Научная статья на тему 'QASHQADARYONING SHO‘RLANGAN TUPROQLARI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA SPERSAL KIMYOVIY MELIORANTINI QO‘LLASH NATIJALARI'

QASHQADARYONING SHO‘RLANGAN TUPROQLARI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA SPERSAL KIMYOVIY MELIORANTINI QO‘LLASH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
226
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kimyoviy meliorant SPERSAL / sug’orish me’yori / sug’orish normasi / egatlab sug‘orish / tuproq / sho‘rlanish / suv tejamkor texnologiya. / chemical meliorant SPERSAL / irrigation rate / irrigation norm / egatlab irrigation / soil / salinity / water saving technology.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Doniyorov, Toshmamat Omonovich

Maqolada Qashqadaryo viloytining Qarshi tumani hududida SPERSAL kimyoviy meliorantini qo‘llab, o‘rtacha sho‘rlangan erlarda tuproq meliorativ holatini yaxshilash va sho‘r yuvishga sarflanadigan suv tejamkorligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan dala tajribalari natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RESULTS OF THE APPLICATION OF SPERSAL CHEMICAL MELIORANT IN IMPROVING THE MELIORATIVE STATUS OF SALINE SOILS OF KASHKADARYA

The article presents the results of field experiments on the territory of the Karshi district of the Kashkadarya region to improve the ameliorative state of moderately saline soils using the chemical ameliorant SPERSAL and save water spent on soil leaching.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYONING SHO‘RLANGAN TUPROQLARI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA SPERSAL KIMYOVIY MELIORANTINI QO‘LLASH NATIJALARI»

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

UO'K 631.671:633.51

QASHQADARYONING SHO'RLANGAN TUPROQLARI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA SPERSAL KIMYOVIY MELIORANTINI

QO'LLASH NATIJALARI

Doniyorov Toshmamat Omonovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti, q.x.f.f.d E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada Qashqadaryo viloytining Qarshi tumani hududida SPERSAL

kimyoviy meliorantini qo'llab, o'rtacha sho'rlangan erlarda tuproq meliorativ

holatini yaxshilash va sho'r yuvishga sarflanadigan suv tejamkorligi masalalari bo 'yicha o'tkazilgan dala tajribalari natijalari keltirilgan.

Kalitli so'zlar: kimyoviy meliorant SPERSAL, sug'orish me'yori, sug'orish normasi, egatlab sug'orish, tuproq, sho'rlanish, suv tejamkor texnologiya.

В статье представлены результаты проведенных полевых опытов на територии Каршинского района Кашкадарьинской области по улучшению мелиоративного состояния среднезасоленных почв с применением химического мелиоранта SPERSAL и экономия воды затрачиваемой на промывку почв.

Ключевые слова: химический мелиорант SPERSAL, норма полива, оросительная норма, полив по бороздам, почва, засоление, водосберегающие технологии.

The article presents the results offield experiments on the territory of the Karshi district of the Kashkadarya region to improve the ameliorative state of moderately saline soils using the chemical ameliorant SPERSAL and save water spent on soil leaching.

Key words: chemical meliorant SPERSAL, irrigation rate, irrigation norm, egatlab irrigation, soil, salinity, water saving technology.

Daryo oqimlari tog'larda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va qorliklarning erishi, shuningdek, yog'inlar natijasida hosil bo'ladi. Tog'lardagi yer osti suvlari yukoridagi sanab o'tilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Tog'oldi va sug'orma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga to'yinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari o'zaro bir-biriga bog'liq. Yer osti

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. O'rta Osiyoning sug'orma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km3 ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km3, Sirdaryoda — 39 km3, Tajan va Murg'obda — 2,4 km3 ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan bo'lib, tog'larda hosil bo'lsada, keng tarmoqli sug'orish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi [2].

