Научная статья на тему 'O'QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA XALQ MILLIY AN'ANALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI'

O'QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA XALQ MILLIY AN'ANALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6254
426
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mehnat tarbiyasi / konsepsiya / qadriyat / didaktika / Labor education / concept / value / didactics

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshod Baxtiyorovich Luxmanov

Ushbu maqolada o`quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq milliy an`analaridan foydalanish metodikasining muommolari yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayoni yoritilgan bo'lib yakunda bir qancha xulosalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF USE OF NATIONAL TRADITIONS IN LABOR EDUCATION OF STUDENTS

This article describes the research process on the problems of the use of national traditions in the labor education of students, and concludes with a number of conclusions

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA XALQ MILLIY AN'ANALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI»

O'QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA XALQ MILLIY AN'ANALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Dilshod Baxtiyorovich Luxmanov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Texnologik ta'lim kafedrasi

o'qituvchisi dilshod.luxmanov88@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq milliy ananalaridan foydalanish metodikasining muommolari yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayoni yoritilgan bo'lib yakunda bir qancha xulosalar berilgan.

Калит сузлар: Mehnat tarbiyasi, konsepsiya, qadriyat, didaktika.

METHODOLOGY OF USE OF NATIONAL TRADITIONS IN LABOR

EDUCATION OF STUDENTS

Dilshod Bakhtiyorovich Lukhmanov

Teacher of the Department of Technological Education of Chirchik State Pedagogical

Institute of Tashkent region dilshod.luxmanov88@gmail.com

ABSTRACT

This article describes the research process on the problems of the use of national traditions in the labor education of students, and concludes with a number of conclusions.

Keywords: Labor education, concept, value, didactics.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida (2019 yil 27 avgust) «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. Bu hujjatlar ta'lim sohasida muhim burilish yasadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ta'lim tizimini, uning boshqaruv tarkibi, o'qituvchi-pedagoglarning huquq va burchlari aniq belgilab berilgan. Ta'lim sohasidagi bosh maqsad - demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalq milliy an'analari va urf-odatlari, shuningdek umumbashariy

qadryaitlar asosida ta'lim-tarbiya mazmunini tubdan yangilash, pedagogik jamoalar tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Akademik S.Rajabov fikricha, "60-yillarning oxirida paydo bo'lgan madaniyatni texnoloik faoliyat bilan talqin qilish" milliy madaniyatning turli jihatlari to'g'risida tо'plangan bilimlarni tartibga solishda integratsiyalash vazifasini bajargan. Keyinchalik u yetuk konsepsiyaga aylandi va tobora о'z tarafdorlariga ega bo'la boshladi.

Madaniyatshunoslik konsepsiyasi an'analarni ijtimoiy hayotni idrok etish mexanizmi sifatida falsafiy tushunish uchun sharoit yaratdi. Keyinchalik S.Nurmatov an'anani axborotni to'plash, o'zartirish va uzatish mexanizmi sifatida qarab chiqdi. Tarixchilar ham shu nuqtai nazarni qo'llab quvvatladilar: A.Xidoyatov an'anani o'mishdai tajribani bir avloddan boshqasiga uzatish sifatida qaragan; A.Askarov an'ana etnik qabilalarning o'z-o'zini saqlab qolish, davom ettirish va qayta tiklanish mexanizmining muhim elementi deb hisoblagan.

An'analar muammosini faoliyatlar nazariyasi va mustaqil tashkil etiluvchi tizimlarni qiyosiy tahlil qilish asosida tahlil qilgan dastlabki ishlardan biri B.A.Kodirovning monografiyasi bo'ldi. X.Sanakulov ham an'analarni unga yaqin nuqtai nazarlardan o'rganadi.

