Abdurahmanov S. T., geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD
Ismoilova G.A. magistranti NamDU
FARG'ONA VILOYATINING SUG'ORMA DEHQONCHILIK MAYDONALARIDA TUPROQLARNI SHO'RLANISH KO'RSATKICHLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Farg'ona viloyatining sug'oriladigan maydonlarda ananaviy sug'orish tizimida yuzaga kelayotgan sho'rlanish maydonlari bugungi kun holati va uning ekologik jixatlari taxlil etilgan.
Kalit so'zlar: Sug'orma dehqonchilik, sho'rlanish, ikkilamchi sho'rlanish, bonitet, gumus, qishloq xo'jalik.
Abdurahmanov S. T., doctor of philosophy in geography (PhD)
Ismoilova G.A. graduate student NamDU
SOIL SALT INDICATORS IN IRRIGATED AGRICULTURAL AREAS
OF FERGANA REGION
Annotation: This article analyzes the current state of saline areas in the irrigated areas of Fergana region in the traditional irrigation system and its ecological features.
Keywords: Irrigated agriculture, salinization, secondary salinization, bonitet, humus, agriculture.
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrt kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida, kambag'allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko'paytirishda eng tez natija beradigan omil bu - qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar.
Sug'oriladigan yerlar iqtisodiy jihatdan eng samarali ekanligi barchaga ayon. Biroq sug'orma yerlardan olinadigan yalpi mahsulot miqdori va ularning tannarxi turli vohalarda turlicha, boshqacha aytganda iqtisodiy samara bir-birlaridan keskin farq qiladi. Bunday ahvolni tahlil qilish natijalariga ko'ra
hamma gap yerning meliorativ holatida ekanligiga taqaladi. Meliorativ ahvol og'ir bo'lgan viloyatlarda suvdan foydalanish ham izdan chiqqan, ya'ni gektar hisobiga sarf qilinadigan suv miqdori kattaligi bilan ajralib turadi. Yer-suvdan omilkorlik bilan foydalanish va iqtisodiy samaraga erishish uchun eng avvalo yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, suvdan samarali foydalanish texnologiyasini joriy etish va shundan so'ng agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni qo'llashga o'tish ma'qul. CHunki yerlarni obdon sho'rsizlantirmaguncha unga mineral o'g'it solish va boshqa tadbirlar samaradorligi mutlaqo sezilmaydi yoki naf bermaydi.
Farg'ona viloyati tabiiy geografik xususiyatlari o'ziga xos jihatga ega bo'lib, markaziy Farg'ona cho'llaridan janubga tomon asta-sekin ko'tarilib o'rtacha baland bo'lmagan tog'larga borib tutashadi. Bu rel'ef xususiyatlari o'z navbatida tabiiy komponetlardagi o'zgarishlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Ayniqsa bu ko'rsatkich tuproqlarni shakllanishida yaqqol nomoyon bo'ladi. Farg'ona viloyatida tuproqlarni geografik tarqalishi, ularni qishloq xo'jaligida foydalanish darajasi bo'yicha ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Biroq keyingi yillarda tabiat-jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni XXI asrga kelib globallashuvi natijasida tuproqning mineral tarkibidagi o'zgarishlar, unumdorlik xususiyatlarini salbiy ko'rinishlari nomoyon bo'la boshladi. Farg'ona viloyatida sug'oriladigan maydonlar respublikada sug'oriladigan maydonlarning 8,6% ni tashkil etadi.
Qadimdan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlar tog'osti tekisliklar va konus yoyilmalariga nisbatan tekis reltefli joylarda uchraydi. Mexanik tarkibiga ko'ra o'rta va og'ir qumoqli, 100-200 sm qatlam chuqurligida shag'allar uchraydi. Gumus miqdori 0,8-2,0%, yalpi azot 0,03-0,10%, yalpi fosfor 0,11-0,14% va yalpi kaliy 1,4-2,0% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar kuchsiz sho'rlangan. Yangidan sug'oriladigaan o'tloqi soz-allyuvial tuproqlar esa Farg'ona viloyatining shimoli-g'arbiy va shimoliy hududlarining quyi qismida keng tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko'ra, og'ir, o'rta, yengil qumoqli, ba'zi joylarda qumloqlidir. Gumus miqdori 0,5-1,2%, azot 0,03-0,10%, yalpi fosfor 0,080,11%, yalpi kaliy 1,65-2,25% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar o'rtacha va kuchli sho'rlangan hamda turli darajada gipslashgan.
