INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
DOIRA TA'LIMIDA INNOVATSION YONDASHUV VA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI
Usmanov Ravshanbek Abduraxmanovich
Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi yetakchi jo'rnavozi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7188073
Annotatsiya. Ushbu maqolada, bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga asoslangan ustoz-shogird tizimi an'analaridan yiroqlashmagan holda o'zbek milliy musiqa ta'limida innavatsion yondashuvlar, yangicha texnologiyalardan samarali foydalanishning ahamiyati to'g'risida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: an'anaviy musiqa, Alisher Navoiy, Mahbub ul-qulub, A.Fitrat, musiqiy cholg'ular, doira, zarbli cholg'ular, ta'lim, innovatsion texnologiyalar.
ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД И СИСТЕМА НАСТАВНИК-УЧЕНИКА В ОБУЧЕНИИ МУЗЫКАЛЬНОМУ ИНСТРУМЕНТЫ ДОИРА
Аннотация. В данной статье рассматривается важность инновационных подходов и эффективного использования новых технологий в узбекском национальном музыкальном образовании без отхода от традиций системы учитель-ученик, основанной на наших национальных ценностях.
Ключевые слова: Традиционная музыка, Алишер Навои, Махбуб уль-Кулуб, А. Фитрат, музыкальные инструменты, доира, ударные инструменты, образование, инновационные технологии.
INNOVATIVE APPROACH AND MENTOR-STUDENT SYSTEM IN TEACHING
MUSICAL INSTRUMENTS DOIRA
Abstract. This article discusses the importance of innovative approaches and effective use of new technologies in the Uzbek national music education without departing from the traditions of the teacher-student system based on our national values.
Keywords: Traditional music, Alisher Navoi, Mahbub ul-Kulub, A. Fitrat, musical instruments, doira, percussion instruments, education, innovative technologies.
KIRISH
"Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi".
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda oliy ta'limjarayonini amalga oshirish, ta'lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, jamoatchilik asosida ta'limmuassasasi o'rtasidagi hamkorlikni yuzaga keltirish, uni mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Barkamol avlod tarbiyasida, ayniqsa, ijtimoiy hayotda, yoshlar tarbiyasida musiqaning o'rni va ahamiyatini to'g'ri tahlil qilib, musiqaning ta'sirchanlik kuchiga aniq baho berish, ravshan uslubiy rejalar asosida ish ko'rishni taqozo qilmoqda. Texnikaviy rivoj bosimida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
jadallab borayotgan va o'z ta'sirini o'tkazayotgan musiqiy taraqqiyot oqimining yoshlarga ta'siri o'z kuchini ko'rsatmoqda. Shu sababli asrlar bo'yi ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimizni asragan holda, ijrochilik nuqtai nazardan tahlil qilib, uni ilmiy izlanishlar asosida rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Sozandalik - xalq va mumtoz musiqa ijrochilik san'atining qadimiy va tarixiy meroslaridan biri bo'lib, insoniyat hayotining mazmuni, ma'naviyatining ko'zgusi, ruhiyatining in'ikosi sifatida taraqqiyotga beqiyos madad bo'lib kelayotan ulkan omildir. Shu boisdan sozandalik sohasida uzoq o'tmishdan o'ziga xos an'analar vujudga kelgan. Bu an'analar xalq orasida ardoqlanib, turli ko'rinish, uslub va yo'nalishlarda rivojlanib, avlodlardan-avlodlarga o'tib, o'z ma'naviy salohiyatini saqlab kelmoqda. Boshqacha qilib aytganda, sozandalik san'ati jonli jarayondir. Musiqa san'atining beqiyos va o'lmas an'analarini o'zlarida mujassam qilib, ularni zamonaga mos tarzda rivojlantirish zabardast va ulkan qalb egalariga xosdir. Ularning ijodi, ijro yo'llari va talqin uslublarini o'rganish, musiqaning cheksiz sir-sinoatlaridan voqif bo'lish madaniy boyligimizni qadrlash bilan birga yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda keng imkoniyatlarni ochib beradi. Sozandalikning muhim tomonlaridan yana biri, ko'ngilda ezgu his—tuyg'ularini kamol toptirib, insonni hayotni sevishga, ardoqlashga undashdir.
Shu boisdan sozandalar azal-azaldan ma'naviyat kuychilari sifatida e'zozlanib kelingan. She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda, "Shodlik oshiruvchi xonanda, g'amni tarqatuvchi sozanda bularning har ikkisiga hissiyotga berilgan kishilar va ahli dardlar jon fido qiladilar". ("Mahbub ul-qulub"dan).
Hozirgi zamon O'zbekiston musiqa madaniyati o'ta murakkab jarayon sifatida gavdalanadi. Uning serqatlam bisotidan o'zbek milliy zarbli cholg'ulari uchun yaratilgan musiqalar alohida o'rin tutadi. Qadim-qadimlardan yetib kelgan bu san'at, XX asr mobaynida tubdan o'zgara boshladi, yangi izlanishlar bilan boyitildi, yangi ijrochilik yo'nalishlarining vujudga kelishiga asos soldi. Shu jumladan buyuk o'zbek mutafakkir, adiblaridan biri A.Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" nomli risolasida musiqiy cholg'ular bilan birga, o'zbek musiqasidagi eng ko'zga ko'ringan 18 doira usuli va ularning nomlarini keltirib o'tadi.
