FARG'ONA VODIYSINING JANUBIY QISMI GIDROGRAFIYASI
Ilhomjon Ihtiyorjon o'g'li Muhitdinov Jahongirmirzo Jamoliddin o'g'li
Mamatisakov
Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi o'qituvchilari 1 ilhomj onmuhitdinov@gmail .com m.j ahongirmirzo94@gmail .com
ANNOTATSIYA
Farg'ona vodiysining janubiy qismidagi tog'lardan 100 dan ortiq soy va daryolar oqib tushadi. Vodiyning janubidagi eng asosiy daryolar hisoblangan So'x, Isfara, Shohimardon, Isfayram kabi daryolar Farg'ona vodiysini ayniqsa Farg'ona viloyatini suv bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada 10 ga yaqin daryolarning boshlanish qismi (manbayi) quyulish qismi (mansabi) daryo havzasi va ko'p yillik suv sarfi o'rganildi.
Kalit so'zlar: Daryo, Isfayramsoy, Shoximardon, So'x, Isfara, Ho'jabaqirg'on, Oqsuv, Qoindi Buloq, Qoradaryo, Qurshob, Toldiq, Oqbura, Ko'schan.
HYDROGRAPHY OF THE SOUTHERN PART OF THE FERGANA VALLEY
ABSTRACT
More than 100 streams and rivers flow from the mountains in the southern part of the Fergana Valley. Rivers such as Sokh, Isfara, Shohimardon, Isfayram, which are the main rivers in the south of the valley, play an important role in providing water to the Fergana Valley, especially the Fergana region. The article examines the headwaters (sources) of about 10 rivers, their tributaries (tributaries), river basins and perennial water consumption.
Keywords: Daryo, Isfayramsay, Shohimardon, Sokh, Isfara, Khojabakirgan, Aksuv, Qoindi Bulak, Qoradarya, Kurshab, Taldiq, Akbura, Koschan.
KIRISH
Farg'ona vodiysini janubiy qismini tashkil etuvchi tog' tizmalaridagi daryolarning gidrografik tuzilishi quyidagicha. Farg'ona vodiysining janubidagi tog'lardan boshlanuvchi 20 dan ortiq daryolar mavjud bo'lib, ularning eng yiriklari -Isfayramsoy, Shoximardon, So'x, Isfara, Ho'jabaqirg'on, Oqsuv daryolaridir. Ammo ulardan birortasi ham Sirdaryogacha etib bormay, suvlari to'liq sug'orishga sarflanadi (1-jadval).
Farg'ona tizmasining janubi-g'arbiy va Oloy tizmasining shimoliy yonbag'irlaridan Qoradaryo havzasiga kiruvchi kichik tog' daryolari shakllanadi. Farg'ona tizmasi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa tomon balandlashib boradi. Bu erdan
uning Tentaksoy (Qoraungur), Ko'gort, Yassi va Qoraqulja kabi 110-120 km uzunlikka ega bo'lgan asosiy irmoqlari oqadi. Qolgan daryolar anchagina kichik irmoqchalardan iborat.
Bu tog' yonbag'ridagi daryolar Farg'ona vodiysining boshqa tizmalaridagi daryolarga qaraganda anchagina sersuv bo'lib, yo'lda qurib qolmasdan boshqa suv ob'ektlariga suvini quyadi. Tentaksoy va Ko'gord kabi ba'zi daryolarning suvlari qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishga ko'p olinishi hisobiga anchagina kamayib, ba'zan qurib qolishgacha etadi. Biroq tashlama suvlar va buloqlar hisobiga yana o'zini tiklab oladi.
Vodiyning janubdan o'rab olgan Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridan bir qancha daryo va soylar oqimi shakllanadi. Ular qatoriga Shohimardonsoy, Oqsuv, Xo'jabaqirg'on, Isfara, So'x, Isfayram, Aravon, Oqbura va Qurshob kabi nisbatan yirik daryolar kiradi. Oloy va Turkiston tog' tizmalari Chotqol, Qurama va Farg'ona tizmalaridan ancha baland va yonbag'irlari keng bo'lganligi hamda shimolga qaraganligi bilan farq qiladi. Ana shuning uchun ham Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridan oqib tushadigan daryolar to'yinish sharoiti va oqim rejimi jihatidan Farg'ona vodiysidagi boshqa daryolardan keskin farq qiladi.
