Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA YER OSTI SIZOT SUVLARI SATHI VA MINERALLASHUVINI GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH VA BAHOLASH (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani misolida)'

SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA YER OSTI SIZOT SUVLARI SATHI VA MINERALLASHUVINI GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH VA BAHOLASH (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani misolida) Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
466
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sug‘oriladigan maydonlar / yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi / statistik tahlillar / GAT texnologiyalari. / The irrigated lands / the level and mineralization of seepage waters / statistical analysis / GIS technologies.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Qulmatov, Rashid Anorovich, Mirzaev, Jasur Ashiralievich, Odilov, Sarvar Akramovich, Alimov, Atabek Xayratdin Uli, Indaminova, Zinayda Alimovna

Bugungi kunda sug‘oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlari sathining ko‘tarilishi va minerallashuvining ortib borishi kuzatilmoqda. Bu holatlar ayniqsa, Orol havzasida joylashgan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga o‘zining sa‘lbiy ta‘sirini ko‘rsatmoqda. Yer osti sizot suvlari sathining ko‘tarilishi va minerallashuvining oshishi sug‘oriladigan maydonlarda sho‘rlanish jarayonining jadallashishiga sabap bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, tuproqlarning unumdorlik xususiyatining yo‘qolishiga va oziq-ovqat tanqisligi muammosiga olib keladi. Tadqiqot ishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan maydonlarida 2011-2022 yillar davomida yer osti sizot suvlarining sathi hamda minerallashuvi o‘zgarishi baholandi. Olingan natijalarni tahlil qilish ushun an‘anaviy usillardan va GAT texnologiyalardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari, tumanda yer osti sizot suvlari sathining 0-1 m da 495 ga, 1-1,5 m da 2081 ga, 1,5-2 m da 14970 ga, 2-3 m da 3770 ga, 3-5 m da 208 ga va minerallashuvi miqdorining 1-3 g/l da 12612 ga, 3-5 g/l da 7115 ga, 5-10 g/l da 1797 ga ega ekanligini ko’rsatti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION AND ASSESSMENT OF GROUND LEACH WATER LEVELS AND MINERAL DISCHARGE IN IRRIGATED AREAS USING GAT TECHNOLOGIES (In the case of Khojaly district of the Republic of Karakalpakstan)

Today, an increase in the level of seepage water and mineralization in the irrigated areas is being occured. These circumstances have a negative impact on the agricultural development of the countries located in the Aral sea Basin. The rise in the level of seepage and the increase in mineralization will lead to the acceleration of the salinization process in the irrigated areas. This, in turn, leads to the loss of soil fertility and the problem of food shortages. In the research work, changes in the level and mineralization of seepage water were evaluated in the irrigated fields of Khojaly district of the Republic of Karakalpakstan during the years 2011-2022. Analysis of the obtained results was done using traditional methods and GIS technologies.The results of the research showed that the seepage water level in the district is 495 ha at 0-1 m, 2081 ha at 1-1.5 m, 14970 ha at 1.5-2 m, 3770 ha at 2-3 m, 208 ha at 3-5 m and showed that the amount of mineralization is 12612 ha at 1-3 g/l, 7115 ha at 3-5 g/l, and 1797 at 5-10 g/l.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA YER OSTI SIZOT SUVLARI SATHI VA MINERALLASHUVINI GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH VA BAHOLASH (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023

SUG'ORILADIGAN MAYDONLARDA YER OSTI SIZOT SUVLARI SATHI VA MINERALLASHUVINI GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH VA BAHOLASH (Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani misolida)

Qulmatov Rashid Anorovich,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti professori, k.f.d. e-mail: rashidkulmatov46 @gmail .com Mirzaev Jasur Ashiralievich, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Ekologiya fakulteti o'qituvchisi, b.f.n. (PhD) e-mail: j [email protected] Odilov Sarvar Akramovich, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti doktoranti.