Dunyo miqyosida iqlimning global isib borishi ta'sirida tog'lardagi muzliklar maydonining kamayishi Respublikamizning asosiy sug'orish suvi manbasi hisoblangan Amudaryo va Sirdaryolarda hamda umuman mintaqada suv taqchilligi kutilmoqda. Dunyoning turli mamlakatlarida jumladan: Isroilda sug'oriladigan maydonlar 100 foiz suvni tejovchi texnologiyalarga o'tkazilgan. AQSHda bu ko'rsatkich 38,2 foizni, Misrda 36 foizni, Qozog'istonda 14 foizni, Turkiyada 12 foizni, Xitoy Xalq Respublikasida 11 foizni tashkil etadi [1].

Hisob-kitoblarga ko'ra, 2020 yilda O'zbekistonda paxta yetishtirishda tomchilatib sug'orish texnologiyasini qo'llash natijasida gektariga o'rtacha: suv sarfi 40- 50 % ga tejaldi; yonilg'i 60 % ga iqtisod qilindi; mineral o'g'itlar samaradorligi 30 % ga ortdi; mehnat resurslari, ish haqiga xarajatlar tejaldi; g'o'zaning biologik pishish muddati 12-15 kunga tezlashdi; hosildorlik 20-30 sentnerga ortdi [2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-son "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo'lgan talabning o'sib borishi sharoitida qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirish vazifalari belgilanib, 2021 yilda 160 ming gektar paxta, 30 ming gektar mevali ekinlar, 15 ming gektar uzum va 5 ming gektar boshqa ekinlar maydonlarida tomchilatib sug'orish, 14 ming gektardan oshiq donli ekinlar, 2 ming gektar sabzavot va poliz hamda 2 ming gektar ozuqabop ekinlar etishtiriladigan maydonlarda yomg'irlatib sug'orish, 623 gektar paxta etishtiriladigan maydonlarda diskret sug'orish texnologiyasini joriy qilish topshirig'i belgilangan [2].

Respublikamizda turli darajada sho'rlangan maydonlarida sho'r yuvish uchun qo'shimcha 2500-6000 m3/ga suv sarflanishi talab qilinadi. Bunday muammolar sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashda suv tejamkor yangi texnologiyalar ustida ishlashga undaydi.

Biz 2008 - 2010 yillari Qarshi tumanining o'rtacha darajada sulfat-xlorli turda sho'rlangan, og'ir mexanik tarkibli o'tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida "Buxoro-6" navli g'o'zaning sug'orish texnikasini takomillashtirish, tuproqning suv-tuz tartibiga SPERSAL kimyoviy meliorantning ta'sirini ilmiy

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

asoslash maqsadida quyidagi variantlar [9] bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordik:

1. Oddiy usulda chigit ekish, namlik tanqisligi bo'yicha egatlab sug'orish (nazorat).

2. Plyonka ostiga chigit ekish, ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % bo'yicha egatlab sug'orish.

3. Tuproqqa kimyoviy meliorant (5 kg/ga) qo'llash, plyonka ostiga chigit ekish, ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % bo'yicha egatlab sug'orish.

4. Plyonka ostiga chigit ekish, ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 25 % kam me'yor bilan sug'orish.

5. Plyonka ostiga chigit ekish, CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 25 % ortiq me'yor bilan sug'orish.

6. Tuproqqa kimyoviy meliorant (5 kg/ga) qo'llash, plyonka ostiga chigit ekish, CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 25 % ortiq me'yor bilan sug'orish.

7. Plyonka ostiga chigit ekish, CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 50 % ortiq me'yor bilan sug'orish.

8. Tuproqqa kimyoviy meliorant (5 kg/ga) qo'llash, plyonka ostiga chigit ekish, CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 50 % ortiq me'yor bilan sug'orish [7].

