Научная статья на тему 'CHIROQCHI TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI VA AHOLI BANDLIGI'

CHIROQCHI TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI VA AHOLI BANDLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
55
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq xo'jaligi / dehqonchilik / paxtachilik / bog'dorchilik / chorvachilik / xomashyo.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tojiyeva Z.N., Amirova M.U.

Bugungi kunda fan taraqqiyoti rivoji ortib borgani sari inson ehtiyojlari ham ortib borayotganligini ko'rish mumkin. Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani qishloq xo'jaligi va aholining xo'jalikning qaysi tarmog'ida band ekanini ko'rib o'tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHIROQCHI TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI VA AHOLI BANDLIGI»

Tojiyeva Z.N.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

professori, geografiya fanlari doktori O'zbekiston, Toshkent Amirova M. U.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Amaliy geografiya (Sohalar bo'yicha) yo'nalishi 1-bosqich magistri

O'zbekiston, Toshkent

CHIROQCHI TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI VA AHOLI BANDLIGI

Annotatsiya. Bugungi kunda fan taraqqiyoti rivoji ortib borgani sari inson ehtiyojlari ham ortib borayotganligini ko'rish mumkin. Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani qishloq xojaligi va aholining xo'jalikning qaysi tarmog'ida bandekanini ko'rib o'tamiz.

Kalit so'zlar: Qishloq xojaligi, dehqonchilik, paxtachilik, bog'dorchilik, chorvachilik, xomashyo.

Tajiyeva Z.N., doctor of geography

professor

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

Uzbekistan, Tashkent Amirova M. U.

1st-level master's degree in Applied Geography (by fields) Faculty of Geography and Geo-Information Systems National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

Uzbekistan, Tashkent

AGRICULTURE AND EMPLOYMENT OF CHIRAKCHI DISTRICT

Abstract. Today, it can be seen that human needs are also increasing as the development of science increases. In this thesis, we will consider the agriculture of Chirakchi district of Kashkadarya region and in which branch of the economy the population is employed.

Keywords: Agriculture, farming, cotton growing, horticulture, cattle breeding, raw materials.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chiroqchi" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-sentabrdagi PF-5825-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chiroqchi" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-sentabrdagi PF-5825-son

Farmoniga muvofiq "Chiroqchi" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinadi. Bunda, "Chiroqchi" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasiga kelgusi yillarda o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tkazish sharti bilan 2020-2021-yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo'yicha zarur mablag'lar ajratilishi, Qashqadaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma'muriy kengashiga "Chiroqchi" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasining (keyingi o'rinlarda — Direksiya) tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi Chiroqchi hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari sonidan kelib chiqib, zaruratga ko'ra o'zgartirish kiritish huquqi berilishi qayd etilgan.

Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan beri o'tgan, tarixan qisqa davr ichida respublikamiz singari viloyatimiz ham katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi, ana shu davr mobaynida yuz bergan olamshumul o'zgarishlar, qo'lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi - iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to'g'ri va oqilona yondoshish natijasida tumanlar xo'jalik tuzilmalarida ham yuqori samaralarga erishildi. Chiroqchi tuman iqtisodiyoti asosini ko'p tarmoqla hududiy-ishlab chiqarish majmuasidan tashkil topgan bo'lib, uning asosini bir qancha ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Jumladan, yoqilg'i, yengil va oziq -ovqat sanoati, ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi, transport hamda noishlabchiqarish tarmoqlari kabilar kiradi.

