Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING USTOZ-SHOGIRD ANʼANALARI ASOSIDA O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING USTOZ-SHOGIRD ANʼANALARI ASOSIDA O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
352
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ustoz shogird an’analari / ta’lim / tarbiya / musiqa savodi / madaniyat / o‘qitish mehanizmlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kuychiyeva Zamira O’narovna

ushbu maqolada necha zamonlardan meros an’ana ustoz shogird an’analari asosida musiqa savodini shakllantirish hamda ushbu jarayonda yangi tehnalogiyalarni ishlab chiqish qolaversa mavjud pedagogik tehnalogiyalar asosida ta’lim jarayonlarini olib borish haqida so‘z boradi. Maqolada musiqiy pedagogika tushunchasiga ya’ni musiqa o‘qituvchisining ijodiy faoliyati talabalar bilan ishlash jarayonlarida pedagogic yondashuvlariga ham alohida urg’u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING USTOZ-SHOGIRD ANʼANALARI ASOSIDA O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARI ASOSIDA O'QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Kuychiyeva Zamira O'narovna Guliston davlat universiteti

Annotatsiya: ushbu maqolada necha zamonlardan meros an'ana ustoz - shogird an'analari asosida musiqa savodini shakllantirish hamda ushbu jarayonda yangi tehnalogiyalarni ishlab chiqish qolaversa mavjud pedagogik tehnalogiyalar asosida ta'lim jarayonlarini olib borish haqida so'z boradi. Maqolada musiqiy pedagogika tushunchasiga ya'ni musiqa o'qituvchisining ijodiy faoliyati talabalar bilan ishlash jarayonlarida pedagogic yondashuvlariga ham alohida urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: ustoz - shogird an'analari, ta'lim, tarbiya, musiqa savodi, madaniyat, o'qitish mehanizmlari

IMPROVING THE TEACHING MECHANISMS OF FUTURE MUSIC TEACHERS BASED ON THE TEACHER-STUDENT TRADITION

Kuychiyeva Zamira Onarovna Gulistan State University

Abstract: This article talks about the formation of musical literacy based on the tradition of teacher-student, and the development of new technologies in this process, as well as educational processes based on existing pedagogical technologies. In the article, special emphasis is placed on the concept of musical pedagogy, i.e. pedagogical approaches to the creative activity of a music teacher in the process of working with students.

Keywords: teacher-disciple traditions, education, training, musical literacy, culture, teaching mechanisms

Ustoz, murabbiysiz qolganda zamon,

Zulumotdan qora bo 'lardi jahon, demagan.

Abdurahmon Jomiy hazratlari

Muqaddas dinimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom beqiyos. Muallimlik, murabbiylik - buyuk sharaf. Zero, bashariyatning eng afzal vakillari payg'ambarlar ham muallim va murabbiy qilib yuborilganlar. O'qituvchilik kasbi vakillari jamiyatga suv va havodek zarur. Bu muhtaram zotlarni quyoshga o'xshatish mumkin. Quyosh nuridan barcha birday manfaat ko'rganidek, ustozlarning ma'rifati butun bashariyatga

naf keltiradi. O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ida ustozni charxpalakka, shogirdni esa suvga o'xshatadi. Charxpalak o'zining parraklari orqali suvni yuqoriga ko'taradi. Yuqoriga chiqib olgan suv ortga qaytmaydi. Charxpalak esa bundan ranjimaydi, yana boshqa suvni yuqoriga ko'taraveradi. Yurtimizning qadim madaniyati tarixiga nazar solsak, oilada farzand tarbiyasiga juda katta e'tibor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o'z asarlarida xalqimizga xos bo'lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritganlar. Xalq pedagogikasini o'rganish davomida olimlarning farzand ta'lim-tarbiyasi va odobaxloqqa oid asarlarida, bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta'sirchan uslubi - o'yin shaklidan juda keng foydalanilganligini ko'ramiz va o'z o'rnida o'yinlar musiqiy ohang yoki ijro bilan qorishtirilsa ta'siri yanada kuchliroq bo'lishi ko'p manbaalarda o'z isbotini topgani ham rost.

Musiqa san'ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalashning qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog'liqdir. Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo'lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko'rsatishdir. Shu ma'noda uning o'rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o'rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo'lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi.

