Научная статья на тему 'O‘ZBEK SAN’ATIDA FAXR TOPGAN AYOLLAR'

O‘ZBEK SAN’ATIDA FAXR TOPGAN AYOLLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
172
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ozodvar Changiy / Xisrav Parvez II / Shohnoma / O‘tgan kunlar / Berta Davidova / Barno Isoqova / Kommuna Ismoilova / Hadiya Yusupova. / Ozodvar Changi / Khysrav Parvez II / Shakhnoma / Past Days / Berta Davydova / Barno Isokova / Komuna Ismailova / Khadiya Yusupova.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G. Muminova

Ushbu maqolada qadim zamonlarda musiqa san’atida nom qoldirgan ayollar, qolaversa, yaqin o‘tmishda o‘zbek milliy musiqa san’atida o‘zining yorqin o‘rniga ega bo‘lgan bir necha o‘zbek ayollarining ijodiy faoliyati qisqacha yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HONORARY WOMEN IN UZBEK ART

This article discusses the creative activity of women who left their mark on the musical art in antiquity, and will also briefly highlight the work of individual uzbek women who have taken a significant place in the uzbek national musical art in the recent past.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SAN’ATIDA FAXR TOPGAN AYOLLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK SAN'ATIDA FAXR TOPGAN AYOLLAR Muminova Guzal Igamovna

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7190419

Annotatsiya. Ushbu maqolada qadim zamonlarda musiqa san'atida nom qoldirgan ayollar, qolaversa, yaqin o'tmishda o'zbek milliy musiqa san'atida o'ziningyorqin o'rniga ega bo'lgan bir necha o'zbek ayollarining ijodiy faoliyati qisqacha yoritiladi.

Kalit so'zlar: Ozodvar Changiy, Xisrav Parvez II, Shohnoma, O'tgan kunlar, Berta Davidova, Barno Isoqova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupova.

ПОЧЁТНЫЕ ЖЕНЩИНЫ В УЗБЕКСКОМ ИСКУССТВЕ Аннотация. В данной статье рассматривается творческая деятельность женщин, оставившие след в музыкальном искусстве в древности, а также будет кратко освещено творчество отдельных узбекских женщин, занявших значительное место в узбекском национальном музыкальном искусстве в недавнем прошлом.

Ключевые слова: Озодвар Чанги, Хисрав Парвез II, Шахнамэ, Минувшие дни, Берта Давыдова, Барно Исакова, Комуна Исмаилова, Хадия Юсупова.

HONORARY WOMEN IN UZBEK ART

Annotation. This article discusses the creative activity of women who left their mark on the musical art in antiquity, and will also briefly highlight the work of individual uzbek women who have taken a significant place in the uzbek national musical art in the recent past.

Key words: Ozodvar Changi, Khysrav Parvez II, Shakhnoma, Past Days, Berta Davydova, Barno Isokova, Komuna Ismailova, Khadiya Yusupova.

KIRISH

Ayol - jamiyat gultoji, borliq ko'zgusi, millat tarbiyachisidir. Uning mehr -muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarini unib-o'sishiga, kamol topishiga sabab bo'ladi. Ayol baxtli bo'lsa, jamiyat baxtli bo'ladi. Xotin-qizlarni e'zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir! Qaysi davrda, qay sohada bo'lmasin ayollarning o'z kasbida faxr topishi ulug' jasoratdir. Chunki ayol bu - farzandlari uchun mehribon ona, uy bekasi, suyukli yor, kelin yoyingki jamiyatda ko'plab vazifalarni bajaruvchi shaxsdir.

Ushbu maqolada biz qadim zamonlarda musiqa san'atida nom qoldirgan ayollar, qolaversa, yaqin o'tmishimizda milliy musiqa san'atimiz zarvaraqlarida o'zining yorqin o'rniga ega bo'lgan bir necha o'zbek ayollarining ijodiy faoliyatiga qisqacha nazar tashladik.

TADQIQOT MATERIALLARI VA MET

Qadimdan ayollar ijrochiligi yuqori baholanib kelingan. Tegishli adabiyotlarda keltirilishicha Sosoniylar davrida (tahminan 568-625-yillarda) ayollar san'ati keng rivojlangan. Ayniqsa, saroy raqqosalari, hofizalari to'g'risida tarixiy manbalarda ko'plab ma'lumotlar mavjud. Xususan Ozodvar Changiy (592-649) nomi bilan mashhur bo'lgan ayol Sosoniylar musiqa madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo'shib, ayollardan iborat bo'lgan musiqa dastasini tashkil etgan ekan. Daniyalik musiqashunos A.Kristensen o'z asarida shunday yozadi; "Sosoniylar saroyida jamoa orasida ayollardan iborat musiqachilar dastasi (ansambl) alohida o 'ringa ega edi va Xisrav Parvez II ayollar san'atiga yuqori baho bergan"[1].

