqda. 2018 yilda ta'mirlanayotgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 barobarga (105 taga nisbatan 298 ta), yangi qurilish obektlari soni esa 2 tadan 40 taga oshdi;

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'i kengaymoqda, ularning soni 568 taga yetdi;

Davlat-xususiy sektor sherikchiligi tamoyili asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni jadal ortmoqda - bugungi kungacha davlat-xususiy sektor sherikchiligiga doir 741 ta kelishuv imzolandi;

Pedagoglar va tarbiyachilar malakasini oshirish ishlari o'tkazilmoqda. 2018 yilda 9 mingdan ziyod xodim qayta tayyorlandi;

"Bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish" interaktiv xizmati yo'lga qo'yildi;

Maktabgacha ta'lim pedagoglari bazaviy tarif stavkalari 2 barobarga oshirildi;

Hisobotlar hajmi sezilarli darajada qisqartirildi;

Maktabgacha ta'lim boshqaruvi axborot tizimi (EMIS) joriy etildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

MTM bilan ota - onalarning bir-biriga bog'liq jihatlar

MTM bilan ota-onalar burchlari va vazifalari, maqsadi bir-biriga o'xshaydi. MTMning asosy maqsadi bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezishlari amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdan iborat boisa, ota-ona bolalarni ma'naviy barkamol qilib shakllant-irishdagi asoslarni hosil qilishda MTMdan samarali foydalanish va bola aqliy kamolotini ma'naviy kamolot bilan uyg'un holda rivojlantirishga erishishdir. Bolalarning MTM dagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish.

Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'i uchun g'amxo'rlik qilish.Maktabgacha ta'lim esa ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashga doimo g'amxo'rlik qilishdir.Bola shaxsini shakllantirish, bilimga qiziqishini rivojlantirishdir. MTMda bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlanadi. MTM da bolalarning sog'lig'ini nazorat qilib boriladi. Bolalarni milliy ma'naviyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan

tanishtiriladi. Bolalarni turli tahdidlarga qarshi kurasha olishga tayyorlanadi. Bolalarni odobli va tartibli kiyinishga o^gatiladi. BolalaTdagi salomlashish va ovqatlanishini odatdagi holga kiritiladi. Bolalarni huгmat qilish me'yoгlaгiga е'йЫг beгiladi. Ulaг qalbidagi ezgulik umg'lami undiгib, o'stiгib, Ulaгga mehг va muhabbat hamda muгuvvat ko'гsat-isЫarning mazmun - mohiyatini anglatiladi. "Odam savdosi" yomon illat ekanligi haqida bolalar ongiga chuqur tushuncha shakllantiгiladi. Unga mubtalo bo'lganlaming oqibati ayanchli bo'lishi haqida bolala^a tushuntiгiladi. MTM xodimlarining bolalaг uchun ibгat - namuna bo'ladi. Turii гag'batlantiгuvchi omil va pedagogik usullardan foydalangan holda bolalar jamoasi ishtirok-ida ularning qatnasha olishlariga qiziqish va faoliyatlarini oshir-ish bo'yicha xohish uyg'otish va unga sharait ta'minlaydi.Ko'pchilik bolalarni ulami shaxsiy xususiyatlari va qiziq-ishlariga mos holda faoliyatga jalb qilinadi.

Ota -naning jihatlari esa;

bola shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish.

Bolaning aql-zakovatli bo'lishi-ga va jismoniy hamda ma'naviy jihatdan yetuk bo'lib tarbiya-lanishiga asos yaratish.

Bola rivojlanishidagi nuq-sonlarni zarur tarzda tuzatish.

Bolalarning oilaviy an'anala^ maгosimlaг, uгf - odatlar va milliy bayramlarni kutib olishga tayyorlash.

Bolalami ma'naviy jihatdan tayyoriashda haг xil illatlarga nafrat гuhida tayyorlash.

Bolalarga kiyinish odobi va ulardagi intizomlilikni shakllantirish haqida qayg'urish.

Salomlashish va ovqatlanish odoblari insoniy fazilatlar ekanligini bolalar ongiga singdirish.

Bolalarda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat fazilat-larini, o'zidan katta yoshdagilaгga huгmat bilan munosabatda bo'lish tuyg'ularini shakllantirishga harakat qilish.

Odam savdosiga tushib qolgan odamlarning oilalari ham mahalla oldida uyalib, oila tanazuliga uchrashligini farzand-lar ongiga singdirish.

Oilada ota-onaning bola tarbiya-sida "Ijobiy o'mak" ko'гsatishi.

