MAQOM SAN'ATINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI
Sharipova Odinaxon Shavkatjon qizi Farg'ona davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda musiqa ta'limi, taraqqiyoti va tadqiqotlari yuzasidan qimmatli ma'lumotlar o'rin olgan.Bundan tashqari uning yaqin o'tmishi va bugungi ahvoli haqidagi ayrim fikrlar ham keltirilgan.
Kalit so'zlar: pedagogika, an'ana, san'at, konservatoriya, shashmaqom.
THE ROLE OF MAKOM ART IN YOUTH EDUCATION
Sharipova Odinahon Shavkatjon qizi Fergana State University
Abstract: This article provides valuable information on music education, development and research in Uzbekistan. It also provides some insights into its recent past and present.
Keywords: pedagogy, tradition, art, conservatory, shashmaqom.
Istiqlol yillarida milliy ma'naviy merosga bo'lgan yuksak e'tibor natijasi o'laroq yurtimizda mazkur jabhada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, asriy qadriyatlar negizida qaror topgan boy musiqa merosimizning o'rganish masalalari yangi bosqichga ko'tarilmoqda. O'zbek xalq og'zaki an'anasidagi kasbiy san'at asarlarining xalq e'zoziga tushishi, maqom ashulalarining, katta ashulalarining va maqom yo'llaridagi mumtoz asarlarining ijrochilik taomilidan munosib o'rin egallashi bu jarayonga o'zgacha salohiyat baxsh etdi.
Bugungi kunda ularni tadqiq etish, pedagogik ta'lim tizimida ularning o'rganilishini o'tmish va bugungi kun misolida tahlil qilish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shunnigdek, har qanday san'at turi har xil vositalar orqali hayotiy voqelikni aks ettirishga qodir ekan, so'nggi yuz yillik mobaynida O'zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog'lik murakkab va o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish va uni tadqiq etish ustivor ahamiyat kasb etib bormoqda.
Ma'lumki maqom ta'limotini o'rganish mazkur muhtasham san'at paydo bo'lishidan boshlab vujudga kelgan. Qolaversa maqom san'atini o'rgatilishi, ta'lim shakllari uzoq o'tmishdan shakllanib bugungi kunga qadar taraqqiy etib kelmoqda.
An'anaviy qo'shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos
I ibiSi^^Bl ^34 http://oac.dsmi-qf.uz
Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharifov, Zohidxon hofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir.1
Aytish joizki,1920 yillardan boshlab o'zbek musiqa ijodiyotini o'rganish va uni yozib olish alohida o'rinni egalladi. 1919 yilda Turkiston respublikasida badiiy-etnografik komissiya tuzildi va bu komissiya hayatida V.A.Uspenskiy, G'ulom Zafariy, E.Melngaylis, N.Mironovlar kirdilar. Komissiya o'ziga maqsad qilib birinchi o'rinda «Shashmaqom»-ni va O'rta Osiyoda yashovchi barcha xalqlar ijodiyotini o'rganishni o'z oldiga qo'ydi. 1923 yilning boshlarida V.A.Uspenskiy boshchiligida komissiya Buxoroda bo'lib Ota Jalol Nosirov va Ota G'iyos Abdug'anilardan maqom majmuasini hammasini yozib oladilar.
Aytish joizki dastlab 1918 yilda Turkiston Xalq konservatoriyasi keyinchalik Toshkent davlat konservatoriyasi 1936 yillarda ochilgan bo'lsa, qariyb bir asrdan beri dunyo musiqasini o'zbek ijrochilari bilan boyitib kelmoqda.
Ayniqsa mustaqillik yillarida Oliy ta'lim muassasalari ichida O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" va "An'anaviy xonandalik" kafedralari mumtoz musiqamizning yetuk ijrochilarini tayyorlashda jonbozlik qilib keldi. O'zbekiston davlat San'at va Madaniyat Instituti esa xalq og'zaki ijodini o'rganish va izlanishlar borasida yetakchi ta'lim muassasasidir. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2018 yil 6 apreldagi "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarorlari o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim hujjatlar bo'ldi.
2017 yil badiiy jamoalar safidagi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli va maqom ijrochiligini o'ziga kasb bilgan san'atkorlar uchun "Maqom markazi" tashkil etildi. Markaz qoshida ovoz yozish studiyalari ochildi. Barcha viloyatlar maqom ansambllari safi kuchaytirildi, ta'lim muassasalarini bitirib chiqqan yosh mutaxassis xodimlar nafaqat ijodiy, balki ilmiy yo'nalishda ham tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi. Xorazm viloyati maqom ijrochilari uchun ham "Maqom markazi" mavjud. Maqom jamoasining Buxoro viloyati bo'limida esa maqomga bo'lgan e'tibor avvaldan kuchli bo'lganligi sabab hozirda bu san'at ijrochiligi yuksak darajada rivojlanmoqda.2
Darhaqiqat, so'nggi yillarda Yangi O'zbekiston muhitida ulkan tarixiy jarayonlar san'at sohasida ham o'z ini'kosini topmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabr PQ-3391-sonli "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini
1 I.Rajabov "Maqomlar" "San'at" nashriyoti T., 2020 y. 52-b.
2 Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi" Oquv qollanma T., 2018 y. 9-b.
335
http://oac.dsmi-qf.uz
yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilganligi ham olamshumul voqea sifatida e'tirofga loyiqdir2. Mazkur institut yurtimizda maqom, xalq musiqasi, baxshichilik va katta ashula ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash bilan shug'ullanadi. Shuningdek, mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish kabi qator vazifalarni bajaradi.
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti o'z ta'lim yo'nalishlari bo'yicha "ustoz-shogird" maktablarini tashkil etib, rivojlantirishi, shuningdek, bu sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun muntazam ravishda mahorat darslarini o'tkazib borishi ham muhtasham maqom san'atimizning taraqqiy etishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Rajabov "Maqomlar" "San'at" nashriyoti T., 2020 y.
2. Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi" O'quv qo'llanma T., 2018 y
3. Умарова, А. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ У УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ТВОРЧЕСТВА УЗБЕКСКИХ КОМПОЗИТОРОВ. Scientific progress, 1(5).
336
http://oac.dsmi-qf.uz