"Eslatish joizki, XX asr boshlarida O'zbekiston musiqa madaniyatida muhim tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Milliy an'analariga tayangan og'zaki kasbiy musiqa ijrochiligi bilan bir qatorda nota yozuviga asoslangan kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshlandi. 1938-yilda O'zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida nota bilan ijro etiladigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tuzildi. Bu jamoaning repertuarini tuzish va kengaytirish maqsadida ko'pgina O'zbek kompozitorlari nota yozuvi ko'rinishidagi musiqa yaratishni boshladilar.
Ushbu asarlarda o'zbek milliy zarbli cholg'ulari - doyra, nog'ora, safoil va boshqalar bilan bir qatorda Yevropa urma zarbli cholg'ular - litavra, tarelka, treugolnik, kichik baraban, katta baraban, ksilofon, marimba, vibrafon, kolokolchik kabi cholg'ular partituraga kiritiladigan bo'ldi. Bu tajriba hozirgi vaqtgacha ham davom etmoqda. Ya'ni, urma zarbli cholg'ular tarkibida o'zbek milliy va Yevropa cholg'ulari birgalikda ishtirok etilishi albatta ko'zda tutilgan. Ularning birlashishi mantiqiy mohiyati shundan iboratki, o'zbek urma va zarbli cholg'ular kuylarga milliy tus baxshida etsada, Yevropa cholg'ular erkin fakturaviy va gomofon-garmonik tafakkurini kashf etishga xizmat qilmoqda".
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
"Maqom ijrochiligida yaxshi bir an'ana borki bu ustoz - shogirdlik an'anasidir. Aynan mana shu an'nananing bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi tufayli ham mumtoz asarlarimiz asl holida bizgacha yetib kelgan. Qadimda, texnika rivojlanmagan, nota yozuvlari o'ylab topilmagan bir davrda kuy va ashulalar faqatgina og'izdan og'izga o'tibgina avloddan avlodga yetib kelgan. Bu asarlarni har bir ijrochi o'z uslubida, o'ziga xos yo'nalishda ijro etib, asarni yanada sayqallanishiga va mukammallashishiga erishganlar. Eng go'zal ijrolar xalq orasida mashxur bo'lib ketgan va ijrochi dong taratgan.O'z farzandida musiqaga bo'lgan layoqat va ishtiyoqini payqagan otalar albatta ularni biror ustozga shogirdlikka berganlar. Qadimdan ustozlik maqomiga va shogirdlikka yuzaki qaralgan emas. Axir ustoz degani bor biliminifarzandi kabi aziz Bo'lgan shogirdiga o'tkazuvchi, uning ongu shuurida mash'ala yoquvchi ulug'bir zotdir. Bu mas'uliyatni his etish va xalqning ishonchini oqlash juda murakkab va sinovli vazifa. O'z navbatida shogirdning ham o'z vazifalari mavjud bo'lib, ustoznining mehrini va e'tiborini qozonishi oson ish emas. Bu o'rganuvchidan ihlosni va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Ustoz-shogirdlik tushunchasi yuksak milliy qadriyatlarimizdan hisoblanib, bunda asrlar davomida shakllangan tartib-qoidalarga amal qilib kelinadi".
MUHOKAMA
Qadimda milliy an'ana bo'yicha shogirdlikning o'ziga xos odob-axloq qoidalari bo'lgan. Chunonchi, Husayn Voiz Koshifiy bunday deydi: "Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so'rasalar, yettita degin. Avvalo, o'z ishiga yaxshi munosabatda bo'lish, ya'ni o'z kasbini sevish; o'z kasbiga e'tiqod qo'yish va unga ishonish; ustoz oldida haqsevar bo'lish, o'z nojo'ya odatlarini tark etish; ko'rish lozim bo'lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; eshitish mumkin bo'lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik; barcha noloyiq ishlardan qo'l tortish; ustoziga zid bo'lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Agar shogirdlikning asoslari nechta deb so'rasalar, oltita degin: rostgo'ylik, vafodorlik, mas'uliyatlilik, nasihatni quloqqa olish, ozor bermaslik, sir saqlash. Shogirdlikning eng yaxshi xislati nima deb so'rasalar, poklik deb javob beriladi. Shogirdlikning noyob gavhari nima deb so'rasalar, hamkasb do'stlarini xushnud etish deb javob bergin".
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, musiqa ta'limida ayniqsa maqomlarni o'zlashtirish va o'rgatishda ko'rib chiqqan ikki ta'lim turidan teng foydalanish hozirgi kunning talablaridan hisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizga tayangan ustoz shogird tizimida innavatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va zamonaviy ta'lim metodlarini qo'llash esa yosh kadrlarni tayyorlashda dasturul amal bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz.
REFERENCES
1. Sayfitdinov T. Doira ijrochiligi san'ati. Oq'uv qo'llanma. "FAYLASUFLAR". - Toshkent: 2020;
2. Nazarov D. "O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASI XONANDALIK SAN'ATIDA USTOZ -SHOGIRD AN'ANALARINING RIVOJLANISH JARAYONLARI" Journal of AdvancedResearch and Stability Volume: 02 Issue: 031 2022ISSN: 2181-2608www.sciencebox.uz/82;
3. Turanova I. OLIY TA'LIMTIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5169