Mustaqillikga erishgach yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida "Ustoz - shogird" an'analarini tarkib toptirish va rivojlantirishga qadriyatli tus berildi. Masalan, xar bir ta'lim muassasasining pedagog xodimlariga taxsil oluvchi o'quvchilar "Ustoz - shogird" an'analari asosida biriktirib chiqildi. Bu ayniqsa musiqa sohasida hususan mumtoz xonandalik, maqom ijrochiligi yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar va ta'lim beruvchi ustozlar uchun ayni muddao bo'ldi. Negaki musiqa san'ati yillar mobaynida o'rganilib, asrlardan asrlarga yetib kelishida ham aynan ustoz -shogird an'analari o'z tasirini ko'rsatgan. Ustoz-shogird an'analari eng qadimgi davrlardan mavjud bo'lib, ularni mazmun-mohiyati yillar o'tishi, jamiyat ijtimoiy formatsiyalarining o'zgarishi asosida o'zgarib davr talablariga moslashtirib boriladi. Qadim millatimiz musiqa sohasida deylik XII XIII asrlarda davridagi saroy musiqashunos olimlarining izlanishlari o'laroq O'n ikki maqom yaratilgan bo'lsa ularning izdoshlari Shashmaqomni ayni shu O'n ikki maqom o'zagida yaratdilar. Bugungi kunda ham bir qancha maqomdon xonandalarning, xofizlarning o'z ustoz-shogirdlik maktablari mavjud. Bu maktablardan yetuk professional maqom xonandalari yetishib chiqmoqdalar va el nazarida, ardog'ida yashamoqdalar.

"Yaxshi ustozlar" sog'lom aql-hushli farzandlarni, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o'g'lonlarni, yaxshi hayot, porloq kelajakni ravshan ko'z bilan ko'ra

oladigan avlodni tarbiyalaydi. U yoshlar qalbida o'z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg'otadi, ularni halol mehnat evaziga rizq topib yashashga o'rgatadi, do'stligu-hamkorlik, hamjihatligu-hushravonlik, odamlarga faqat yaxshilik istash eng ezgu g'oyalardandir. O'quvchilarga donishmandlik ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo'lib qoladi.

"Avesto"da yaxshi ustozlar bilan bir qatorda yomon ustozlar ham bo'lishi va u elga naf keltirish o'rniga yoshlar ongiga yomonlik urug'ini sepishlari haqida izoh berib o'tiladi."Yomon ustoz, -deb yoziladi "Avesto"da, -hayot chirog'ini so'ndiradi. Ular johillarni buyuk qilib, eng mo'tabar ayol-u erkaklarni tangri yo'lidan qaytaradilar. Ular o'z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi hislatlaridan yuz o'giradilar, jahon xalqlari hayotini yolg'on gaplar bilan parishon qiladilar". Asarda ustozning o'quvchi oldidagi burchi va shogirdning ustoz oldidagi majburiyatlari haqida batafsil fikr beriladi. 1Bu ananalar musiqa bo'yicha yakka dars olib boradigan o'qituvchilarga bevosita bog'liq ekanligini unutmagan holda ular o'z bilimini oshirishi, shogirdlarga bilim olishning to'g'ri yo'lini ko'rsatib bera olishga alohida etibor berishlari lozimligi taqozo etiladi.

Ustoz -muayyan bir yo'nalish, sohaning sir -sinoatlarini puxta egallagan hamda kasb - hunar o'zlashtirishni oliy darajaga yetkazgan shaxsdir. Aytaylik musiqa sohasida ustoz ashula aytib o'zining uslubini ya'ni ijro yo'ini, kuy chalib, o'zidan boshqacha yangiliklar qo'shib, musiqiy qobiliyatini, mahoratini nafis san'at darajasigacha ko'targan xofiz yoki sozanda. Ustoz tomonidan u muqadadas qobiliyat sifatida avaylab-asraladi va sevimli shogirdiga meros qilinadi.

Hozirgi zamon ilm-fan, texnika taraqqiyoti talablaridan biri yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega bo'lgan barkamol shaxsni voyaga yetkazishdir. Ushbu harakatlar zamirida esa eng avvalo, shaxsning fidoyiligi, Vatanga va o'z xalqiga muhabbatini shakllantirish masalasi yotadi. Zero, har bir insonning barcha harakatlari u yoki bu darajadagi ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodiyoti, musiqa san'ati, o'yinlari, bayramlar, san'at va hunarmandchilik, urf - odatlar milliy ta'lim va tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi. O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ta'birlari bilan aytadigan bo'lsak "Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash vakamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi".