1-jadval
Turkiston-Oloy tizmasi daryolari
Tar Shoximardon
Qoindi Buloq Oxnasoy
Qoradaryo Gavian
Qurshob Garatlar
Toldiq So'x
Oqbura Qorabuloq
Ko'schan Isfara
Shonko'l Tomingen
Qirg'izota Xo'ja Baqirg'on
Chachma Tegirmonlik
Aravon Isfana
Obshir Andarak
Isfayram Oqsuv
Ko'ksuv
Oloy va Turkiston tog' tizmalarining eng baland joylari 4700-5900 metrga etadi. Oloy tizmasi bilan tutashgan eng baland janubiy qismini mustasno qilganda, Farg'ona tizmasining eng baland nuqtasi 4940 metr. Demak, balandlik holatiga qaraganda, Oloy va Turkiston tizmalaridan oqib tushadigan daryolar Farg'ona va Chotqol tog'
tizmalaridagi daryolardan sersuv bo'lishi kerak. Lekin aslida bunday emas: birgina So'x daryosini mustasno qilganda Oloy va Turkiston tog' tizmalaridagi daryolarning nisbiy suvlilik darajasi (oqim moduli) Farg'ona tizmasidagi daryolarnikidan ancha kichik, Chotqol va Qurama tog' tizmalaridagi daryolarnikidan esa atigi 22% ortiq, xolos. Buning sababi shundaki, Oloy va Turkiston tizmalari baland bo'lgani bilan nam havo massalari yo'liga nisbatan juda noqulay joylashgan, bu tog' tizmalari ichkarisiga nam havo massalarining kirib borishini qiyinlashtiradi. Oloy va Turkiston tog' tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridagi daryolarning har 1 km suv yig'ilish maydoni yuzasidan o'rtacha hisobda sekundiga 7,1 litr suv hosil bo'ladi.
Oloy va Turkiston tog' tizmalarining shimoliy yonbag'irlarida qor chegarasining balandligi 3500-4000 metr, shunga ko'ra bu tog' tizmalaridagi doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Oloy va Turkiston tog' tizmalarining shimoliy yonbag'irlarida 500 ga yaqin muzlik bor. Bu muzliklarning ko'pchiligi Oloy tizmasining g'arbiy, Turkiston tizmasining sharqiy qismlarida (Isfayram bilan Oqsuv daryolarining boshlanish joylari o'rtaligida) joylashgan, chunki tog' tizmalarining bu qismlari eng balanddir.
Doimiy qor va muzliklarga boy bo'lganligi tufayli Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridagi daryolarning yiriklari (faqat Qurshobdan boshqa) muzlik-qor suvlaridan to'yinadigan daryolar qatoriga, SHohimardonsoy esa qor-muzlik suvlaridan to'yinadigan daryolar tipiga kiradi. Ular shu tipdagi daryolarga xos bo'lgan oqim rejimiga ega. Bu daryolarda maksimal oqim iyul-avgust oylarida, minimal oqim esa mart-aprel oylarida kuzatiladi; iyul-sentyabr davrida odatda yillik oqimning 40% dan ortiqroq qismi, So'x va Isfara daryolarida esa qariyb 60% i oqib o'tadi. Shohimardonsoydan farqli ravishda, So'x va Isfara daryolarida iyul-sentyabr davrida mart-iyun, ya'ni tog'larning o'rta va quyi qismidagi mavsumiy qorlar ko'plab eriydigan davrdagiga qaraganda 2,6-2,9 marta ko'proq suv oqib o'tadi. Bu ikki daryo O'rta Osiyoda muzlik suvlaridan eng ko'p suv oladigan daryolardan hisoblanadi.
Kichik Oloy tizmasining suvayirg'ichidan Oqbura daryosi boshlanadi. Uzunligi 70 km, suv yig'ish havzasining maydoni 2676 km . Qor va muzdan to'yinadi. O'rtacha yillik suv sarfi 21.1 m/sek., oqim moduli 7.9 l/sek.km . Iyun-iyul oylarida yillik suvining 16.6-17.7 % i oqib o'tadi.
Isfara daryosi yuqori oqimida Oqsuv, o'rta oqimida Karavshan nomi bilan oqadi. U Turkiston tizmasining shimoliy yonbag'ridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi. Kishmishsoy bilan qo'shilgach Isfara nomini oladi. Muzliklardan boshlanuvchi 60 ga yaqin irmog'i bor. Uzunligi 107 km, suv yig'ish havzasining maydoni 3240 km , havzasining o'rtacha balandligi 2260 m. havzasida umumiy maydoni 169.6 km bo'lgan 210 ta muzlik bor, eng kattalari Oqsuv (maydoni 17.4 km ) va Jiptik (maydoni 21.4 km ). Daryo muzlik va qor suvlaridan to'yinadi.
Isfayram daryosi Yuqori oqimida Tengizboy nomi bilan oqadi. Kichik Oloy (uzunligi 33 km), Surmatosh (uzunligi 33 km), Tegirmochsoy (uzunligi 26 km),
Ko'lsoy (uzunligi 21 km), Po'msoy (uzunligi 19 km) kabi yirik va 60 dan ortiq mayda irmoqlari bor. Uzunligi 122 km, havzasining maydoni 2220 km2. Daryoning havzasida umumiy maydoni 134.6 km bo'lgan 72 ta muzlik bor. O'rta va Yuqori oqimida juda ko'p kichik tog' ko'llari bor. Ulardan eng yirigi 3892 m balandlikda joylashgan Zorko'ldir. Daryo asosan muzlik, qor va qisman er osti suvlaridan to'yinadi.
