Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM YOSHIDAGI BOLALARNI TAʼLIM-TARBIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

MAKTABGACHA TAʼLIM YOSHIDAGI BOLALARNI TAʼLIM-TARBIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1436
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta'lim / ta’lim va tarbiya / pedagogika / prinsip / usul / yosh / maktabgacha yoshdagi bolalar / izchillik / pedagogik muammo. / Preschool education / education and upbringing / pedagogy / principle / method / age / preschool children / consistency / pedagogical problem.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirova, Lobar Shovkat Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni taʼlim-tarbiyasi pedagogik muammo sifatlari yoritgan. Hamda ular haqida takliflar va maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish usullari haqida ham fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN – AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

In this article, the quality of education of children of preschool age pedagogical problem is highlighted. Suggestions about them and ways to effectively organize the educational process of preschool children are also discussed.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM YOSHIDAGI BOLALARNI TAʼLIM-TARBIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNI TA'LIM-TARBIYASI - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Qodirova Lobar Shovkat qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ta'lim-tarbiyasi -pedagogik muammo sifatlari yoritgan. Hamda ular haqida takliflar va maktabgacha yoshdagi bolalarda ta 'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish usullari haqida ham fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, ta'lim va tarbiya, pedagogika, prinsip,usul, yosh, maktabgacha yoshdagi bolalar, izchillik, pedagogik muammo.

ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ - КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

ПРОБЛЕМА

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещена проблема качества образования детей дошкольного возраста - педагогическая проблема. Также обсуждаются предложения по ним и способы эффективной организации образовательного процесса дошкольников.

Ключевые слова: Дошкольное образование, обучение и воспитание, педагогика, принцип, метод, возраст, дошкольники, системность, педагогическая проблема.

EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN -AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

ABSTRACT

In this article, the quality of education of children of preschool age -pedagogical problem is highlighted. Suggestions about them and ways to effectively organize the educational process of preschool children are also discussed.

Keywords: Preschool education, education and upbringing, pedagogy, principle, method, age, preschool children, consistency, pedagogical problem.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga muvofiq, shaxsning atrofidagi o'ziga xos xarakterga ega bo'lgan muhitga moslashuviga hamda shaxsiy rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim va tarbiyasiga alohida talablar qo'yiladi. Xorijiy ta'lim tizimidagi zamonaviy tendensiyalar shaxs ta'lim-tarbiyasi juda erta yosh

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

davridan shakllantirishni nazarda tutmoqda. Jumladan, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya ta'lim tizimida maktabgacha yosh davridanoq bolalar hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, kelajagi uchun ta'lim-tarbiyaga o'rgatib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelajagiga bee'tibor bo'lmagan xalq baxtli va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor beradi. Mustaqillik yillarida eng avvalo, kelajagimiz egalari bo'lgan barkamol avlod kelajagi, ta'lim va tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylik kasbiga e'tibor kuchaydi. Jamiyatimizda bu sharafli va o'z navbatida katta mas'uliyatli bo'lgan kasb egalariga nisbatan cheksiz hurmat va ularga e'tibor ko'rsatish davlat siyosati darajasigacha ko'tarilgan.

Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, ta'lim-tarbiya berish bilan amalga oshiriladi. Bu turlicha faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari kerak bo'lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ulaming yoshi bilan izohlanadi. Shu o'rinda, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ulaming mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o'zgaradi. Bolalaming maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yurtimizda ta'lim sohasida olib boriladigan izlanishlar, uzoqni ko'zlab olib borilayotgan keng islohotlar hozir nafaqat jamiyatimiz, balki butun dunyoda ham yuksak e'tibor bilan so'zga olinmoqda. Bugungi kunda o'zgacha qiyofa kasb etgan, rivojlangan davlatlar zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng oxirgi chiqgan o'quv jihozlari bilan ta'minlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir. Yurtimiz ravnaqi va islohotlarning samarasi har tomonlama ushbu xalqning bilim saviyasi va dunyoqarashiga bevosita bog'liq. Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning haqiqiy fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. "Ta'lim-tarbiya'' - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Hozirda zamonaviy uslubdagi ta'lim tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda yoshlarning bilim olishga bo'lgan imkoniyatlarini ta'minlashda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan keng foydalanish bilan bir qatorda rivojlangan chet el mamlakatlarining tajribasidan ham foydalanish muhim ahamiyat kasb etiladi.

Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi.

Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo'lib boradi.

Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga ega bo'lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosidagi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va h.k.). Tarbiya va ta'lim eng yaqin rivojlanish zonasiga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg'a harakatlantiradi. Inson shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich awalgisi bilan mustahkam bog'liq bo'ladi, awal erishilgan bosqich yanada yuqoriroq bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllarining aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.[6]

Shaxsning o'tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o'zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlanishi haqida ta'limot maktabgacha ta'lim didaktikasida ta'lim mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqishning metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta'lim va tarbiya olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror topishi barcha yosh davrlaridagi bolalarga mo'ljallangan bilimlar mazmunini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishni dolzarb muammo qilib qo'ydi. Mazkur muammoni ishlab chiqishda L.S.Vigotskiy, L. S.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Rubinshteyn, V.V. Davidov, L.Ya.Lerner, L.V.Zankov, A.RUsova, A.M.Leushina va boshqa pedagog va psixologlar katta hissa qo'shdilar.[5]

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S. Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab, shunday yozgan edi: «Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo'lsa, buning uchun u o'z bolaligida tarbiya topganidan qarzdordir». [6]

Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrof ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan his-tuyg'u, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi. Dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Bola hayotining ilk yillarida o'zidan kattalar bilan o'rnatadigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi bo'ladi. Bola bilan muloqot qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini o'rganib boradi. 2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o'tishlari uchun ham asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida hamda faoliyatlarda o'z-o'zini anglab olishning dastlabki shakllari sekin-astalik bilan shakllanib boradi. Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofidagi tabiat to'g'risida, ijtimoiy hayot, kishilar to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtirib boradilar. Bundan tashqari, ularning aqliy va amaliy bilimlari yanada ortib boradi.

Bordiyu, ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to'g'risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda asosiy e'tibor muhim bog'liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantirib boriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'rganish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar tabiiy ravishta ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi. [5] Shunday ekan, bolani

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

tarbiyalashda, uning rivojlanishida turli xildagi faoliyat yetakchi rolni egallaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda, albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojiantirish bilangina erishiladi. Odam shaxsini shakllantirish bu albatta, tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga munosabat sistemasini izchil ravishda o'zgartirish va murakkablashtirishdir jarayonidir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y berib boradi. Bunda bolalik va o'smirlik yoshi alohida muhimdir. Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit tarzda amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg'ular (burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy-ijtimoiy sharoitda vujudga keladi va shaxsning shakllanishiga o'zining ta'sirini ko'rsatadi.

Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'Iadi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi, Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo'lib boradi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosidagi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg'a harakatlantiradi.

Shu o'rinda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli to'garaklar, ma'naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an'analarni

[5]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. Chunki kitobga, san'atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo'lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi. Muxtasar aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim o'rin tutadi.

Binobarin, 2018 yildan hozirgi kunga qadar UNICEF hukumatni erta yoshdagi ta'limni qo'llab-quvvatlash uchun deyarli 2 million dollar sarmoya kiritdi. Ushbu investitsiyalar natijasida yangi qonunlar, milliy siyosat va rejalar, ma'lumotlarni yig'ish va sifatni ta'minlash mexanizmlari paydo bo'ldi. UNICEF, shuningdek, erta bolalar ta'limining o'quv dasturini, erta ta'limni rivojlantirish standartlarini va o'qituvchilar malakasini oshirishni qayta ko'rib chiqish orqali erta yoshdagi ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlandi. Muqobil modellarni joriy etish, bolalar, ota-onalar va o'qituvchilarga mo'ljallangan raqamli yechimlarni yanada tatbiq etish orqali xizmatlar ko'rsatish kengaytirildi. Ushbu ko'mak natijasida hukumat 2022-yil boshiga qadar 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan 2 millionga yaqin bolani sifatli maktabgacha ta'lim bilan ta'minlashga muvaffaq bo'lindi. Mana shu kabi o'zgarishlar yurtimizda ta'lim sohasini rivojlantirishga katta hissa qo;shmoqda.

Bu kabi islohotlami yanada kengaytirishga o'z xissasini qo'shish, mamlakatimiz kelajagi bo'lmish yosh avlodning ta'lim va tarbiyasiga befarq bo'lmaslik jamiyatimizdagi har bir kishining asosiy vazifasidir. Zero, insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni yosh avlodga o'rgatish, ulami komillikka yetaklash eng oliy maqsadimiz bo'lsin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent: O'zbekiston, 2017.

2. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan. O'RQ-637. 23.09.2021. https://lex.uz/ru/docs

3. 2017-yil 7-fevral, PF-4947 sonli qarorida ya'ni "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi".

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

4. Lee Youngil "Montessori ta'limi: Ma'daniy ta'lim" Qo'llanma. Qarshi: Intelekt. 2022y.

5. Qodirova. F. va boshqalar Maktabgacha pedagogika. Dasrlik. Toshkent: Tafakkur. 2019y.

6. O.U.Hasanboyeva va boshqalar Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent: Ilm Ziyo. 2012y.

7. Jalilova S. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O'quv qo'llanma. Toshkent: Faylasuflar. 2017y.

8. Lee Youngil. Bolalarning asosiy kundalik odatlarini shakllantirishga oid tadqiqod ishi. Janubiy Kareya. 1998y.

9. www.Edu.uz

10. https : //ru.wiktionary.org/wiki/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.