Научная статья на тему 'FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIK YERLARINI SUV BILAN TA’MINLASHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI'

FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIK YERLARINI SUV BILAN TA’MINLASHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
658
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Obikor yerlar / Quva / Qo‘shtepa / Buvayda / Rishton / O‘zbekiston va Beshariq tumanlari / suv tanqisligi / zovur-kollektorlar / sug‘orish maydonlari. / Irrigated lands / Kuva / Qoshtepa / Buvayda / Rishtan / Uzbekistan and Besharik districts / water shortage / drainage collectors / irrigation areas.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Komilaxon Dilmuhammad Qizi Rahimberdiyeva

Ma’lumki asosiy qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi – fermer xo‘jaliklarining dalasiga suv, davlat balansidagi irrigatsiya tizimlari, suv iste’molchilari uyushmalari sug‘orish tarmoqlari va fermerlar ariqlari orqali etkazib beriladi. Lekin mazkur tizimdagi nosozliklar, bajarilayotgan agrotexnik tadbirlardagi yo‘l qo‘yilayotgan xatolar sohada o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada shu kabi muammolar va ularning yechimlari ko`rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF WATER SUPPLY FOR AGRICULTURAL LAND IN FERGANA REGION AND ITS SOLUTIONS

It is known that water is supplied to the fields of the main producers of agricultural products farms, state-owned irrigation systems, water consumers 'associations, irrigation networks and farmers' canals. However, the shortcomings of this system, the mistakes made in the implementation of agro-technical measures, cause problems in the industry. This article discusses similar problems and their solutions.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIK YERLARINI SUV BILAN TA’MINLASHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI»

FARG'ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO'JALIK YERLARINI SUV BILAN TA'MINLASHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI

Komilaxon Dilmuhammad qizi Rahimberdiyeva

Farg'ona davlat universiteti Geografiya yo'nalishi 2-kurs talabasi komilarahimberdiyeva@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ma'lumki asosiy qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi - fermer xo'jaliklarining dalasiga suv, davlat balansidagi irrigatsiya tizimlari, suv iste'molchilari uyushmalari sug'orish tarmoqlari va fermerlar ariqlari orqali etkazib beriladi. Lekin mazkur tizimdagi nosozliklar, bajarilayotgan agrotexnik tadbirlardagi yo'l qo'yilayotgan xatolar sohada o'ziga xos muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada shu kabi muammolar va ularning yechimlari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Obikor yerlar, Quva, Qo'shtepa, Buvayda, Rishton, O'zbekiston va Beshariq tumanlari, suv tanqisligi, zovur-kollektorlar, sug'orish maydonlari.

PROBLEMS OF WATER SUPPLY FOR AGRICULTURAL LAND IN FERGANA REGION AND ITS SOLUTIONS

ANNOTATION

It is known that water is supplied to the fields of the main producers of agricultural products - farms, state-owned irrigation systems, water consumers 'associations, irrigation networks and farmers' canals. However, the shortcomings of this system, the mistakes made in the implementation of agro-technical measures, cause problems in the industry. This article discusses similar problems and their solutions.

Keywords: Irrigated lands, Kuva, Qoshtepa, Buvayda, Rishtan, Uzbekistan and Besharik districts, water shortage, drainage collectors, irrigation areas.

KIRISH

So'nggi yillarda yer resurslaridan turli maqsadlarda foydalanish natijasida sug'orish va dehqonchilik qilish mumkin bo'lgan maydonlarni o'zlashtirish jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Natijada ayrim hududlarda suv resurslaridan keng ko'lamda foydalanish natijasida botqoqlanish jarayonlari kuzatilmoqda va ayrim hududlarda esa sug'orish maydonlaridagi tuproqlarning sho'rlanishi yuzaga kelmoqda.

Obikor yerlarning kengayib borishi natijasida viloyatning sug'orish maydonlaridagi tuproqlarni sho'rlanish darajasi ortib bormoqda. Farg'ona viloyati sug'orish maydonlarida tarqalgan tuproqlarining asosiy qismida sho'rlanish darajasi past. Ularning tarqalish ko'lami quyidagicha: sho'rlanish darajasi 0-4% bo'lgan