e-mail: [email protected] AlimovAtabek Xayratdin uli, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti magistranti, e-mail: alimovatabek480@gmail .com Indaminova Zinayda Alimovna, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani 10 maktab biologiya fani

o'qituvchisi. e-mail: indaminovazinayda@gmail .com

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda sug'oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlari sathining ko'tarilishi va minerallashuvining ortib borishi kuzatilmoqda. Bu holatlar ayniqsa, Orol havzasida joylashgan mamlakatlarning qishloq xojaligi taraqqiyotiga o'zining sa'lbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Yer osti sizot suvlari sathining ko'tarilishi va minerallashuvining oshishi sug'oriladigan maydonlarda sho'rlanish jarayonining jadallashishiga sabap bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, tuproqlarning unumdorlik xususiyatiningyo 'qolishiga va oziq-ovqat tanqisligi muammosiga olib keladi.

Tadqiqot ishlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani sug'oriladigan maydonlarida 2011-2022 yillar davomida yer osti sizot suvlarining sathi hamda minerallashuvi o'zgarishi baholandi. Olingan natijalarni tahlil qilish ushun an'anaviy usillardan va GAT texnologiyalardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari, tumanda yer osti sizot suvlari sathining 0-1 m da 495 ga, 1-1,5 m da 2081 ga, 1,5-2 m da 14970 ga, 2-3 m da 3770 ga, 3-5 m da 208 ga va minerallashuvi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

miqdorining 1-3 g/l da 12612 ga, 3-5 g/l da 7115 ga, 5-10 g/l da 1797 ga ega ekanligini ko 'rsatti.

Kalit so'zlar: Sug'oriladigan maydonlar, yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi, statistik tahlillar, GAT texnologiyalari.

Today, an increase in the level of seepage water and mineralization in the irrigated areas is being occured. These circumstances have a negative impact on the agricultural development of the countries located in the Aral sea Basin. The rise in the level of seepage and the increase in mineralization will lead to the acceleration of the salinization process in the irrigated areas. This, in turn, leads to the loss of soil fertility and the problem of food shortages.

In the research work, changes in the level and mineralization of seepage water were evaluated in the irrigated fields of Khojaly district of the Republic of Karakalpakstan during the years 2011-2022. Analysis of the obtained results was done using traditional methods and GIS technologies.The results of the research showed that the seepage water level in the district is 495 ha at 0-1 m, 2081 ha at 11.5 m, 14970 ha at 1.5-2 m, 3770 ha at 2-3 m, 208 ha at 3-5 m and showed that the amount of mineralization is 12612 ha at 1-3 g/l, 7115 ha at 3-5 g/l, and 1797 at 5-10

Key words. The irrigated lands, the level and mineralization of seepage waters, statistical analysis, GIS technologies.

Bugungi kunda sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarida yer osti sizot suvlari qaddining ko'tarilishi va uning minerallashuvining ortishi yer resurslaridan barqaror foydalanishga sa'lbiy ta'sir qilib va tuproq qatlamining sho'rlanishga olib kelmoqda. Sug'oriladigan maydonlarda sho'rlanish jarayoni oqibatida tuproq qatlami o'z unumdorlik xususiyatini yo'qotadi, qishloq xo'jaligi ekinlar xosildorligi keskin kamayishiga va oqibatta mamlakatlar uchun oziq-ovqat yetishmasligi muammolarini keltirib chiqaradi[4,16].

Intensiv sug'orish, yer osti suvlari sathining yuqoriligi va bug'lanishning yuqori ko'rsatkichlari sug'oriladigan maydonlarning yuqori qatlamlarida tuzlar miqdorining oshib ketishiga olib keladi[4].

O'tgan asirning oxirgi shoragida faqat O'zbekistonning o'zida paxta yetishtirish ushun sug'oriladigan maydonlarning miqdori 3,5 million gektardan 8,5 million gektarga oshirilishi natijasida Orol bo'yiga yaqin joylashgan hududlarida sug'oriladigan maydonlar meliorativ holatining yomonlashuviga va yer osti sizo t

ABSTRACT

g/l.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

suvlari ko'tarilishi va minerallashuvining ortishi va natijada sho'rlangan sug'oriladigan maydonlarning ortishiga sabap bo'ldi[9].

