Научная статья на тему 'URGUT TUMANIDAGI SUGʻORILADIGAN YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATI'

URGUT TUMANIDAGI SUGʻORILADIGAN YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sugʻoriladiga yer / minerallashuv / meliorativ holat / melioartiv koʻrsatkichlar / gurunt suv / ariq suvi. / Irrigated land / mineralization / reclamation condition / melioartive indicators / ground water / ditch water.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzaliyev S.R., Ochilova M.S., Sobirova M.A.

Maqolada Urgut tumani tabiiy sharoiti, ichki suvlari, sugʻoriladigan yerlarni meliorativ holati, meliorativ holatini sifat koʻrsatkichlariga koʻra guruhlarga ajratilgan. Gurunt va ariq suvlarining minerallashuv koʻrsatkichlari aniqlandi. Urgut tumani sugʻoriladigan yer maydoni va uning yillar kesimidagi oʻzgarib borishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MELIORATIVE CONDITION OF IRRIGATED LAND AREAS IN URGUT DISTRICT

In the article, Urgut district is divided into groups according to the quality indicators of natural conditions, internal waters, land reclamation of irrigated lands, land reclamation. The indicators of mineralization of soil and stream water were determined. The irrigated land area of Urgut district and its changes over the years are highlighted.

Текст научной работы на тему «URGUT TUMANIDAGI SUGʻORILADIGAN YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATI»

UO'K: 911.3:314

Mirzaliyev S.R.

Ochilova M.S.

Sobirova M.A.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

URGUT TUMANIDAGI SUG'ORILADIGAN YER MAYDONLARINING

MELIORATIV HOLATI

Annotatsiya. Maqolada Urgut tumani tabiiy sharoiti, ichki suvlari, sug'oriladigan yerlarni meliorativ holati, meliorativ holatini sifat ko 'rsatkichlariga ko'ra guruhlarga ajratilgan. Gurunt va ariq suvlarining minerallashuv ko'rsatkichlari aniqlandi. Urgut tumani sug'oriladigan yer maydoni va uningyillar kesimidagi o'zgarib borishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Sug'oriladigayer, minerallashuv, meliorativ holat, melioartiv ko 'rsatkichlar, gurunt suv, ariq suvi.

Mirzaliyev S.R.

Ochilova M.S.

Sobirova M.A.

Uzbek-Finnish pedagogical Institute

MELIORATIVE CONDITION OF IRRIGATED LAND AREAS IN

URGUT DISTRICT

Abstract. In the article, Urgut district is divided into groups according to the quality indicators of natural conditions, internal waters, land reclamation of irrigated lands, land reclamation. The indicators of mineralization of soil and stream water were determined. The irrigated land area of Urgut district and its changes over the years are highlighted.

Key words: Irrigated land, mineralization, reclamation condition, melioartive indicators, ground water, ditch water.

Kirish. So'ngi paytlarda mamlakatimizda sug'oriladigan yerlaming meliorativ holatini yahshilash masalasida bir qancha qarorlar va farmonlar imzolangan. Shulardan, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28

noyabrdagi qarori imzolangan. Bu qarorda yer reesurslaridan oqilona foydalanish masalasi qo'yilgan.

Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holati deyilganda yer maydonlarini qishloq xo'jaligida bevosita foydalanishga yaroqliligi nuqtai nazaridan baholash. Meliorativ holati qoniqarli yerlarga tuproq unumdorligini tubdan yaxshilash talab qilinmaydigan, dehqonchilik qilishga monelik qiladigan nuqsonlari bo'lmagan yerlar kiradi [1,2].

Tadqiqod obekti bo'lgan Urgut tumani Samarqand viloyatining janubiy-sharqiy qismida joylashgan hudud hisoblanadi. Tuman 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulung'ur tumani, shimolda Toyloq, shimoliy-g'arbda va g'arbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1120,3 km2. Aholisi 559,2 ming kishi (2023). Viloyat aholisini 13.1% ni tashkil qiladi [7].

