Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK YO’NALISHI BO’LAJAK MUTAHASISLARIGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALAR'

AN’ANAVIY XONANDALIK YO’NALISHI BO’LAJAK MUTAHASISLARIGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
681
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / xonanda / shashmaqom / ustoz-shogird / pedagogika / kompetensiya / an’ana / milliy-mumtoz musiqa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Moxigul Gulomovna Akbarova, Bakhodir Xudoykulovich Xodjakulov

Ushbu maqolada an’anaviy xonandalik yo’nalishi mutahasislarini tarbiyalashda pedagogic kompetensiyalar va maqom san’ati sohasini o’rgatish va o’rganish jarayoni ustoz-shogird an’analariga asoslanishi haqida bo’lib, maqolada keltirilgan fikrlar mulohazalar ustozlarimizning milliy musiqa merosi sohasida yaratgan musiqiy risolalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tavsiyalarini o’rganib tahlil qilinishi natijasida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK YO’NALISHI BO’LAJAK MUTAHASISLARIGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALAR»

AN'ANAVIY XONANDALIK YO'NALISHI BO'LAJAK MUTAHASISLARIGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALAR

Moxigul Gulomovna Akbarova Bakhodir Xudoykulovich Xodjakulov Guliston davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada an'anaviy xonandalik yo'nalishi mutahasislarini tarbiyalashda pedagogic kompetensiyalar va maqom san'ati sohasini o'rgatish va o'rganish jarayoni ustoz-shogird an'analariga asoslanishi haqida bo'lib, maqolada keltirilgan fikrlar mulohazalar ustozlarimizning milliy musiqa merosi sohasida yaratgan musiqiy risolalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tavsiyalarini o'rganib tahlil qilinishi natijasida yozilgan.

Kalit so'zlar: maqom, xonanda, shashmaqom, ustoz-shogird, pedagogika, kompetensiya, an'ana, milliy-mumtoz musiqa

PEDAGOGICAL COMPETENCES IN PROVIDING EDUCATION TO FUTURE SPECIALISTS OF TRADITIONAL SINGING

Mokhigul Gulomovna Akbarova Bakhodir Khudoykulovich Khodjakulov Gulistan State University

Abstract: This article is about pedagogical competences and the process of teaching and learning in the field of status art in the education of traditional singers is based on the teacher-student tradition. written as a result of studying and analyzing his musical treatises, monographs, scientific articles and recommendations.

Keywords: status, singer, shashmaqom, teacher-student, pedagogy, competence, tradition, national-classical music

O'zbek musiqa san'atida an'anaviy xonandalik, o'z sohasi va yo'nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Mumtoz musiqa san'atimiz orasida o'zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an'analarni o'zida aks ettirgan an'anaviy yo'nalish o'zining barcha xususiyati, salohiyati bilan namuna bo'lib kelmoqda. Mumtoz musiqa xonandaligida, o'zbek xalqining eng go'zal urf- odatlari, milliy ruhiyati bilan bog'liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma'naviyati namoyon bo'lgan. Shu bois, xonandalik

I icclT^^^^H 110 http://oac.dsmi-qf.uz

an'anasida mumtoz ashula ijrochilik yo'nalishlari va uslublari shakllanib borgan. Buni an'anaviy xonandalik san'ati yo'nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi.

Milliy mumtoz ashulachilik an'analari esa o'zbek an'anaviy xonandalik san'atining asosi bo'lib rivojlandi. Har qanday sohani o'rganish, shu yo'nalishda izlanishlar olib borish, ilm qilish va eng asosiysi ushbu sohada ustoz sifatida bilim berib shogirdlar chiqarishdek ma'suliyatni bo'ynimizga olgan ekanmiz biz avvalo shu sohaning sir sinoatini, uning kelib chiqishi tarixini, kechagi hamda bugungi kundagi holati haqida aniq va ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lishimiz shart. Xo'sh biz bilamizki maqom san'ati an'anaviy xonandalikning asosi va avvalo maqom nima? Qachon va qayerda vujudga kelgan/rivojlanish davrlari haqida ma'lumotlarni bosqichma bosqich o'qib o'rganib boramiz. Bugungi kunda maqom xonandaligi fanini o'rgatishda biz mavjud bilimlar va an'analarga tayanamiz. Bizga ma'lumki "Shashmaqom" buxoro, Xorazim, Farg'ona - Toshkent maqom yo'llari va har bir hududning o'ziga hos yo'li usullari mavjuddir. "Shashmaqom" gacha bo'lgan davrda "O'n ikki maqom" turkumi mavjud bo'lgan va vaqtlar o'tib qisqartirishlar, o'zgartirishlarga uchrab Shashmaqom turkumi sifatida yashashda davom etmoqda. XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan musiqa olimlaridan Najmiddin Kavkabiy va Darvishali Changiy risolalarida Buxoro xonligi davrida joriy etilgan "O'n ikki maqom" hamda ular asosida kuy va ashulalar bastalagan san'atkorlar haqida ma'lumotlar bor. Demak,bundan "O'n ikki maqom" O'rta Osiyoda XVIIasrda ham qo'llanilgan,- degan xulosaga kelishi mumkin. Maqomlarning dastlabki namunalari Sharqda hozirgidek nota yozuvi bo'lmagani uchun bizgacha etib kelmagan. "An'anaviy xonandalik" xonandalik san'atiga xos o'quv mal akalarini shakllantirish, ularga xalq qo'shiqlarini yakka holda yoki, jamoa bo'lib kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo'yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat.

