O'ZBEK MILLIY MUSIQASI RIVOJIDA FAXRIDDIN SODIQOV
IJODINING O'RNI
Shuhrat Talipovich Almatov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek milliy mumtoz musiqasining zabardas hamda yetuk vakili Faxriddin Sodiqov ijodiy me'rosi va faoliyati xususida bo'lib, unda Faxriddin Sodiqovning hayoti, sozandalik, bastakorlik hamda o'qituvchilik faoliyatining o'zbek musiqasida tutgan o'rni haqida fikrlar bildiriladi.
Kalit so'zlar: an'ana, san'at, chang, dutor, qo'shnay, ansambl, bastakor,yalla, ashula, kuy
THE ROLE OF FAKHRIDDIN SADIKOV'S CREATION IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK NATIONAL MUSIC
Shuhrat Talipovich Almatov Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article is about the creative heritage and activities of Fakhriddin Sodikov, a great and mature representative of Uzbek national classical music, and it contains thoughts about the role of Fakhriddin Sodikov's life, musicianship, composition and teaching in Uzbek music. is reported.
Keywords: tradition, art,t, dutor, neighbor, ensemble, composer, song, melody
O'zbek xalq musiqa me'rosi boy va ulkan ummon kabidir. Musiqiy merosimizdan joy olgan musiqa namunalari asrlar osha ijro etilib, avloddan-avlodga o'tib, sayqallanib kelgan. Xalqimizning bu boy va murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz san'atkorlar tomonidan og'zaki uslubda yaratilib, ustozdan shogirdga o'tib, an'ana tarzda ijro etilib bizgacha etib kelgan. XX asrdan o'zbek musiqa madaniyati hamda rivojida yangi davr boshlandi. Yurtimizda musiqaga bo'lgan e'tibor o'zgardi, musiqa bilim yurtlari tashkil qilina boshladi hamda ustoz-shogird an'anasi saqlab qolingan tarzda yangicha o'qitish tizimi ishlay boshladi. Buning natijasi o'laroq ham ustoz-shogird an'analarini davom ettirgan, ham zamonaviy musiqa ta'limini puxta egallagan bir qator milliy mumtoz musiqamiz rivojida o'zining samarali ijodiy izlanishlari bilan iz qoldirgan yetuk hofiz va sozandalar, bastakor va musiqashunoslar yetishib chiqishdi. Bu esa musiqa madaniyatimizning kelgusi ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu kesimda ulkan bastakor, benazir changchi, zabardas ustoz Faxriddin Sodiqovning hayot yo'li, ijrochilik san'ati, ijodiy me'rosi hamda muallimlik faoliyati alohida e'tiborga loyiq.
I ibiSi^^Bl ^16 http://oac.dsmi-qf.uz
Faxriddin Sodiqov chin ma'noda o'zbek milliy musiqasida o'zining ijodiy faoliyati bilan yangi maktab yaratgan san'atimizning yetuk darg'alari qatoridan joy oldi. Faxriddin Sodiqov 1914-yil14-may kuni Toshkent shahrida temir yo'l ishchisi oilasida tavallud topadi1. Uning musiqaga bo'lgan qiziqishi bolalik davridan juda kuchli bo'lgan. Akasi musiqa shaydosi bo'lgan, oz bo'lsada dutor chalib hirgoy i qilib turardi. Bu holat albatta Faxriddin Sodiqovda musiqaga bo'lgan qiziqishini uyg'onishiga sabab bo'lgan. U akasi va akasining do'stidan ilk dutor chalish saboqlarini oladi. Keyinchalik musiqa to'garagiga qatnay boshlaydi hamda dutor va chang kabi cholg'ular chalishni o'rganadi. Yosh iste'dod egasi o'qish mobaynida ustozidan olgan bilim hamda o'zining sayi harakatlari orqali tengdoshlari ichida yaqqol ajralib turdi. Maktab chog'laridayoq ko'plab ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrili o'rinlarni egallay boshladi. Natijada Toshkent musiqa texnikumiga o'qishga qabul qilinadi hamda o'z davrining zabardas ustozi, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarining bilimdoni, atoqli hofiz va sozanda Shorahim Shoumarovdan saboq ola boshlaydi. Ustoz qo'l ostida mumtoz musiqa sir asrorlarini puxta egallashga hatrakat qiladi. Texnikumda o'qish yillari davomida chang cholg'usini chinakam mohir sozandasiga aylanadi hamda ustozlar va katta san'at darg'alarining tiliga tusha boshlaydi.