Bu esa o'z navbatida bu hududlarda ilmiy ishlar olib borishni talab qiladi. Tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani sug'oriladigan yerlari misolida an'anaviy tadqiqot usullaridan va GAT texnologiyalaridan foydalanib 2011 - 2022 yillar davomida sizot suvlari sathi va minerallashuvi, darajalarining o'zgarishi dinamikasini aniqlash va baholashdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qishloq xo'jaligi yerlarida sizot suvlari sathi va minerallashuvi jarayonini ilmiy taraftan o'rganish bo'yisha shet el va mamlakatimizda bir qancha olimlar ilimiy ishlar olib borganlar. Ular o'z ishlarida asosan aniqlash va baholashning an'anaviy usullari va GAT texnologiyalaridan foydalangan.

Krishnamurthy, Solomon va Quiel larning olib borgan tadqiqotlarining yakuniy natijasi bo'yicha an'anaviy usullar va GAT texnologiyalarining integratsiyasi yer osti sizot suvlari va uning minerallashuvini o'rganishda samarali vosita ekanligini isbotlagan[8, 14,15,18]. Ularning fikricha GAT texnologiyalari masofadan zondlashni va aniq fazoviy ma'lumotlarni taqdim etadi. Keng ko'lamda sho'rlanish ta'sirida bo'lgan hududlarni tezroq va samaraliroq aniqlash va baholash imkonini beradi. GAT texnologiyalari katta hajmdagi ma'lumotlarni birlashtirish va tahlil qilishni osonlashtiradi. Biroq, qo'shimcha dala tadqiqotlari GAT ga asoslangan natijalarning to'g'riligini asoslash va tekshirish imkonini beradi.

Kulmatov, Mirzaev, Odilov va Hasanovlar tomonidan Respublikamizning Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv va sug'oriladigan yer resurslaridan samarali foydalanish va sizot suvlari sathi va minerallashuvi sabablari va meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha an'anaviy tadqiqot usullari va GAT texnologiyalari yordamida ilimiy tadqiqot ishlari olib borilgan [10,11,13]. Tadqiqot natijalariga ko'ra, so'ngi 20-25 yil davomida ushbu viloyatlarda sug'oriladigan yerlardan ekstensiv foydalanish, irrigatsiya va drenaj tarmoqlaridagi kamchiliklar, sizot suvlari sathining ko'tarilishi va minerallashuvinig oshishi kuzatilgan. Asosan, ular olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham aniqlash va baholashning an'anvaiy usillar bilan birgalikta GAT texnologiyalaridan ham foydalangan va samarali natijalar olishga muvofaq bo'lgan.

Bunnan tashqari, Qoraqalpog'istonlik olimlar Izzet Aimbetov, Ruslan Bekimbetov lar tomonidan yer osti sizot suvlari minerallashuvini aniqlash bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Hususan, ular o'z ichlarini Nukus shahri va Nukus tumani kesimida olib borgan va aniqlash va baholashning an'anaviy va GAT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

texnologiyalaridan foydalangan. Ulaming yakuniy natijalarga ko'ra yer osti sizot suvlaridagi tuzlar miqdorining ortishi kuzatilgan va kollektor-drenaj tizimlarini yaxshilashga doir ishlar amalga oshirilishi kerakligi tavsiya etilgan[7].

TADQIQOT USILLARI.

Sug'oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi darajasini va uning egallagan maydonini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Yer osti sizot suvlari sathini aniqlashta tumandagi 142 nazorat quduqlardan foydalanildi. Aniqlash jarayonida "Qaraqalpaq Meliorativ Ekspeditsiya" si Xo'jayli tumani bo'limi xodimlari bilan birgalikta oktabr oyida kuzatuv ishlari olib borildi. (1-rasm). Quduqlarda sizot suvi sathini aniqlash ushun STAYER o'lchov lentasidan foydalanildi. Olingan ma'lumotlar asosida tumanning yer osti sizot suvlari sathi bo'yicha xaritasi yaratildi.

