УДК 37.013
Matyakubov K.K.
Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti Texnologik talim kafedrasi o^qituvchisi
MEHNAT TARBIYASI ORQALI O QUVCHILARNING XALQ MILLIY ANANALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o^quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq milliy an^analaridan foydalanish metodikasining muommolari yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayoni yoritilgan bo lib yakunda bir qancha xulosalar berilgan.
Kalit so 'zlar: Mehnat tarbiyasi, konsepsiya, qadriyat, didaktika
Matyakubov K.K.
teacher of the department of technological education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
PROBLEMS OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF STUDENTS
'USE OF NATIONAL TRADITIONS THROUGH LABOR EDUCATION
Annotation: This article describes the research process on the problems of the use of national traditions in the labor education of students, and concludes with a number of conclusions.
Keywords: Labor education, concept, value, didactics
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining dunyo ta'lim fazosiga kirishi, jamiyatdagi yangi ijtmioiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy о'zgarishlar umumta'lim maktablari oldiga ko'pina o'quv-tarbiyaviy jihatlarini, shu jumladan o'tmishdagi milliy an'analarni va tajribalarni o'rganishga va ularga o'kuvchilarni yoshligidanoq jalb qilishga bo'lgan qarashlarni tubdan qayta ko'rib chiqish talabini qo'ydi.
O'zbek xalqlarining milliy o'zligini anglashini rivojlantirish sharoitida xalq pedagogikasi ilg'or tarbiyaviy an'analarining roli va ahamiyati jamiyatni jipslashtirishning insonparvarlik an'analarida, mehnatda, oilada, jamiyatda ahloqiy o'zaro munosabatlarning o'sishida namoyon bo'ladi. Bu an'analar xulq boshqaruvchisi rolini bajaradi.
Milliy mafkura tashuvchisi sifatida xalqning ilg'or tarbiyaviy an'alariga murojaat qilish muhim insonparvarlik, ijtimoiy-ahloqiy, etno-madaniy ahamiyat kasb etadi. Akademik A.E.Izmaylov shunday deydi: "Xalq avloddan avlodga o'zining ijtimoiy tajribasini, ma'naviy boyligini katta avlodning kichig iga merosi
sifatida uzatib boradi va shu bilan jamiyatning moddiy va ma'naviy madaniyati tarixini yaratadi..."138.
Shundan kelib chiqib zamonaviy bosqichda o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning ilg'or milliy o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, uni yangi sharoitlarda hayotga va mehnatga tayyorlash, shuningdek xalq mehnat an'analari, urf oatlaridan o'quvchilar shaxsini shakllantirishda foydalanish yo'llari, shakllari va metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, xalq pedagogikasida, uning tamoyillari va qarashlarida mehnat kishilarining bir necha marta xalq hayotining boy amaliyotida tekshirilgan va tasdiqlangan, ko'p asrli tarbiyaviy tajribasi mujassamlangan ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Faylasuflar va sotsiologlar (N.Mamatov, Q.Nazarov, I.Karimov va b.) psixologlar (E.G'oziyev, B.R.Qodirov, V.Karimova, G'.B.Shoumarov va b.), pedagoglar (O'.Aleulov, N.N.Azizxodjayeva, T.Xasanov va b.) ishlarida muhit va tarbiyaning o'zaro aloqalarning ko'pqirrali muammolarini tadqiq qilishga, milliy an'analardagi qonuniyatlarning ularga ta'siriga muhim o'rin ajratilgan.
A.E.Izmaylovning ishi alohida o'rin tutadi, unda G.S.Vinogradov, G.I.Volkovdan boshlab hozirgi kungacha muammoni tadqiq qilish xronologiyasi har tomonlama va chuqur qarab chiqilgan. Boshqa tadqiqotlar ichida SH.Qurbonov, A.K.Minavvarov, K.Pirliyev, E.Sayitxalilov, F.Yuzlikayevlarning nazariy-metodik ishlari alohida e'tiborga loyiq.
