Научная статья на тему 'USTOZLAR XOTIRASI DOIMO SHOGIRDLAR QALBIDA (“MAQOM” ANSAMBLI VA USTOZ SAN’ATKORLARNI XOTIRLAB)'

USTOZLAR XOTIRASI DOIMO SHOGIRDLAR QALBIDA (“MAQOM” ANSAMBLI VA USTOZ SAN’ATKORLARNI XOTIRLAB) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
112
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / ustoz / ansambl / san’atkor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hurriyat Isroilova

Maqom sehrli va an’anaviy san’at. Qalbga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo‘tadillik bag‘ishlaydi. Uning mo‘jizakorligi bu qadimiy merosimizni o‘zbek tilini mutlaqo tushunmaydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo‘lib tinglashida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Maqom” ansambli maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhiga aytiladi. Maqom ansambli ijro dasturidan asosan maqomlar, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi namunalari o‘rin olgan. Ushbu maqolada ustoz san’atkorlar, milliy musiqa san’atimiz fidoiylaridan ayrimlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «USTOZLAR XOTIRASI DOIMO SHOGIRDLAR QALBIDA (“MAQOM” ANSAMBLI VA USTOZ SAN’ATKORLARNI XOTIRLAB)»

USTOZLAR XOTIRASI DOIMO SHOGIRDLAR QALBIDA ("MAQOM" ANSAMBLI VA USTOZ SAN'ATKORLARNI XOTIRLAB)

Hurriyat Isroilova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqom sehrli va an'anaviy san'at. Qalbga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo'tadillik bag'ishlaydi. Uning mo'jizakorligi bu qadimiy merosimizni o'zbek tilini mutlaqo tushunmaydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo'lib tinglashida yaqqol namoyon bo'ladi. "Maqom" ansambli - maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhiga aytiladi. Maqom ansambli ijro dasturidan asosan maqomlar, shuningdek, o'zbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi namunalari o'rin olgan. Ushbu maqolada ustoz san'atkorlar, milliy musiqa san'atimiz fidoiylaridan ayrimlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, ustoz, ansambl, san'atkor

THE MEMORY OF THE TEACHERS IS ALWAYS IN THE HEARTS OF THE STUDENTS (IN MEMORY OF THE "MAKAM" ENSEMBLE AND

MASTER ARTISTS)

Hurriyat Israilova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Makom is a magical and traditional art. It gives peace and tranquility to the heart, purity and moderation to the spirit. Its miraculousness is evident in the fact that even foreigners who do not understand the Uzbek language are enchanted and listen to this ancient heritage of ours. "Maqom" ensemble is a group of singers and musicians who specialize in performing maqom. The program of the Makom Ensemble mainly includes Makoms, as well as tunes and songs by Uzbek composers, samples of folk music. This article discusses some of the master artists, devotees of our national music art.

Keywords: makom, teacher, ensemble, artist

O'zbek mumtoz musiqasi o'zbek xalqining eng qadimiy va mukammal xazinalaridan biridir. Uning traqqiy etishi uzoq tarixiy jarayon bo'lib, bugungi kunga qadar yetib kelishida o'zbek xalqining san'atsevarligi, fidokorligi katta xizmat qilgan. O'zbek mumtoz musiqasining, maqomlarimizning rivojlanishida va xalqimizga, shu bilan birga chet el tomoshabinlariga ma'qul va manzur bo'lishida ustoz

san'atkorlarimizning o'rni beqiyosdir. Ularning betakror ovozlari, o'ziga xos ijro uslubalari orqali mumtoz musiqa san'atimizni ko'klarga ko'tardilar.

O'zbek milliy qo'shiqchilik san'atiga o'z xissasini qo'shgan ustoz san'atkorlar va qolaversa, bugun ham ushbu san'atning davomiyligini ta'minlayotgan ijrochilarimiz ijod namunalari xalqimizning qalbidan juda katta o'rin egallagan. O'zbegimning to'y hashamlari, kuy qo'shiq bilan go'zal, sayqal berib kelgan. Shunday davralardan birida men yosh qizcha el suygan xofizu-sozandalarni uchratganimda, kelajakda men ham ular kabi qo'shiq ijro etishni havas qilganman.

