Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA ZARB ZAVQI NAVOLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA ZARB ZAVQI NAVOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
43
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / Harakatlar strategiyasi / madaniyat va san’at / ijrochilik / mumtoz musiqa / cholg‘u ijrochiligi / doyra / og‘zaki kasbiy musiqa / O‘zbekiston davlat filarmoniyasi / nog‘ora / safoil. / New Uzbekistan / Movement strategy / culture and art / performance / classical music / instrument performance / doira / oral professional music / State Philharmonic of Uzbekistan / nogora / safoil.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — R. Usmanov

Ushbu maqolada bugungi Yangi O‘zbekistonda madaniyat sohasiga berilayotgan e’tibor, o‘zbek xalq cholg‘ularidan biri bo‘lmish doyra cholg‘usi va uning tarixiy taraqqiyoti, shakli, tuzilishi, milliy musiqa ijrochiligidagi tutgan o‘rni va haqida fikr yurutiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TUNES OF IMPACT IN NEW UZBEKISTAN

In this article, attention is given to the field of culture in today's New Uzbekistan, one of the Uzbek folk instrument of doira, and its historical development, form, structure, and place in national music performance.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA ZARB ZAVQI NAVOLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YANGI O'ZBEKISTONDA ZARB ZAVQI NAVOLARI Usmanov Ravshanbek Abduraxmanovich

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi yetakchi jo'rnavozi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7190186

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi Yangi O 'zbekistonda madaniyat sohasiga berilayotgan e 'tibor, o'zbek xalq cholg'ularidan biri bo'lmish doyra cholg'usi va uning tarixiy taraqqiyoti, shakli, tuzilishi, milliy musiqa ijrochiligidagi tutgan o'rni va haqida fikr yurutiladi.

Kalit so'zlar: Yangi O 'zbekiston, Harakatlar strategiyasi, madaniyat va san'at, ijrochilik, mumtoz musiqa, cholg'u ijrochiligi, doyra, og'zaki kasbiy musiqa, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, nog'ora, safoil.

МЕЛОДИИ УДАРА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье уделяется внимание сфере культуры современного Нового Узбекистана, одному из узбекских народных инструментов дойра, его историческому развитию, форме, структуре и месту в национальном музыкальном исполнительстве.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, стратегия Движения, культура и искусство, исполнительство, классическая музыка, инструментальное исполнительство, дойра, устная профессиональная музыка, Государственная филармония Узбекистана, ногора, сафойл.

TUNES OF IMPACT IN NEW UZBEKISTAN

Abstract. In this article, attention is given to the field of culture in today's New Uzbekistan, one of the Uzbek folk instrument of doira, and its historical development, form, structure, and place in national music performance.

Key words: New Uzbekistan, Movement strategy, culture and art, performance, classical music, instrument performance, doira, oral professional music, State Philharmonic of Uzbekistan, nogora, safoil.

KIRISH

Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Yangi O'zbekiston iborasi haqida so'z yuritar ekanmiz, eng avvalo, yangicha munosabatlar, yangicha dunyoqarash ko'z oldimizda gavdalanadi. O'tgan besh yilda bu borada qilingan ishlarni sanab adog'iga etolmaysiz.

Jumladan, Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shuningdek, inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga o shirildi.

Quvonarli jihatlaridan yana biri O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bugungi kunda madaniyat sohasiga qaratayotgan yuksak e'tiboridir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-son

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Farmoni bu borada juda ahamiyatlidir. Quyida ushbu farmon doirasida amalga oshirilishi belgilangan maqsadlarning bir nechasini keltirishni lozim topdik:

Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

> "76-maqsad: Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

> Madaniyat va san'at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohadafaoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchi va xodimlarni moddiy qo'llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash.

> Madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

> Hududlarda yangi madaniyat obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat olib borishini ta'minlash.

> Milliy madaniyatni xalqaro darajada ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni hududlarda o'tkazishni joriy etish.

> O'zbek xalqi madaniyati va san'atini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan atoqli ijodkor ziyolilar yubileylarini munosib nishonlash, hayoti va faoliyatini keng targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish.

> Respublika hududida joylashgan madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish bilan bog'liq kompleks tadbirlarni amalga oshirish". TADQIQOT NATIJALARI

Ko'rinib turibdiki bu maqsadlar madaniyat va san'at sohasining yanada rivojlanishi uchun dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda Yangi O'zbekistonimizda mumtoz san'at tobora gullab yashnamoqda. Xususan ijrochilik san'ati bu borada ancha ildam deyishimiz mumkin. Respublika va xalqaro tanlovlar, festivallar qolaversa, Davlat tadbirlarida ham mumtoz asarlarimiz navolari yangrayotgani soha vakillarini quvontiradi albatta.

O'zbek mumtoz musiqasi asrlar davomida rivojlanib avloddan - avlodga o'tish yo'lida sayqal topib kelgan. Musiqa ixlosmandlari nigohida o'zbek mumtoz musiqa san'ati o'zining jozibadorligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Milliy musiqamizda cholg'u ijrochiligi ham alohida ahamiyatlidir.