U.N.Nishonaliyev, N.Muslimov, monografiyalari, shuningdek R.A.Mavlonovaning doktorlik dissertatsiyasi alohida qiziqishga loyiq. Mehnatga tayyorlash muammosining umummetodologik, nazariy jihatlari, uning milliy o'ziga xos xususiyatlari N.S.Safayev (o'quvchilarning mehnat ijodkorligi jarayoni), R.G.Isyanov (o'qitishni ishlab chiqarish mehnati bilan qo'shib olib borishning pedagogik asoslari), I.T.Choriyev (qishloq umumta'lim maktablarida mehnatga o'qitish va kasbga yo'naltirish tizimini shakllantirnish va rivojlantirish) A.R.Xodjaboyev (qishloq maktab o'quvchilarini politexnik va kasbiy ta'limning umumiy aloqalari asosida mehnatga tayyorlash), P.T.Magzumov (maktab o'quvchisi shaxsini mehnatda shakllantirishning pedagogik asoslari), M.Xaydarov (kichik shdagi maktab o'quvchilarini o'qitish va tarbiyalash tizimi) tadqiqotlarida o'z aksini topgan.
M.Ochilov, S.Ochilov, U.Maxkamov, O.Musurmonova,U.Tolipov, S.Nishonova, S.Bulatov, N.Sultonova,Z.Ismoilova, A.Musurmonov, M.Bozorova, E.Xolmirzayev, va boshqalarning nomzodlik dissertatsiyalari konkret regional sharoitlarda o'quvchilarning ahloqiy-mehnat tarbiyasiga oid turli masalalarni milliy an'analardan foydalangan holda ochib berishga bag'ishlangan.
Pedagogik tadqiqotlarning keng manbashunoslik bazasini yetarlicha ishonchli darajada tahlil qilish o'quv-tarbiyaviy jarayonda xalq pedagogikasi an'analaridan tadqiqiotchilik metodi sifatida majmuaviy yondoshuvni talab
138 Измайлoв Э.А. Педагогические Bo33peHM нарoдoв Средней Азии и Казахстана//Нарoдная педагогика. -М.,1991-252 б.
qiluvchi, mrn-akkab, ko'p qiггali, falsafiy-ijtimoiy, psixologo-pedagogik fenomen sifatida foydalanish muammosini aniqlash imkonini berdi. Aynan ana shu holat ushbu tadqiqot mavzusini tanlashga yо'naltiгdi.
NATIJALAR
Tadqiqotning amaliy ahamiyati muammoni hal qilishning nazariy-amaliy asoslaridan, о'qituvchilar, ota-onalar, pedagogika oliy o'quv yuгtlaгining pedagoglari uchun metodik ishlanmalar ishlab chiqishdan iborat. Nazariy-amaliy material^ o'quv-tarbiyaviy jarayonni, xususan mehnat tarbiyasini samarali tashkil qilishda; mehnat tartiyasini xalq mehnat an'analaгi asosida takomillashtirishda; pedagogika oliy o'quv yuгtlaгi boshlang'ich ta'lim metodikasi fakulteti talabalaгi, maktab o'qituvchilaгi xalq pedagogikasidan o'quv qo'llanmalari va maxsus kurslarni tayyorlash jarayonida foydalanilishi mumkin.
xalq urf-odatlari, tadbirlari, bayramlarining mazmuni tahlil qilinadi. Urf-odatlar insonlaming ko'p asгli faoliyatlari - mehnati, tuгmush va oilaviy ta'siriari natijasida yuzaga keladigan xalq udumlarining o'zaгo bog'langan zanjiгi sifatida qaTaladi. Tadbiгlar an'analaming badiiy shakli sifatida qaraladi, ulaming ma'lum g'oyalari va etnik meyoгlari timsoliy tarada musiqa, ashula, гaqs, shuningdek publitsistika va badiiy chiqishlar vositasida ifodalanadi. Bayramlar insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiy faoliyati to'plami, an'anaviy shakli sifatida tavsiflanadi.