tuproqlar Farg'ona tumani hududlarida tarqalgan. Sho'rlanish darajasi 4-15% bo'lgan tuproqlar esa Quva, Qo'shtepa, Buvayda, Rishton, O'zbekiston va Beshariq tumanlarining pastki qismlarida tarqalgan. Sug'orish maydonlaridagi sho'rlanish darajasi 15-25% tuproqlar Dang'ara, So'x, Oltiariq, Toshloq tumanlari hududlarida rivojlangan bo'lsa, sho'rlanish darajasi 25-39% bo'lgan tuproqlar esa Yozyovon, Bag'dod va Uchko'prik tumanlarida tarqalgan. Lekin sug'orish maydonlaridagi tuproqlarning sho'rlanish darajasi 65-70% bo'lgan maydonlar esa Beshariq O'zbekiston, Oltiariq va Rishton tumanlarining adir va tog'oldi hududlarida, So'x tumanining janubiy qismida tarqalgan. SHo'rlanish darajasi 70-78% bo'lgan tuproqlar Furqat, Beshariq va O'zbekiston tumanlarining yuqori qismlarida tarqalgan. Tuproqlarning sho'rlanish darajasi 78-86 % bo'lgan maydonlar esa Shohimardon hududining g'arbiy qismlarida tarqalgan. Sug'orish maydonlaridagi tuproqlarning

sho'rlanish darajasi 1-rasmda keltirilgan:

ÎaproHa ßunoHTHHHHr cyropum MaËgoHnapHgarH TynpoKnapHHHr mypnaHHm gapa^acH SyftHHa Tap^a^Hmn

ïynpo^^apHMHr mypnaHMm Aapa^aoM (%)

0-4

QUI

^4-15

^^25-39 I I 39-53 I I 53-65

Dm 65-70

^ 70-78 ^^ 78-86

I I 86-90 I I 90-95 I I 95-1 00

0 10 20

40

60

80

KM

1-rasm. Farg'ona viloyati sug'oriladigan yer maydonlaridagi tuproqlarining sho'rlanish

darajasi

Farg'ona viloyati hududida sug'orish maydonlaridagi tuproqlarning sho'rlanish darajasi 86-100% bo'lgan maydonlar uchramaydi. Bunga sabab, viloyat hududidagi geologik hosilalarning asosiy qismi zamonaviy to'rtlamchi davr yotqiziqlari hisoblanadi. Ular asosan yer usti suvlarining geologik ishi (yemirish., tashib keltirish va to'plash) natijasida hosil bo'lgan. Yemirish, tashib keltirish va to'plash jarayonida yotqiziqlarning tarkibidagi tuzlarni eritib, o'zlari bilan olib ketadi.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti olimlari va mutaxasislari tomonidan yaratilgan milliy tomchilatib sug'orish tizimi - past bosimli tomchilatib sug'orish tizimining takomillashtirilgan variant 2013-2014 yillarda tajriba sinovlardan o'tdi. Bu texnologiya bugungi kunda Toshkent viloyatida 54,5 ga va Buxoro viloyatida 3,0 ga

bog' va uzumzorlarda qo'llanilmoqda. Bog' va uzumzorlar uchun uning qurilish xarajatlari gektariga 6-7 mln. so'mni tashkil qiladi.

Hududlarda suv tanqisligining salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida yirik irrigatsiya tarmoqlaridan kichik suv omborlari sifatida foydalanish (AQSH tajribasi), daryolar yirik kanallarning qirg'oq mintaqalarida filtratsiya suvlarini er osti suv omborlarida yig'ish va keyinchalik ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatlarini o'rganishimiz kerak bo'ladi.

Shu bilan qishloq aholisining yashash va turmush tarzini yaxshilash va xo'jaliklarning daromadlarini oshirishga qulay imkoniyat yaratiladi. Viloyat suv boshqarmasida kelajakda quyidagi ishlarni amalga oshirish eng dolzarb mavzu deb hisoblanadi:

-yiriklashtirilgan fermer xo'jaliklari o'z iqtisodiy holatini yaxshilab olgunga qadar mavjud ichki sug'orish va zovurlarni to'liq ishchi holatiga keltirish uchun davlatning qo'llab- quvvatlash siyosatidan va markazlashgan jamg'arma hisobidan amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish;

-suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga (SFU) ko'rsatiladigan xizmatlar uchun fermer xo'jaliklari tomonidan to'lanadigan mablag'larni o'z vaqtida to'lamay turishini hisobga olib, SFU ga to'lanadigan mablag'larni to'lanishini bank tomonidan qattiq nazoratga olishni va imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiqdir.