O'sha havas yillar sayin ulg'ayib meni Toshkentga yetakladi. O'qishga kirdim o'qish davrida "Maqom" ansamblida ham ustozlar orasida ijodimni davom ettira boshladim. Yaxshi niyat hamisha yaxshilikka yetaklaydi degani to'g'ri ekan. Men ansamlda buyuk sozandalar va xonandalar bilan yelkama-yelka bir joyda hamnafas bo'lib qo'shiqlar, ashulalar o'rgana boshladim. Ularning nomini faxr bilan aytib o'tish uchun men uchun sharaf. O'zbek xalq artistlari Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Eson Lutfullayev, Orifxon Xotamov, Ochilxon Otaxonov, Turg'un Alimatov, Isoq Kattayev, Xadiya Yusupova, Temur Maxmudov, Ilhom To'raev, Xasan Rajabiy, Isroiljon va Ismoiljon Vaxobovlar, Orif Qosimov, Izro Malakov, Shavkat Mirzayev va bir qator nomi chiqqan yoshlar: Matluba Dadaboyeva, Maxbuba Xasanova, Nafisa To'xtayeva, Gulchexra Otaqulova, Nasiba Sattarova, Beknazar Do'smurodov, Axmadjon Dadayev, Malika Ziyayevalarni alohida ta'kidlab o'tishim lozim. Ana shu davr, yuqorida nomlari zikr etilgan xonanda-yu sozandalar ish faoliyatini boshlagan davr edi. Qanday go'zal onlar..., ish jarayoni sarahborlardan birini kuylash bilan boshlanar edi. ovozlar juda ham tiniq, bir-biriga qaymoq singari yopishib sayqal berilib ijro etilardi. Men o'shanda 30 ta xonandaning ovozini bir odam ijro etganday ijrosini ko'rib xayratlanganman.

Bir yoki bir necha xonandalar bilan musiqiy asarni ijro etish, xonandada kasbiy mahorat mavjud ekanligidan dalolat beradi. Birgalikda ansambl bo'lib ijro etishning yakkaxon sozanda ijrosidan farqi shundaki, ansamblda musiqiy asarga umumiy talqin beriladi, bir necha sozandalar birgalikda ijodiy hamfikr bo'lib, ularning mehnati natijasida mukammal musiqiy san'at asari namoyon bo'ladi. Ansambldagi har bir sozanda o'z partiyasini yaxshi bilishi, birgalikda ijro etayotgan musiqiy asarning yuqori badiiy saviyadagi ijrosiga kafil bo'la olmaydi. Faqatgina ansambl tarkibidagi barcha ijrochilarning birgalikda hamjihatlik bilan qilgan tinimsiz ijodiy hamkorligi natijasida professional ijro vujudga keladi.

Hamnafaslik san'ati xonandadan nafaqat shaxsiy ijroviy unsurlar, balki hamnafasining barcha xususiyatlarini o'zlashtirishi va mutanosib holda talqin etishga o'rgatadi. Bunda eng asosiy mezonlar hamnafaslarning ruhiy holati, nafas mezonlari, asarni bilish darajasi, ijro uslubini o'rganilishi, milliy qochirim va bezaklarni, shu bilan birga asar dinamik tuzilmalarini tushunish-idroklash mezonlarining mutanosibligini

saqlash bilan xarakterlanadi. Shu bois xonandalikdagi kuylash mezonlari har bir ovoz sohibidan yuqorida keltirilgan umummusiqiy jihatlarga ega bo'lish, bilish va rivojlantirishni talab etadi. Xonandalik kasbiga bunday munosabatlarning pirovardida sog'lom, tarbiyali, toza, bilimdon va mohir kasb egasi bo'lish muqarrar.