O'quvchilar mehnat tarbiyasida ishlab chiqilgan tizimi quyidagi yo'nalishlami ko'zda tutadi: mehnat tarbiyasining yaxlit tiziim doiгasida milliy an'analaгdan foydalanishning tuгli shakllaгi, vositalari, usullari, metodlari va sharoitlarini ishlab chiqish va amaliyotga joгiy etish; o'quv yurtlari, oila, jamoatchilikning tarbiyaviy ishlaгi o'rtasida uzviy aloqa o'matish; pedagogika o'quv yurtlarining mehnat ta'lim yo'nalishiga "Xalq pedagogikasi" maxsus kuгsini kiгitish bilan bo'lajak o'qituvchilarining mehnat an'analaгi to'g'risidagi bilim, malaka va ko'nikmalarini kengaytirish va takomillashtiгish; ota-onalaг o'гtasida bolalaming mehnat tarbiyasi masalalari yuzasidan Ыг maqsadga yo'naltiгilgan g'oyaviy-ma'гifiy ishlami tashkil qilish.
Nazariy tahlil asosida o'quvchilarning shaxsini takomillashtirishning asosiy omillaгi aniqlandi: o'quvchilarning shaxsini kamolotga yetkazishda ijtimoiy muhitning roli; uning qadriyatlar tizimidagi uzatishlar, tarbiyaning etnik madaniyat o'ziga xos tomonlariga mosligi, taгbiya jarayonida milliy mehnat an'analarini va urf-odatlarni hisobga olish.
" O'quvchilarning mehnat taгbiyasida halq milliy an'analaridan foydalanish tehnologiyasini takomillashtiгishning pedagogik tizimi" deb nomlanuvchi ikkinchi bobda - o'quvchilarning mehnat tartiyasida xalq an'analaridan foydalanishning ishlab chiqilgan tizimi asosiga xalqning amaliy tartiyaviy tajribasi, o'sib kelayotgan avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashning tarixan yuzaga kelgan va avloddan avlodga xalq og'zaki ijodi, o'yinlar, uгf-odatlaг,bayгamlaг, udumlar, ishlab chiqarish mehnati orqali uzatiladigan risolalari, shakllari va metodlari qo'yilgan.
Xalq mehnat tartiyasining tajгibasini tahlil qilish shuni ko'reatdiki, taгixiy o'tmishda mehnat tartiyasi sodda amaliy bilimlarga asoslangan bo'lib, maqsadga
erishishning ma'lum pгinsiplaгi va vositalariga ega ьо'^п. O'zbek xalq pedagogikasida mehnat kishisi, yuqoгi ahloqqa, amaliy aqlga ega to'lgan, jismonan kamol topgan, ona tabiatning gо'zalligini his qila oladigan yaratuvchi ana shunday risola sifatida namoyon bо'ladi.
Ekspeгimental sinflaTda xalq milliy an'analaridan foydalanish to'yicha baгcha sinfdan tashqari va maktabdan tashqaгi mashg'ulotlaг disseгtant taklif etgan tizimda olib boгildi. Nazoгat sinfida о'qituvchilaг an'anaviy metodika bо'yicha ishladilar. Eksperiment materiallariga quyidagilar kiritildi:
1. Xalq milliy an'analaridan foydalanish mezonlari va pгinsiplaгi.
2. Tuгli sinflaróa tuгli fanlami о'гganishda milliy an'amla^ oid etnopedagogik materiallardan foydalanish nuqtai nazaridan muhim mavzular.
3. Bu an'amla^ yaxlit yondoshishni, shuningdek ulami о'qitishdagi izchillikni hisobga oluvchi darslar ishlanmasi va metodikasi (jami 24 soat).0'n beshta sinfda, 286 soat eksperement asosida darslar о'tkazildi.