Tumanni asosiy suv manbalariga Zarafshon daryosi, Oqqo'rg'on, G'ijduvonsoy, G'ussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Darg'om, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va boshqa kanallar suv bilan ta'minlaydi. Shuning uchun tuman hududida sug'oriladigan maydonlar ko'p. Urgut tumanida 2021 yi holatiga ko'ra 30,447 ming ga sug'oriladigan maydon bor.

1-jadval

Samarqand viloyatida sug'oriladigan yer maydonlari ming ga hisobida

Tumanlar nomi 2011 2015 2021

Bulung'ur 29,86 29,859 29,859

Jomboy 31,66 31,600 31,599

Ishtixon 31,51 31,503 31,503

Kattaqurg'on 34,6 34,606 34,860

Narpay 27,49 27,493 27,444

Nurobod 6,97 6,961 7,395

Oqdaryo 27,49 28,657 28,919

Pastdarg'om 53,99 53,896 40,817

Paxtachi 23,72 23,720 53,855

Payariq 40,82 40,894 23,708

Samarqand 16,97 15,454 15,413

Tayloq 16,28 16,284 16,284

Urgut 30,32 30,306 30,447

Qo'shrabot 5,75 5,745 5,745

Shaxarlar 1,74 2,694 2,694

JAMI: 379,16 379,67 380,542

Yuqoridagi jadvalga qarasak tuman sug'oriladigan yer maydonlari 2011 yil holatiga bo'yicha tuman Pasdarg'om, Payariq, Jomboy, Ishtixon va kattaqo'rg'ondan keyingi o'rinda turgan. Shu yil holatiga ko'ra tumanda 30,32

ming ga sug'oriladigan yer maydoni bo'lgan. 2021 yilgi holatga ko'ra bu ko'rsatkich ozgina o'sgan bo'lib 30,447 ming ga ni tashkil qilgan.

Bilamizki, hozirgi paytda respublikamizdagi mavjud 4304,5ming gektar sug'oriladigan maydonlarning 15,7foizida, yoki 622954 gektarida yer osti sizot suvlari satxi o'tkan yilning dekabr oyida 2,0 metrgacha bo'lgan chuqurlikda joylashgan. Ko'rinib turganidek Respublikamizdagi sug'orma dehqonchilik qilinadigan 622954 ming gektar maydonda aynan sizot suvlari sathi yuqorida joylashganligi sababli meliorativ holati yomon hisoblanadi va bu maydonlarda qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikning o'rtacha 20-35 foizi yo'qotiladi [3].

Tuman hududi sug'oriladigan yerlarning minerallashish holati ham yillar miqyosida o'zgarib borgan. Bunga asosiy sabalar qishloq xo'jaligida yerlardan tartibsiz foydalanish masalasi, aholi ko'payishi bilan sug'oriladigan yerlarda uy-joy qurilishi bilan ham bevosita bog'liq.

2-jadval

Samarqand viloyat ida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holati, ming ga hisobida

Tuman nomi yillar Sug'oriladigan yerlar ming ga. Grunt suvlari sathi Grunt suvlari tarkibining minerallashganligi Ariq suvlarini minerallashgan ligi

0-1,0 m.ga 1,0-1,5 m 1,5-2,0 m 2,0-3,0 m 3,0-5 m 5,0 m va undan chuqur 0, 1,0-3,0 g/l ■s © <r! - 0, ,3 5,0 g/l dan ko'p /lg 0, 1,0-2,0 g/l ,2

Urgut 2011 30,32 0,02 0,85 5,82 23,63 30,32 30,32

2015 30,306 0,04 0,14 0,32 4,98 7,51 17,31 30,31 30,31

2020 30,406 0,047 0,128 0,260 2,364 4,980 22,627 30,406 30,41

Mazkur jadvalga qarasak tadqiqod uchun ajratib olingan yillardagi holat bo'yicha gurunt suvlarning sathi yillar kesimida har hil uchraganligini ko'rishimiz mumkin. 2011 yilda 0-1,0 metrgacha har gektar hisobida gurunt suv sathi uchramagan. 2015-2020 yillardagi holatida esa gurunt suvi uchraganligini ko'rish mumkin. Gurunt suvlari tarkibining minerallashganligi holati 2011 yilda 3032 har 1,0g/l bo'lsa 2015 yilda 30,31 va 2020 yilgi holatida esa mazkur ko'rsatkich 30,406 ni har 1,0g/l da ko'rishimiz mumkin. Ariq suvlarining minerallashish holati ham gurunt suvlariniki bilan deyarli bir hil uchraydi.

