Научная статья на тему 'DOIRA CHOLG‘USINING QADIM VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI IJRO TALQINI'

DOIRA CHOLG‘USINING QADIM VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI IJRO TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
795
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq cholgʻu asboblari / doyra / “Katta musiqa kitobi” Al Forobiy / “Iyqo” Ibn Sino / Abdurahmon Jomiy / “Musiqiy risolasi” / nogʻora / safoyil / vibrafon / qo‘ng‘iroq. / Folk instruments / doira / “Big music book” Al Farobi / “Iyka” Ibn Sino / “Musical treatise” / Abdurahman Jami / drum / safayil / vibraphone / bell.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — R. Samadov

Ushbu maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularidan biri bo‘lmish doyra cholg‘usining tarixiy taraqqiyoti, shakli, tuzilishi va milliy musiqa ijrochiligidagi tutgan o‘rni haqida fikr va mulohazalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERFORMING INTERPRETATION OF THE INSTRUMENT "DOIRA" IN ANCIENT AND MODERN LIFE

This article discusses the historical development, form, structure and role of the doyra, one of the Uzbek folk instruments, in the performance of national music.

Текст научной работы на тему «DOIRA CHOLG‘USINING QADIM VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI IJRO TALQINI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DOIRA CHOLG'USINING QADIM VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI IJRO TALQINI

Samadov Rahmatilla Sunnatullayevich

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7190596

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek xalq cholg'ularidan biri bo'lmish doyra cholg'usining tarixiy taraqqiyoti, shakli, tuzilishi va milliy musiqa ijrochiligidagi tutgan o'rni haqida fikr va mulohazalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Xalq cholg'u asboblari, doyra, "Katta musiqa kitobi" Al Forobiy, "Iyqo" Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, "Musiqiy risolasi", nog'ora, safoyil, vibrafon, qo'ng'iroq.

ИСПОЛНИТЕЛЬСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИНСТРУМЕНТА "ДОИРА" В ДРЕВНЕМ И СОВРЕМЕННОМ ЖИЗНИ

Аннотация. В данной статье рассматривается историческое развитие, форма, строение и роль дойры, одного из узбекских народных инструментов, в исполнении национальной музыки.

Ключевые слова: Народные инструменты, дойра, "Большая музыкальная книга", Ал Фароби, "Ийка", Ибн Сино, "Музыкальный трактат", АбдурахманаДжами, барабан, сафaил, вибрафон, колокольчик.

PERFORMING INTERPRETATION OF THE INSTRUMENT "DOIRA" IN ANCIENT

AND MODERN LIFE

Annotation. This article discusses the historical development, form, structure and role of the doyra, one of the Uzbek folk instruments, in the performance of national music.

Keywords: Folk instruments, doira, "Big music book" Al Farobi, "Iyka" Ibn Sino, "Musical treatise", Abdurahman Jami, drum, safayil, vibraphone, bell.

KIRISH

"O'zbek xalq cholg'ulari orasida doyra qadim davrlardan xalqimiz orasida keng ommalashib kelgan milliy cholg'ularidan biri hisoblanadi. Respublikamizning turli vohalaridagi arxeologik qazilmalardan topilgan tarixiy obidalardagi doyra va doyrasimon cholg'ularda ijro etayotgan tasvirlar uning qadim zamonlardan amaliyotda keng qo'llanilganligidan guvohlik beradi. Qadimiy tasvirlarda keltirilgan doyrasimon cholg'ularning hozirgi doyradan farqi k am. Ularning farqini asosan, gardish atrofidagi teshikchalar va ularga qadalgan halqachalarda ko'rish mumkin. Shu bilan birga albatta, cholg'ularning tayyorlanadigan ashyosida ham bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Qayd etish joizki, oldinlari doyraning gardishiga teshikchalar o'yilgan namunalari, XV-XVI asrlarga mansub kitoblarga ishlangan miniatyuralarda aks ettirilgan. Hozirda ularning o'rnini gardishning ichki tomonidan osiladigan halqachalar egallagan. Halqachalar odatda turli ashyolardan tayyorlangan. Jumladan, mis, kumush, po'lat va h.k" [I].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Doyrasimon cholg'ular, turli xalqlarda o'z milliy an'anasidan kelib chiqib nomlanib kelingan. O'zbek va tojiklar doyra, chirmanda, childirma deb atab kelingan bo'lsa, afg'onlar dapp, arablar duf, eronliklar daff, ozarbayjonliklar def deb nomlab kelganlar. Eng muhimi, cholg'uning barcha xalqlardagi vazifasi bir xildir, ya'ni jo'r bo'luvchi urma cholg'udir. Doyra va unda ijro etiladigan usullar haqida ma'lumotlar o'tmishda yashagan bir qator musiqashunos olimlarning risolalarida keltirilib o'tilgan. A1 Farobiyning «Katta musiqa kitobi» (IX asr), Ibn Sinoning «Iyqo» ilmiga bag'ishlangan risolasi (IX-X asr), Abdurahmon Jomiyning «Musiqiy risolasi» (XV asr),

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Najmiddin Kavkabiyning «Risola dar bayoni duvozdah maqom» (XVI), Darvish Ali Changiyning «Musiqiy risola»larida (XVII asr) alohida ta'rif va namunalar keltirilgan.