Tadqiqot uchun kichik maydonchali (maydonchalar o'lchami 1440 m2), nishabligi 0,002 va egatlar uzunligi 200 m, oralig'i 0,9 m bo'lgan tajriba dalasi tanlangan, u sizot suvlari sathi ekin maydoni sathidan 2,2-2,5 m pastda joylashgan ochiq zovur bilan tutashgan. Qaytariqlar soni 4 tani tashkil etgan. Tuproqning sug'orishdan oldingi namligi shu mintaqada qabul qilingan va ijobiy natijalarga erishilgan "Buxoro-6" navi uchun CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tizim qabul qilindi [5].

CHDNS 21,6 % va tuproq hajmiy massasi 1,44 g/sm3 ekanligini inobatga olib, shu qatlamni sug'orish uchun namlik CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda S.N.Rijovning formulasi yordamida hisoblaganimizda gullash-shonalashgacha bo'lgan davrda 0-70 sm qatlam uchun 780 m3/ga. Gullash-shonalash va pishish davrigacha bo'lgan sug'orishlar 0-100 sm lik qatlam uchun 1083 m3/ga ga teng ekanligini aniqladik [5].

Tajriba dalasida qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar PSUEATI va uning Qashqadaryo filialida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimi asosida olib borildi. Ma'danli o'g'itlarning yillik me'yorlari NPK-200, 140, 70 kg/ga bo'lib, fosforli va kaliyli o'g'itlarning 50 va 70 foiz miqdori shudgorlash oldidan, qolgan fosfor gullashda, kaliy shonalashda, azot 2-3 chinbarg hosil bo'lganda, shonalashda hamda gullash davrida berildi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Shudgorlash tirkama PYa-3-33 rusumli pluglar yordamida har yili kuzda 30-35 sm chuqurlikda o'tkazildi. Har yili aprel oyining boshlarida tuproqning namligini saqlash maqsadida boronalash ishlari bajarildi va mola bosildi hamda ekish oldi ishlari sifatli qilib o'tkazilgan tajriba dalasiga 2008 yil 19-aprelda, 2009 yil 31-martda, 2010 yil 20-22 martda chigit qatorlab 90x10x1 tizimda ekildi davrida 5-6 marta qator oralariga KRX-4 kultivatori yordamida ishlov berilib, begona o'tlarga qarshi 1-2 marta qo'lda chopiq o'tkazildi.

Amal davrida g'o'za kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashda kimyoviy dorilardan foydalanildi, g'o'za bo'yining o'sib va g'ovlab ketishining oldini olish va yon shoxlarning o'sishini ta'minlash, ko'proq hosil tugunchalariga erishish maqsadida 2 marta qo'lda chilpish tadbiri o'tkazildi. Etishtirilgan paxta hosili 3 terimda yig'ishtirib olindi [8].

Tarkibiga ko'ra SPERSAL kimyoviy meliorantining asosi polimer butenediotik polimalen kislotasidan tashkil topgan bo'lib, 30 % gomopolimer, 6 % chiziqli sulfat alkilbenzol va boshqa 64 % inert moddalardan iborat [4].

SPERSAL kimyoviy meliorantining fizik-kimyoviy ta'siri mohiyati quyidagicha: SPERSAL kimyoviy melioranti tuproqqa sepilganda, tuproq singdirish kompleksida natriy kationining siqib chiqarilishi natijasida kalsiy va magniy kationlari almashinuv reaksiyasi yuz beradi [6].

O'simlik ildiz qatlami tuprog'ida hosil bo'lgan xlorli, natriy sulfid, natriy bikarbonat kabi tuzlar ekinni sug'orish uchun berilgan suv yordamida erib, pastki qatlamlarga tushadi.

SPERSAL kimyoviy melioranti sepilganda tuproqda almashinuv reaksiyasi ro'y beradi. SHo'r yuvish oldidan sho'rlanish darajasi va turiga mos ravishda SPERSAL kimyoviy melioranti zarur miqdorini tuproqqa sepib, sho'r yuvilganda, berilayotgan suv va o'simlik ildiz qatlami joylashgan tuproqni sho'rsizlantirish uchun sarflanayotgan solishtirma xarajatlar miqdori kamayadi. Ya'ni, sho'r yuvish me'yorini kamayishi uchun ma'lum sharoit yaratiladi. Tuproq suv-fizik xossalarining o'zgarishi hisobiga suvning tuproqqa shimilish jadalligi ortadi, shuningdek sug'orish texnikasi elementlari ham o'zgaradi [7].

