Научная статья на тему '"USTOZ SHOGIRD"—TA'LIMDAGI GO'ZAL AN'ANA'

"USTOZ SHOGIRD"—TA'LIMDAGI GO'ZAL AN'ANA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2048
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy faoliyat / “Ustoz-shogird” / milliy an`ana / qadriyat / shogirdlik odobi / texnologiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Surayyo Kobilova

Ushbu maqolada yillar davomida sayqal topib kelayotgan va pedagoglar uchun ta'lim sohasida yutuqlarga sababchi bo'luvchi "ustoz-shogird" an'analari haqida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"USTOZ SHOGIRD"—TA'LIMDAGI GO'ZAL AN'ANA»

"USTOZ - SHOGIRD"—TA'LIMDAGI GO'ZAL AN'ANA Surayyo Kobilova

Andijon shahar 5-umumiy orta talim maktabining Boshlangich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8051658

Annotatsiya. Ushbu maqolada yillar davomida sayqal topib kelayotgan va pedagoglar uchun ta'lim sohasida yutuqlarga sababchi bo'luvchi "ustoz-shogird" an'analari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar : kasbiy faoliyat, "Ustoz-shogird", milliy an ana, qadriyat, shogirdlik odobi, texnologiya.

Yangi Ozbekistonning bugungi kunida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash borasida ulkan tadbirlar tashkillanmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim tizimida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash ishlari samaradorligini oshirish, bu borada o'zbek xalqi orasida ming yillab e'zozlanib kelinayotgan "Ustoz va shogird" milliy an'anasining o'ta muhim tamoyillaridan unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbek xalqining o'tgan ajdodlari tomonidan yaratilib meros bo'lib qolgan madaniy, manaviy, moddiy boyliklari xazinasiga xalq orasidagi ustoz-shogird an'analarini ham kiritish joiz. "Ustoz-shogird" ananasi azal-azaldan nodir qadriyat sifatida mamlakatni yuksaltirishda alohida o'ringa ega bo'lgan asriy an'anadir. Zero, "Ustoz -shogird" ananasi turkiy xalqlar qadimiy madaniyati sifatida jahon taraqqiyotida ozining salmoqli o'rniga ega. Xuroson, Movaraunnahr, Afrosiyob, So'g'diyona, Marokant, Turon, Turkiston va boshqa joylar butun dunyoga mashhur bo'lib, tabarruk bu zaminda Ahmad Yassaviy, Al-Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy singari buyuk allomalar hamda Spitamen, Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalardek jasur o'g'lonlar dunyoga keldilar. Ular o'z xalqining baxt-saodati, madaniyati uchun jisman va ma'nan kurashdilar. Shuning uchun ham jahon ahli ularning ezgu amallarini olqishlab, hanuz tabarruk zotlar deya o'z qalblarida muqaddas tutmoqdalar. Ular, ayniqsa yoshlarning tarbiyasiga, hunar va ilm olishiga katta e'tibor berganlar va bunga doimiy ravishda chaqirib keldilar. Qadimda milliy an'ana bo'yicha shogirdlikning o'ziga xos odob-axloq qoidalari bo'lgan. Chunonchi, Husayn Voiz Koshifiy bunday deydi: «Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so'rasalar, yettita degin. Avvalo:

o'z ishiga yaxshi munosabatda bo'lish, ya'ni o'z kasbini sevish;

* o'z kasbiga e'tiqod qo'yish va unga ishonish;

* ustoz oldida haqsevar bo'lish, o'z nojo'ya odatlarini tark etish;

* ko'rish lozim bo'lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish;

* eshitish mumkin bo'lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik;

* barcha noloyiq ishlardan qo'l tortish;

* ustoziga zid bo'lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Agar shogirdlikning asoslari nechta deb so'rasalar, oltita degin:

* rostgo'ylik

* vafodorlik

* mas'uliyatlilik

* nasihatni quloqqa olish

* ozor bermaslik

* sir saqlash.

Shogirdlikning eng yaxshi xislati nima deb so' rasalar, poklik deb javob beriladi. Shogirdlikning noyob gavhari nima deb so'rasalar, hamkasb do'stlarini xushnud etish deb javob bergin».

Tarixiy sharoitlarining o'zgarishi borasida to'plangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham o'zgarib bormoqda. Yangi Ozbekiston sharoitida "Ustoz-shogird" an'analarini yanada rivojlantirish, uni ta'limiy qadriyat sifatida tan olishning asosiy vazifalardan biri Yangi O'zbekistonni rivojlantirishga asos bo'ladigan yangi ta'lim tizimining tashkil etilishidir.

Yangi Ozbekiston oliy ta'lim muassasalarida milliy qadriyatimiz sifatida qadimdan rivojlanib kelgan "Ustoz-shogird" an'anasi asosida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sohasini rivojlantirish yo'lida barcha pedagog-hodimlar oz texnologiyasiga ega. Tajribaga tayangan holda "Ustoz-shogird" an'anasi bakalavriat bosqichi va magistratura mutaxassisliklarida soha rivojini ta'minlanishida quyidagi tamoyillarga asosanlanib faoliyat yuritmoqda:

* Ixtiyoriylik tamoyili

* Hamkorlik tamoyili

* Tizimlilik tamoyili

* Munosiblik tamoyili

* Maqsadni aniqligi

* Natijaviylik tamoyili

"Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bilan birgalikda madaniy muloqot, munosabat darajalarinni rivojlanib, shakllanib boruvchi an'ana.