Tuman iqtisodiy taraqqiyot yuksaltirish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo agroiqlimiy sharoitlarning qulayligi, foydali qazilmalarning mavjudligi, serunum yerlarining borligi va mehnat resurslarining mavjudligi tumanda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirishning muhim omillari sanaladi. Quyida tuman iqtisodiyot tarmoqlariga alohida-alohida holda ta'rif beramiz. Tuman xalq xo'jaligi tarkibida qishloq xo'jaligi katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqda yalpi mahsulotning asosiy qismi yaratiladi. Viloyatda yetishtiriladigan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotining 9,5 % i, jumladan paxtaning7,6 % i,pillaning 7 % i, qorako'lning 19 % i, junning 16 % i, g'allaning 11,1 % i Chiroqchi tumanining ulushiga to'g'ri keladi

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun tabiiy sharoit qulay. Iqlimi keskin kontinental bo'lib, sovuqsiz davr 210-242kunni, ijobiytemperaturalar yig'indisi 4760-5200 gradusni tashkil etadi.Tuman ancha kata yer resurslariga ega. Umumiy yer maydoni 283,7 ming ga bo'lib, shundan 123.2 ming gektari haydalgan yerlardir,22,7 ming gektarida sug'orilib dehqonchilik qilinadi. Qolgan 160,5 ming ga. maydondan yaylovlar sifatida foydalaniladi. Tumandagi aksariyat xo'jaliklar asosan paxtachilikka, shuningdek donchilik, meva va uzumchilik, sutchilik, sut-go'sht yetishtirishga ixtisoslashgandir. Dehqonchilik tuman qishloq xo'jaligida bosh tarmog'i hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70% i dehqonchilikdan keladi. Tuproqning unumdorlik darajasn hosildorlikka ta'sir ko'rsatadigan asosiy omildir. Chiroqchi tumanining hududi tabiatining

xususiyatlari va landshaft sharoitlariga ko'ra, tog' oldi mintaqasining tipik hududlaridan biridir. Tuman hududi uchun relyefning tekisligi, iqlim sharoitlarining quruq va issiqliigi, cho'l o'simliklar va tuproqlari harakterlidir.

Tumanda yaqin paytlarga qadar sug'orish uchun yaroqli yerlar maydoni anchagina bo'lgan, lekin Qarshi cho'lining boshqa joylaridagi kabi sug'orish uchun suv resurslarining taqchilligi, obikor dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlarini ishlab turgan. Suv tanqisligi tufayli mavjud sug'oriladigan yerlar (agroirrigatsiya landshaftlari)ning meliorativ holati dehqonchilik uchun to'siq bo'la olmagan. Obikor dehqonchilik uchun yaroqli bo'lgan yerlarini o'zlashtirish maqsadida, Zarafshon daryoning suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlari Eskianhor kanalining ishga tushirilishi bilan bog'liq bo'lgan. Natijada Chiroqchi tumanining qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirish va obikor dehqonchilik maydonlarini kengaytirish imkoniyatlarini tug'dirdi. Hozirgi paytda Chiroqchi tumanida haydaladigan yerlarning maydoni 49,3 ming gektar bo'lib, bu yerlarning hammasi sug'oriladigan yerlar toifasiga mansubdir. Chiroqchi tumanida sug'orilayotgan yerlarning meliorativ holatiboshqa tumanlardagiga nisbatan ancha qoniqarli ahvolda. Ammo, bunday yerlarning holatini barcha xo'jaliklarda zaruriy meyorlarga yetkazish uchun melioratsiya ishlarini uzluksiz ravishda olib borish lozim. Chunki 1998 yilda sizot suvlarining sathi 2 m gacha bo'lgan yerlar tumanda 290 gektarni tashkil etgan. Shu sababli zovurlar tarmoqlarini uzaytirish, mavjud zovurlarni tozalab turish va boshqa meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, tuman hududidagi sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqoriroq hosil olish imkoniyatlarini beradi.

Dehqonchilik. Tuman qishloq xo'jaligida dehqonchilik bosh tarmoq hisoblanadi. Tabiiy omillar ichida tuproq bilan iqlim dehqonchilikni rayonlashtirishda katta ahamiyatga ega. Tuproqning unumdorlik darajasi dehqonchilik hosildorligiga ta'sir ko'rsatadigan asosiy omildir. Shuning uchun qishloq xo'jalik ishlab chiqarishda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda tuproq sho'rini o'z vaqtida yuvish katta ahamiyatga ega.