O'zbek xalq cholg'ulari orasida doyra qadim davrlardan xalqimiz orasida keng ommalashib kelgan milliy cholg'ulardan biri hisoblanadi. Respublikamizning turli vohalaridagi arxeologik qazilmalardan topilgan tarixiy obidalardagi doyra va doyrasimon cholg'ularda ijro etayotgan tasvirlar uning qadim zamonlardan amaliyotda keng qo'llanilganligidan guvohlik beradi.

Hozirgi zamon o'zbek musiqa madaniyati o'ta murakkab jarayon sifatida gavdalanadi. Uning serqatlam bisotidan o'zbek milliy zarbli cholg'ulari uchun yaratilgan musiqalar alohida o'rin tutadi. Qadim-qadimlardan yetib kelgan bu san'at, XX asrda tubdan o'zgara boshladi, yangi izlanishlar bilan boyitildi, yangi ijrochilik yo'nalishlarining vujudga kelishiga aso s soldi. Bundan tashqari yangicha ijro na'munalari, tovushlar zavqidan ijrochilar yanada shijoatlana boshladi.

"Eslatish joizki, XX asr boshlarida O'zbekiston musiqa madaniyatida muhim tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Milliy an'analariga tayangan og'zaki kasbiy musiqa ijrochiligi bilan bir qatorda nota yozuviga asoslangan kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. 1938-yilda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida nota bilan ijro etiladigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tuzildi. Bu jamoaning repertuarini tuzish va kengaytirish maqsadida ko'pgina o'zbek kompozitorlari nota yozuvi ko'rinishidagi musiqa yaratishni boshladilar.

MUHOKAMA

Ushbu asarlarda o'zbek milliy zarbli cholg'ulari - doyra, nog'ora, safoil va boshqalar bilan bir qatorda Yevropa urma zarbli cholg'ular - litavra, tarelka, treugolnik, kichik baraban, katta baraban, ksilofon, marimba, vibrafon, kolokolchik kabi cholg'ular partituraga kiritiladigan bo'ldi. Bu tajriba hozirgi vaqtgacha ham davom etmoqda. Ya'ni, urma zarbli cholg'ular tarkibida o'zbek milliy va Yevropa cholg'ulari birgalikda ishtirok etilishi albatta ko'zda tutilgan. Ularning birlashishi mantiqiy mohiyati shundan iboratki, o'zbek urma va zarbli cholg'ular kuylarga milliy tus baxshida etsada, Yevropa cholg'ulari erkin fakturaviy va gomofon-garmonik tafakkurini kashf etishga xizmat qilmoqda"1.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O'zbekistonda doyra ijrochiligining yangi uslubi, ya'ni uning yakka soz sifatida qo'llanishi rivojlana boshladi. Bu ishga 1947 -yilda, Toshkentdagi sobiq pioner va o'quvchilar saroyi (hozirgi Respublika o'quvchilari va o'smir yoshlari ijodiyot markazi) qoshida doirachi bolalar to'garagi tashkil etish bilan ilk bor qadam qo'yildi. Ularning faoliyati boy o'zbek usullarini o'rganish bilan bir qatorda, estrada sahnalarida bitta yoki bir nechta (to'rttagacha) doyrada yakkanavoz bo'lib ijro etish uslublarini ham o'rganishga asoslangan edi.

Doyrachi bolalar to'garagini bitirganlar keyinchalik egallagan ijrochilik mahoratlari tufayli o'zbek musiqa san'atini dunyoning turli mamlakatlarida namoyish etib, olqishlarga sazovor bo'ldilar. Qator doyrachilarning ijrochilik san'ati yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan. Ular orasida O'zbekiston xalq artistlari va Davlat mukofoti sovrindorlari, xalqaro va Respublika tanlovlari, jahon festivallarining bir necha g'oliblari bor. Jumladan: Qahramon Dadayev, Tal'at Sayfitdinov, Odil Kamolxo'jaev, aka-uka Dilmurod, Xolmurod, Elmurod Islomovlar, Husan Nosirov, Ilxom Ikromov kabi san'at namoyandalari el-yurt e'tiborini qozonganlar.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamon zayli asnosida rivojlanib borayotgan Yangi O'zbekistonda insonlar tafakkurida yangicha yondashuv, yangicha dunyoqarash, yangicha ijro uslublarini tarannum etuvchi milliy ohanglar, uslublaru-usullarni yaratish, shiddat bilan ketayotgan davrga moslashish bugungi kunning talabidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

2. Samadov R. Zarblar xazinasi: o'quv-metodik qo'llanma. Musiqa, - Toshkent: 2012;

3. Samadov R. An'anaviy doira ijrochiligi: kasb-hunar kollejlari uchun o'quv- qo'llanma. Bilim mashriyoti, - Toshkent: 2004;

4. Sayfitdinov T. Doira ijrochiligi san'ati. Oq'uv qo'llanma. «FAYLASUFLAR». -Toshkent: 2020.

1 Sayfitdinov T. Doira ijrochiligi san'ati. Oq'uv qo'llanma. «FAYLASUFLAR». - Toshkent: 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.