* "Ustoz-shogird" tizimi katta miqdordagi bilimlarni o'zlashtirish, kasbga tayyorgarlik va ishlab chiqarish munosabatlarini o'rnatish qobiliyatini shakllantirish jarayoni

* "Ustoz-shogird" tizimi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ilmiy va professional yordam va qo'llab-quvvatlash maktabi.

* "Ustoz-shogird " tizimi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda boshqaruvdir.

Hunarlar orasida eng qiyini ilm o'rganishdir. Lekin bu mashaqqatli yolda oliy talim pedagog xodimlari "Ustoz va shogird" tizimidagi ishlarni bahs-munozaralar, zamonamizning dolzarb masalalari bo'yicha taqdimotlar o'tkazish, teatrlar, muzeylar, ko'rgazmalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari kabi madaniyat va san'at muassasalariga birgalikda tashrif buyurish kabi turli ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar korinishida ham olib borib bir qator yutuqlarga erishilmoqda. "Ustoz-shogird" an'analarining ta'lim jarayonidagi ahamiyatiga quyidagicha baho berish joiz:

* "Ustoz-shogird" an'analari ta'limni modernizatsiya qilishning muvaffaqiyati

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi asosiy yo'nalishdir.

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ijtimoiy zarurat;

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bolajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratilgan zamon talabi;

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda tarbiyaviy ta'sir qiluvchi amaliy tasdiqlangan omil;

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mutaxassislik darajasini yuqori darajaga ko'taruvchi asos;

* "Ustoz-shogird" an'analari tajribasi oliy o'quv yurtlarida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bilan birgalikda madaniy muloqot, munosabat darajalarinni rivojlanib, shakllanib boruvchi an'ana.

* "Ustoz-shogird" tizimi katta miqdordagi bilimlarni o'zlashtirish, kasbiy tayyorgarlik va ishlab chiqarish munosabatlarini o'rnatish qobiliyatini shakllantirish jarayoni

* "Ustoz-shogird" tizimi oliy o'quv yurtlarida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ilmiy va professional yordam va qo'llab-quvvatlash maktabi.

* "Ustoz-shogird " tizimi oliy o'quv yurtlarida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribaning kamchiliklarini bartaraf etish, yosh o'qituvchining shaxsiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishning uslubiy bazasini takomillashtirish o'chog'i Zero, inson o'zi qiziqib tanlagan sohaning ustasi bo'lsa, ongli hayot kechirish uchun zarur moddiy istaklar va ma'naviy ehtiyoj uyg'unligiga erishadi.

Xulosa o'rnida quyidagilarni aytish joiz, Yangi O'zbekistonning bugungi kunida bobomeros qadriyat - ustoz-shogirdlik an'analarini yangi sharoitda, yangi mazmunda hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzaga kelmoqda. Bugun oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan bo'lajak mutaxassislarning ta'lim beruvchi shaxsiga nisbatan "Ustoz" deb murojaat qilishlari urfga aylanmoqda. Zero, tilda qayta-qayta takrorlangan kalom vaqti kelib, qalbga muhrlanadi. Qalbdan joy olgan so'z insonning e'tiqodiga aylanadi. Demak, Yangi O'zbekiston sharoitda ustoz-shogirdlik an'analarini yangicha mazmunda hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzaga kelmoqda, bu oliy ta'lim ustoz mahoratiga bog 'liq texnologiya.

Darhaqiqat, bu an'ana bugun ilm-fan sohasida o'zining kutilgan natijasini bermoqda. Universitetlarda ustoz-shogird an'anasiga sodiq qolib kelayotgan kabi ustozlar juda ko'pki, ularning bilim ummonidan bahra olgan shogirdlar kutilganidan-da ziyoda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Demak, oliy ta'lim dargohi mamlakat taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shayotir. Yoshlar tomonidan yaratilayotgan ixtirolar, innovatsion g'oyalar, ishlanmalar sohalar rivoji yo'lidagi dadil qadamdir. Bu yo'lda talaba-yoshlarimizga yanada jo'shqinlik tilab qolamiz.

REFERENCES

1. Qurbonali Tursunov, "Hidoyat" jurnali 2011 yil, 12-soni

2. Maqsud Shayxzoda "Ustodning san"atxonasida" (3 qismli maqola, 1965- 1966.)

3. Pedagogik mahorat" nazariy, ilmiy, metodik jurnal 3-4 son 6.

4. Dustov SR., Yusupov A.A., Azamkulov A. (2023). "Methodology Of Teaching Mathematics In Primary Grades". Journal of Pharmaceutical Negative Results, 7480-7485.

5. Muxtorqulova, R. (2023). ZULFIYAXONIM IJODINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Models and methods in modern science, 2(4), 117121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.