Mexanik tartibi jihatidan og'ir bo'lgan soz tuproqlarda, tumanda, ayrim xo'jaliklarda yahob suvlari fevral oyida beriladi. Mexanik tarkibi o'rtacha va yengil bo'lgan tuproqlarda yahob suvi mart, aprel oyida ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. Chunki yahob suvi erta bahorda berilsa, ekish vaqtiga kelib, tuproqning ustki qoplami qurib qoladi. Dehqonchilikda mineral va mahalliy o'g'itlarni ishlatish, o'simliklarni yaxshi oziqlanishi va normal o'sishga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dehqonchilikda almashlab ekishning roli ham katta, almashlab ekish xo'jalik taraqqiyotining tuproq, iqlim va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda turli qishloq xo'jalik ekinlarining tarkibi va nisbatini belgilaydi. Chiroqchi tumanida paxtakor xo'jaliklarda to'g'ri almashlab ekishni

joriy qilish paxta hosilini oshiradi, chorvachilik uchun mustaqil yem-hashak bazasini yaratish imkonini beradi.

Dehqonchilik biologik industriyaning o'zida xom murakkab turi bo'lib, uning asosiy ishlab chiqarish vositalari o'simliklar, mikroorganizmlar va tuproq hisoblanadi. Ular energiya va texnika yordamida inson uchun kerakli organik moddalarni hosil qiladi. O'simliklar hosili mehnat va mexanikadan tashqari bir qancha murakkab faktorlar, jumladan, o'simliklarning irsiy tabiatiga, quyosh radiatsiyasi, suv, kislorod, azot va tuproqdagi boshqa ko'pgina mineral organik birikmalarga bog'liq. Chiroqchi tuman dehqonchiligida paxta, don yetishtirish, texnika ekinlari, meva va uzumchilik, poliz ekinlari, sabzavot mahsulotlari, hashaki ekinlar asosiy tarmoqlarni tashkil etadi. Tumanda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish hozirgi kundagi asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Hozirgi bozor sharoitida tuman dehqonchiligida donli ekinlarning ahamiyati juda katta, chunki donli ekinlar bilan aholini oziq-ovqatga va chorva mollarining yem-hashakka bo'lgan talabini qondirishda muhim rol o'ynaydi.

Tumanda paxta yetishtirish doirasining kengayishi qishloq mehnatkashlarining turmush darajasini tubdan o'zgartirdi. Paxtakor xo'jaliklar aholisi elektr bilan to'liq ta'minlandi, gazlashtirish, qisman bo'lsa ham tumanda zamonaviy uylar, yangi binolar qad ko'tardi. Shuningdek, yangi kasalxonalar va kino-teatrlar ham zamonaviy tarzda qad ko'tardi. Tuman dehqonlari paxtachilikda qo'lga kiritilayotgan yutuqlarga yuksak agrotexnika tadbirlarini joriy qilish tufayli erishmoqda. Paxta maydonlarini ekishga sifatli qilib tayyorlashning ahamiyati katta. Bu sohada ishni to'g'ri tashkil etish masalasi har bir xo'jalikning tuproq, iqlim sharoitini sinchiklab o'rganish asosida amalga oshirilmoqda. Hamda dalalarni tekislash yer uchastkalarini yiriklashtirish, ortiqcha ariqlarni yo'qotish yer uchastkalarini qisqartirib ketishiga yo'l qo'ymayapdi. Yaxshi tekislangan va yiriklashtirilgan dalalarda suvdan foydalanish koeffitsiyenti oshadi. Paxta qator oralarini ishlov berish, parvarish qilishda qo'llaniladigan barcha mashinalarning ish unumi ko'tarilmoqda.