Ota - onaning oilaviy sog'lom muhitni tashkil etishi uchun ibrat - namuna ko^satishi, oilada bola taгbiyasiga гuhiy ta'siï qiluvchi omillami hisobga olinishi, oilada salomatlik tamoyillariga amal qilinishi, salbiy ta'siriami baгtaгaf qilishga bo'lgan harakatlar

Oilada farzandlarning qiziqish-larini o'yinchoqlaг yoráamida aniqlash va aniqlangan qiziqish-ni yanada kuchaytirishga ahamiyat berishdan iborat.

MTM va ota-ona bilan hamkorlik natijasida esa farzandlarda ongli hayot kechirish elementlari shakllanadi. Bolalaгda ham jismonan, ham ma'nan sog'lom bo'lishga ish-tiyoq oshadi.

Bolada onglilik va ijodkorlikka qiziqish oshadi. Bunda MTM dagi va oiladagi ma'naviy sog'lom muhit e'tiborga olinadi. Ixtisoslashtirilgan MTM da bunga boshqa talab qo'yiladi.

Bunda bolalarga ma'naviy immunologik tarbiya berish asos qilib olinadi.Oila va bola ma'na-viyatining sog'lom bo'l-ishiga e'tibor berila-di. Bolalardagi tozalik, ozodalik, tartib - intizomlilik kabi insoniy sifatlar shakllanishiga asos yaratiladi.Bolalardagi ma'naviy - axloqiy tarbiya rivojlanishi e'ti-borga olinadi.Bolalar ongida ezgulik insonlarni yaxshilikka yetaklashi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'lishi e'tiborda bo'ladi.Turli salbiy oqibat-lar haqida bolalar ongida tasavvur paydo bo'ladi."Ibrat - namuna - hayot dorilfununi" turkumi-dagi ma'lumotlardan foydalanish kerak.Bola tarbiyasidagi rag'batlantirish va jazolash me'yorlariga amal qilish lozim bo'ladi.Qiziqishga oid faol-iyatga moyillik kuchli bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'rinib turibdiki, farzand nafaqat oila tarbiyasi orqali kamol topadi, balki unga Davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlar asosida tashkil etilgan MTM orqali ham kamol topadi. Chunki, bo'lajak kattalar ana shu kichiklar negizida tayyor bo'ladi. Bundan tashqari xalqimiz bolaparvar va o'z zurriyodini jonidan ham aziz ko'ruvchi xalq. Ular farzandlarini oilasining quvonchi, ota - onasining mehr nuridan yaralgan, ya'ni Alloh ato etgan oliy ne'mat, jamiyatning hayotbaxsh hamda harakatlantiruvchi kuchi, deb biladilar. Shuningdek, farzand umr mevasi, oila faxri va quvonchi hamda davomchisi bo'lganligi uchun ham u oilaning kelajagi baxtidir.

Biz oilani davlat ichra kichik davlat deb ataymiz. Unda yangi inson, ya'ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo'ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o'qituvchisi va tarbiyachisidir.

Farzandni barkamol va ma'naviy yetuk qilib o'stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o'zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Bunday muhim va istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota - onalarga yordam ko'rsatish maqsadida MTM tashkil etilgan. Bu borada MTM bilan ota -onalar hamkorligining ahamiyati katta.

Bunday hamkorlikni o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazdik.

So'rovnoma quyidagiga tarkibiy qismlarga bo'linib tayyorlandi:

I. Familiyangiz ismingiz. Bunda ota yoki onaning ismi sharifi yoziladi.

II. Oila va uning tarkibi. Bu tarkibiy qism 11 punkdan iborat savol bo'lib, unga oid javoblar ham tayyorlandi va to'g'ri javob deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.

III. Oilada bola tarbiyasiga oid shart - sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 23 ta savol va turli javoblar, to'g'ri deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.

IV. Oilada bolaning barkamol bo'lishiga ma'naviy asos yaratilganligi. Bu tarkibiy qism ikkiga, ya'ni 4.1. - otalar uchun savollar va 4.2. - onalar uchun

savollarga bo'lindi. Ularning birinchisida 10 ta, ikkinchisida 11 ta savol olindi va yuqoridagi kabi talab qo'yildi.

V. Oilada bola tarbiyasi uchun moddiy asoslarning mavjudligi. Bu tarkibiy qism bo'yicha 10 ta savol olindi va ularga yuqoridagi kabi takliflar berildi.

VI. Farzandni maktabga tayyorlashga oiladagi shart - sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 10 ta savol bo'lib, unga mos turli javoblar berilgan va bu yerda ham to'g'ri javobni aylana ichiga olib belgilash taklif qilingan.

Bizni mamnun qilgan narsa shundan iborat bo'ldiki, ota - onalarimiz farzandlarimiz taqdiriga befarq emas. Eng asosiysi ularning 92 foizi farzandlarini ma'naviy yetuk, barkamol qilib tarbiyalashni xohlaydi, shuningdek, ular ichidan 98,2 foizi farzandlarini turli tahdidlar va salbiy ta'sirlardan asrashni istaydilar.