Mazkur davr o'zbek xalqining turmush tarzi, xususan madaniy hayotida yangicha qiyofa kasb etaboshlagan pallalarga to'g'ri keladi. Faxriddin Sodiqov zamonga hamohang tarzda xalq kuylarini, qo'shiq va ashulalarni qayta ishlash, chang cholg'usiga, cholg'u ansambli yoki ovozga moslashtirish, yangi musiqiy asarlarni yaratashga kirishdi. Ijodiy izlanishlar natijasi o'laroq "Hormang endi, kolxozchilar" qo'shig'i o'ttizinchi yillarning ikkinchi yarmidan keng ommalashib ketdi. Shu tariqa Faxriddin Sodiqov bastakorlik faoliyatida ham yuksak natijalarga erisha boshladi. "Ey chehrasi tobonim", "Vatandan minnatdorman", "Alla", "Marhabolar", "Bizning o'lka", "O'ynasin", "Yorga maktub", "Zebixon", "O'zbekistondan salom" "Mehmon bo'lay" kabi asarlar esa so'zimizga yorqin misol bo'la oladi.
Faxriddin Sodiqov asosan o'zbek milliy qo'shiq, ashula, yalla, lapar, katta ashula, cholg'u va ashula maqom yo'llari, o'tmish hamda hozirgi zamon bastakorligi an'ana va tajribalari negizida ijod qildi va izlanishlar olib bordi deyish mumkin. Avvalo bastakor mohiyatan teran, inson qalbiga yetib boradigan hamda nozik torlarini chertadigan asarlari yaratish uchun musiqiy an'analarni, o'zidan oldingi bastakorlik va maqomlarni puxta o'rganishi zarur edi. Ko'r-ko'rona taqlid qilib emas, chuqur taxliliy sinchikovlik bilan yondashishni lozim deb bildi. Bastakorlik mahsulining sifati ana shu me'zonlar orqali dunyoga kelsa, umri uzoq, eshituvchi ham ko'p bo'ladi. Faxriddin Sodiqov bastalagan kuy, qo'shiq va ashulalarda yuqoridagi qonun-qoidalar me'zonlari yaqqol seziladi. Shuning uchun ham u bastalagan asarlar bugungi kun o'zbek milliy mumtoz musiqa ijrochiligida o'zining beqiyos o'rniga ega. Yunus Rajabiy, Imomjon
1 Жабборов Ахмад Х,амидович. Узбекистан бастакорлари ва мусщашунослари. Тошкент. 324 бет. Пмта^^Н 217 http://oac.dsmi-qf.uz
Ikromov, To'xtasin Jalilov singari ustozlar yo'lidan yurib, ularning yonida kerakli bilim va ko'nikma, tajriba orttirgan Faxriddin Sodiqov ustozlar ijro maktabini mukammal egallagan holda yangicha yo'nalishda hamda yangi zamon nafasiga mos tarzda ijod qildi. Nozikta'b bastakor tomonidan bastalangan "O'zbek valsi" kabi asarlari diqqat-e'tiborni darhol tortadi. Undagi har bir sozning xos sado bezagini qayd etish, uni o'zga sozlar sadolari majmuyida betakror darajada ko'tarish va shu yo'l bilan ovoz majmuyiga nozik bezaklar ato etish an'anasini ko'rish mumkin2. "Ko'p sog'indim", "Gulim", "Galdr" changga moslashtirilgan, "Tanovor" changga moslashtirilgan, "Jonim tasadduq", "Favvora", "Zomin go'zali", "Go'zalim", "Tong sadosi", "Gulnor", "Vatan marshi", "Chaqiriq" kabi cholg'u asarlari esa yuqorida ta'kidlangan fikrlarga yorqin misol bo'la oladi.