Darhaqiqat, komil inson tarbiyasida musiqiy tarbiyaning naqadar ulkan omil ekanligi yanada ayon bo'lib bormoqda. Shunday ekan, o'sib kelayotgan yosh avlodni

1 O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASI XONANDALIK SAN'ATIDA USTOZ - SHOGIRD AN'ANALARINING RIVOJLANISH JARAYONLARI Nazarov Doniyor Yu Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institute, 2-bosqich magistranti https://sciencebox.uz/index.php/jars/article/view/1497/1387

boy musiqiy merosimizni o'rganishga, engil-elpi, tumtaroq ohanglardan qochib, ulrning badiiy didini, musiqiy madaniyatini ko'tarishga, ma'naviy olamini kengaytirishga harakat qilmog'imiz kerak. Bunda ustoz -shogird an'analari o'z tasirini ko'rsata oladi. Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirishib, qator shogird san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Musiqa san'atida ta'lim berayotgan har qanday ustoz pedagog o'z yo'li va o'z uslubiyotiga ega. Boshqa sohalardan farqli jihati ham ayni shunda. Bir pedagog o'zining nazariy va amaliy bilimlari bilan bir qatorda o'z ovozi, ijro yo'li, o'z nafasi hamda o'z iqtidoriga ega va u o'z shogirdiga ayni shu jihatlarini singdiradi. Qachonlardir bu bilimlarni u o'z ustozian o'rgangan. Boshqa biron bir sohada bunday ta'lim o'zini oqlamaydi. Misol uchun meditsina hodimi o'zi hohlagandek, o'z qo'lidan kelgan davolash usulini qo'llashga haqqi yo'q ular kitoblarda yozilgan nazariyaga tayanadilar va shu asnoda davolaydilar. Lekin musiqa san'atida yozilmagan qonunlar mavjudki ularni kitobdan o'qib bo'ladi.

Hozirgi zamon ta'lim tizimini rivojlantirish va uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish ta'lim sohasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun qabul qilinganida maktablarda barcha o'quv fanlari qatori, musiqa madaniyati fani uchun ham zamon talabi asosida yangi dastur yaratilgan. Ushbu dastur asosida o'quv qo'llanmalar, darsliklar yaratilib kelinmoqda. Chunki, musiqa o'z tabiatiga ko'ra, inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususiyati bilan birga o'quvchilarni nafosatga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Har bir musiqa darsi talabalarni yangi bilimlar bilan boyitishi, ulraming ong-bilim doiralarini kengaytirishi, musiqiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishi yoki ilgari o'rganganlarini takomillashtirishi kerak. talabalar darsdan-darsga go'yo pog'onadan-pog'onaga qadam qo'yganidek bilishning cheki yo'q narvondan olg'a intilib boradilar. Musiqa darslarida talabalarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirish nazarda tutiladi, ulaming musiqaviy madaniyatiga zamin yaratiladi. Musiqa mashg'ulotlarida istisnosiz barcha talabalarning musiqiy faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi. Shuningdek, ularng orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro nazoratni qo'liab-quvvatlaydi. Ustozning darsdagi ishi barcha talabalarning darsning o'zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalami hosil qilishlari uchun zamin yarata olishi shart. ustoz mahoratining mezoni talabaning o'zlashtirishi va intizomi bilan belgilanadi. U o'z ustida tinmay ishlasa, ta'lim va tarbiya sohasida ilg'or tajribalarini qo'llab talabalarni kuzatib va o'rganib ulardagi qobiliyat darajasi, o'zlashtirish ko'rsatgichlarini to g'ri baholay olsa, uni o'z ishiga tadbiq etsa, o'z pedagogik mahoratini oshirib borishi mumkin. Mahoratli ustoz hamisha shogirdlar orasida yuksak obro'ga ega bo'ladi, chunki u o'quvchilar qalbiga to'g'ri y o'l topa oladi.

Zamonamiz taqozosi musiqa darslarini yanada jo'shqin, qiziqarli, ko'tarinki ruhda o'tishlari uchun yangi pedagogik texnologiyalami qo'1ash yaxshi natija beradi.

Bunday darslar o'quvchi talabalami bilim darajasini aniqlashga, baholash va rag'batlantirishga, jamoa bolib ishlashga va bir-birlarini fikrlarini hurmat bilan tinglashga keng imkoniyatlar beradi. Talabalami musiqiy did va musiqiy dunyoqarashini shakllanishiga asos soladi. O'qitish jarayoni o'quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlami qo'llashda ulami mustaqil erkin fikrlashga, o'z ustilarida ishlashga, izlanishga o'rgatadi. Har bir masalaga ijodiy yondashish mas'uliyatini sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlarda foydalanishga eng asosiysi, o'qishga, fanga, pedogogika va o'zi tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi. Bunda ko'p narsa o'qituvchining hayotiy tajribasiga, kuzatuvchanligiga, musiqaviy bilimlariga ham bog'liqdir. Darslar ham pedagogning aynan shu sifatlariga, uning tashabbuskorligi, ijodkorligiga tayanadi. Ya'ni o'qituvchi dasturga o'quv-tarbiyaviy zaruriyatdan kelib chiqqan holda o'zgarishlar kiritish mumkin. Albatta, bu o'zgarishlar uning shaxsiy ijobiy tajribasidan kelib chiqmog'i kerak. Buning uchun musiqa o'zining barcha hayoti aloqalari va namoyishlariga ko'ra o'qituvchini harakatlantiruvchi kuchga, uning hayotini bir qismiga aylanmog'i kerak.