Yer osti sizot suvlari minerallashuvini aniqlashta ham 142 ta nazorat quduqlardan na'munalar olindi. Namunalardan labaratoriya sharoitida konduktometr asbobi yordamida yer osti sizot suvlarining minerallashuvi tekshirildi(1-rasm).

1-rasm. Sizot suvlarini sathi o'lshash va minerallashuvini baholash jarayoni.

GAT texnologiyalari yordamida 2022 yil ushun olingan 3 ta masofadan

zondlangan kosmik suratlardan foydalanildi. Kosmik suratlarning manbasi "Landsat" hisoblanib ("Landsat" haqida qo'shimcha ma'lumot uchun: (https://uz.eferrit.com/landsat/), birlamchi ma'lumotlarni tahlil qilish uchun "Earth Explorer" ma'lumotlar bazasidan yuklab olindi [1].Yuklangan suratlar mos ravishda 2022 yilning oktabr oyi uchun birlamchi ma'lumotlarga asoslanib olingan. Tahlil qilingan fazoviy suratlar dala amaliyotiga chiqmasdan turib Xo'jayli tumaning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

sug'oriladigan yerlarida mavjud turli darajaga ega bo'lgan sizot suvlari sathi va minerallashuvidagi o'zgarishlarni baholash uchun foydalanildi. Yuklangan suratlar "Erdas Imagine 2014" dasturi orqali suratlar sifatini oshirish va filtrlash uchun "COST" modelidan foydalanildi [2,20]. Rasmlar koordinatsiyalashgan bo'lganligiga qaramay mahalliy fazoviy koordinataga aniq tushishi uchun qayta geometrik tuzatishlandi. "ArcGIS 10.6" dasturi yordamida esa fazoviy ma'lumotlardan Xo'jayli tumani sug'oriladigan maydonlari uchun sizot suvlari sathi va minerallashuvi ushun kenglik bo'yicha tarqalishi xaritalari teskari o'lchanib tortilgan masofa, ya'ni Inverse Distance Weighting (IDW) interpolyatsiya usulini qo'llab birlamchi ma'lumotlarni kiritgan holda yaratildi. Teskari o'lchanib tortilgan masofa (IDW) usuli tanlanishiga sabab, ushbu usul statistik modellashtirishni ishlatuvchi oddiy matematik algoritmdan foydalanadi [17]. Bu usulda xatoliklar kvadrat ildiz osti qiymati minimallashtirib olingan. Pulatov va boshqalar [12], Sultanov va boshqalar [19], hamda Ibrakhimov [6] ilmiy ishlariga ko'ra sizot suvi minerallashuvi xaritalashda eng kichik xatoliklar IDW usulida aniqlangan. Amaliy jihatdan IDW xatoliklari boshqa interpolyatsiya usullaridan unchalik farq qilmaganligi va maxsus geostatistik bilimlarni talab qilmaganligi sababli suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan keng qo'llaniladi, va ularning natijalariga ko'ra IDW usuli sizot suvlari sathi va minerallashuvi kenglikda taqsimlanishini aniqlashda yaxshi natija berishi isbotlangan. Olingan natijalar IDW usuli yetarlicha ma'lumot bo'lganda qoniqarli natijalar berishini ko'rsatgan [3,5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Yer osti sizot suvlari sathi o'zgarishi.

Tadqiqot na'tijalari ya'ni tuman sug'oriladigan maydonlari sizot suvlari sathining o'zgarish dinamikasi 3-rasmda ko'rsatilgan

2011 yilda yer osti sizot suvlari sathi juda sayoz (0-1 metrgacha) va juda chuqur (>5 metr) chuqurlikta bolgan sugoriladigan maydonlar qayd qilinmagan.