Faxriddin Sodiqov yoshligidan dutor va changda mohir sozanda bo'lib yetishdi. Noyob iqtidori hamda iste'dodi tufayli esa ustozlar nazariga tushdi. Ko'plab badiiy jamoalarda ishlay boshladi. Xususan 1936-yilda O'zbekiston davlat flarmoniyasi tashkil etildi. Mazkur ijodiy jamoa 98 nafar xonanda va sozandalar iborat bo'lgan. Ular orasida Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, Madrahim Sheroziy, Mamatbobo Sattorov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Usta Olim Komilov, Berkinboy Fayziyev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov singari yetuk hofiz va sozandalar safiga qabul qilinadi hamda changchilar guruhiga rahbar etib tayinlanadi. To'xtasin Jalilov rahbarligidagi ushbu jamoa Moskva shahrida, Ozarbayjon, Belarusiya kabi davlatlarda ijodiy safarlarni amalga oshirishadi. Aytish mumkinki, 1936-1941-yillardagi ijodiy faoliyati Faxriddin Sodiqov ijodida sozandalik va bastakorlik faoliyati uchun muhim davr bo'lib xizmat qiladi.
Bizga ma'lumki, o'zbek an'anviy musiqa ijrochiligi tarixida Faxriddin Sodiqov ijodi eng ko'zga ko'rinarli o'rinni egallaydi. O'zbek musiqa san'atining kasbiy-an'anaviy jabhalari hamda uning zamonaviy maxsus ta'limi rivojida salmoqli hissa qo'shdi. Qolaversa 1930-yillarnig ikkinchi yarmidan e'tiboran tengi yo'q yakkanavoz hamda jo'rnavoz changchi, orombaxsh kuy, qo'shiq, yalla va ashulalarning xos muallifi sifatida tanildi hamda juda katta shuhrat qozondi.
Faxriddin Sodiqov dutor sozining ham mohir ijrochisi bo'lgan. Dutor chalishda nodir uslubiy mukammallikka erishgan tengi yo'q sozandalardan biri bo'lgan. Uning dutor ijro uslubida pardalarni quyuq bezash, ya'ni torlarni yuqori va pastga tortib chalish yordamida ifodali kuychanlikni hosil etish, ikkala torning o'zaro uyg'un-hamsado bo'ladigan nuqtalarini topib ishlatish, cholg'uning qopqog'iga qo'l barmoqlarini deyarli urmay-tekkizmay, mayin va burro zarbalardan foydalanish kabilarni ko'rish mumkin3. Bundan kelib chiqdiki, Faxriddin Sodiqov dutor ijrochiligida o'ng va chap qo'llar harakatlanishida o'zaro mutanosiblik asosida
2 T.G'ofurbekov. O'zbek musiqa madaniyati. Toshkent 2019-yil. 41-b.
3 R.Yunusov. Faxriddin Sodiqov. Toshkent 2006-yil. 70-71-bet.
218
http://oac.dsmi-qf.uz
mukammal ijroni yuzaga keltirishga e'tibor qaratgan. Ikkala qo'l hamohangligiga erishilgan taqdirdagina asarda nola qochirimlar to'liq chiqadi hamda eshitganda eshituvchiga ham manzur bo'ladi. Bizga ma'lumki, Dutorda ikkita tor bo'lib, ijro paytida asar xarakteriga, mazmuniga qarab, kvarta yoki kvintaga sozlab chalinadi. Ijro qilinayotganda o'ng qo'l ikkala torni ham chertadi, chap qo'l barmoqlari esa asar ladi, parda ohanglari, asarning qonuniyatiga qarab ikkinchi torni bosib(akord) yoki ochiq holda chalinadi. Bu uslub milliy cholg'ular ichida aynan dutor(do'mbra) cholg'usiga mosdir. Faxriddin Sodiqov aynan ana shu ijro uslubiga juda e'tiborli bo'lib, ikkala torning o'zaro ohangdoshligiga ko'proq urg'u bergan. Xuddi mana shu uslublar orqali ustozning dutor ijrochilik uslubi boshqalardan ajralib turadi.