M.Kuronov an'ana tushunchasiga biroz boshqacharoq ta'rif beradi. U berilgan jamiyatda o'rnatilgan munosabatlarni stabillashtirish va bu munosabatlarning yangi avlod hayotiga tadbiq etish vositasi hisolanuvchi urf- odatlar va an'analarning invariant xossalarini ta'kidlab o'tadi. Muallifning fikricha, ular o'zlari uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni stabillashtirishni amalga oshirishda urf-odatlar va an'analar bo'yicha farq qiladi.

NATIJALAR

Tadqiqotning amaliy ahamiyati muammoni hal qilishning nazariy-amaliy asoslaridan, o'qituvchilar, ota-onalar, pedagogika oliy o'quv yurtlarining pedagoglari uchun metodik ishlanmalar ishlab chiqishdan iborat. Nazariy-amaliy materiallar o'quv-tarbiyaviy jarayonni, xususan mehnat tarbiyasini samarali tashkil qilishda; mehnat tarbiyasini xalq mehnat an'analari asosida takomillashtirishda; pedagogika oliy o'quv yurtlari boshlang'ich ta'lim metodikasi fakulteti talabalari, maktab o'qituvchilari xalq pedagogikasidan o'quv qo'llanmalari va maxsus kurslarni tayyorlash jarayonida foydalanilishi mumkin.

xalq urf-odatlari, tadbirlari, bayramlarining mazmuni tahlil qilinadi. Urf-odatlar insonlarning ko'p asrli faoliyatlari - mehnati, turmush va oilaviy ta'sirlari natijasida yuzaga keladigan xalq udumlarining o'zaro bog'langan zanjiri sifatida qaraladi. Tadbirlar an'analarning badiiy shakli sifatida qaraladi, ularning ma'lum g'oyalari va etnik meyorlari timsoliy tarzda musiqa, ashula, raqs, shuningdek publitsistika va badiiy chiqishlar vositasida ifodalanadi. Bayramlar insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiy faoliyati to'plami, an'anaviy shakli sifatida tavsiflanadi.

O'quvchilar mehnat tarbiyasida ishlab chiqilgan tizimi quyidagi yo'nalishlarni ko'zda tutadi: mehnat tarbiyasining yaxlit tiziim doirasida milliy an'analardan foydalanishning turli shakllari, vositalari, usullari, metodlari va sharoitlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; o'quv yurtlari, oila, jamoatchilikning tarbiyaviy ishlari o'rtasida uzviy aloqa o'rnatish; pedagogika o'quv yurtlarining mehnat ta'lim yo'nalishiga "Xalq pedagogikasi" maxsus kursini kiritish bilan bo'lajak o'qituvchilarining mehnat an'analari to'g'risidagi bilim, malaka va ko'nikmalarini kengaytirish va takomillashtirish; ota-onalar o'rtasida bolalarning mehnat tarbiyasi masalalari yuzasidan bir maqsadga yo'naltirilgan g'oyaviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish.

Nazariy tahlil asosida o'quvchilarning shaxsini takomillashtirishning asosiy omillari aniqlandi: o'quvchilarning shaxsini kamolotga yetkazishda ijtimoiy muhitning roli; uning qadriyatlar tizimidagi uzatishlar, tarbiyaning etnik madaniyat o'ziga xos tomonlariga mosligi, tarbiya jarayonida milliy mehnat an'analarini va urf-odatlarni hisobga olish.

" O'quvchilarning mehnat tarbiyasida halq milliy an'analaridan foydalanish tehnologiyasini takomillashtirishning pedagogik tizimi" deb nomlanuvchi ikkinchi bobda - o'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalanishning ishlab chiqilgan tizimi asosiga xalqning amaliy tarbiyaviy tajribasi, o'sib kelayotgan avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashning tarixan yuzaga kelgan va avloddan avlodga xalq og'zaki ijodi, o'yinlar, urf-odatlar,bayramlar, udumlar, ishlab chiqarish mehnati orqali uzatiladigan risolalari, shakllari va metodlari qo'yilgan.