Ota - onalarga "Farzandlaringizni MTM negizida maktabga tayyorlashni istaysizmi"? - degan savol berilganda, ular deyarli 100 foiz "ha" degan javobni belgilashgan.

Demak, ota - onalarimizning tani - joni xuddi avlod - ajdodlarimizniki kabi ma'naviyat va ma'rifat bilan yo'g'rilgan. Shu sababli biz uzluksiz ta'lim tizimining eng dastlabki qismini oila ma'naviyati va ma'rifatini hisobga olishdan boshlagan ma'qul ekan degan fikrga keldik. Bu fikrimiz ODM da ham ko'p marotaba o'z tasdig'ini ham topdi.

Demak, farzand tarbiyasini ota - onalar o'z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas'uliyati hamda qarindosh - urug'lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro'si farzand tarbiyasida ma'naviy ozuqa bo'ladi. Bu ma'naviy ozuqa bola tarbiyasida "ufq" ni ko'zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo'shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o'rnak bo'ladigan kishilardir, ya'ni obro'li ota - onalardir. Bunday odamlar o'z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, MTM ham e'tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a'zolari bo'ladi.

MTM va oila uyg'unligida bola tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, MTM laridagi ta'lim - tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo'lsa, ikkinchidan, ota - onalar bolalar tarbiyasining quyidagi ma'naviy jihatlariga e'tibor berilsa:

sog'lom oilaviy muhit;

oila ma'naviyati;

oilada bolaga ma'naviy - immunologik tarbiya berish omillari;

oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar;

oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar;

oilada bolani ma'naviy jihatdan tarbiyalashga bag'ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf - odatlar, milliy va oilaviy bayramlar, ODM. Bular to'g'risida mazkur tadqiqotimizning keyingi qismlarida batafsil ma'lumot beriladi. Bu jihatlardan ota-onalar tashabbuslari bilan MTM da uyushtiriladigan "Ma'naviyat mashg'ulotlari"da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini shakllantirishga erishishiladi. Ishonchimiz komilki, ular ma'naviy yetuk, barkamol inson bo'lib shakllanadilar. Xulosa

Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta'limda ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish haqida gap borar ekan avvalob ularni bir-biriga bog'laydigan usullarni o'ylab topish lozim. Masalan, ota-onalar yig'ilishlari. Bunda ota-ona bolasi haqida eng ko'p ma'lumotlarni shu jarayonda oladi. Ularga yig'ilishda o'zi uchun bolasi haqida mavzularni tanlashda quyidagi ro'yxat taqdim etilishi samarali:

bolaning o'sishi va rivojlanishi;

qiyin xulq-atvorni qanday tuzatish mumkin;

bolaning ovqatlanishi;

bolalar kasalliklari;

o'yin orqali o'rgatish;

shaxsiy qadr-qimmat hissini rivojlantirish; nutqni rivojlantirish; o'yinchoqlarni tanlash va h.k.

Yana bir muhim usullardan biri bu bolalar bog'chalarida ota-ona burchaklarini tashkillashtirishdir. Bu burchak har bir guruhda bo'lishi shart. Ularning asosiy maqsadi bolalar va bolalar bog'chasida nima qilayotgani haqida onalar va onalarga xabar berishdir. Ushbu stendlarda turli xabarlar, tug'ilgan kun, tabriklar berilsa ota-ota xabardor bo'lib turadi. .

Ikkinchidan, asosiy narsa, bolasi haqidagi qiziqarli va g'ayrioddiy bir hikoya bilan tanishishtirib borish kerak. Asosiy maqsad - ota-onalar uchun stendlardagi barcha muhim ma'lumotlarni optimallashtirish va guruhning ichki xonasida yaxshi niyat va qulaylik yaratish. Ota -onalar uchun tadbirlar

Barcha bolalarni otalari uchun tashkil etilgan tadbirga taklif qilish ham samara beradi. Otalarning MTMdagi pedagogik jarayonlarga qay tarzda ishtirok etishlarini aniqlashtirish, ya'ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar yoki san'atdan mashg'ulot o'tkazish uchun xonani jihozlashga yordam berishlari mumkin. Mahoratli tarbiyachi bir-birlarini ma'naviy jihatdan qo'llab- quvvatlashlari uchun ikki nafar otani guruhga yoki yig'ilishga birgalikda kelishga taklif etadi, otalar bir-birlari bilan uchrashishlari va o'z bolalari to'g'risida fikr almashishlari uchun tadbir tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. Toshkent-2018 yil. 8-bet

2. "Ilm yo'li" vaгiativ dastuгi. Toshkent "Sano-standart" 2020 yil. 13, 15-bet.

3. Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova "Tafakk^" Nashriyoti Toshkent - 2019

4. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.

5. Maktabgacha tartiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent "Oqituvchi" 1993

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.