Научная статья на тему 'AN’ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO’LLARI'

AN’ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1125
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqom / xonanda / ovoz mashqlari / ijrochilik / maqom xonandasi / ovoz

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Saidmurod Topildiyev

Musiqa ijrochilik mahoratining oshirish yo‘llari, rivojlanish bosqichlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO’LLARI»

AN'ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Saidmurod Topildiyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Musiqa ijrochilik mahoratining oshirish yo'llari, rivojlanish bosqichlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: maqom, xonanda, ovoz mashqlari, ijrochilik, maqom xonandasi, ovoz.

TRADITIONAL PERFORMANCE AND WAYS OF DEVELOPMENT

Saidmurod Topildiyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Ways to improve musical performance skills, factors influencing the stages of development are discussed.

Keywords: status, singer, vocal exercises, performance, status singer, voice.

O'zbek musiqasida an'anaviy xonandalik sohasining bir qator turlari mavjud. Ular milliy an'anaviy ijro uslublaridan toki vokal ijrochiligi andozalaridagi eng mumtoz talqinlar bilan xarakterlanadi. Chunonchi, bunday ijro uslublarining butun bir tarkibiy tizimi hamda an'analarini o'zida mujassam etganki, har biri o'z o'rnida ahamiyatli va muhimdir. Asosiy mezon esa sof ovoz, jozibali, mukammal talqin, keng diapazon, shunga xos ko'lam va mahoratda o'z ifodasini topadi. Bunga erishish uchun esa saboq, ilm, bilim, sabot hamda uquv lozimdir. Qo'shiq insonning doimiy hamrohi, bola ona allasi bilan ulg'ayib, musiqa va ohang ogushida ulg'ayib kamol topadi. Borliq va uning ajoyibotlarini anglay boshlaydi. Musiqa insonning hayot yo'lida ovunchog'i va madadkoridir. Qo'shiq va musiqaning betimsol ruhiy quvvati odamzodni hayotga va ezgulikka chorlab kelgan. Soz chalinganda inson tanasidagi jon junbushga kelgani, goh qo'l, goh oyoq, goh tana harakatlarida yo'z, ko'z ifodasida va ayniqsa ovozda o'z aksini topadi. Bundan xulosa shuki, odamzod ma'lum bir e'tiqodni, muqaddas g'oyalarni o'ziga, o'zgalarga qudratli so'z, go'zal ohang orqali singdirgan va undan ta'sirlangan.

Xalq orasida: -Alloh tomonidan xushsado, go'zal ovoz ato etilgan kishi yarim podshohdur!, degan hikmat bor. Ovozlar insonning jismoniy to'zilishiga ham bog'liq. Masalan, og'zi nisbatan katta, tanglayi keng, burni o'zun bo'lgan xonandalar ovozi o'ta jarangdor, rang-barang tembrli yuqori pardalarga bemalol ovozi qiynalmay chiqib

tushadigandek qobiliyatga ega bo'ladi. Bundan tashqari, bo'y o'zunligi, o'pkaning kengligi ham yetuk ovoz sohibi bo'lishda katta ahamiyatga ega.

Xonandalar uchun tabiiy iqlim sharoiti va ularning jismoniy tuzilishi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham xonandalar boshqa mamlakatlarda gastrol-konsert safarlarida bo'lsalar, ba'zi holatlarda ovoz yurmasligi va hatto bo'g'ilib qolishi holatlari ham uchrab turadi. Lekin ba'zida shunday bo'ladiki, boshqa o'lkalarda ovozi ochilib ketishi, hattoki o'z vatanida ham ovozi bunchalik jaranglamaganligi ko'zatiladi. Bunday ijrolar, albatta, xonandaning kayfiyati, yaxshi hordiq chiqarganligi, toza, sof havodan nafas olishi, hatto qanday taom tanavvul qilishiga ham bog'liqdir. Xonanda kayfiyatining tushishi ham ijro uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sahna ortida ijroga tayyorgarlik ko'rayotgan xonandaning kayfiyati ko'tarinki bo'lishi shart. Chunki ijro qanday kayfiyatda bo'lsa bu eshituvchining kayfiyatiga ham katta ta'sir ko'rsatadi.

An'anaviy xonandalik bir qator uzluksiz rivojlanib boruvchi omillarga tayanadi: kuy, she'r matnini puxta o'rganish, ijro maqsadini imkon qadar to'la ochib berish, ovoz yo'nalishidagi omomentik qoidalarni aniq ifodalash ana shunday omillardandir. Milliy musiqiy bezaklar, ovozning o'zbekona tuslanishi va sadolanishini ta'minlash, ijro jarayonini to'laligicha va alohida-alohida holda uni o'rab turgan ijroviy-ijodiy, ilmiy-nazariy tomonlarini qiyosiy o'rganish san'atkorlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri. Ijroni qiyosiy o'rganish, tahlil qilish, mohiyatini anglashda innovatsion vositalar, xususan ovozli yozuvlar va albatta ustozona jonli ijrolardan foydalanish talab etiladi.