Chigit, ekish, uni xatosiz undirib olish katta ahamiyatga ega. Dala tekis va yaxshilab ishlangan bo'lsa, urug' bir tekis ekiladi, aniq kvadratlar hosil bo'ladi. Qator oralari sifatli ishlanadi va sug'orish suvlari bir meyorda tarqaladi. Tumanda deyarli hamma xo'jaliklarda chigit kvadrat uyali ekilmoqda va ikki tomonlama parvarish qilinmoqda. Chigitli uyalarga aniq miqdorda ekish to'la joriy qilingan ekan, yagonalashni o'z vaqtida o'tkazish lozim. Yagonalash 8-5 kun kech o'tkazilsa, paxta hosildorligi 3-4 sentnerga kamayadi. Uni o'tkazishning eng yaxshi muddati-paxta unib chiqqandan so'ng 1-2 chinbarg chiqarguncha bo'lgan davrdir. Paxtani yagonalashda dastlab nimjon kasalliklarga chalingan nihollar yulib tashlanadi. Paxta yagonalashda navlarning xususiyatlari, yer sharoiti, ekish sxemasi, tuproq unumdorligini, yerning sho'rlanish va sizot suvlarining joylashish sathi hisobga olinishi va har bir gektarda ma'lum miqdorda ko'chat qoldirishi zarur. Shunday qilib paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning

muhim sharoitlaridan biri har bir gektarda yetarli miqdorda ko'chat qalinligini saqlashdir. Tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini oshirib borish hamda don yetishtirish va chorva mollari uchun oziq tayyorlash maqsadida paxtakor xo'jaliklarida beda, makkajo'xori va dukkakli ekinlash ekishni keng joriy qi lish imkonini bermoqda. Hozirgi paytda tuman xo'jaliklarida paxta beda almashlab ekish agrotexnikasi keng joriy qilingan.

Donli ekinlar-donli ekinlarga bug'doy, sholi, makkajo'xori, arpa, taqir, suli va javdar kiradi. Chiroqchi rayonida donli ekinlardan eng ko'p bug'doy, arid va makkajo'xori ekiladi. Donli o'simliklar o'zida inson organizmi uchun zarur bo'lgan oqsil va uglevod moddasiga boy, don va don mahsulotlari ozuqa konsentrati tugallash va boshqa sohalarida keng qo'llaniladi. Hozirgi bozor sharoitida tuman dehqonchiligida donli ekinlarning ahamiyati ortib bormoqda. Tumanda don ekinlarini rivojlantirish, joyning tuproq iqlim sharoitiga ham bog'liq. Hozirgi kunda tuman xo'jaligida don hosildorligini oshirishning ishonchli vositasi uni o'g'itlashdir, shuning uchun qishda erta ko'klamda urug'lik ekinlarini oziqlashtirish har bir dehqonning birinchi navbatdagi vazifasi bo'lishi kerak. Shu sababli tuman hududida bu ishlar o'z o'rnida qo'yib olib borilmoqda.

Tuman don ekinlarini yaqin kelajakda don xo'jaligining iqtisodiy jihatdan samaradorligini kengaytirish uchun mehnatni fan-texnika taraqqiyoti asosida tashkil qilishlari, maxsus tajriba uchastkalari, shuningdek, xo'jalikning tuproq, iqlim sharoitlarini, relyef formalarini to'g'ri hisobga olib, dehqonchilik madaniyatini uzluksiz oshirib borishlari tuman mehnatkashlari oldida turgan asosiy masalalaridan biridir. Tuman don xo'jaligida makkajo'xori yetishtirishning hissasi ortib bormoqda. Bu bejiz emas, albatta makkajo'xori donli ekinlari ichida eng serhosil tarmoqdir. Makkajo'xori yetishtirish bilan tumanning dehqonchilikka ixtisoslashgan barcha paxtakor jamoa va davlat xo'jaliklari shug'ullanmoqda. Xo'jalikda makkajo'xoridan don, ko'k maysa tayyorlash bilan bira undan paxtachilikda almashlab ekishda ham keng fodalanilmoqda.