Xalq mehnat tarbiyasining tajribasini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, tarixiy o'tmishda mehnat tarbiyasi sodda amaliy bilimlarga asoslangan bo'lib, maqsadga erishishning ma'lum prinsiplari va vositalariga ega bo'lgan. O'zbek xalq pedagogikasida mehnat kishisi, yuqori ahloqqa, amaliy aqlga ega bo'lgan, jismonan kamol topgan, ona tabiatning go'zalligini his qila oladigan yaratuvchi ana shunday risola sifatida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA

Dissertant ishlab chiqgan xalq an'analaridan foydalanish pedagogik tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: mehnat yordamida tarbiyalash, izchillik va tizimiylik, bolaga talabchanlik va insonparvarlik munosabatida bo'lish, o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.

Dissertant oilani, tengdoshlar jamoasini, kattalar jamoasini pedagogik tizimning asosiy omili deb belgilaydi. Mehnat tarbiyasining asosiy vositalariga quyidagilar kiritilgan: kuchi yetadigan ishlab chiqarish mehnati, xalq og'zaki ijodi, o'yin faoliyati, urf-odatlar, udumlar, milliy udumlar kiritilgan bayramlar; prinsipial xususiyatlarga - mehnatni insonning asosiy majburiyati sifatida va bolalarni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qarab chiqish; bolalarni o'z kuchiga loyiq ishlab chiqarish mehnatiga erta jalb qilish, oiladagi mehnat muhiti, xalq og'zaki ijodi, o'yin faoliyati, shuningdek milliy mehnat bayramlari, urf-odatlar, udumlar vositasida mehnatga psixologik tayyorlash; mehnatning pedagogik jihaitlarini hisobga olish, ya'ni bolalarni kichik uka va singillarini tarbiyalashga jalb qilish; tarbiyaning muhim omili - ota, ona, oila a'zolari, tengdoshlar jamoasidan foydalanish.

O'quvchilarning mehnat tarbiyasini qurishda biz ilg'or mehnat an'analarining, urf-odatlarning roliga alohida o'rin ajratadi, chunki ularda mehnat kishilarining ko'p asrli tarbiyaviy tajribasi, samarali pedagogik ta'sirning kattta potensial imkoniyatlari mujassamlangan.

O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan yaxlit foydalanishning nazariy modeliga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo'ldi: o'quv tarbiyaviy jarayonni intensifikatsiyalash, uni demokratlashtirish, insonparvarlashtirish; mehnat tarbiyasi maqsadlarini tubdan o'zgartirish; shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish; mehnatning ahloqiy qadrini tushunib yetish; mehnatga ahloqiy-qadriyatli munosabatda bo'lish.

O'quvchilarning mehnat tarbiyasida ularning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan, intellektual va ahloqiy rivojlanishi; ularning bilish va faoliyat ehtiyojlari hamda talablarining shakllantirilishi va qoniqtirilishi; muvaffaqiyatli mehnat faoliyatiga va umuminsoniy ahloqiy munosabatlar tizimiga jalb qilish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mehnat tarbiyasi butun jarayonining ham mazmuniy, ham tashkiliy komponentlarini - o'quvchilarni o'qitishni, tarbiyalashni va shaxsini rivojlantirishni qayta qurish shu maqsadga bo'ysunadi. Tubdan qayta qurish o'quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishda mehnat ta'limining rolini jiddiy oshirishni ko'zda tutadi: mehnat ta'limi mazuniga etnopedagogik materiallarni kiritish, o'quv tarbiyaviy jarayonni o'quvchining ijtimoiy tajribasiga yaqinlashtirish, mehnat ta'limi jarayonini falsafiy,

psixologik, didaktik jihatdan qayta ko'rib chiqish. Taklif qilinayotgan konsepsiyaning falsafiy jihatlari shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, o'zg artirish faoliyati, mehnatga layoqatning shakllanishi kontekstida rivojlanishning o'ziga xos turi sifatida namoyon bo'ladigan, keng yoyilish, o'z-o'zini boshqarish, o'z o'rnini topish istiqbollariga, an'analariga ega bo'lgan shaxsning shakllanishi kabi falsafiy kategoriyaning talqin qilinishi va tushuntirilishi vositasida amalga oshiriladi.