Tovush jarangi ifodaliligi, tovush sifati ovoz - texnik ko'nikmalar, nafas va rezonatorlar ishi, talaffuz apparatini egallashga bog'liq. Biroq texnik ko'nikmalarni shakllantirish hissiy yo'nalish va badiiy ifodalilik bilan birga olib borilishi lozim.

Ovozni "boshqariladigan" qilish, uni, itoatkor asbobga aylantirish uchun ovoz hosil qilish apparatining barcha qismlari ustida tizimli, dasturli mehnat talab qilinadi. Ovozni tabiyalashda mashqlarni saralab ijodiy yondoshish va to'g'ri qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh xonandalar bilan tanishayotgan har bir pedagog "Qaysi mashqlardan boshlash kerak?" degan savol ustida o'ylanadi. Hamma vaqt ham birdan javob berib bo'lmaydi. Ko'pincha bu boshlovchi xonandaga qaysi mashqlarni qay ketma-ketlikda berish kerakligini belgilash uchun o'qituvchidan katta kuzatuvchanlik va vaqt talab etiladi.

Xonadalik nafasiga oid amaliy maslahatlar: Nafas olish yengil shovqinsiz (burun va sal ochilgan og'iz orqali) bo'lishi lozim. Nafas soniyasining ulushida go'yo tutib qolinadi, va shu "yashirin" nafasda kuylay boshlanadi. Nafasni juda tejab, nafas olish muttassilligini saqlashga urinish kerak (xuddi havo olishda davom etayotgandek).1 Bu tovush tayanchini sezish imkonini beradi. Yanada chuqur nafas olish uchun o 'quvchiga o'zi sevgan gul atirini sekin hidlashini tasavvur qilishni aytish lozim. Bu usul ko'plab

1 Matyakubov Sh. "Ansambl ijrochiligi uslubiyati" T.: 2022 y. 78-bet.

I [ccñ^^BI 528 http://oac.dsmi-qf.uz

ustoz san'atkorlar amaliyotidan o'rin olgan. Xonandalik nafasini asta-sekin rivojlantirish va mustahkamlash kerak.

Qadimdan Shashmaqom erkaklar san'ati hisoblanib, ular ijrochiligi yetakchi hisoblangan. Biroq, ayrim istisno holatlari ham mavjud bo'lgan. Masalan, mashhur qo'shiqchi Ota Jalolning onasi uni bolaligidan maqom san'ati bilan tanishtirgan. 192324 yillarda Buxaroda Ota Jalol bilan birga ishlagan va bu haqda xabar qilgan musiqa etnografi Viktor Aleksandrovich Uspenskiy "ayollar mumtoz musiqaga yaqin bo'lgan", deb hisoblaydi. Ehtimol, ushbu san'at turi bo'yicha boshqa ijrochi ayollar ham bo'lgan va bizgacha ularning nomlari yetib kelmagan bo'lishi mumkin. Gap shundaki, o'tmishda ayollar faqat uyda - xotin-qizlar oldida kuylagan va ularning ijrochiligi ijtimoiy e'tirof etilmagan.

Ayni paytda, maqom san'atini "soddalashtirgan", xalq turmush tarzining oddiy ko'rinishida aks ettirgan ayollar ashula va raqs san'ati turlari ham bo'lgan. Biroq O'zbekiston va Tojikistondagi ayollari aynan sovet davrida maqom san'atini to'liq o'zlashtirgan. Bu Covet Ittifoqining madaniy siyosati mahsuli, aytish mumkinki, ayollarni ozod qilish bo'yicha olib borilgan siyosatning bir qismi bo'lib, u keyinchalik o'zining ijobiy samaralarini bergan. Bu jarayon 1920-yillarning oxiri, 1930-yillarda boshlangan.