Tumanning paxtachilik xo'jaliklarida tuzilgan makkajo'xorichilik brigadalarini asosan yoshlar boshqarmoqda va gektariga 35-38 sentner yetkazib hosil olmoqda. Hozirgi kunda tuman xo'jaligida tajriba maqsadida yangi navlarning biologiyasi va erta ekishning o'ziga xos xususiyatlari to'la hisobga olingan holda, makkajo'xori o'stirishning yangi texnologiyasi mutaxassislar tomonidan batafsil ishlab chiqilmoqda. Xulosa qilib aytganda donli ekinlar maydonini tuman xo'jaligida yanada kengaytirib undan aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari olish bilan birga chorva mollari uchun yem-hashak yetishtirish imkonini bermoqda. Don ekinlarining hosildorligini oshirish, yangi navlarini ya'ni o'rta va tez pishar navlari ustida tajriba uchastkalarida olib boriladigan ishlarga alohida e'tibor berish lozim.

Sabzavot va polizchilik. Inson kundalik iste'molida va oziq-ovqat sanoatida sabzavotning ahamiyati katta. Sabzavot ekinlari tarkibida uglevodlar, oqsil, organik kislotolar, mineral tuzlar, vitaminlar va shakar bo'lad i. Chiroqchi

tumanida sabzavot ekinlari 423 gektarni tashkil etadi. sabzavot ekinlaridan karam, pomidor, bodring, sabzi, piyoz turi va turli xildagi ko'katlar ko'p yetishtiriladi.

Meva va uzumchilik. Tumanda meva, uzum yetishtirishni ko'paytirishning asosiy yo'li meva va tok ekiladigan maydonlarni kengaytirish hamda ularning hosildorligini oshirishdan iborat. Tuman xo'jaliklarida bog' va tokzorlarning maydoni 1078 gektarni tashkil etadi. (1992). Meva va uzum tarkibida kishi organizmi uchun juda zarur bo'lgan qand, organik kislotalar, oqsil. Yog' mineral tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalarga boy. Meva rezavor-meva va uzumlar mazali hamda shirin bo'lganidan ovqatni yaxsh bo'lishiga yordam beradi.

Meva rezavor, meva va uzum oziq-ovqat va vino sanoati uchun qimmatbaho xomashyodir. Bu mahsulotlardan konserva, murabbo, kompot vino tayyorlanadi. Tuman mehnatkashlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biri bu meva va uzumchilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarning ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish, shu bilan birga meva va uzumchilikka ixtisoslashgan yangi xo'jaliklar, fermerlarni tashkil qilish va shu yo'l bilan meva va uzum yetishtirishni ko'paytirishdan iborat. Tumanning uzumlari shirasi o'tkirligi bilan ajralib turadi. Bular ichida mashhur "Husayn", "Tez pishar daroyi", "Chillaki", "Moskva" va yana bir necha navlari mashhurdir.

Qoramolchilik. Tuman chorvachiligida qoramolchilik yetakchi tarmoqdir. Umumiy chorva mahsulotlari hajmiga go'sht mahsulotlarini yetishtirish va aholini shu mahsulotlar bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. 2012 yil mahsuloti bo'yicha tumanda 47519 bosh qoramol bo'lib, tuman xo'jaliklarida go'sht va sut yetishtirishni yanada ko'paytirish xo'jaliklarda sut yetishtirish va go'shtga boqiladigan, ixtisoslashgan fermerlarni tashkil qilish hamda fermer xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha yangi ishlar olib borilmoqda. Chiroqchi tumanida qoramolchilikni rivojlantirishda mol zotlarini yaxshilashga katta e'tibor berilmoqda. Hozirgi kunda asosan Rossiya, Estoniya davlatlaridan keltirilgan zotdor mollarni urchitish ishlari olib borilmoqda. Tumanda qoramolchilikni rivojlantirishda yem-xashak yetishtirishni ko'paytirish, ularning to'yimliligini oshirishni talab qiladi. Yem-xashak yetishtirishda asosiy vazifa har gektar maydondan iloji boricha ko'proq arzon yem-xashak yetishtirish, ularni tayyorlashda, saqlashda nobudgarchilikka yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlari yo'lga qo'yilgan. Tuman chorvachiligi balansida qoramolchilikni ulushi katta. Mahsuldor chorvachilikning asosiy turlaridan biri bo'lgan qoramol sut, go'sht, sariyog' va charimbog' teri singari hech narsa almashlab bo'lmaydigan qimmatbaho mahsulot beradi. Tumanda qoramolchilik chorvachilikning birmuncha takomillashgan tarmoqlaridan biri bo'lib, bu yerda u keyingi o'n-o'n besh yil ichida intensiv rivojlanish yo'liga ko'chdi. Xo'jalikda sut, go'sht yetishtirishga ko'ra, qoramollarni maxsus fermalarda ixtisoslashgan holda qo'lda boqishga o'tildi. Keyingi yillarda tuman qoramolchiligi bazasida jamoa shirkat bo'rdoqichilik korxonalari vujudga kelmoqda. Chorva mollarining tuyog'i ko'paymoqda, shu bilan birga zoti yaxshilanmoqda. Qoramollar jumladan sigirlar