4. Etnopedagogik an'ana^ asosida о'quvchilarning mehnat tartiyasi vazifalarini hisobga olgan holda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va о'tkazish metodikasi.O'n beshta sinfda, eksperement asosida 5 ta metodik programma ishlab chiqildi va 76 tadbiï о'tkazildi.
5. Tuгli sinflaTda tuñi fanlami о'гganishda etnopedagogik materiallaróan foydalanish bо'yicha metodik tavsiyanomalaг.
Nazorat eksperimenti 2015 yildan 2020 yilgacha dawda о'tkazildi. Uni о'tkazishda dissertant ishlab chiqqan va tekshiгgan konsepsiyalaming samaradoгligi darajasini aniqlash uchun obyektiv mateгial tо'planishini ta'minlovchi tuгli xil metodlardan foydalanildi. Shakllantiruvchi ekspeгiment davrida о'quvchilaг о'zlashtiгgan etnopedagogik milliy an'ana^ bо'yicha bilim, malaka va ^nikmalami baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Baholash mezonlari quyidagi paгametгlarni о'z ichiga oladi: milliy an'analami bilishi (miqdoriy kо'гsatkich); о'quvchilaгning xalq milliy an'analarining mazmuni va tarkibiy tuzilishini bilishi va tushunishining yaxlitligi (sifat to^satkichi); о'quvchilaгning boshqa millatlaming milliy an'analarini farqlay olish malakasi (miqdoгiy va sifat to^satkich); о'quvchilarning xalq milliy an'analarini о'rganganligi. Ishlab chiqilgan xulq modelida eksperiment natijalariga kо'гa о'rganilgan milliy an'analar bо'yicha о'quvchilaгning bilimi, malakalari va kо'nikmalari darajasi mezon^ asosida uchta - yuqoгi, оТд va past daгajaga bо'linadi.
O'quvchilaming о'гganilgan xalq milliy an'analaгi to'yicha bilim, malaka va kо'nikmalarini aniqlash to'yicha о'quvchilaг, ota onalar, to'garak гahbaгlari, maktab гahbaгiyati, shuningdek о^^Ьш^ uzaytiгilgan guгuh tarbiyachilari, mahalla oqsoqollari, ota onalar bilan yuqoгida bayon qilingan kо'гsatkichlaг va mezonlar asosida suhbat^ о'tkazildi. Nazoгat va eksperimental s inflaridagi har bir о^ш^Ы tо'g'гisidagi tavsiyalar umumlashtiгildi.
MUHOKAMA
Disseгtant ishlab chiqgan xalq an'analaгidan foydalanish pedagogik tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: mehnat yordamida tarbiyalash,
izchillik va tizimiylik, bolaga talabchanlik va insonparvarlik munosabatida bo'lish, o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Dissertant oilani, tengdoshlar jamoasini, kattalar jamoasini pedagogik tizimning asosiy omili deb belgilaydi. Mehnat tarbiyasining asosiy vositalariga quyidagilar kiritilgan: kuchi yetadigan ishlab chiqarish mehnati, xalq og'zaki ijodi, o'yin faoliyati, urf-odatlar, udumlar, milliy udumlar kiritilgan bayramlar; prinsipial xususiyatlarga - mehnatni insonning asosiy majburiyati sifatida va bolalarni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qarab chiqish; bolalarni o'z kuchiga loyiq ishlab chiqarish mehnatiga erta jalb qilish, oiladagi mehnat muhiti, xalq og'zaki ijodi, o'yin faoliyati, shuningdek milliy mehnat bayramlari, urf-odatlar, udumlar vositasida mehnatga psixologik tayyorlash; mehnatning pedagogik jihaitlarini hisobga olish, ya'ni bolalarni kichik uka va singillarini tarbiyalashga jalb qilish; tarbiyaning muhim omili - ota, ona, oila a'zolari, tengdoshlar jamoasidan foydalanish.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasini qurishda biz ilg'or mehnat an'analarining, urf-odatlarning roliga alohida o'rin ajratadi, chunki ularda mehnat kishilarining ko'p asrli tarbiyaviy tajribasi, samarali pedagogik ta'sirning kattta potensial imkoniyatlari mujassamlangan.