Tajriba uchun SPERSAL kimyoviy meliorantining tuproqqa sepilishi me'yori SHveysariyaning "Sibo-Novartis" firmasi tavsiyasiga binoan 5 kg/ga qabul qilindi.

Tuproq ildiz qatlamidagi suv rejimining o'zgarishi va yo'nalishini o'rganish maqsadida tuproq 0-100 sm qatlamida suv muvozanatining alohida elementlari aniqlab chiqildi. Tadqiqot o'tkazilgan yillar o'rtacha olingan qiymatlariga asosan taqqoslanayotgan variantlar kesimida paxta dalasidan bo'lgan umumiy suv sarfi 9677 m3/ga dan (7 va 8 variantlar) 10398 m3/ga gacha (1 variant) bo'ldi. Tajriba

NJ

(JO

O

1/5

P

CTQ

s

CTQ

B

1/5

CT

S-

e

o

p o

1/5

pr

1/5

tr

>-! &

p

ui

o

S-

CTQ P

O

1/5

tr

p

O)

o

>-!

ñ p

1/5

a

CTQ

H ,p

p

p CTQ

&

O

1 p

o

x

O)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

p

a r

p

o a ^

a

P a

CTQ R

o I

o R o £

P

o

a p

<

O) CTQ

O) p

p 3

¡=r P

3' cr

CTQ g^

O) CTQ P

CTQ CL

^ ^

P ¡-Í

¡=t CTQ

O P P

O

1/5

tr

O < № P

O'

3" p

a.

Fd Crq_ 1/5' £

o"

tr p

On

<

P

CTQ

B

00 g On ' <'

\0 cr

O

2 OO

CTQ P

O

<

p

00 a

1/5

cr „ p

p p

< n

I

p I

1/5 ^

1/5

» a

I—I CL

00 p

p

o

1/5 ^

O)

>-! p

o

CTQ^

Bl p

1/5 1/5

p

1/5

p ex

3- &

5T OQ

i-¡ p

p

^ £

ai a

o o

o

On

o

cr 3'

X

cr o

I

r

p

o

1/5

tr

CTQ

I

'lai <

p

On

<

I

p¡r

p a Lti P o 3

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3

O) p

a- g. a a'

1/5

a

«6! vo v» OJ

cr

O

CL P

o

CTQ

00

1

1/5

X

n &

O)

On

o

^ H p -P

a

CTQ

CTQ

O) £

§

0Q P

r

CTQ P

a.

1/5'

r S-

e

1/5

a

CTQ

i/5 a

p p

r » o

,p

s p

p

S-

<

n

I

OQ" P

3 3.

o

1/5 OT

1/5

r S-

S

o

hJ

FT OJ

3- 3

p

I. i

1/5

o a

<

H^ 1/5 P

a.

ta < P p a

O-

p p

a

CTQ

X

a &

&

1/5 - i" s. I

1/5 Q3

O)

o

Ui

o

o

1/5

a'

CTQ

&

P

Q <

00 p

< h-t n

1 p'

1/5

p

p

1/5

O

00

1/5

r S-

S

o o

o

0 a p 00 Q\ LtJ K> - Tajriba variantlari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6509 6330 6330 0969 0969 6710 6230 6230 7100 Mavsumiy sug'orish me'yori, m3/ga

39,5 45,5 42,4 43,6 41,4 34,2 41,3 39,5 27,8 Hosildorlik, s/ga 2008 yil

169,2 139,4 149,3 159,6 168,1 173,4 150,8 157,7 255,4 1 s hosil uchun sug'orish suvi xarajatlari, m3/s