23370 ta asosan sug'oriladigan zonada ixtisoslashtirilgandir. Sog'in sigirlarni qo'lda boqish tajribada yaxshi natijalar bermoqda. Tuman xo'jaligida qoramolchilik strukturasi aholining ayniqsa sutga bo'lgan talabi o'sish borayotganligini shu bilan birga aholini sut bilan ta'minlash yo'lga qo'yilmoqda. Buning asosiy belgilaridan biri qoramollar balansida sigirlar nisbatining yaxshilanishidir.

Qo'ychilik. Chiroqchi tumanida asosan qorako'l qo'ylar boqiladi. Uning asosan tovar mahsuloti qorako'l teri, jun, sut yetishtirishni kam mablag' sarflangan holda ko'paytirish va davlatga topshiriq vazifalarini uddalamoqdalar. Jun va qorako'l yetishtirish bo'yicha mutloq tumanlar qatorida ikkinchi o'rinda turadi. Tumanda qorako'l qo'y zotlari boqiladi. Bu zotli qo'ylar juda chidamli bo'lib, cho'l yaylovlarida o'tlatib boqish va asrash uchun yaxshi moslashgan : Qorako'l teri qo'ylarining asosiy mahsuloti sifatli qorako'l terisi uchun tug'ilishi bilan birinchi va ikkinchi kuni so'yiladigan qorako'l terisi jahon bozorida yuqori bahoda 28 AQSH dollarida baholanadi. Qo'ychilikni intenvislashtirish borasidagi asosiy choralar yaylovlarga qo'shimcha ravishda yem-hashak bo'ladigan o'tlar ekish yo'li bilan mustahkam yem-hashak bazasi yaratish yaylovlardan ratsional foydalanish ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumki chorva mollari o'z biologik xususiyatlariga muvofiq keladigan tabiiy iqlim sharoitida yashagandagina sermahsul bo'ladi. Tabiiy sharoiti o'simliklar dunyosi bilan qorako'l qo'ylari uchun juda qulaydir. Shuni qayd qilish kerakki, qorako'l qo'ylari mahalliy iqlim sharoitining tez-tez o'zgarib turish sharoitiga chidamlidir. Tumanda yoz oylarida issiq sharoitlar bu qo'ylar o'z og'irligini yo'qotsada, lekin hamma vaqt sifatli qorako'l terisi olinadi. Terilarning eng qimmatlisi so'r bo'lib, u ko'rinishida kumush rang bo'lib tovlanib turadi. So'r terilar esa jahon bozorida qora rangli qorako'l terilariga nisbatan ikki baravar qimmatli turadi. Hozirgi kunda echki va qo'ychilikning tuyoq sonini 78725 taga ko'paytirish naslchilik ishlari ham ilmiy asosda tashkil etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda tumanda qishloq xo'jaligiga kuchli e'tibor qaratilgan. Hozirgi kunda paxta maydonlari qisqartirilib, ularning hosildorligini oshirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga eng qulay tadbirlaridan biri paxta maydonlarini beda bilan almashlab ekish ishlari keng yo'lga qo'yildi. Bu albatta ijodiy natijalarga erishganligini ko'rishimiz mumkin. Paxta maydonlarini sug'orishda juyaklar tortib, shu juyaklarning pay orqali suv bilan ta'minlab sug'orish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda tuman xo'jaligida paxta maydonlarida kimyoviy minerallardan kamroq ta'minlab, tabiiy biologik go'ng solish ishlari keng ko'lamda olib borilmoqda. Shu bilan birga paxta maydonlaridan har xil hashoratlarga qarshi biologik nurash choralari olib borilmoqda.