Ortacha 1-1,5 metrgacha bolgan sugoriladigan maydonlar 2011 yilda 3923 ming gektar (13,6%) bolib, 2016 yilda 3722 ming gektar (12,6%) ni tashkil qilgan va 201 gektarga yoki 1% ga kamaygan. Sizot suvlari 1,5-2 metr chuqurlikta joylashgan sugoriladigan maydonlar esa 2011 yilda 17 711 ming gektar (61,2%) bolgan, 2016 yilda esa 21 873 ming gektar (74%) ni tashkil qilgan va 4162 ming gektarga yoki 12,8% ga ortgan. Bu nisbatan yomon ko'rsatgich hisoblanadi.

Sizot suvlari sathi 2-3 metr chuqurlikta joylashgan maydonlar esa 2011 yilda 7259 ming gektar (25,10%) bolgan, 2016 yilda esa 3725 ming gektar (12,6%) ni tashkil qilib 3534 ming gektarga yoki 12,5% ga kamaygan. Yer osti suvlari 3-5 metr chuqurlikta joylashgan sugoriladigan maydonlar 2011 yilda 19 gektar (0,06%), 2016 yilda esa 220 gektar (0,8%) ni tashkil qilib 201 gektarga yoki 0,74% ga ochgan.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023

2-rasm. Sug'oriladigan maydonlarda sizot suvlari sathining o'zgarish

dinamikasi.

Sizot suvlari sathi 2017 yilda juda sayoz 0-1 metrgacha bólgan sugoriladigan maydonlar 105 gektar (0,5%) bólgan, 2021 yilda esa 380 gektar (1,7%) ni tashkil qilib 277 gektarga yoki 1,2% ga ortgan. Sizot suvlari 1-1,5 metrgacha bólgan sugoriladigan maydonlar 2017 yilda 2982 gektar (13,5%) ni tashkil qilgan, 2021 yilda 2152 gektar (9,7%) ni tashkil etib 830 gektarga yoki 3,8% ga kamaygan. Sizot suvlari sathi 1,5-2 metrgacha bólgan sugoriladigan maydonlar 2017 yilda 17 369 ming gektar (78,7%) ni tashkil qilgan, 2021 yilda 17 668 ming gektar (69,5%) ni tashkil etib 299 gektar yoki 9,2% ga kamaygan. Bu ham nisbatan yaxshi ko'rsatgich hisoblanadi.

Sizot suvlari sathi 2-3 metrgacha bólgan sugoriladigan maydonlar 2017 yilda 1615 ming gektar (7,3%) bólgan, 2021 yilda esa 1305 ming gektar (6%) ni tashkil qilib 310 gektarga yoki 1,3% ga kamaygan. Sizot suvlari sathi 3-5 metr chuqurlikta joylashgan sugoriladigan maydonlar 2017 yilda qayd qilinmagan, ammo 2021 yilda 19 gektar (0,2%) ni tashkil etgan. Bu esa yer osti suvlar sathi 3-5 metr chuqurlikta joylashgan maydonlarning keyingi 6 yil davomida ozgina miqdorda ochganligini kórsatadi.

Hulosa qilib aytganda, keyingi 11 yil davomida yer osti sizot suvi sathi 3-5 metr o'rtasida joylashgan maydonlar miqdorida uncha katta o'zgarish kuztilmadi. Qolgan darajadagi yer osti sizot suvlari sathi da ham katta o'zgarish kuztilmadi.

Sug'oriladigan yerlardagi sizot suvlarining minerallashuvi o'zgarishi.