5866 5780 5780 6220 6220 5220 5670 5670 6370 Mavsumiy sug'orish me'yori, m3/ga 2009 yi

37,9 44,3 41,6 42,7 0 K> 31,5 37,1 36,4 29,6 Hosildorlik, s/ga

157,4 130,5 138,9 145,7 154,7 165,7 152,8 155,8 215,2 1 s hosil uchun sug'orish suvi xarajatlari, m3/s

6522 6310 6310 6760 6760 5830 6510 6510 7190 Mavsumiy sug'orish me'yori, m3/ga 2010 yil

39,4 45,4 39,6 44,3 42,2 32,4 40,6 39,3 31,5 Hosildorlik, s/ga

168,1 139,0 159,3 152,6 160,2 179,9 160,3 165,6 228,2 1 s hosil uchun sug'orish suvi xarai atlari, m3/s

■a

^

o

B

as

o

í*¡

=

rs =

E3

CD

CTQ M E3

í*¡ =

CTQ

•N

O

Sé* =

(/! M

a

as "i

3. ^ u

p <1 o ^ ^ &

<1 — ^ P 0

O) H 1/5

- If I ^

I ^

3 ^ 5. o

P Ui

1/5

R CTQ ^ P

S' 3

S ^ I. ^

R

kQ (Tj p >

^ 3 3

a*

o P

._"T ~

ff p

<

P O

O

erq p

I

crcT

p

1 § §1

^ 1/5 a*.

№ ^ ?T

g a a

& , „ V^

LA o

3 p

erq p

a p

P 00

N ^rj

s £ s

s. 3

Crq p 00

3. & ^

CT G

s a 3

00 o < 0 a-

r

a

^

3 -

oj a

0q~ a> O

I

p a

p h-. VL C) ff U pr E &

| Sf

< « <

p a p ¡' & w

a p < ^ p p

a

o e

3. 3 a' r

3- S- S

^ S i

I b¡ I

r P p

r ^ 3

5 0

p

6

> P S

o a

p. tr &

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

p p p^

a Í £

1 "á 3

E o B

< & i

s & I

p a. erq

3 tf ^

p 5 5

1/5 ^ ^

< ü C/5 | ^^

a 3 a

1/5

O r

w o B.

^ a p

00 a

w p o

ere g PRO

g o

§ a £

P ^ a

0q ^ p

a.- ^

3" xo &

B. P

i. erq

s

tr

w r

& 3 Crq

P <1 P

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

variantda va qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti qo'llanilgan 8 variantlarda kuzatildi. Bu variantlarda tuzlar umumiy miqdori 2,4-2,5 marta, xlor-ion - 2,3-2,6 marta, natriy va kaliy miqdori 0,83-1,81 kamayganligi kuzatildi.

Tuzlar gepotetik tarkibi hisobi, qaralayotgan davrdagi ular miqdorining o'zgarishi quyidagilarni ko'rsatdi. O'rganilayotgan tuproq qatlamida suvda eruvchi tuzlar quyidagicha kamayish tartibida joylashgan: CaSO4, NaCl, Na2SO4, MgSO4 va Ca(HCO3)2, tuproqda MgCl2 kuzatilmadi. Vegetatsiya davrida deyarli barcha variantlarda suvda eruvchi tuzlarning kamayganligi qayd etildi. 1 va 2 variantlardagi Na2SO4 miqdorining 1,3 va 1,8 marta oshganligi bundan mustasno. Ca (HCO3)2 va Na2SO4 miqdorlarida juda kam o'zgarish kuzatildi. 5, 6, 7 va 8 variantlar tuproqlarida CaSO4 miqdori tegishlicha 2,3; 3,6; 3,7 va 3,9 marta kamaydi; MgSO4-2, 3; 4,4 va 4 marta, NaCl - 2,2; 2,3; 2,3 va 2,6 marta kamaydi [6].

Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki 25 % ga oshirilgan me'yorlarda sug'orilgan 5 variantda va qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti sepilgan 6-variantda hamda 50 % ga oshirilgan me'yor bilan sug'orilgan 7- variantda va qo'shimcha 5 kg/ga miqdorida meliorant qo'llanilgan 5- variantlarda mavsumiy sug'orish me'yorlari kamaygan. CHunki, tajriba uchastkasining tuprog'i og'ir qumoq. Bunday turdagi tuproqlar suvni o'zida uzoq muddat tutib tura olishi hisobiga sug'orishlar oralig'idagi muddat 17-19 kundan 27-28 kungacha uzaygan. Natijada, nazorat varianti 2-4-1 sxema asosida 7 marta sug'orilgan bo'lsa, 25 % ga oshirilgan me'yorda sug'orilgan 5-variantda 1-3-1 sxema bo'yicha 5 marta, xuddi 6-variant tartibi bo'yicha sug'orilib, qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti qo'llanilgan 6-variantda ham 1-3-1 sxema bo'yicha 5 marta sug'orilgan. 50 % ga oshirilgan me'yorda sug'orilgan 7-variantda 1-2-1 sxema bo'yicha 4 marta, xuddi 6-variant tartibi bo'yicha sug'orilib qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti qo'llanilgan 8-variantda ham 1-2-1 sxema bo'yicha 4 marta sug'orilgan [8].

O'tkazilgan tajribalarning 6-variantida 6960 m3/ga suv sarflanib, o'rtacha uch yillik paxta hosili 41,27 s/ga, 6-variantda ham 6960 m3/ga suv sarflanib, hosildorlik 43,5 s/ga ni tashkil etgan. 7- va 8- variantlarda bu ko'rsatkichlar mos ravishda 41,2 va 45,0 s/ga bo'lgan.

Keltirilgan ma'lumotlar asosida 1 s paxta hosili etishtirish uchun sug'orish suvi sarflari bo'yicha eng katta suv sarfi nazorat variantida 232,9 m3/s bo'lsa, 5- va 6-variantlarda 161,0 va 152,6 m3/s, 7- va 8- variantlarda bu ko'rsatkich 149,27 va 136,3 m3/s ga to'g'ri keldi [9].

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

YUqoridagi ma'lumotlarga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, sug'orish me'yorini CHDNS ga nisbatan 25 % ga oshirib sug'orilganda tuproqdagi tuzlar miqdorining kamayishi hisobiga hosildorlik oshgan. Xuddi shu tartibda sug'orilib, qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti qo'llanilganda hosildorlik yana 2,23 s/ga miqdorga ko'paygani aniqlandi. Bu ko'satkich sug'orish me'yorini 50 % ga oshirib sug'orilgan 6-variantda sezilarli o'zgarish kuzatilmadi. Xuddi shu tartib bo'yicha sug'orilib, qo'shimcha meliorant qo'llanilganda esa hosildorlik sezilarli darajada oshganligi kuzatildi.

Og'ir mexanik tarkibli o'rtacha darajada sulfat-xlorli turda sho'rlangan tuproqli erlarda sug'orish uchun beriladigan suvni defitsitdan 25 - 50 foizga oshirib (5; 6; 7 va 8-variantlar) sug'orishdan oldin qo'shimcha 5 kg/ga SPERSAL kimyoviy melioranti qo'llanilganda tuproqning meliorativ holati yaxshilanadi va hosildorlik har gektariga 3-5 s/ga miqdorga oshadi.