1972-yilda Toshkent konservatoriyasida Sharq musiqasi kafedrasi tashkil etilganidan keyin Faxriddin Sodiqov talabalarga tahsil berish uchun ishga taklif qilinadi hamda bir guruh sozanda talabalarga o'zbek maqom ijrochiligi sir-u asorlaridan bo'lajak maqomchilarga tahsil bera boshlaydi. F.Sodiqov talabalarga chang, dutor, g'ijjak, qo'shnay cholg'ularidan dars beradi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, ustozdan ta'lim olgan talabalar bugungi kunda o'zbek maqomchiligining zabardas vakillari bo'lib yetishdilar. Tuyg'un Otaboyev, Shavkat Mirzayev, O'lmas Rasulov, Abdurahim Hamidov, Akmal Rajabov, Mirsodiq Ergashev, Malika Ziyayeva kabilar shular jumlasidan. Qolaversa, maqom ansambli ijrochiligi bo'yicha ham O'zbekiston xalq artisti, g'ijjakchi va bastakor Abduhoshim Ismoilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, changchi va qonunchi Abdurahmon Xoltojiev, g'ijjakchilar Ziyovuddin Qosimov, Xayrulla Azizov, rubobchilar Muhammadjon Madumarov, Turg'un Avazov, Qahramon Qosimov, qo'shnaychi Yo'ldosh Tojiev, tanburchilar Abdulla Umarov va Ravshanbek Omonov, doirachi Rahmatilla Samadov kabi yetuk sozandalar ustozdan tahsil olishgan. Talabalar ansambli bilan birgalikda Shashmaqomning "Mushkilot" bo'limidan ko'plab maqom kuylarini ijro etishdi. Faxriddin Sodiqov ansambl ijrochiligida yangicha uslubni olib kirdi. Faxriddin.Sodiqovdan keyin uning yaqin shogirdlaridan biri Abdurahim Hamidov talabalarga ansambldan dars berdi. Abdurahim Hamidov rahbarligida talabalar ansambli "Shashmaqom"ning "Mushkilot" bo'limidagi barchga maqom va xalq kuylarini maginit tasmalariga muhirlashdi. Bugungi kunda talabalarga ansambl darslari aynan manashu yozuvlar orqali olib borilmoqda.
Dutor ijrochiligi borasida Malika Ziyayeva bugungi kunda Faxriddin Sodiqov ijro maktabini davom ettirgan holda O'zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O'zbek milliy musiqa san'ati institutida talabalarga tahsil berib kelmoqda. Hozirga kelib Malika Ziyayeva qo'l ostida yuzlab talabalar tahsil olib ketishdi hamda respublika bo'ylab dutor ijrochiligidan ta'lim berib kelishmoqda.
Faxriddin Sodiqov yoshligidan mohir changchi sifatida nom qozondi. Hech mubolag'asiz Faxriddin Sodiqov XX asrning chang dahosi bo'lgan. Hayoti davomida
I icclT^^^^H 219 http://oac.dsmi-qf.uz
ijodiy jamoalarda u chang sozida faoliyat yuritdi. Ayniqsa maqom ansambli ijrosida yozib olingan maqomlarni eshitganda chang ijrosi ansamblni boyitib, to'ldirib, ser jilo qilib turganiga amin bo'lish mumkin. Dutor ijrochiligi kabi chang ijrochiligida ham aynan Faxriddin Sodiqov maktabi uning shogirdlari orqali davom etib kelmoqda. Abdurahmon Xoltojiyev ustozning shogirdlaridan biri bo'lib, bugungi kunga talabalarga chang ijrochiligidan tahsil berib kelmoqda.
Faxriddin Sodiqov butun umri bo'yi an'anaviy musiqa jamoalarining jonkuyar ijodiy rahbari va zukko navosoz-yo'lboshchisi bo'lib xizmat qilib kelgan. Uning ijodiy faoliyatisiz o'zbek milliy mumtoz musiqasini tasavvur etish qiyin. Yuqorida tilga olinganidek, ustozning aynan bastakorlik hamda ustozlik faoliyati bugungi kun milliy mumtoz ijrochilikning poydevori deb aytish mumkin. Faxriddin Sodiqovning ansambl hamda yakka ijorochilikda o'qitish uslubi bugun mamlakatimizda an'anaviy ijrochilikda asosiy poydevor bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. ^a66opoB AxMag X,aMHgoBHH. Y36eKHCTOH 6acTaKopnapu Ba MycHK;amyHOcnapH. TomKeHT 2004 hhh.
2. R.Yunusov. Faxriddin Sodiqov. Toshkent 2006-yil.
3. M. 3uaeBa. AyTOp (O. Co^hkob H^po ycny6u) Toshkent 2008-yil.
4. T.G'ofurbekov. O'zbek musiqa madaniyati. Toshkent 2019-yil.
5. Faxriddin Sodiqov. www.classicmusic.uz
220
http://oac.dsmi-qf.uz