Xulosa. Chiroqchi tumanida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ko'p jihatdan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida agrosanoat majmuida yangidan tarkib topayotgan hududiy tizimlarni qayta ko'rib chiqish va ilmiy tahlil qilishni taqozo

qilmoqda. Tuman iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun quyidagi tavsiyalarni taklif qilamiz:

Tuman arid zonada joylashganlidan suv tanqisligining mavjudligi, janubiy navlarini bu yerda kam suv talab o'simliklar, poliz ekinlari, mevali bog', o'rik, tut, tokzorlarni g'amda dunyodagi ariq tabiat zonalari daraxtlaridan yerdagi zaxni kamaytirishga moslashgan Avstraliya evkalipti kabi daraxtlarni olib kelib o'stirish, ko'paytirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish;

Paxta yetishtirishda ham hozirgi maydonlarni shu holda saqlash hisobiga hosildorlikni oshirish uzumchilikda: "Ko'chat o'stirish-uzum yetishtirish, vino, aroq, konyak va boshqa ichimliklar ishlab chiqarish;

Pillachilikda: "Ipak qurti urug'ini oladigan zavod - jamoa xo'jaligi ikibator xonasi- uy (jamoa) qurtxonasi". Tut plantatsiyalarini kengaytirish atlas to'qish kichik sexlarini tashkil etish.

Donchilikda: hududiy sistemani tashkil etish, don (bug'doy) yetishtirish uchun ishlab chiqarish un mahsulotlarini ishlab chiqarish;

Meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlash uchun omborxonalar, salqinxonalar, birlamchi va ikkilamchi qayta ishlashni yaxshi yo'lga qo'yish, ushbu sohalarga ixtisoslashgan xo'jaliklarni barpo qilish, parnik va issiqxonalarni rivojlantirish.

Dehqonchilikda ilg'or agrotexnika qoidalaridan foydalanilgan holda mehnat unumdorligini oshirish. Dehqonchilikning yangi tizimini joriy qilish yaxni almashlab ekishni to'la joriy etish, chorva mollari uchun mustaqil yem-xashak bazasini yaratish;

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida tuman xo'jaliklarida sabzavot va poliz mahsulotlari, bog'dorchilik, uzumchilikni rivojlantirish hamda qayta ishlash korxonalarini bunyod etish. Kelajakda tuman hududida mavjud bo'lgan xom ashyo va mehnat resurslarini hisobga olgan holda xo'jaliklarda keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigan kichik korxonalarni qurish hamda kasanachilikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayev S.I., Karimov A., Polvonov SH., Qobilova A. Qashqadaryo viloyatida yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish. (O'rta Osiyo Amudaryo bo'yi regioni ekologiya mammolari). Konferensiya materiallari. -Buxoro. 1995.

2. Abdullayev S.I., Murtazayev B.CH. Sug'oriladigan dehqonchilik hududlarida landshaftlarning o'zgarish xususiyatlari. QDU ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. - Qarshi.: 2004.

3. Abdullayev S.I., Jankobilov I.X., Muqimova H.I. Tabiatdan foydalanish konsepsiyasining geoekologik asoslari.// O'zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. - Samarqand.: 2013. 29-30 b.

4. Abdullayev S.I., Nazarov MSug'oriladigan hududlarda antropogen landashtlarning shakillanish xususiyatlari. // O'zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. - Samarqand.: 2013. 53-54 b.

5. Akramov Z.M. O'zbekiston ishlab chiqarish komplekslari. - Toshkent.: O'zbekiston, 1979.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.