Demak xamnafaslik, bir-birini eshitish, bir-birini hurmatini o'sha ijro uslubida men ana shu vaqtda xis qilganman. Bizning yosh maqomchilarni yutug'i biz ustozlar bilan yelkama-yelka bir bo'lib ijro etganimizdir. Biz ulardan muammolarni, hamkasblarga e'tibor, hurmat qilishlik, oilada ham o'zimizni tutishimiz, rahbarlar bilan bo'lgan uchrashuvlarda ustozlardan oldin yurmaslik, gapirmaslikni ya'ni odob darsini o'rganibmiz.

Ustozlarimiz F.Mamadaliyev, Orifxon Xotamovlar biz yoshlardan unumli foydalanishar edi. Bizga o'zlari yaratgan yangi asarlarni o'rgatishar va o'rgangan asarlarimizni radio va zangori ekranga olib chiqib bizni tomoshabinlarga tanilishimizga katta xissalari bor. Ularda be'g'uborlik shogirtlarga o'zgacha yondoshishlikni ko'rish mumkun edi. Biz ustozlarimiz bilan ko'p chet el safarlarida bo'lganimizda ham mehrni ko'rganmiz.

Ustozlarimizning bir odatlari menga xozirgacha dars bo'lib keladi. Yosh xonandani yoki endi san'atga kirib kelgan xonandalarni mahkam ushlab beg'araz asarlarni o'rgatishar edi. Men ham hozirda shu ustozlarim izlaridan borib, talabalarga ustozlardan o'rganganlarimni o'rgatib, o'zbek milliy qo'shiqchilik san'atiga xissa qo'shib kelmoqdaman.

Institutimizga viloyatlarimizning turli shahar, qishloqlaridan kelayotgan san'atimizga qiziqish bor talabalarni ko'rib ko'z quvonadi. Albatta hammalari ham qo'shiqchi yo aktyor bo'lmas, lekin mana shu dargohda bilim berayotgan ustozlarni hech qachon unitishmaydi. Chunki ustozlarimiz o'z ishlarining fidoiysidir. Shuning uchun ustozlarni hamma sharaflaydi.

Ijozat bersangiz men ana shunday ustozlardan ayrimlari haqida to'xtalib o'tsam.

O'zbekiston xalq artisti, go'zal ovoz sohibasi Berta Davidova. UStoz Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida tavallud topganlar. Ustozni aytishlaricha san'atga qiziqishi juda ham kuchli bo'lganligi sabab, hayot qiyinchiliklari, oiladagi norozichiliklar ham to'siq bo'la olmagan ekan. Ularning go'zal ovozini eshitgan har bir inson maftun bo'lmay qolmas ekan.

Shunday bir tadbirlardan birida ustozlari Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon aka Uzoqovlar eshitib qolib albatta qo'shiqchi bo'lishlarini aytadilar. O'ziga xos ovoz, ijro uslubi Berta Davidovani katta san'at olamiga yetaklab keldi. Ular ijro etgan, o'zbek xalq qo'shiqlari "Tanovor", "Mustahzod", Alisher Navoiy g'azali, Sarahbori Oromijonlar, "Mo'g'ulchai Dugoh", "Dugoh Xusayni" va ko'plab bastakorlar asarlari Berta Davidova talqinida ijro etilib o'z muxlislarini qalbida o'rin olgan.

Yana bir fidoiy san'atkorlarimizdan biri, maqom ansamblining onaxonni nomini olgan O'zbek xalq artisti Kommunaxon Ismoilovadir. Kommunaxon Ismoilova ko'p qirrali san'atkor bo'lganlar. Ularni "Zeboxonim" jamoasi bilan askarlarga bergan konsertlarida o'zbekcha, tojikcha, ruscha qo'shiqlari urish paytida har bir askar qalbida muhirlanib qolgan.

Kommuna Ismoilova juda ham mehribon, xokisor ochiq ko'ngilli inson bo'lganlar. Shogirtlariga o'zlari ijro etib ustozlaridan o'rgangan asarlarni o'rgatar, bilmaganlarini yoki tushunmaganlarini tushuntirib berishga harakat qilar edilar.