Qarshi tumaning suv taqchilligi sharoitida suvni tejash maqsadida o'tkazilgan (4-variant) tajriba natijalaridan ma'lum bo'ldiki, o'rtacha sho'rlangan tuproqli yerlarda CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 25 % ga kamaytirilgan me'yorlarda sug'orish maqsadga muofiq emas. Chunki, CHDNS ga nisbatan 70-7060 % sug'orish tartibi tuproq qatlamida namlik zaxirasi yetarli bo'lmaganligi sababli, sug'orishlar oralig'idagi davr qisqarishi hisobiga sug'orishlar soni ortadi. Sug'orish texnikasi va irrigatsiya tarmoqlari foydali ish koeffisiyentlarining pastligi hisobiga har bir sug'orishda suv isrofgarligi oshib ketadi.

Ushbu ma'lumotlar Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani "CHillabuloq" SIU ga qarashli "Mahmudov Alpomish" fermer xo'jaligining 5 (besh) ga maydonida va Mirishkor tumanining og'ir mexanik tarkibli, o'rtacha sho'rlangan tuproqlari sharoitida 2019 yilda "Mirishkor chashmasi" nomli SIU ga qarashli "Umidullaev SHamshodbek" fermer xo'jaligining "Buxoro-6" g'o'za navi ekilgan 6 (olti) gektarli maydonlarida ishlab chiqarishga joriy qilingan va jobiy natijalar olinganligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining ma'lumotnomasi olingan.

Demak, SPERSAL kimyoviy meliorantini 1-sug'orish oldidan tuproqqa 5 kg/ga miqdorida sepib, CHDNS 25 % va 50 % oshirilgan me'yorlarda sug'orish tashkil qilinganda sulfat-xlorli o'rtacha sho'rlangan tuproqli erlarning meliorativ holati yaxshilanadi va noo'suv davrida sho'r yuvish uchun sarflanadigan 3500-4500 m3/ga suv tejaladi. SHuning uchun ham, mazkur usulni "Tuproq meliorativ holatini yaxshilashda suv tejamkor texnologiyalar" sirasiga kiritish mumkin.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

REFERENCES

1. 1 .https://water. gov.uz/uz/page/5/40,

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Suv resurslari

3. Doniyorov T.O. "Taqirsimon tuproqlar suv-tuz rejimiga kimyoviy meliorantning ta'siri va g'o'zani sug'orish texnikasini takomillashtirish" mavzusidagi q.x.f.f.d. diss. avtoreferati. -T.: 2020. 46 b.

4. Азимбоев С.А. "Первичные испитания препарата SPERSAL для повышения производительной способности засоленных земел Узбекистана на 1995-1996 ггю" Отчет института водных проблем АН РУз. Т. 1996. -76 с.

5. Avlakulov M., Doniyorov T.O. G'o'zani egatlab sug'orishda egat gidravlik elementlari orasidagi bog'liqlikni o'rnatish. //Innovatsion texnologiyalar Ilmiy texnik jurnali 2021. Maxsus son. Qarshi 2021 y. 31-35 b.

6. Икрамов Р.К., Дониёров Т.О. Эффективност мелиоранта SPERSAL на засленных почвах Каршинской степи. Materialы X mejdunarodnoy konferensii "Veda a vznik" 2013/2014. Praha. 22-26 c.

7. Doniyorov T.O. Egatlab sug'orishning tuproq suv-tuz tartiboti o'zgarishiga ta'siri. // Innovatsion texnologiyalar 3(35)-son. 2019 y. -56-59 b.

8. Авлакулов, М., & Дониёров, Т. О. (2020). РЕШЕНИЕ ЗАДАЧИ О ТЕЧЕНИИ ФИЛЬТРАЦИОННОГО ПОТОКА В ГЕТЕРОГЕННОЙ СРЕДЕ ПРИ БОРОЗДКОВОМ ПОЛИВЕ ХЛОПЧАТНИКА. Актуальные проблемы современной науки, (2), 100-104.

9. Дониёров Т.О., Авлакулов М., Tursunov G'.J. Tuproq meliorativ holatini yaxshilashda suv tejamkor texnologiyalarning ahamiyati. "Innovatsion texnologiyalar" ilmiy texnik jurnali. Qarshi. 2022 yil. 1 (45) - son, 31-35 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.