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan yaxlit foydalanishning nazariy modeliga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo'ldi: o'quv tarbiyaviy jarayonni intensifikatsiyalash, uni demokratlashtirish, insonparvarlashtirish; mehnat tarbiyasi maqsadlarini tubdan o'zgartirish; shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish; mehnatning ahloqiy qadrini tushunib yetish; mehnatga ahloqiy-qadriyatli munosabatda bo'lish.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasida ularning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan, intellektual va ahloqiy rivojlanishi; ularning bilish va faoliyat ehtiyojlari hamda talablarining shakllantirilishi va qoniqtirilishi; muvaffaqiyatli mehnat faoliyatiga va umuminsoniy ahloqiy munosabatlar tizimiga jalb qilish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mehnat tarbiyasi butun jarayonining ham mazmuniy, ham tashkiliy komponentlarini - o'quvchilarni o'qitishni, tarbiyalashni va shaxsini rivojlantirishni qayta qurish shu maqsadga bo'ysunadi. Tubdan qayta qurish o'quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishda mehnat ta'limining rolini jiddiy oshirishni ko'zda tutadi: mehnat ta'limi mazuniga etnopedagogik materiallarni kiritish, o'quv tarbiyaviy jarayonni o'quvchining ijtimoiy tajribasiga yaqinlashtirish, mehnat ta'limi jarayonini falsafiy, psixologik, didaktik jihatdan qayta ko'rib chiqish. Taklif qilinayotgan konsepsiyaning falsafiy jihatlari shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, o'zgartirish faoliyati, mehnatga layoqatning shakllanishi kontekstida rivojlanishning o'ziga xos turi sifatida namoyon bo'ladigan, keng yoyilish, o'z-o'zini boshqarish, o'z o'rnini topish istiqbollariga, an'analariga ega bo'lgan shaxsning shakllanishi kabi falsafiy kategoriyaning talqin qilinishi va tushuntirilishi vositasida amalga oshiriladi.
Psixologik jihatdan dissertant o'quvchi shaxsning motivatsion ehtiyoj sohasini shakllantirdi, bu soha o'qitish mazmunini tanlab olish bilan faollikni,
qiziqishni, o'quv amallariga ongli ravishda, ijodkorlik bilan yondoshishni uyg'otadi.
Didaktik jihati etnopedagogik materialni va unga mos keladigan shakllar, metodlar, vositalarni hamda uni taqdim qilish va tarbiyaviyligini faollashtirish usullarini tanlashdan boshlab, to egallangan bilim, mehnat malakalari va ko'nikmalarini maslak va kasbiy mustahkamlangan usullarga ayl antirilishida namoyon bo'ladi, bunga natija keltiruvchi, o'quvchi tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishida faol ishtirok etishi uchun ijtimoiy qadriyatli yo'nalish sifatida tushuniladigan konkret mehnat faoliyati orqali ershiladi.
Mehnat tarbiyasining yaxlit konseptual asosini tashkil qiladigan falsafiy, psixologik va didaktik komponentlar to'plami mazmuniga ilg'or mehnat an'analari kiritilganida dissertant fikricha quyidagilarga imkon yaratadi: o'quvchilarning o'quv faoliyatini faollashtirishni ta'minlash; o'quvchilarning bilish saviyasini oshirish; dastur materialini ongli ravishda o'zlashtirilishiga erishish; mehnatga o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining tarbiyaviy potensialini oshirish.