Ayollar san'ati, ayniqsa, Ozodvar Changiy to'g'risida A.Firdavsiyning "Shohnoma" asarida ko'plab ma'lumotlar keltirilgan. Keyingi davr musiqashunosligida ham ayollar ijrochiligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mavjud bo'lgani haqidagi ma'lumot va ushbu jarayon muhrlangan suratlar bizgacha yetib kelgan. Ana shu kabi suratlardan biri Xiva xonligi poytaxti Xorazmda 1896 yili Rossiyalik sayohatchi Voljinskiy tomonidan olingan. Suratda hashamatli bir xonada besh qiz q o'llarida dutor, doira, she'rlar bitilgan kitob va gullar ushlab turganlari ko'zga tashlanadi. Ularning ust -boshlaridan professional san'atkor ekanliklari haqida xulosa qilishimiz mumkin. Ular to'y marosimi yoki so'fiy anjumanida ayollar davrasida o'z mahoratini namoyish qilganliklarini tahmin qilishimiz mumkin.

Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida ham Marg'ilondagi ayollar gashtagida dutorchi qizlar musiqa ijro etishgani sahnasi bor. Shu bilan birgalikda Cho'lponning "Kecha va Kunduz" asarining ayol qahramonlari Qumri, Zebi va boshqalar dutor chalib, qo'shiq ijro etganlari va raqsga tushganlari aks ettirilgan sahnalari mavjud. Ular qo'shni qishloqqa yo'l olar ekanlar, ot qo'shilgan aravadagi sayohatlari mobaynida dutor chalib, qo'shiq kuylab borganl ar.

Yaqin o'tmishimizga nazar tashlar ekanmiz, milliy musiqamizning yetuk maqom ijrochilaridan bo'lmish Berta Davidova, Barno Isoqova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupova, Farog'at Rahmatova, Halima Nosirova, Mehri Abdullayeva, Tamaraxonimlar o'zining go'za l ovozi, bir-biriga o'xshamaydigan ijro talqinlari bilan o'zbek ayol xonandalari siymosini yaratib ketgan ustozlar sifatida ajralib turadi. Berta Davidovaning xech kimga o'xshamaydigan nor ovozi va mukammal ijro mahorati, Barno Isoqovaning quyuq tik ovozi, Kommuna Ismoilovaning jarangdor ovozi va o'zgacha yo'li va hokazolar bunga yorqin dalildir.

TADQIQOT NATIJALARI

Maqom ijrochiligiga ayol ijrochilarning kirib kelishida akademik Yunus Rajabiyning hissalari beqiyosdir. Yunus Rajabiy maqom ansambli faoliyati davomida ayol ovozlarining ansambl tarkibiga kiritilishi, ayol xonandalar ijodining yuzaga chiqishiga, ijodining gullab yashnashiga sabab bo'ldi deb aytishimiz mumkin.

O'zbek mumtoz ashula san'atining taniqli namoyondasi, noyob ovoz sohibasi, O'zbekiston xalq artisti Berta Davidovadir. U faqatgina o'zbek xonandasi, ashulachi san'atkor sifatidagina emas, balki o'zi tug'ilib o'sgan, o'zbek diyorini chin yurakdan sevuvchi inson sifatida ham ibrat namunasidir. Bu haqda u shunday deydi: "Men o'zbek diyorida tug'ildim, o'zbeklar orasida voyaga yetdim va o'zbek sahnasida baxtimni topdim"[2].

"O'zbekiston xalq artisti", "El-yurt hurmati" ordeni sohibasi Berta Davidova 1922-yil 20-dekabrda Marg'ilonda David ota xonadonida tavallud topgan. Otasi dutorda juda yaxshi kuylar chalar edi. Ayniqsa dutorda chalgan "To'rg'ay" xalq kuyi yosh Bertaga juda yoqar edi. B.Davidovaning yoshligi ana shunday san'atsevar xonadonda o'tgan.