An'anaviy yakka xonandalikning san'atligi shundaki, unda muayyan she'riy matn ashula (qo'shiq) shaklida musiqa vositasida tinglovchiga yetkaziladi. Tinglovchi xonandaning kuylashidan ruhiy-ma'naviy zavq oladi, muayyan fikr yoki g'oyani uqadi hamda kuylovchiga munosabat bildiradi. Aynan mana shu nuqtada an'anaviy yakka xonandalikning o'ziga xos san'at ekanligi namoyon boiadi.A n'anaviy yakka xonandalikning ikki turi mavjud: 1) havaskor yakka xonandalik; 2) professional yakka xonandalik. Havaskor yakka xonanda kuylashning dastlabki asoslarini o'zlashtirib, an'anaviy ashulalami (qo'shiqlarni) ijro etish bilan cheklanadi. Professional yakka xonanda esa musiqa ta'limini olgan, yakkaxon yoki ansambl tarkibida an'anaviy ashulalami (qo'shiqlami) talab darajasida ijro etuvchi hamda ijod bilan shug'ullanuvchi san'atkordir. Bugungi kunda mamlakatimizda havaskor va professional yakka xonandalik uzviy rivojlanib bormoqda. Ayni paytda, professional yakka xonandalikni rivojlantirib borish taqozo etiladi. Chunki jahon xalqlarining

I [ccñ^^BI 111 http://oac.dsmi-qf.uz

hozirgi rivojlanib borish jarayoni har bir soha qatorida musiqa san'ati yo'nalishlarini taraqqiy ettirishda professionalizm omiliga asosiy e'tibomi qaratmoqda.

An'anaviy xonandalikning maqsadlaridan yana biri Respublikamiz badiiy jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o'zbek xalq qo'shiqlari hamda "Shashamaqom" haqida ma'lumotlar berish bilan birga, yaratilish tarixi, ijro diapazoni, ovozni ishlatish, dinamik belgilar, xonandaning ijro holati, asarlardagi o'lchovlar, usullar, kuylarning shaklan tuzilishi, ijro texnikasi, o'rganilayotgan asarlarning mualliflari haqida ma'lumotlar va zarur ko'rsatmalar beriladi. O'zbek milliy musiqa merosi o'zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiqdir.

An'anaviy xonandalik yo'nalishida bilim berish boshqa sohalarga nisbatan anchayin murakkab va uzoq vaqt talab etadi. Ushbu soha ustoz - shogird an'analari hamda asriy davom etayotgan ijro an'analariga taqlidni ham talab qiladi. Umuman olganda ta'lim berish jarayoni hech qachon onson kechmagan ham. Bugungi kun zamonaviy yondashuvda kompetensiya tushunchasi keng tarqalib har bir sohaning o'z kompetentligi mavjud. Hususan pedagogika sohasida ham pedagogic kompetensiya tushunchasi shakllanib bo'lgan. Har bir sohada bo'lgani kabi san'atning har javhasida hususan oliy ta'lim tizimida San'atshunoslik sohasida Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi bo'lajak mutahasislarining umummilliy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun mustqali izlanuvchi sifatida pedagogic tehnalogiyalarni ishlab chiqish izlanishlaridaman. Aslida kompetensiya nima? Uni shakllantiruvchi omillarga nimalar kiradi? Qanday hollarda kompetentlik yaqqol namoyon bo'ladi? Kompetensiyani rivojlanish bosqichlari qandav va uni qanday amalga oshirish kerak degan savollarga Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi misolida yechim qidiramiz.

Kompetentlik ko'pincha shaxsning ajralmas sifati sifatida tushuniladi, u o'rganish va ijtimoiylashuv jarayonida olingan bilim, ko'nikma va tajribaga asoslangan faoliyatga umumiy qobiliyat va tayyorlikda namoyon bo'ladi va mustaqil va muvaffaqiyatli faoliyatga yo'naltirilgan. Kompetentsiya - o'qituvchining o'quv tayyorgarligi normasi (talablari) bo'lib, u muayyan sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkonini beradi. Oqituvchi kompetensiyasi uch qismdan iborat: umumiy madaniy, kasbiy va ijtimoiy kompetentsiyalar.

Kompetentsiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi hamkorlikdir. Bu talabalar va o'qituvchilarning birgalikdagi rivojlanish faoliyatining insonparvarlik g'oyasi bo'lib, o'zaro tushunish, ma'naviy dunyoga kirish, faoliyatning borishi va natijalarini jamoaviy tahlil qilish bilan muhrlangan. Ushbu holatda San'atshunoslik yo'nalishi Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi bo'lajak mutahasislarining

I ibiSi^^Bl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

umummilliy kompetensiyalarini rivojlantirish birmuncha murakkabroq kechadi. Negaki Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi bo'lajak mutahasislar sifatida ta'limni Ustoz shogird an'analari hamda ushbu sohaga talabalarning o'zlarining qiziqishlari va qobiliyatlarini birinchi darajaga olgan holda amalga oshiriladi. Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi malaka talablarida keltirilgan Kasbiy kompetensiyalarga bir nazar tashlaymiz:

- o'zbek maqom san'ati rivoji uchun ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, kasbga doir o'quv qo'llanma, uslubiy qo'llanma va darsliklar yarata olish, o'zbek maqom san'atini ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali ko'plab mamlakatlarga keng targ'ib eta olish;

- maqom ansambli va boshqa jamoalarda faoliyat yuritayotgan vaqtda ta'lim jarayonida olgan barcha bilim va ko'nikmalardan unumli va sifatli foydalana olish;

- insonlarning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san'atining keng imkoniyatlaridan foydalana olish;

- maqomlar, mumtoz ashulalarni yakka xolda va xonandalar ansabli bilan hamnafaslik hamda jo'rovozlikda o'rganib ijro eta olish;

- maqom asoslari, maqom tarixi, ijrochilari chuqur bilimga ega bo'lishi va ilmiy nazariy izlanishlar olib borish; maqomlarda ko'p uchraydigan aruz vazni, mumtoz she'riyat poetikasini chuqur tahlil qila olish; fors tilini o'rganishi, nafaqat muloqot uchun balki maqomlardagi forsiy so'zlar va atamalarni talqin eta olishi;

- me'yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va o'zlarining professional faoliyatlarida foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lish; maqom xonandaligi bo'yicha kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini egallash va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olish;

- ijrochilik faoliyatida ijro etayotgan asarini ustozlarida olgan bilim, ko'nikma va malaksidan kelib chiqib, mukammal ijro eta olish; va h. k.

Kabi kasbiy kompetensiyalar hamda pedagogic kompetensiyalarni umumlashuvi asosida Vokal san'ati. An'anaviy honanadalik umummilliy kompetensiyalarni ishlab chiqish maqsadga muofiq.

Ushbu sohada avvalo pedagogik kompetensiya jarayonida Ustoz -shogird an'analarini alohida aytib o'tish va aynan ushbu so'zga kata urg'u berish lozim. Boshqa sohalardan farqli o'laroq Vokal san'ati. An'anaviy honanadalik yo'nalishi ummummilli urf odatlar, an'analar, nasriy qadryatlar, mmilliy madaniy merosimizning amalda mavjud dddurdonalari asosida tarbiyalanadi. Avvalo ushbu soha vakillari musiqiy merosimizning amaliy jihatlarini va shu bilan birga nazariy jihatlarini ustozlaridan eshitish, tushunish va o'zlarida amaliy tahlil qilish jarayoni orqali pedagogic ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Biz san'atning qaysi bir sohasi bo'lmasin umumiy jihatni avval aniqlaymiz va shu jihatlarni talabaga singdiramiz. Demakki biz pedagogic kompetensiyaning rivojlantirish uchun tehnalogiyalar ishlab

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

chiqishda Vokal san'ati. An'anaviy honanadalik yo'nalishining san'atning boshqa bir sohalari bilan ham aloqasini tahlil qiliamiz va tahlillar natijasini umumlashtiramiz. An'anaviy honanadalik yo'nalishi talabalarini muntazam kuzatish natijasida ishlab chiqilmoqda. Ushbu tehnalogiya Vokal san'ati. An'anaviy honanadalik yo'nalishining umummiliiy kompetensiyalarini o'z ichiga olishi maqsad qilingan albatta. An'anaviy xonandalik yo'nalishida bir necha yillardan beri ijod qilib talabalarga bilim berib kelayotgan ustozlarning tajriba va malakalari asosida ta'lim berib va yana yosh pedagogic shijoat, yangiliklarga, zamonaviy tehnalogiyalarga asoslangan amaliy va nazariy bilimlarni umumlashtirish orqali biz o'z sohamizda ko'zlangan maqsadga erishishimizni aniq va mukammal tarzda taminlay olamiz. Bugungi davrda har kuni dusch keladigan kompetensiya tushunchasi ham yuqoridagi fikrlarning jamlanmasi aslida.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M. Yo'lchiyeva. An'anaviy yakka xonandalik. O'quv qo'llanma Toshkent 2018 y.

2. I. Rajabov "Maqomlar" 2006 yil.

3. Pedagogik texnologiya N.Avliyakulov, N.Musayeva

4. Amaliy pedagogika N. Erkaboyeva 2005

5. Farberman B. L, Musina R. G., F. A. Djumabaeva. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari.-T.: 2002.

6. An'anaviy xonandalik o'quv qo'llanma I. M.

7. D.Uzoqov Vokal o'quv qo'llanma Toshkent 2020

114

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.