Psixologik jihatdan dissertant o'quvchi shaxsning motivatsion ehtiyoj sohasini shakllantirdi, bu soha o'qitish mazmunini tanlab olish bilan faollikni, qiziqishni, o'quv amallariga ongli ravishda, ijodkorlik bilan yondoshishni uyg'otadi.

Didaktik jihati etnopedagogik materialni va unga mos keladigan shakllar, metodlar, vositalarni hamda uni taqdim qilish va tarbiyaviyligini faollashtirish usullarini tanlashdan boshlab, to egallangan bilim, mehnat malakalari va ko'nikmalarini maslak va kasbiy mustahkamlangan usullarga aylantirilishida namoyon bo'ladi, bunga natija keltiruvchi, o'quvchi tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishida faol ishtirok etishi uchun ijtimoiy qadriyatli yo'nalish sifatida tushuniladigan konkret mehnat faoliyati orqali ershiladi.

Mehnat tarbiyasining yaxlit konseptual asosini tashkil qiladigan falsafiy, psixologik va didaktik komponentlar to'plami mazmuniga ilg'or mehnat an'analari kiritilganida dissertant fikricha quyidagilarga imkon yaratadi: o'quvchilarning o'quv faoliyatini faollashtirishni ta'minlash; o'quvchilarning bilish saviyasini oshirish; dastur materialini ongli ravishda o'zlashtirilishiga erishish; mehnatga o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining tarbiyaviy potensialini oshirish.

O'quvchilarni tarbiyalashda ilg'or milliy mehnat an'analardan yaxlit foydalanish quyidagi psixologo pedagogik prinsiplarga asoslanadi: o'quvchilarning yoshi bo'yicha rivojlanishini hisobga olish; majmuaviylik, tizimiylik, ketma ketlik va izchillik.

O'quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an'analari asosida bosqichma bosqich amalga oshirishning optimal darajalari deb maktabgacha muassasalar, oila, maktab (ham darsda, ham sinfdan va maktabdan tashqari ish), mahalla (turar joylaridai jamoatchilik tashkilotlari) belgilandi.

O'quvchilarning mehnat tarbiyasi jarayoni mazmuniy va protsessual jihatlarining birligi tarbiya jarayoniga ilg'or milliy mehnat an'analarini, urf odatlarni samarali kiritishni belgilab berdi, xalq pedagogikasi mazmunining tarbiyaviy imkoniyatlarini intensifikatsiya qildi, o'quvchilar shaxsiga pedagogik ta'sir ko'rsatishning shakllari, metodlari va vositalarining an'anaviy to'plamiga turli tumanlikni kiritdi.

XULOSA

1. Muammoning nazariyadagi va amaliyotdagi holatining zamonaviy metodologik manbalari (vatanimizdagi va chet eldagi) tahlil qilindi, milliy an'analarning boshlang'ich sinf o'quvchilari mehnat tartiyasiga hamda o'quv jaranida va sinfdan tashqari ishlarda shaxsiy sifatlarning shakllantirilishiga ta'siri ko'rsatib berildi. Konseptual pedagogik qoidalar va pedagogik talablar ishlab chiqildi.

2. O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalnishning pedagogik tizimi ishlab chiqildi.

3. O'quvchilarning mehnat tarbiyasi konsepsiyasi qurildi.

4. O'quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an'analaridan foydalanishning nazariy modeliga qo'yiladigan asosiy talablar ishlab chiqildi.

5. O'quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an'analarida bosqichma-bosqich amalga oshirishning optimal darajalari asoslab berildi.

