Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING SIFAT JIHATDAN YUQORI POG‘ONAGA KO‘TARILISHI'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING SIFAT JIHATDAN YUQORI POG‘ONAGA KO‘TARILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1257
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / uzluksiz ta’lim / maktabgacha ta’lim muassasasi / innovatsiya / qaror / farmon / ma’naviyat / qadriyat / odob-axloq / shaxs. / education / continuing education / preschool / innovation / decision / decree / spirituality / value / morality / personality.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Norbo‘Tayeva, Guzal

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, sohaga oid qabul qilingan qaror va farmonlar, uning mazmun-mohiyati kabi ma’lumotlar umumlashtirilgan. Shuningdek, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tizimining sifat bosqichga ko‘tarilganligi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROMOTION OF PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM TO QUALITY

This article summarizes information on changes in the system of preschool education, decisions and decrees in the field, its content. It also analyzes how the quality of the pre-school education system has improved in recent years.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING SIFAT JIHATDAN YUQORI POG‘ONAGA KO‘TARILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINING SIFAT JIHATDAN YUQORI

POG'ONAGA KO'TARILISHI

Norbo'tayeva Guzal

Qamashi tuman 61-maktab o'qituvchisi, QarMII mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta 'lim tizimidagi o 'zgarishlar, sohaga oid qabul qilingan qaror va farmonlar, uning mazmun-mohiyati kabi ma'lumotlar umumlashtirilgan. Shuningdek, keyingi yillarda maktabgacha ta 'lim tizimining sifat bosqichga ko 'tarilganligi tahlil qilingan.

Kalitli so'zlar: ta'lim, uzluksiz ta'lim, maktabgacha ta'lim muassasasi, innovatsiya, qaror, farmon, ma'naviyat, qadriyat, odob-axloq, shaxs.

АННОТАЦИЯ

В данной статье обобщена информация об изменениях в системе дошкольного образования, решениях и указах в сфере, ее содержании. Также анализируется, как за последние годы улучшилось качество системы дошкольного образования.

Ключевые слова: образование, дополнительное образование, дошкольное учреждение, инновация, решение, декрет, духовность, ценность, нравственность, личность.

ABSTRACT

This article summarizes information on changes in the system of preschool education, decisions and decrees in the field, its content. It also analyzes how the quality of the pre-school education system has improved in recent years.

Keywords: education, continuing education, preschool, innovation, decision, decree, spirituality, value, morality, personality.

KIRISH

O'zbekistonda mustaqillik sharofati bilan ta'lim tizimining barcha bosqichlarida keng ko'lamli o'zgarishlar, yangilanishlar jarayoni boshlandi. Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan ta'lim tizimining eng quyi bo'g'ini maktabgacha ta'lim tizimida ham qator o'zgarishlar yuz berdi. Avvalo maktabgacha ta'lim tizimi uning mazmun-mohiyatiga to'xtaladigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi.

844

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi -bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdan iboratdir.

Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayyorlash, bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va ist e'dodlarini rivojlantirish, bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish, bolalarda yuqori ma'naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini mustahkamlash kabi maqsadlar ko'zga tutiladi. Keyingi yillarda ta'lim tizimining boshqa bo'g'inlari qatorida maktabgacha ta'lim tizimiga ham alohida e'tibor va ahamiyat berila boshlandi.

2017 yil 30 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoniga binoan, maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini sifatida, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan.

Mustaqillik yillarida respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarilib, o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligi ko'rsatilgan va so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodrog'i kamaygan bo'lib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etishi, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermasligi qayd etilgan.

Maktabgacha ta'lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturlari tatbiq qilinmaganligi tanqidiy tahlil etilgan.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lib, bu esa bolalarni maktab ta'limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermasligi, maktabgacha ta'lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermasligi, xorijiy davlatlar ilg'or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma'naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.

Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) lardagi bo'limlarini tashkil etilishi sohada amalga oshirilgan ulkan o'zgarishlardan hisoblanadi.

Sohada yangiliklarni joriy etish, innovatsion yondashuvni ta'minlash maqsadida 2017 yil 21 noyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risidagi nizomni hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida" gi Qaroriga asosan maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi ham tubdan takomillashitirildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, 2018 yil 30 sentyabrda "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3955-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida esa maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta'lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investisiya loyihalari bo'yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo'yicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilanishi ta'kidlangan.

Bu o'zgarishlar qabul qilingan qaror, farmonlar va ularning ijrosi natijasida sohada ta'lim-tarbiya sifatining mazmuni ham, maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarni qamrab olinishi ham, moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi jihatidan ham sifat darajasi oshdi. Masalan, yuqorida ta'kidlangan 30 foizdan qisqa vaqt ichida bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi 60 foizdan oshdi.

Masalan, 2020 yilda bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 60,9 foizga yetkazilganligi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

2018 yilda bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 38 foiz, 2019 yilda 52 foizni tashkil etgan bo'lsa, maktabgacha ta'limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2020 yili ushbu ko'rsatkich 60,9 foizga yetkazilganligi qayd etilgan.

Bugungi kunda respublikada 18 254 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularda 1 699 566 nafar bola qamrab olingan. Mavjud bog'chalarning 6 197 tasi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasasidir. Nodavlat sektordagi 12 057 ta bog'chaning 788 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 10 244 tasi oilaviy, 1 025 tasi xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisoblanadi.

Soha vazirligining ma'lum qilishicha, 2020 yilda investisiya dasturi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan respublika bo'yicha jami 32 218 ta o'rin (quvvat), shundan 2 580 ta o'rin 18 ta yangi qurilish hisobiga, 17 790 o'rin bo'sh turgan binolarni rekonstruksiya qilish hisobiga hamda 12 448 ta o'rin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

faoliyat ko'rsatayotgan MTTlar quwatlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi belgilangan.

2020 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 46 mingdan ortiq bo'lgan 420 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini hamda quvvati 50 ming o'rin bo'lgan 2000 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda Davlat xususiy-sheriklik asosida quvvati 42 mingdan ortiq 333 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'z faoliyatini boshlagan, hozirgi kunda 115 ta Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish ishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, jami 96 342 o'ringa mo'ljallangan oilaviy bog'chalarni tashkil etish bo'yicha 3 854 ta bitim imzolangan bo'lib, shulardan 83,7 ming quvvatga ega 3 529 tasi o'z faoliyatini boshlagan.

Davlatimiz rahbari 2020 yil yanvarda parlamentga yo'llagan murojaatnomasida 2020 yildan boshlab tarixda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinishi ma'lum qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari Qahramon Olimov 2021 yil oxirigacha maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi 65 foizga, jumladan, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan qamrab olish 82 foizga yetkazish rejalashtirilganligini ma'lum qilgan.

Xullas, tizimda yuz berayotgan bu kabi o'zgarishlar avvalo kelajagimiz tayanchi bo'lgan, unib-o'sib kelayotgan bolalarimizni barkamol, yetuk, milliy an'ana va qadriyatlarimizdan boxabar, sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ta'lim va tarbiya berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi va bu kabi xayrli ishlar albatta bardavom bo'lib, soha rivojini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish ko'zda tutilgan.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.T., 2017 yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni., 2017 yil 30 sentabr.

3. https://kun.uz/news/2021/01/12

4. http://info.ziyonet.uz/uzc/post/view/education/preschool

5. www.lex.uz.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.