Tuman yer osti sizot suzlarining minerallashuvi 2011-2021 yillar davomidagi statistik kórsatkichlarining órtacha qiymati:

Sizot suvlarining 2011 yilda minerallashuvi past (1-3 g/l) darajali bólgan maydonlar 13485 ming ga dan, 2016 yil 25 272 ming ga yáni 11 787 ming ga (38,9%) kópaygan va bu nisbatan yaxshi ko'rsatgich hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Sizot suvlarining ortacha minerallachuvi (3-5 g./l) bolgan maydonlar 2011 yilda 15 427 ming ga dan, 2016 yilda 3426 ming ga yani 12 001 ming ga (41,7%) kamaygan bolsa, yuqori minerallashuv (5-10 g/l) bolgan maydonlar 2011 yilda 0 gektardan 2016 yilda 839 gektar ga kopaygan, 10 g/l va undan yuqori bolgan minerallashgan maydonlar 2011 yil 0 gektardan 2016 yilda 10 gektar ga kopaygan.

3-rasm. Sug'oriladigan maydonlardagi sizot suvlari minerallashuvi.

Yer osti sizot suvlarining 2017 yilda minerallashuvi past 1-3 g/l darajali bolgan maydonlar 19 826 ming ga dan, 2021 yilda 11 612 ming ga ya'ni 8214 gektar (35,9%) ga kamaygan, ortacha minerallashuvi (3-5 g/l) bolgan maydonlar 2017 yilda 2105 ming ga dan, 2021 yilda 8115 ming ga yani 6010 ming ga (28,2%) kopaygan bolsa, yuqori minerallashuvi (5-10 g/l) bolgan maydonlar 2017 yil 140 gekar dan 2021 yilda 1797 ming ga yani 1657 ming ga (7,7%) kopaygan, 10 g/l va undan yuqori minerallashuvi bolgan maydonlar 2017 va 2021 yillar oraligida kuzatilmagan.

Umuman olganda tadqiqot yillari davomida tuman yer osti sizot suvlari minerallashuvini ozgarish qiymatlari tahlili sezilarli darajada ijobiy korsatkichlarni qayd qilmagan.

GAT texnologiyalaridan foydalangan holda tumandagi 2022 yildagi yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi darajalaridagi o'zgarishlar dinamikasini aniqlash va baholash.

GAT texnologiyalari hozirgi kunda ekologik muvozanatni baholashning eng zamonaviy usullaridan hisoblanadi[5]. Eshchanov R ning fikriga ko'ra O'zbekistonda keng tarqalgan sizot suvlari sathi va minerallashuvini aniqlashta ishlatiladigan TIN usuli katta hatoliklar berishini, TIN usulida yaratilgan xaritalar bir xil bo'lmasdan va ma'lumotlar yetarli emasligini aniqlagan. TIN usulidan farqli ravishda IDW usullari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

sizot suvlari sathi va minerallashuvinii yuqori aniqlik bilan ko'rsatishini ta'kidlagan

[3].

GAT orqali 2022-yil ushun sizot suvi sathi va minerallashuvi darajasi 4 va 5 rasmlarda berilgan. 2022-yil mobaynida yer osti sizot suvi sathi 2-3 metr va minerallashuvi 1-3 g/l bo'lgan hududlar boshqa darajalardagi sathi va minerallashuvga nisbatan katta maydonlarni tashkil qilgan.

Yer osti sizot suvlari sathi xaritasini tuzish uchun 142 nazorat quduqlaridan foydalanilgan. Tumanning 2022 yil holatiga ko'ra umumiy sug'oriladigan maydoni 19789 gektarni tashkil qilgan. Tadqiqot olib borilgan yil davomida yer osti sizot suvlari sathi 1-1,5 m va 1,5 -2 m bo'lgan maydonlar 2021 yilga nisbatan kamaygan.

5-rasm. Yer osti sizot suvlari sathi xaritasi.

Sathi 0-1 m 495 ga (2,3%), 1-1,5 m 2081 ga (9,7%), 1,5-2 m 14970 ga (69,5%), 2-3 m 3770 ga (17,5%), 3-5 m 208 ga (1%), >5 m dan yuqori bo'lgan maydonlar aniqlanmagan. Bu ko'rsatkishlar: 0-1 m bo'lgan maydonlar 2021 yilga nisbatan 0,5 % ga ortgan bo'lsa, 1,5-2 m bo'lgan maydonlar 0,3 % ga, 1,5-2 m bo'lgan maydonlar 12,5 % ga kamaygan, 2-3 m bo'lgan maydonlar 11,5 % ga, 3-5 m bo'lgan maydonlar 0,8 % ga ortgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

6-rasm. Sizot suvlari minerallashuv darajasi xaritasi.