Yoshligidan musiqaga oshufta bo'lib, qo'shiqlar aytib yurgan Berta Davidova maqomchilarga qo'shilib yaradorlarga qo'shiq aytib beradi. Shunda ansambldagilar xonandaning sehrli ovozi va ijro mahoratidan hayratda qolishadi va ansamblda ishlashga taklif qiladilar. Berta Davidova ansamblga "Oydin kechalar" ashulasini ijro etib, ishga qabul qilinadi. Ayniqsa, Berta Davidovaning xonanda bo'lib, Berta Davidova bo'lib tanilishiga Imomjon Ikromovning xizmatlari beqiyosdir. Imomjon Ikromov Alisher Navoiyning "Ul sarvi gulro' kelmadi" g'azalini "Munojot" kuyiga solib ashula yo'lini yaratdati va Berta Davidovaga o'rgatadi, jonkuyarlik qiladi. Berta Davidova 1943-yildan 1987-yilgacha, 44 yil mobaynida O'zbekiston davlat teleradiosi qoshidagi Maqomchilar ansamblida yetakchi xonandasi sifatida faoliyat yuritadi. 200 dan ortiq maqom namunalarini, maqom yo'lidagi xalq ashulalarini, bastakorlar yaratgan qo'shiqlarni ijro etib, magnit tasmalariga yozishga muvaffaq bo'ladi. 1979-1980-yillardan boshlab talabalarga mumtoz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

musiqamizning ijrochilik sirlarini o'rgata boshlaydi. Xonandaning ijodiy tarjimai xoli 1943 -yil O'zbekiston Radio eshittirish qo'mitasi huzuridagi xor jamoasida yakkaxon ijrochiligidan boshlangan.

Xonanda B.Davidova ijrosida xalq tomonidan sevib tinglanadigan bir qator ashulalar, jumladan "Munojot", "Bayot II", "Bayot V", "Nasri bayot", "Talqini bayot", "Taronai bayot", "Samarqand Ushshog'i", "Fig'on", "Dugoh", "Xayolim senda", "Yor armug'oni", "Dilnavozim", "Gulistonim mening", "Baxt", "Kuylagayman", "Yodimdasiz" kabi mumtoz va zamonaviy ashulalar o'zining go'zal ifodasini topdi va san'at ixlosmandlari qalb qo'ridan mustahkam o'rin oldi. Xonandaning ijrosida yangragan ashulalar Alisher Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Nodira, Ogahiy g'azallari asosida ijro etilib, nozik didli san'at shaydolarini o'ziga rom etdi.

O'zbek mumtoz maqom san'atining yana bir yetuk xofizasi, O'zbekiston xalq artisti, betakror ovoz sohibasi, o'zining ijrosi bilan ayol xonandalar orasida yuksak mavqeiga ega san'atkor Kommuna Ismoilovadir. U 1927-yilning I5-dekabrida Xorazm viloyatining Xiva shahrida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. Kommuna Ismoilova S.Jalil, H.Rahimov, B.Giyenko, F.Nazarov, V.Zudov, X.Izomov, D.Zokirov kabi kompozitorlar, T.Jalilov, F.Sodiqov, K.Jabborov, S.Hayitboyev, N.Hasanov, G'.Toshmatovdek bastakorlar bilan hamkorlikda ish olib borgan. Ijro repertuarini esa professional musiqa namunalari bilan boyitgan. "Tabriklayman", "Gulnora", "Oyshaxon", "Xayolim senda", "Oq oltin karvon-karvon", "Yoshlik chog'imda", "O'ylanma" kabi musiqiy namunalar shular jumlasidan.

Kommuna Ismoilova maqomlar ijrosi ularni magnit tasmalarga yozib qoldirishda kata jonbozlik ko'rstgan. Bundan tashqari, yakkaxon xonandalik faoliyatini ham to'xtatmagan. Qadrdon ustozlari va bastakorlar bilan ijodiy hamkorlikni davom ettirib, F.Sodiqovning "Ey chehrasi tobonim", "Bir go'zal", "So'lim bahor", Saidjon Kalonovning "Zebo o'lkam", "Do'ppi tikdim", Komiljon Jabborovning "Shifokorlar", Doni Zokirovning "Mirzacho'lning qizlari", Fattoh Nazarovning "Mehnat nashidasi", Sobir Safoyevning "Yor maktubi" kabi ashulalar va bir qator maqom namunalarini radioning oltin yozuvlar fondiga yozishga erishadi. Kommuna Ismoilovaning har bir aytgan asari o'ziga xosligi va uslubining yorqinligi bilan tarixga bitiladi va ijro amaliyotida o'rnini topadi. Kommuna Ismoilovaning o'zbek musiqa san'atida ko'rsatgan bebaho xizmatlari esa, I964-yili davlatimizning "O'zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.