XX asrga kelib bu an'anani A.Fitrat davom ettirib, o'zining «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» nomli risolasini yozadi. Unda musiqiy cholg'ular bilan birga, o'zbek musiqasidagi eng ko'zga ko'ringa 18 ta usul va ularning nomlarini keltirib o'tadi.

Hozirgi zamon O'zbekiston musiqa madaniyati o'ta murakkab jarayon sifatida gavdalanadi. Uning serqatlam bisotidan o'zbek milliy zarbli cholg'ulari uchun yaratilgan musiqalar alohida o'rin tutadi. Qadim-qadimlardan yetib kelgan bu san'at, XX asr mobaynida tubdan o'zgara boshladi, yangi izlanishlar bilan boyitildi, yangi ijrochilik yo'nalishlarining vujudga kelishiga asos soldi.

"Eslatish joizki, XX asr boshlarida O'zbekiston musiqa madaniyatida muhim tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Milliy an'analariga tayangan og'zaki kasbiy musiqa ijrochiligi bilan bir qatorda nota yozuviga asoslangan kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshlandi. 1938-yilda O'zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida nota bilan ijro etiladigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tuzildi. Bu jamoaning repertuarini tuzish va kengaytirish maqsadida ko'pgina O'zbek kompozitorlari nota yozuvi ko'rinishidagi musiqa yaratishni boshladilar.

TADQIQOT NATIJALARI

Ushbu asarlarda o'zbek milliy zarbli cholg'ulari - doyra, nog'ora, safoil va boshqalar bilan bir qatorda Yevropa urma zarbli cholg'ular - litavra, tarelka, treugolnik, kichik baraban, katta baraban, ksilofon, marimba, vibrafon, kolokolchik kabi cholg'ular partituraga kiritiladigan bo'ldi. Bu tajriba hozirgi vaqtgacha ham davom etmoqda. Ya'ni, urma zarbli cholg'ular tarkibida o'zbek milliy va Yevropa cholg'ulari birgalikda ishtirok etilishi albatta ko'zda tutilgan. Ularning birlashishi mantiqiy mohiyati shundan iboratki, o'zbek urma va zarbli cholg'ular kuylarga milliy tus baxshida etsada, Yevropa cholg'ular erkin fakturaviy va gomofon-garmonik tafakkurini kashf etishga xizmat qilmoqda"[III].

XIX asr oxirlari, XX asr boshlarida xalq orasida amalda bo'lgan usullarni mohir ustoz Usta Olim Komilov asta-sekin yig'ib borgan. Har bir usullarni yig'ish bilan birga bir-biriga mutanosiblarini qo'shib, turkum qilib chalishni odat qilgan. Zamona zayli bilan, o'zbek raqs san'ati amaliyoti boshlanadi. Yakka raqsni doyra usullari negizida ijro etish yo'nalishi paydo bo'ladi. Bu esa usullarning harakatlar yordamida jonlanishi, doyraning yakkanavoz sifatida shakllanishi uchun katta imkoniyat edi. Usta Olim Kornilov xalq usullarining eng saralarini yig'ib, bir qator asarlar (doyra usullari turkumlarini) yaratdi.

Azal-azaldan hofiz-xonandalar, ashulachilar oddiygina doyradan, diametri ham unchalik katta bo'lmagan (30—35 santimetrli) cholg'u asbobidan foydalanganlar. Bu doyralar sodda, yengil, ashulachi ijrosida usul berish uchun qulay va mos bo'lgan. Keyinchalik doyra cholg'usi alohida ijro etish uchun moslangan.

Odatda doiralar qizdirilmagan, unga qoplanadigan terilar shunga moslab ishlangan. Shu bois uni "Zili-bom" deb yuritishgan. Har qanday doiraga urilgan zarb juda salobatli va vazmin sadoli yangragan. Ammo doyra cholg'usining butun ijroviy xususiyatlari yakkanavozlikda, raqsga jo'r bo'lish jarayonida namoyon bo'ladi. Doyra yakkanavozligining tarkib topishida raqs san'atining ta'siri katta, raqslarda bo'lgan harakat, joziba, lutf, imo -ishora kabi xalqimizga xos go'zal an'analarni doira usullarida to'la ifodalash bilan bog'diqdir. Shu bilan birga, bu holat doira ijrochisi uchun xilma-xil, rang-barang usullar majmuasini tuzish, ularni mohirona ijro etish bilan chegaralanmay, an'anaviy raqs san'ati sirlarini ham tushunishni, his qilishni talab etadi. Ohang va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