Farg'ona vodiysining asosiy sersuv daryolaridan biri So'x daryosidir. U Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridan 5550 m balandliklardan boshlanadi. Uzunligi 124 km, havzasining maydoni 3510 km . So'x daryosi Dalbek, Shudmon va Xo'jaochkan soylarini Zardoli qishlog'i yonida birlashishidan hosil bo'ladi. Yuqori qismi juda chuqur va tor (eni 4-10 m) daradan oqadi. Adirlarga chiqqach daryo kengayib 500 m gacha kenglikdagi havzada oqadi. SHundan so'ng daryo kengligi 70 km, uzunligi 50 km li tosh va shag'aldan tuzilgan konus yoyilmasini hosil qiladi. Daryo muzlik va qor suvlaridan to'yinadi. Havzasiga yog'adigan Yog'inni 71 % qor, 29 % yomg'irga to'g'ri keladi. Havzasida maydoni 244 km li 364 ta muzlik bor. O'rtacha
9 -5
oqim moduli 17.0 l/sek.km . Loyqaligi o'rtacha 0.99 kg/m [17].
Shohimardon daryosi Oloy va Turkiston tog' tizmalarining shimoliy yonbag'irlaridan boshlanadigan Oqsuv va Ko'ksuv soylarining SHohimardon qishlog'ida qo'shilishidan hosil bo'ladi. Uzunligi 112 km, havzasining maydoni 1300 km . Daryoga umumiy uzunligi 86 km bo'lgan 32 ta mayda jilg'alar qo'shiladi. Daryo qor va muz suvlaridan to'yinadi. O'rtacha ko'p yillik suv sarfi
"5 "5 O
10.1 m /sek., sel kelganda 64 m /sek., o'rtacha yillik oqim miqdori 319 mln m .
-5 -5
O'rtacha yillik suv sarfi 10.5 m /sek. dan 7.86 m /sek. gacha o'zgaradi. Qoradaryoning Oloy tizmasidan boshlanuvchi irmoqlari muzlik-qor suvlaridan to'yinadi va ulardagi to'lin suv davri bir muncha kechroq kuzatiladi. Faqatgina Qurshob daryosigina qor va muzlik suvlaridan to'yinadi.
Qoradaryo Tor va Qoraqulja daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Daryoning shakllanish joyidan to Farg'ona vodiysiga chiqish joyi Kapirravot darasigacha bo'lgan masofada daryoga asosan ikkita yirik daryo o'ngdan Yassi va chapdan Qurshob daryolari kelib quyiladi. Bulardan keyingi irmoqlar Ko'gort, Qoraungur, Moylisuv, Oqbura va Aravon daryolari Qoradaryoga butunlay etib kela olmay, faqatgina sug'orishga olingan suvlardan qolgan ozgina suvinigina quyadi. Demak, Qoradaryo Tor, Qoraqulja, Yassi va Qurshob daryolari suvidan tarkib topadi. Bu daryolar morfologik belgilariga ko'ra bir biridan keskin ajralib turadi. Farg'ona vodiysiga chiqqandan so'ng Qoradaryoning suvi ko'plab sug'orishga sarflanadi. Jumladan, Katta Farg'ona kanali, Shaxrixonsoy, Andijonsoy va Paxtaobod kanallari kabi yirik suv inshootlari Qoradaryodan suv oladi.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Qoradaryoning ko'p irmoqlari Farg'ona tizmasidan boshlanar ekan. Qoradaryo Tor va Qoraqulja daryolarini qo'shilgandan so'ng o'ng omondan Yassi, so'ngra, chap tomondan Qurshob daryolarini
qo'shib oladi. Kampirravot qishlog'i yaqinida daryo vodiysi keskin torayib, daradan oqib o'tadi. Bu erda hozirda Andijon suv ombori qurilgan. Andijon suv omboridan keyingi irmoqlar unchalik katta emas. unga dastlab chap tomondan Changat, Kugart, Qoraungur (Tentaksoy), Moylisoylar qo'shiladi. Biroq, Yuqorida aytib o'tilganidek, bu daryolarning suvlari ko'plab sug'orishga olinishi sababli ulardan juda oz miqdordagi suv daryoga quyiladi. Kuyganyor qishlog'i yaqinida Katta Farg'ona kanali daryoga quyilib, pastroqda yana undan oqib chiqadi. Daryoning gidrologik rejimi asosan eng yirik irmoqlari Tor, Yassi, Qoraqulja va Qurshob daryolari bilan bog'langan.