Xotin-qizlarning maqomchilik san'atida paydo bo'lishi va qaror topishi erkaklar ashulachiligining o'ziga xos-jihatlari, ashulachilik usullarini o'zlashtirishdan boshlandi. Bunda XX asrning buyuk qo'shiqchisi, O'zbekiston va Tojikistonda yashab, ijod etgan (1927 - 2002), Izroilda vafot etgan Barno Is'hoqovaning o'rni beqiyos. Xonanda erkaklar ashulachiligining barcha jihatlarini o'zlashtirib, (darvoqe, uning Toshkentdagi ustozi Yunus Rajabiy bo'lgan) yorqin, betakror, teran va jozibali o'z ijro usulini yaratdi. Bu usul Tojikiston va O'zbekistonda ko'plab ayol xonandalar ashulachiligi etaloni bo'ldi va bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Maqom san'ati ixlosmandlariga Berta Davidova, Saodat Qobulova, Xalima Nosirova, Kommuna Ismoilova, Fotima Boruxova, Zaynab Polvonova, Munojot Yo'lchieva, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Nodira Pirmatova, Yulduz Turdieva va boshqa ijrochilarning nomlari yaxshi tanish. Ularning san'ati maqom ijrochiligi haqidagi tasavvurni o'zgartirdi. Xotin-qizlar, o'zining nafis tabiati tufayli, lirik va ruhiy she'riyat mazmunini juda chuqur va uzviy ochib bera oladilar. Maqomdagi har qanday matn ham ayollar ijrochiligiga to'g'ri kelavermaydi. "Xotin-qizlar matnlari" va ayollarga to'g'ri kelmaydigan "erkaklar matnlari" bor. Shashmaqomni jamoa bo'lib ijro qilishni rivojlanishi Yunus Rajabiy va u tuzgan orkestrning o'zbek radiosidagi ijodiy faoliyati bilan bog'liq. Bu jarayonda ayollar ovozi erkaklar ovoziga qarshi va ularga uyg'un holda, jaranglay boshladi. Bu juda muvaffaqiyatli ijodiy topilma bo'lib, tajribaning keng qanot yozishiga olib keldi.

Al-Farobiyning fikrlarini ta'kidlab o'tmoqchimiz: "Musiqada ikki xil ovoz bor. Biri tabiiy ovoz bo'lib, u insonning xalqumidan taraladigan ovozidir. Uning tabiiyligi shundaki, hech bir inson ovozi boshqasinikiga o'xshamaydi, ya'ni dunyoda nechta odam bo'lsa shuncha bir-biriga o'xshamaydigan ovozlar bor. Qolaversa, o'zgarish, rivojlanish va so'nish hususiyatiga ega. Ikkinchi xil ovoz bu musiqiy cholg'ularning tovushidir. Ularning sun'iyligi shundaki, barchasi odam ovoziga taqlid qiladi. Bundan tashqari bir-biriga o'xshaydi, masalan: tanbur-tanburga, surnay-surnayga, skripka-skripkaga. Ularning ovozlari odam ovozidan farqli o'laroq o'zgarmaydi hamda umri o'zoq bo'ladi". Inson qo'li bilan yasalgan cholg'udan ko'ra inson ovoz san'ati mohiyatan birlamchi hisoblanadi. Ya'ni mavjud narsa birlamchi, yasalgan jism esa ikkilamchi va sun'idir. Shunga ko'ra ovoz tabiiy musiqiy soz bo'lganligi va boshqa inson qo'li bilan yasalgan sozlar unga taqlid etuvchi sifatida yaratilganligi aytib o'tilgan.

Bundan tashqari ovoz melizmlari haqida ham to'xtalib o'tish lozim. Melizm (Yunoncha qo'shiq, kuy) kuyning tempi va ritmik naqshini o'zgartirmaydigan tovushning turli ohangdor bezaklaridir. Ular notada maxsus belgilar yoki kichik nolalarbilan ko'rsatiladi. Melizm - nola qochirim ma'nolari bilan bir qatorda har bir joyning o'ziga xos ovoz tembri ham ko'zda tutiladi. Maqomot tizimidagi xonandalik amaliyotida melizmlar juda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'ziga xos qonuniyatlarga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "An'anaviy xonandalik", Abduraim Tursunov.,Termiz - 2019;

2. "Yakkaxon qo'shiqchilik", O'lmas Rasulov., Toshkent-2017;

3. "Milliy musiqa ijrochiligi masalalari", Fattohxon Mamadaliyev, Toshkent-2001;

4. Matyakubov Sh. "Ansambl ijrochiligi uslubiyati" T.: 2022 y

5. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

6. Talaboev, A. (2021). O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 325-333.

7. Nabijonovich, T. A. (2022). RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 633-642.

8. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

9. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

10. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

11. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

12. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

13. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

14. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.

15. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.

16. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

17. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

18. Маматов, Ж. (2021). САНЪАТ МУТАХАССИСЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШДА ДИРИЖЁРЛИК. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

19. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

20. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

21. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

22. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

23. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОГЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

24. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

25. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

26. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

27. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

28. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.

29. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

30. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

31. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

32. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

33. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

34. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

35. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

36. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

37. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

38. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

39. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

40. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАР^ЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

41. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.