MUHOKAMA

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Hadiya Yusupova - o'zbek ashula ijrochiligida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan san'atkorlardandir. Hadiya Yusupova 1938-yili sentabrda Namanganda tug'ilgan. Hadiya Yusupova san'atkorlar oilasida tug'ilmagan bo'lsa-da, uning onasi Sharofatxon aya qo'shiq xirgoyi qilib yurar, dutorni mahorat bilan chalar edi. Ayaning dutor chalib, ashula aytganini qo'shnilar eshitib, tinglashga shoshilar edi. Sharofatxon aya farzandlariga doim "Ey bolalarim, birortanglar yuragimni uchquni bo'lib, san'atkor bo'lsanglar, men eshitib rohatlansam" der edilar. Afsuski, Sharofat aya qizining san'atkor bo'lganini ko'ra olmadilar. Hadiya Yusupova ko'pchilik ashulachilar qatori juda yoshligidan, ya'ni uch yoshidan qo'shi q kuylashga mehr qo'ygan. Hadiya Yusupovaning san'atga mehr qo'yishida onasining xizmati katta. Ular qizining pinhona qo'shiqlar aytib yurishini sezib, unga imkon qadar to'g'ri yo'l ko'rsatishga, undagi xohish va istakni ro'yobga chiqarishga harakat qilganlar.

Hadiya Yusupova ko'plab maqom va xalq ashula yo'llarini o'rganadi va ular radioning oltin fondiga yozib olinadi. Hadiya Yusupova o'zining o'tkir zehni bilan, o'zining odobi, ovozi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bilan ustozlar mehrini qozonadi. Faxriddin Sodiqovning bastalagan 30 dan ortiq ashulalarini ijro etadi. Ayniqsa, ustozning o'zlari dutorda jo'r bo'lgan "Bir go'zal", "Go'zal", "Namoyon qil" qo'shiqlari, shuningdek, "Yor bilib" ashulasini mahorat bilan ijro etadi. Hadiya Yusupova ansamblda birga ishlagan Rahimaxon Yo'ldosheva bilan jo'rnavozlikda ko'p qo'shiqlarni ijro etib, magnit tasmasiga yozdirgan. "Shohi belbog'", (Nabijon Hasanov musiqasi), "Ko'ngil ol" (Orifjon Hotamov), "Qashqarchai savti sabo", "Navro'zi sabo", "Chapandozi navo" kabi ashulalar shular jumlasidandir.

Shoir Said Ahmad Hadiya Yusupova haqida shunday deydi: "Hadiyaxonning ba'zi qo'shiqlaridan atirning hidi keladi, uni tinglayotganingizda siz bog'larga qarab ketayotgan bo'lasiz, yoki gulzor orasida yurgan bo'lasiz. Sizni bu qo'shiq gulzorga olib boradi, tog' larga-bog'larga, daryo bo'ylariga olib boradi. Qo'shiq sizni yetaklab yuradi. Mana shu san'atidan xalqni bahramand qilgan, xalqni quvontirgan, xalqni o'ylatgan, yig'latgan, g'ayrat baxsh etgan qo'shiqlarni yaratgan san'atkorlarimizdan biri Hadiya Yusupovadir. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ayol bu mo'jiza demakdir. Qay davr va qaysi soha bo'lmasin u yurgan yo'ldan chechaklar unib chiqadi. Ana shunday gullagan yo'llar qatorida esa o'zbek mumtoz musiqasi alohida bir bog' desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Yuldaasheva N., Raxmatova N. O'zbek musiqa adabiyoti. - Toshkent 2016;

2. Berta Davidova haqida ko'rsatuv. Toshkent. 2017;

3. Bo'riyeva K. An'anaviy xonandalik (ayollar ovozlari uchun). - Toshkent 2008;

4. Jalilov A. Kommuna Ismoilova. - Toshkent: Musiqa, 2009;

5. Jalilov A. Kommuna Ismoilovaning maqom ansamblidagi faoliyati.// Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansamblining 60 yillik ijodiy va amaliy faoliyatiga bag'ishlangan maqolalar to'plami. - Toshkent: Navro'z, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.