O'quvchilarni tarbiyalashda ilg'or milliy mehnat an'analardan yaxlit foydalanish quyidagi psixologo pedagogik prinsiplarga asoslanadi: o'quvchilarning yoshi bo'yicha rivojlanishini hisobga olish; majmuaviylik, tizimiylik, ketma ketlik va izchillik.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an'analari asosida bosqichma bosqich amalga oshirishning optimal darajalari deb maktabgacha muassasalar, oila, maktab (ham darsda, ham sinfdan va maktabdan tashqari ish), mahalla (turar joylaridai jamoatchilik tashkilotlari) belgilandi.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasi jarayoni mazmuniy va protsessual jihatlarining birligi tarbiya jarayoniga ilg'or milliy mehnat an'analarini, urf odatlarni samarali kiritishni belgilab berdi, xalq pedagogikasi mazmunining tarbiyaviy imkoniyatlarini intensifikatsi ya qildi, o'quvchilar shaxsiga pedagogik ta'sir ko'rsatishning shakllari, metodlari va vositalarining an'anaviy to'plamiga turli tumanlikni kiritdi.
XULOSA
> Muammoning nazariyadagi va amaliyotdagi holatining zamonaviy metodologik manbalari (vatanimizdagi va chet eldagi) tahlil qilindi, milliy an'analarning boshlang'ich sinf o'quvchilari mehnat tartiyasiga hamda o'quv jaranida va sinfdan tashqari ishlarda shaxsiy sifatlarning shakllantirilishiga ta'siri ko'rsatib berildi. Konseptual pedagogik qoidalar va pedagogik talablar ishlab chiqildi.
> O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalnishning pedagogik tizimi ishlab chiqildi.
> O'quvchilarning mehnat tarbiyasi konsepsiyasi qurildi.
> O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalanishning nazariy modeliga qo'yiladigan asosiy talablar ishlab chiqildi.
> O'quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an'analarida bosqichma-bosqich amalga oshirishning optimal darajalari asoslab berildi.
> O'quvchilarni o'zlarining kuchlariga loyiq mehnat faoliyatiga jalb qilishga asoslangan mehnat tarbiyasining samarali tizimi ishlab chiqildi.
> Tadqiqiot vaqtida o'quvchilarda amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga amaliy jihatdan psixologo-pedagogik tayyorlashda, mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tarbiyaning turli shakl va metodlarini tanlashda xalq milliy an'analaridan foydalangan holda o'quvchilarga tabaqalashtirib yondoshish imkoniyatlari isbot qilindi.
References:
1. MaTaKy6oB.K (2020). MehHar Tap6uacu opqann yqyBHunapHHHr h^thmohh haëTra MocnamumnapuHH TatMHHnam. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1051-1056.
2. MaTaKy6oB.K The use of national traditions in the labor education of pupils// Academia,2020. Volume 10,Issue 10,pp 300-305
3. MaTaKy6oB.K., Raxmanov A.R. Maktablarda taTimning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 4,244-249 b.
4. MaTaKy6oB.K Process of Labor Preparation for Schoolchildren. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(09), 2405-2412.
5. XanMyxaMegoBa, M. A. (2020). Haqm6aHgua Tapuqam BocuTacuga Tana6anapHHHr Kac6un KoMneTeHTnuruHH TaKoMunnamTHpum (TexHonoruK TatnuM MHConnga). Myg'annuM, 1(1).
6. fflepMyxaMegoB P.C., EypxoHOB A.Cyrn,HocT BocnuTaHua h ero MecTO b senocTHofi CTpyKType 06pa30BaTentH0r0 nposecca//Xanq TatnuMH,2020, № 3
7. fflepMyxaMegoB P.C., 3mMOHOBa .Y3nyKCH3 TatnuM TH3HMuga yqyBHunapHH MehHaT Tap6uacu opqann h^thmohh pHBo^naHumnapuHH TatMHHnam//Y3nyKcH3 TatnuM,2020. 67-71 6.