vazn jihatlaridan tarkib topgan xilma-xil murakkab raqslar majmuasidan shakllangan asarlarda bir usuldan ikkinchi usulga o'tishning tabiiy va mantiqan asoslangan yo'lini topish doira ijrochisining mahoratiga bog'liq. Bundan tashqari, yangi raqslarni (doira jo'rligida) yaratish, ularni o'zlashtirish, sahnalashtirish kabi bir qator tadbirlarda doirachi ham g'oyat muhim rol o'ynaydi. Chunki, raqsni erkin rivojlantirishning asosiy mezonlaridan biri usullar majmuasidir.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O'zbekistonda doyra ijrochiligining yangi uslubi, ya'ni uning yakka soz sifatida qo'llanishi rivojlana boshladi. Bu ishga 1947 -yilda, Toshkentdagi sobiq pioner va o'quvchilar saroyi (hozirgi Respublika o'quvchilari va o'smir yoshlari ijodiyot markazi) qoshida doirachi bolalar to'garagi tashkil etish bilan ilk bor qadam qo'yildi. Ularning faoliyati boy o'zbek usullarini o'rganish bilan bir qatorda, estrada sahnalarida bitta yoki bir nechta (to'rttagacha) doyrada yakkanavoz bo'lib ijro etish uslublarini ham o'rganishga asoslangan edi. Doyrachi bolalar to'garagini bitirganlar keyinchalik egallagan ijrochilik mahoratlari tufayli o'zbek musiqa san'atini dunyoning turli mamlakatlarida namoyish etib, olqishlarga sazovor bo'ldi lar. Qator doyrachilarning ijrochilik san'ati yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan. Ular orasida O'zbekiston xalq artistlari va Davlat mukofoti sovrindorlari, xalqaro va Respublika tanlovlari, jahon festivallarining bir necha g'oliblari bor. Jumladan: Qahramon Dadayev, Tal'at Sayfitdinov, Odil Kamolxo'jaev, aka-uka Dilmurod, Xolmurod, Elmurod Islomovlar, Husan Nosirov, Ilxom Ikromov kabi san'at namoyandalari el-yurt e'tiborini qozonganlar.

MUHOKAMA

Hozirgi paytga qadar doyra ijrochilik maktabi bir qator shaxsiy uslublar bilan boyidi. Ijrochilik amaliyotida bu uslublarni yaratgan ustoz sozandalar elga tanildilar. Usullarni o'zlashtirish bilan birga, zamonamizga mos holda o'rganish, o'zining bor kuchini sarf qilib rivojlantirishi lozim. O'tgan davrda yashab ijod etgan san'atkorlar o'zlaridan oldingi san'atkorlar amalini puxta o'rganishga katta ahamiyat berganlar. O'rganganlarini esa, keyingi avlod shogirdlariga o'tkazganlar. Bu faqat doyrachilarning emas, balki barcha san'atkorlarning an'anasidir. Shu nuqtayi nazardan kelajak avlodning o'tmishga xos tarzda kamol topishi, bu barkamol avlod tarbiyasidagi asosiy vazifarlardan desak, mubolag'a bo'lmas. Ayniqsa, uzoq o'tmishdan xalqimiz ma'naviy qadriyati bo'lib kelgan va ma'naviy merosga aylangan ustoz san'atkorlarning an'anasini o'zlashtirish, bu yangicha fikrlashning an'ana bilan asoslash demakdir.

XULOSA

Hozirgi davr taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining yangidan-yangi namunalari joriy etilayotgan bir paytda o'zbek milliy zarblarini turli cholg'ular, elektron vositalar va mavjud cholg'u sozlarda tarannum etish imkoniyatlari ochilmoqda. O'zbek usullarini zamonaviy texnikani qo'llab, doyraning jonli sadosini tarannum etish yoshlarimizning .iodiy munosabati bilan bog'liq. Chunki, har bir zarb, usul o'zining sehri kabi mehriga ham egadir. Sozanda qalbidagi mehr, sirli holda barmoqlari orqali sadolantirishi lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Samadov R. Zarblar xazinasi: o'quv-metodik qo'llanma. Musiqa, - Toshkent: 2GI2;

2. Samadov R. An'anaviy doira ijrochiligi: kasb-hunar kollejlari uchun o'quv- qo'llanma. Bilim mashriyoti, - Toshkent: 2GG4;

3. Sayfitdinov T. Doira ijrochiligi san'ati. Oq'uv qo'llanma. «FAYLASUFLAR». - Toshkent: 2G2G.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.