Sizot suvlari minerallashuv xaritasini tuzish vaqtida ham 142 nazorat quduqlaridan olingan namunalardan foydalanildi.. Tadqiqot ishlari mobaynida minerallashuvi 0-1 g/l maydonlar aniqlanmadi, 1-3 g/l 12612 ga (63.7%), 3-5 g/l 7115 ga (35,9%), 5-10 g/l 1797 ga (9%), 10 g/l dan yuqori bo'lgan maydonlar aniqlanmagan. Bu ko'rsatkishlar: 1-3 g/l minerallashuvga ega bo'lgan maydonlar 2021 yilga nisbatan 4,6 % ga oshgan, 3-5 g/l bo'lgan maydonlar 4,7 % ga kamaygan, 5-10 g/l bo'lgan maydonlar 0,1 % ga ortgan.

XULOSA

1. Xo'jayli tumani qishloq xo'jaligi sug'orishga asoslangan bo'lib (40%), suvni ko'p maydonlarda va yuqori miqdorda ishlatilishi sizot suvlari sathining osh ishiga va minerallashuvining ortishi xavfini tug'diradi.

2. Tumanda yer osti sizot suvlari sathining 2011-2016 yillarda (61,2% va 74%) va 2017-2021 yillarda (78,7% va 69,5%) gi eng ko'p ko'rsatkichi 1,5-2 metr da ekanligi aniqlandi.

3. Sug'oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlari minerallashuvining eng ko'p miqdori 1-3 g/l ni 2011-yil (13485 ming ga) va 2021 yil (19826 ming ga) oralig'ida ko'rsatti.

4. Tadqiqot davomida sizot suvlari sathi va minerallashuvini aniqlash maqsadida qo'llanilgan an'anaviy usillar bilan birgalikta GAT texnologiyalari tumanning qaysi hududlarda sizot suvlari sathi yaqinligi va minerallashuvini yuqori aniqlik bilan ko'rsatti.

5.Amaliy tavsiya o'rnida, tadqiqotimiz davomida GAT texnologiyalaridan foydalanib ishlab shiqilgan kartalardan tumanning yer osti sizot suvlari sathini va minerallashuvini kamaytirishta foydalanish tavsiya etiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Arifjanov A. M., Samiev L. N., Akmalov Sh. B., Atakulov D. E., Yurik L. Landsat OLI ning SWIR va NIR tasvirlari orqali irrigatsiya tizimlarining uzanini geoaxborot tizimlari orqali urganish //Irrigatsiya va melioratisya jurnali, Toshkent -2019. t. 1, № 15. b. 43-47.

2. Country Report: for Workshop on Eco Efficient Water Infrastructure /Juraev, I. // Ministry of Agriculture and Water Resources, Republic of Uzbekistan. Tashkent -2008.

3. Eshchanov R. Er va suv resurslaridan barqaror foydalanishning agroekologik asoslari (Xorazm viloyati misolida). Biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Xorazm: Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti, 2008. - 329 b.

4. Gorji T., Tanik A., Sertel E. Soil salinity prediction, monitoring and mapping using modern technologies //Procedia Earth and Planetary Science, 2015. vol. 15. Pp. 507-512.

5. Ibrakhimov M. Spatial and temporal dynamics of groundwater table and salinity in Khorezm (Aral Sea Basin), Uzbekistan. Cuvillier, 2004. 186 p.

6. Ibrakhimov M., Awan, U. K., Sultanov, M., Akramkhanov, A., Djumaboev, K., Conrad, C., Lamers, J. Combining remote sensing and modeling approaches to assess soil salinity in irrigated areas of the Aral Sea Basin //Central Asian Journal of Water Research (CAJWR) Центральноазиатский журнал исследований водных ресурсов, 2020. vol. 5. №. 2. Pp. 64-81.