6. O'quvchilarni o'zlarining kuchlariga loyiq mehnat faoliyatiga jalb qilishga asoslangan mehnat tarbiyasining samarali tizimi ishlab chiqildi.

7. O'quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg'or milliy mehnat an'analari asosida amalga oshirishning konseptual modeli ishlab chiqildi.

8. Tadqiqiot vaqtida o'quvchilarda amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga amaliy jihatdan psixologo-pedagogik tayyorlashda, mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tarbiyaning turli shakl va metodlarini tanlashda xalq milliy an'analaridan foydalangan holda o'quvchilarga tabaqalashtirib yondoshish imkoniyatlari isbot qilindi.

REFERENCES

1. Sh. M. Mirziyoev "Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir". 0'zbekiston-2018yil

2.I.A.Karimov. Barkamol avlod- O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1997.- 64 b

3. Лухмашв, Д. Б. (2020). Мехнат тарбияси op^am укувчиларнинг ижтимoий хаётга мoслашишларини таьминлаш. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1051-1056.

4. Luxmanov D.B. The use of national traditions in the labor education of pupils// Academia,2020.Volume 10,Issue 10,pp 300-305

5. Luxmanov D.B.,Raxmanov A.R.Maktablarda talimning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 4,244-249 b.

6. Lukhmanov, D. B., & Khaydarov, M. E. (2019). People's Labor Traditionsin The Process of Labor Preparation for Schoolchildren. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(09), 2405-2412.

7. XanMyxaMegOBa, M. A. (2020). Ha;m6aHgHa TapuK;ara BOcuTacuga Tana6anapHHHr Kac6un KOMneTeHTnuruHH TaKOMunnamTupum (TexHOnOruK TatnuM MucOnuga). MyrannuM, 1(1).

8. fflepMyxaMegoB P.C., EypxoHOB A.Cy^HOCT BOcnuTaHua h ero MecTO b ^nOCTHOH CTpyKType o6pa3OBarenbHoro npO^ccaVXan; TatnuMH,2020, № 3 120124 6.

9. fflepMyxaMegoB P.C., 3mMOHOBa .Y3nyKcu3 TatnuM TH3HMuga ysyBHunapHH Me^HaT Tap6uacu op;anu h^thmohh puBO^naHumnapuHH TatMHHnam//Y3nyKcu3 TatnuM,2020. 67-71 6.

10. XaMugoB ^.A.O HeoTopmx ^opMax, MeTogax TpygoBoro BOcnuTaHua Mnagmux mKonbHHKOB//Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 3,1045-1050 c

11. Yakubova M.Yu. Ta'lim-tarbiya jarayonida kreativ yondashuvning dolzarbligi va uning ahamiyati// Xan; TatnuMH,2020,№ 3 84-88 b.

12. ^Ky6OBa M.ro.YMyMTatnuM MaKTa6napu yKyBHunapuga KpeaTHBnuKHH maKnnaHTupumHHHr Ha3apuH ^Hx,araapu// Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 3,1057-1062 b.

13. Jumanova F.U.,Halmuxamedova M.A. "Naqshbandiya tariqatining uzluksiz ta'lim tizimidagi kasbiy kompetentlikni shakllantirishdagi o'rni"// Uzliksiz ta'lim. 2020 812 6.

14. XanMyxaMegOBa M.A. «Ha;m6aHgua Tapu;aTH BOcuTacuga Tana6anapga KnacTep ycynuga ycTO3-mOrupg aHtaHanapuHH TaKOMunnamTupum»// Academic research in educational sciences,2020.Volume 1,Issue 3,1063-1071 6.

15. Abduvaliyev U.,Butunov J. Dynamic analysis of planetary mechanism of the horizontal forging machine// International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology,Volume 7, Issue 6 , 2020,pp 14031-14035

16. Ergashev M.,Butunov J.,Mamasodikov X. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology,Volume 7, Issue 6 , 2020,pp 14116-14119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.