-sug'oriladigan maydonlarda suv xo'jaliklarini kamayishi oqibatida zovurlarni to'g'on qurib suv chiqarish oqibatida erlarning melorativ holatini yomonlashuvini oldini olish maqsadida, suvdan foydalanuvchilar uchun zax suvlardan samarali foydalanish uchun SFU yoki fermer xo'jaliklari uchun zamonaviy yangi texnologiyada ishlab chiqarilgan nasoslar o'rnatish bilan ularni sotib olish harajatlarini va ishlatish harajatalarini 50% ni davlat byudjetidan qoplash hozirgi davr talabini hisobga olish;

-sizot (yerosti) suvlarini me'yorda ushlab turish maqsadida hozirgi kunda mavjud tik zovur quduqlarini me'yoriy rejim asosida ishlashini tashkil qilish uchun elektr energiyasi limitini to'liq ta'minlash va ishlatib turish uchun zarur bo'lgan energiya haqiga sarflardan samarali foydalanish va ajratib turishni ta'minlash;

-viloyat sug'orma erlari adirlarda joylashgan bog' va uzumlarni sug'orishda tomchilab yoki er ositdan sug'orish uchun zamonaviy polietilen trubalaridan foydalanish.

Yuqorida qayd etib o'tilgan tavsiya va takliflarni amalga oshirish asosida Farg'ona viloyati qishloq xo'jaligi taraqqiyoti va aholi farovonligini oshishiga olib keladi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

1. Farg'ona viloyati bo'yicha 2000-2018 gidrologik yillar uchun suv ta'minoti tahlil qilinganda quyidagilar ma'lum bo'ldi:

1 gektar paxta maydonini sug'orish uchun rejadagi 8130 metr kub o'rniga 8635 metr kub sarflangan;

"3

1 tonna paxta etishtirish uchun 3320 t/m suv sarflanib, hosildorlik gektariga o'rtacha 27,0ssentnerni tashkil etgan. Bu bilan sarflangan suv va hosildorlikni nisbati o'rtacha 95,7 foiz ko'rsatkichni tashkil etgan. Demak, bu bilan har bir gektarga sarflangan suv miqdori kutilgan hosildorlikni bermagan, sarflangan suv behuda isrof bo'lgan;

1 gektar don ekinlarini sug'orishga rejadagi 5107 metr kub suv o'rniga, amalda 10137 metr kub suv sarflangan. 1 tonna don etishtirish uchun 3044 metr kub suv sarflanib, hosildorlik o'rtacha 52,9ssentnerni tashkil etgan. Hosildorlikni sug'orishga nisbati 110,6 foizni tashkil etgan;

shu yillarda 1 metr kub/sek suvning tannarxi o'rtacha 12,51 so'mga teng bo'lgan holda, bu qiymat 2000 yilda 0,87 so'mni tashkil etib, 2018 yilda 29,7 so'mga ko'tarilgan.

REFERENCES

1. TOPVOLDIEVICH, PIRNAZAROV RAVSHAN, and MUHITDINOV ILHOMJON IKHTIYORJON UGLI. "Hydrological Description of Some Small Mountain Rivers in the Fergana Valley." JournalNX 6.12: 264-267.

2. Muhitdinov I.I. Kichik tog' daryolari oqiminig shakllanishida meteorologik omllarning roli (Farg'ona vodiysining janubiy qismi misolida) // magistrlik dissertatsiyasi. -Farg'ona: 2021, 87 b.

3. TOPVOLDIEVICH P. R., UGLI M. I. I. Hydrological Description of Some Small Mountain Rivers in the Fergana Valley //JournalNX. - Т. 6. - №. 12. - С. 264-267.

4. Jahongirmirzo Jamoliddin O'G'Li Mamatisakov, Ilhomjon Ihtiyorjon O'G'Li Muhitdinov PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ECOTOURISM IN THE PROTECTED NATURAL AREAS OF FERGANA REGION // Scientific progress. 2021. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7prospects-of-development-of-ecotourism-in-the-protected-natural-areas-of-fergana-region (дата обращения: 24.09.2021).

5. Ilhomjon Ihtiyorjon O'G'Li Muhitdinov SO'X DARYOSI OQIMINING SHAKLLANISHIDA GIDROMETEOROLOGIK OMILLARNING ROLI // Academic research in educational sciences. 2021. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/so-x-daryosi-oqimining-shakllanishida-gidrometeorologik-omillarning-roli (дата обращения: 24.09.2021).

6. Ilhomjon Ihtiyorjon O'G'Li Muhitdinov, Jahongirmirzo Jamoliddin O'G'Li Mamatisakov FARG'ONA VODIYSINING JANUBIY QISMI GIDROGRAFIYASI // Scientific progress. 2021. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/farg-ona-vodiysining-janubiy-qismi-gidrografiyasi (дата обращения: 24.09.2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.