Tor daryosi vodiydagi eng yirik daryolardan biri. U Qoradaryoning chap irmog'i bo'lib, 70 ga yaqin katta-kichik irmoqlardan hosil bo'ladi. Uning eng yirik irmoqlaridan Eshigort, Gunduk, Kaindibuloq, Cho'nqoziq (chap irmoq), Terek, Changirchanak, Qorabel (o'ng irmoq)lardir. Bu daryo Farg'ona va Oloy tizmalarining tutashgan qismidan boshlanadi. Uzunligi 192km, suv havzasi maydoni 3950 km. Uning havzasida 10 dan ortiq ko'llar bo'lib, ularning umumiy maydoni 4 km ga yaqin. Ularning eng yiriklari Katta va Kichik Qulun, Bedanako'l, Dardonko'llardir. Katta Qulun ko'lining uzunligi 4,6 km, kengligi 0,7 km, suvining yuza maydoni 3,3 km . Bu ko'l kattaligi jihatidan Farg'ona vodiysida Sarichelak ko'lidan keyingi o'rinda turadi. Bu ko'l genezisi jihatidan to'g'onli tog' ko'lidir. Tor daryosining havzasida umumiy maydoni 57,7 km bo'lgan 81 ta muzlik mavjud. Ular 3600-4200 metr balandliklarda joylashgan.
Qoraqulja daryosi Qoradaryoning o'ng irmog'i bo'lib, vodiyning eng sersuv daryolaridan biri. Daryo Farg'ona tizmasining janubiy chekka yonbag'irlaridan boshlanadi. Daryoning Yuqori qismida umumiy maydoni 39 km bo'lgan 31 ta muzlik bor. Muzliklar maydoni havzaning 4,3 foizini tashkil etadi. Muzliklarning balandligi 3400-4000 metr balandlikda.
Kichik tog' daryolarning gidrologik rejimi, sho'rligi, suvining rangi va boshqa xususiyatlarini aniqlash maqsadida sho'rsuv daryosida amalga oshirilgan tadqiqodlar Ozbekiston milliy teleradio kompaniyasining Dunyo bo'ylab telekanali dasturlarida efirga uzatildi. Olib borilgan tadqiqodlar natijasiga ko'ra sho'rsuv daryosi suvining rangi daryo suvining rangini aniqlash shkalasida 21 ko'rsatkichli ustunga to'g'ri keldi va dayo suv tarkibida turli daryo oqiziqlari yetarli ekanligi aniqlandi, daryoning nomi kelib chiqishi (sho'rsuv) suvining sho'rligi bilan bog'liq ekanligi malum bo'ldi. (1-rasm).
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Farg'ona vodiysidagi daryolarning gidrologik rejimi joylashgan o'rniga ko'ra bir-biridan keskin farq qiladi. Biroq,ularning barchasi Farg'ona vodiysini suv bilan ta'minlashda birdek muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Muhitdinov I.I. Kichik tog' daryolari oqiminig shakllanishida meteorologik omllarning roli (Farg'ona vodiysining janubiy qismi misolida) // magistrlik dissertatsiyasi. -Farg'ona: 2021, 87 b.
2. Muhitdinov I.I. Farg'ona vodiysidagi ayrim kichik tog' daryolariga gidrologik tavsif // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Termiz. -2020. - 266-268 b
3. TOPVOLDIEVICH, PIRNAZAROV RAVSHAN, and MUHITDINOV ILHOMJON IKHTIYORJON UGLI. "Hydrological Description of Some Small Mountain Rivers in the Fergana Valley." JournalNX 6.12: 264-267.
4. TOPVOLDIEVICH P. R., UGLI M. I. I. Hydrological Description of Some Small Mountain Rivers in the Fergana Valley //JournalNX. - Т. 6. - №. 12. - С. 264-267.
5. Mahkamov E. GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION OF MEDICAL PLANTS OF THE FERGANA VALLEY, RECREATION POSSIBILITIES AND GEOECOLOGICAL ASPECTS OF THEIR PROTECTION //Конференции. - 2021.
6. Абдуганиев О. И., Махкамов Э. Г., Комилова Т. Д. ГЕОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ //Экономика и социум. - 2020. - №. 4. - С. 1072-1077.
7. Абдуганиев О. И., Махкамов Э. Г. ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ТУРИСТСКО-РЕКРЕАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ОХРАНЯЕМЫХ ПРИРОДНЫХ ТЕРРИТОРИЙ //Экономика и социум. - 2019. -№. 9. - С. 383-390.
8. Makhkamov E. G. USE OF NATURAL CONDITIONS OF THE FERGANA REGION FOR RECREATION AND TOURISM //Экономика и социум. - 2020. - №. 4. - С. 63-65.