Bastakor, ko'plab o'lmas asarlar ijrosini xonanda ustoz O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Orifxon Xotamovdir. Bu inson to'g'risida tinmay gapirish mumkin. Chunki bunday xokisor, mehribon ota va ustoz kamdan kam keladi. Bu yorug' olamga "O'zing", "Xox inon", "O'tdimu", "Qoshiyosinmu", "Etmay kelin" bu asarlarni davomi uzoq. Xozirda tildan tilga dildan-dilga ijro etib o'tib borayotgan bu asarlar, asrlar davomida bizning mumtoz qo'shiqchilik san'atimizda taralib turadi.

Bu san'atkorlar ^z umrini, baxtini, tinchini, oilasini shu san'atidan topgandirlar. Bular bilan tanishib suxbatdosh bo'lishga oshiqqanlar hamin qadar bo'lgan. Bular bilan biz shogirdlar hamnafas bo'lganimizdan faxrlanamiz.

Maqom ansamblida ishlagan davrimizda o'z ishini ustalari bilan ishlashga to'g'ri kelgan. O'sha davrda rahbar bo'lib faoliyat olib borgan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Sh.Mirzayev, O'zbekiston xalq artistilar O.Alimaxsumov, G'.Toshmatovlar ansambl uchun juda ko'p ijod namunalarini radioni "Oltin fondida" saqlanib kelayotganligini guvohimiz. Hozirda O'zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambli rahbarlari Abduhoshim Ismoilov ijod qilib kelmoqdalar.

Biz ijod qilib yurgan kezlarimizda ko'plab yurtimizning nomi chiqqan zabardast sozandayu, xonandalari ansamblimiz jo'rligida radioga va "Gramplastinkalar"ga elimiz tinglab, yaxshi ko'rgan qo'shiqlarini, ashulalarini yozishgan, ular O'zbekiston xalq artisti G'.Yoqubov, Sh.Jo'rayev, S.Qobulova, F.Mamadaliyev, T.Qodirov, J.Nabiyev va boshqalardir. Ushbu yozuvlar hozirda radioning oltin fondida saqlanmoqda.

Bugungi kunda Yangi O'zbekiston taraqqiyotida san'at va madaniyatning o'rni beqiyos ekanligi alohida ta'kidlanmoqda. Milliy musiqa san'atimiz, boshqacha, ya'ni yangi nuqtai-nazar bilan qarala boshlandi. Bugungi mumtoz san'atimiz namoyondalarining ijodiy merosini chuqur va atroflicha o'rganish borasida qilinayotgan sa'y-harakatlar, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar g'oyatda tahsinga loyiqdir. Ana shu jabhada milliy musiqamiz, xususan "Shashmaqom" kuylariga solib kuylangan, ustozlar talqinida xalqimiz qalbidan o'rin olgan ashulalarni talabalarga yetkazish muhim sanaladi. Bundan kelib chiqadigan maqsadimiz avvalo, Shashmaqom ijrochilik an'analarini

o'rganishga bel bog'lagan yosh avlodga yetuk, san'atimiz darg'alari haqida ma'lumot berish, bo'lajak xonandalarning ijro amaliyotlarida ustozlar yo'lidan borib, an'analarni davom ettirish kabi munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Begmatov S. Bastakorlar ijodi. Toshkent - Niso poligraf - 2017.

2. Shashmaqom saboqlari (maqola va ma'ruzalar to'plami) Toshkent - 2007.

3. Sultonov A. Mumtoz ashula va qo'shiqlar ijrochilari va bastakorlari. Toshkent - Innovatsiya-Ziyo. 2021.

4. Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli foto albom. Toshkent - 2019.

5. Jabborov A. O'zbekiston kompozitorlari, bastakorlari va musiqashunoslari "Musiqa" nashriyoti. Toshkent - 2018.

6. Jabborov A., Begmatov S., . Azamova M. "O'zbek musiqasi tarixi, Toshkent -2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.