Taxliliy ma'lumotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Farg'ona viloyatida sug'oriladigan maydonlarda sho'rlanish va ikkilamchi sho'rlanish darajalari keyingi yillarda o'sib borganini ko'rishimiz mumkin. Masalan 1987 yilda Farg'ona viloyatining 359,9 ming gektar sug'oriladigan ekin maydonlarining 36,7 ming gektari, jami ekin maydoniga nisbatan 10,1% sho'rlangan ekin maydonlari tashkil etgan bo'lsa, 2015 yilda bu ko'rsatkich sug'oriladigan ekin maydonlari 362,7 % ortgani holda sho'rlanish ko'rsatkichi 35,4 % ga
ko'tarilgan.
Sug'oriladigan maydonlar
370 360 350 340 330 320 310 300 290 280
Rasm-1. Farg'ona viloyatida sug'oriladigan maydonlarniyillar kesimda o'zgarishi.
Hozirgi vaqtda sug'orishning salbiy oqibatlarining asosiysi uning natijasida yerning sho'rlanishidir. Har yili sho'rlanishga qarshi kurashga juda katta miqdorda mablag' sarflanadi va buning ustiga sho'rni yuvish uchun juda katta xajmda suv ham sarflanadi.
SHo'rlashgan yerlar ulardan qishloq ho'jaligida foydalanish uchun, sho'r yuvishga sarflanadigan suv miqdorining kattaligi sababli, sho'rlashmagan yerlarga nisbatan 1,5-2 marta ko'proq suv sarflashni talab kiladi. Hozirga kelib bu yerda sho'r bosmagan yer qolmadi; kuchli sho'rlangan yerlar maydoni esa 3,8 marta ko'paydi. Ayniqsa Farg'ona viloyatida, uning dahana boshida joylashganiga qaramay, 35% yerini sho'r bosganligi o'ta xavotirlidir.
Sug'orma dehqonchilikning yana bir katta salbiy oqibati yerlarning degradatsiyasini keltirib chiqaradigan grunt suvlari yuzasining ko'tarilib borayotganligidir. Farg'ona viloyatidagi sug'oriladigan maydonlarning 45 foizida yer osti suvlarining sathi yer yuzasidan 0-2 metr chuqurlik orasidadir.
Sho>langan maydonlar
180
У 160
140
120
100 174.2
/ 80 ySho rlangan maydonlar
60 125.2
40
20 36.7 21.6 , /Л Ж л Ж S л
0 1987 yil 1992 yil 2007 yil 2015 yil
Rasm-2. Farg'ona viloyatida sug'oriladigan maydonlarni sho'rlanish ko'rsatkichlari.
Yer osti suvlari sathi bilan yer yuzasi orasidagi masofa 2,5-3 metr bo'lishi ekologik holatning buzilayotganligini ko'rsatib, uni tartibga solish uchun zudlik bilan choralar ko'rish zarurligi haqida habar beruvchi ko'rsatkichdir. Yer osti suvlari sathining ko'tarilishiga tekislikdagi suv omborlari ham ta'sir etib, ularning to'g'onlaridan o'nlab kilometr yuqorigacha yetib boradi.
Bu misol ko'rsatadiki, sug'oriladigan dehqonchilikda ko'p suv ishla-tilganda yer sho'rlanishi va yer osti suvlar satxining ko'tarilishidan saqla-nish qiyin, buning deyarli imkoniyati yo'q.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Духовный B.A. и др. Научно - технический прогресс и мелиорация земель в Средней Азии. Т.: Мех,нат, 1985.
2. Национальный доклад о состоянии окружающей природной среды и использовании природных ресурсов Республики Узбекистан. Т.: У^и-тувчи, 1995. 127 с.
3. Национальный доклад о состоянии окружающей среды и использовании природных ресурсов в Республике Узбекистан. Т.: Схднор ЭНК. 2008.-c.298.