Musiqa san'ati yoshlarning ahloqiy dunyoqarashini boyitib, ularda hayotni go'zallik qonunlari asosida qurishga intilish uyg'otadi. Musiqaning yoshlarga tarbiyaviy ta'siri katta. Eng yaxshi musiqiy asarlarning mazmunini tahlili shuni ko'rsatadiki, ularda nafaqat ichki kechinmalar, balki turli kishilar xarakteri, hayotiy hissiyotlari tasvirlanadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining musiqaviy malakalarni shakllantirish musiqani idrok qilish va ijro etishga doir ayrim xarakatlarning qayta-qayta takrorlashni taqozo qiladi. Mashq, xarakatlarning mohiyatini chuqur anglash uchun ular erkin, badiiy-ijodiy darajada bajarilishi kerak. Taraqqiyparvar tajriba musiqa darslarining ko'paytirilishi o'quvchilarni toliqtirmaydi, aksincha, ulardagi charchoqni emotsional - qiziqarli vaziyatlar tashkil qilish orqali tarqatishga xizmat qiladi. Ijodiy - bilish faoliyatida o'quvchilarning muhim axloqiy-ma'naviy sifatlari shakllanib, ma'naviy xayotining tarkibiy qismiga aylana boradi. Me'yoriy hujjatlarda o'qituvchining yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishdagi roli aniq belgilab berilgan. Biroq musiqa o'qituvchisini ushbu faoliyatga kasbiy tayyorlash muammosining hal qilinmagan masalalari ko'p. Pedagogika institutlarining musiqa-pedagogika fakultetlariga kirgan talabalarni o'rganish ularning aksariyatida o'qituvchilik kasbiga qiziqish pastligini ko'rsatmoqda. Shu sababli pedagogik ta'limning asosiy vazifasi ularni, bolalarni musiqaviy tarbiyalashga yo'naltirish emas, balki ularni o'qituvchilik kasbiga qiziqtirishdan iborat bo'lib qolmoqda. Natijada ko'pchilik bitiruvchilar musiqa darslarini tashkil etishning murakkabliklari, buning uchun oliy o'quv yurtida ko'p narsalarni o'rganib olish mumkin ekanligi, biroq o'rganmaganliklarini anglaydilar. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarini ma'anaviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash, yosh o'qituvchilar musiqaning bolalarda qay darajada emotsional ko'tarinkilik hosil

qilishini, musiqa darslarida jamoa jimligi, sukutining ahamiyati va uni yaratish muammolariga to'qnash keladilar. Musiqa darslarining o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lishi kamlik qiladi. Ular musiqaning inson hayotida nima sababdan bunchalik katta ahamiyat kasb etishni bilishlari zarur. Aks holda ularning musiqa mashg'ulotlariga «qiziqish» lari asta-sekin so'na boradi.

Hozirgi paytda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi musiqaviy pedagogikaning muhim muammolaridan biriga aylandi. Ushbu masalani ijobiy hal qilish yo'llaridan biri sifatida keyingi yillarda o'quvchilarning assotsiativ tafakkurini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Biroq musiqa o'qituvchilari faoliyatining tahlili bu ishda qator muammolar borligini ko'rsatmoqda. Musiqa studiyalarida musiqaviy idrokni rivojlantirishning ahamiyati katta, chunki studiyalarning asosiy vazifasi o'quvchilarni musiqani tushunish va sevishga o'rgatishdir.2 Bo'lajak musiqa o'qituvchilarini ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash ta'lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan shuni aytishimiz mumkin bo'ladiki ta'lim tizimida musiqa madaniyati fanining o'rni juda ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida". Xalq so'zi 2017 yil, 18-noyabr. 1-bet

2. Rajabov I. Maqomlar. Toshkent. 2006 yil.

3. Yo'lchiyeva M. An'anaviy yakka xonandalik Toshkent 2017 yil.

4. Ilmiy maqola. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarini ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashning texnologiyasi. O'g'iloy Jalilova Samarqand davlat universiteti. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 726

5. Kuychiyeva Zamira o'narovna "Folklor" o'quv qo'llanma 2022.

2 file:///C:/Users/User/Downloads/bo-lajak-musiqa-o-qituvchilarini-ma-naviy-ma-rifiy-faoliyatga-tayyorlashning-texnologiyasi.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.