Tuman sug'oriladigan yer maydonlarini holati ha hamma hududda bir hil emas. Hamda, yerlarning meliorativ holatiga qarab yahshi, qoniqarli va qoniqarsiz sinflarga ham ajratish mumkin.

3-jadval

Samarqand viloyatida sug'oriladigan yerlarning meliorativ xolatiga qarab ___bulinishi, ming ga hisobida_

Tuman nomi Yillar Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishda sug'oriladigan umumiy maydon ming ga. Sug'oriladigan yerlarning meliorativ xolatiga qarab bo'linishi ming ga.

Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Shu jumladan

Tuproq suvining yaqinligi Tuproq sho'rlan ganligi

Urgut 2011 30,32 29,45 0,87 -

2015 30,306 20,19 9,93 0,18 0,18 -

2020 30,406 27,61 2,62 0,18 0,18 -

3-jadvalda sug'oriladigan yer maydonlarining meliorativ holati sifat ko'rsatkichlariga e'tibor bersak, 2011 yilda 29,45 ming ga yer yahshi va 0,87 ming ga yer qoniqarli bo'lgan. 2015 yilga 20,19 ming ga yer sifat ko'rsatkichi yahshi bo'lgan. Va bu ko'rsatkich 2011 yilga nisbatan 9 mong ga yer holati qoniqarli holatga tushgan. 2020 yilda esa bu ko'rsatkich yana ko'tarilgan va 27,61 ming ga ni tashkil qilgan. Meliorativ holati qoniqarsiz deb hisoblangan yer maydonlari 2015 va 2020 yillarda deyarli bir hil 0,18 ming ga ni tashkil qilgan.

Xulosa. Urgut tumani geografik nuqtayi nazaridan tog'li, tog'oldi va tekislik hududida joylashgan. Tuman hududida oqar suvlar ko'p. Tadqiqot natijasida tumanning sug'oriladigan yer maydonlarining minerallashuvi va meliorativ holati o'rganildi. Bunda yer osti va yer usti suvlari bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar e'tiborga olindi. Sug'oriladigan yerlarning mileorativ holati va minerallashuvi tyillar kesimida taqqoslandi va ular o'rtasidagi tafovutlar aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abduazizovich N. J., Muxamajanovich S. S., Amanovich U. E. The territorial features of effective use of water resources (as Zarafshan basin) //European science review. - 2016. - №. 1-2. - С. 8-10.

2. Allaberdiev R. et al. Study of plant adaptation to the arid zone of Uzbekistan based on system analysis. - 2021.

3. Maxmudovna R. M. et al. SUG 'ORILADIGAN MAYDONLARNING MELIORATIV HOLATIGA BOSIMLI SIZOT SUVLARINING TA'SIRI //Journal of new century innovations. - 2023. - Т. 26. - №. 2. - С. 78-83.

4. Mirzaliyev S. R., Karimov Y. T., Juraxujayev D. D. URGUT TUMANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANI SHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 5-2 (108). - С. 222225.

5. Хайитов Ю. К., Джурахужаев Д. Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ АНТРОПОГЕННЫХ ЛАНДШАФТОВ //Экономика и социум. - 2024. - №. 4-1 (119). - С. 11571161.

6. Хикматов Ф. Х., Юнусов Г. Х., Зияев Р. Р. АТЛАС ПОВЕРХНОСТНЫХ ВОД УЗБЕКИСТАНА И МОНИТОРИНГ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ //ББК 26 Р 31. - 2014. - С. 335.

7. Xurramova N. X., MirzaHyev S. R., Juraxujayev D. D. O'RTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA'SIR УА HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-1 (109). - С. 544-547.

8. https://uz.wikipedia.org/wiki/Yerlaming meliorativ holati#Manbalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.