8. XaMugoB ^.A.O HeoTopmx ^opMax, MeTogax TpygoBoro BocnuTaHua Mnagmux mKontHHKOB // Academic research in educational sciences,2020. Volume 1,Issue 3,1045-1050 c
9. Yakubova M.Y. Ta'lim-tarbiya jarayonida kreativ yondashuvning dolzarbligi va uning ahamiyati// Xanq TatnuMH,2020,№ 3 84-88 b.
10. ^Ky6oBa M.ro.YMyMTatnuM MaKTa6napu yqyBHHnapuga KpearaBnuKHH maKnnaHTHpumHHHr Ha3apuH ^Hharaapu// Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 3,1057-1062 b.
11. Jumanova F.U.,Halmuxamedova M.A. "Naqshbandiya tariqatining uzluksiz ta'lim tizimidagi kasbiy kompetentlikni shakllantirishdagi o'rni"// Uzliksiz ta'lim. 2020 8-12 6.
12. MaTaKy6oB.K «Haqm6aHgua Tapuqara BocuTacuga Tana6anapga KnacTep ycynuga ycTo3-morupg aHtaHanapuHH TaKoMunnamTupum»// Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 3,1063-1071 6.
13. Abduvaliyev U.,Butunov J. Dynamic analysis of planetary mechanism of the horizontal forging machine// International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology,Volume 7, Issue 6, 2020, pp 14031-14035
14. Ergashev M., Butunov J., Mamasodikov X. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology,Volume 7, Issue 6 2020,pp 14116-14119
15. Majidov, J. (2020). Mustaqil ta'limda talabalarning bilimlarini rivojlantirishda axborot texnologiyalarining roli haqida. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(61).
16. Majidov, J. (2020). Роль и значение психолого-педагогических знаний в теоретической и практической подготовки будущего учителя. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(51).
17. Majidov, J. (2020). Амалиёт - фаолликни шакллантирувчи восита сифатида. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(46).
18. Majidov, J. (2020). Моделирование и размещение профессиональные образователььных учреждений на основе многоступенчатой системы. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(48).
19. Majidov, J. (2020). Худудларда галлачилик хужаликларида ишлаб чикариш таркибини макбуллаштириш. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(18).
20. Majidov, J. (2020). Pedagogical vocational guidance has its own specifics. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(4).
21. Majidov, J. (2020). Психическая деятельность и её структуры . Архив Научных Публикаций JSPI, 1(67).
22. Majidov, J. (2020). Cоциально-философские основы инновационного развития высшего образования Узбекистана. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(46).
23. Majidov, J. (2020). О качествах, необходимых будущему учителю. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(52).
24. Majidov, J. (2020). Сущность и особенности математического моделирования и прогнозирования в экологии. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(46).
25. Majidov, J. (2020). Малака ошириш ва касбий тайёрлаш тизимида таълим технологиялари. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(61).
26. J Majidov. Сущность и особенности математического моделирования и прогнозирования в экологии. Архив Научных Публикаций JSPI
27. J Majidov. Электрон таълим ресурсларидан фойдаланиш таълим сифатини ошириш омили сифатида. Архив Научных Публикаций JSPI
28. J Majidov. Подготовка к педагогической деятельности. Архив Научных Публикаций JSPI
29. J Majidov. Таълим жараёнида электрон дарсликлардан фойдаланишнинг педагогик-психологик жихатлари. Архив Научных Публикаций JSPI
30. J Majidov. Основные направления образовательного комплекса на основе экономико-математического моделирования. Архив Научных Публикаций JSPI
31. J Majidov. Psychological criteria of the leader personality. Архив Научных Публикаций JSPI
32. J Majidov. Pedagogical vocational guidance has its own specifics. Архив Научных Публикаций JSPI
33. J Majidov. Formation of pedagogical abilities and personality traits necessary for professional activity. Архив Научных Публикаций JSPI