7. Izzet Aimbetov., Ruslan Bekimbetov. Ecological and hydrogeological conditions of the cuty of Nukus. International Journal of Geology, Earth & Environmental Sciences ISSN: 2277-2081 An Open Access, Online International Journal Available at http://www.cibtech.org/jgee.htm 2022 Vol. 12, pp. 92-98.

8. Krishnamurthy J., Venkatesa Kumar, N., Jayaraman, V., Manivel, M. An approach to demarcate ground water potential zones through remote sensing and a geographical information system //International journal of Remote sensing, 1996. vol. 17, №. 10. Pp. 1867-1884.

9. Kristina Toderich., Ismail Shoaib., "Extent of Salt Affected Land in Central Asia: Biosaline Agriculture and Utilization of the Salt-affected Resources". Kier Discussion Paper Series. Kyoto Institute of Economic Research 2008.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Kulmatov R., Groll M., Rasulov A., Soliev I., Romic M. Status quo and present challenges of the sustainable use and management of water and land resources in Central Asian irrigation zones-The example of the Navoi region (Uzbekistan) //Quaternary international, 2018. vol. 464. Pp. 396-410.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

11. Mirzaev J., Kulmatov R., Taylakov A. Iqlim uzgarishi sharoitida Jizzax viloyati suv va sug'oriladigan er resurslaridan barkaror foydalanish // Ekologiya xabarnomasi jurnali, 2018. t. 9/-2018. 26-30 betlar.

12. Pulatov A., Khamidov, A., Akhmatov, D., Pulatov, B., Vasenev, V. Soil salinity mapping by different interpolation methods in Mirzaabad district, Syrdarya Province //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. IOP Publishing, 2020. vol. 883. №. 1. Pp. 012-089.

13. R.Kulmatov., S.Odilov., S.Khasanov. Evaluation of the spatial and temporal changes in groundwater level and mineralization in agricultural lands under climate change in the Syrdarya province, Uzbekistan //IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 614 (2020) 012149// doi:10.1088/1755-1315/614/1/012149

14. Sander P. Remote sensing and GIS for groundwater assessment in hard rocks: Applications to water well siting in Ghana and Botswana //PhD, Chalmers University of Technology, Sweden, Publ. A. 1996. 80 p.

15. Saraf A. K., Choudhury P. R. Integrated remote sensing and GIS for groundwater exploration and identification of artificial recharge sites //International journal of Remote sensing, 1998. vol. 19, №. 10. Pp. 1825-1841.

16. Sidike A., Zhao S., Wen Y. Estimating soil salinity in Pingluo County of China using QuickBird data and soil reflectance spectra //International Journal of Applied Earth Observation and Geoinformation, 2014. vol. 26. Pp. 156-175

17. Sokolov V.I. Vodnoe xozyaystvo Uzbekistana - nastoyahie, proshloe, buduhee // Tashkent, 2015. t. 1. 16 s. (in Russian).

18. Solomon S., Quiel F. Groundwater study using remote sensing and geographic information systems (GIS) in the central highlands of Eritrea //Hydrogeology Journal, 2006. vol. 14, №. 6. Pp. 1029-1041.

19. Sultanov M., Ibrakhimov, M., Akramkhanov, A., Bauer, C., Conrad, C. Modelling End-of-Season Soil Salinity in Irrigated Agriculture Through Multitemporal Optical Remote Sensing, Environmental Parameters, and In Situ Information //PFG-Journal of Photogrammetry, Remote Sensing and Geoinformation Science, 2018. vol. 86. №. 5-6. Pp. 221-233.

20. Wu J., Wang D., Bauer M. E. Image-based atmospheric correction of QuickBird imagery of Minnesota cropland //Remote Sensing of Environment, 2005. vol. 99, №. 3. Pp. 315-325.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.