Научная статья на тему 'FARG’ONA SHAHAR YER OSTI SIZOT SUVLARINING KO’TARILISH MUAMMOSI VA YECHIMLARI'

FARG’ONA SHAHAR YER OSTI SIZOT SUVLARINING KO’TARILISH MUAMMOSI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
544
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gorizontal drenaj / grunt suv sathi / debit / depressiya egri chizig‘i / mukammallashgan tur / mukammallashmagan tur / grunt suvlari / depressiya radiusi / solishtirma sarf / filtiratsiya koeffitsienti. / horizontal drainage / ground water level / flow rate / a depression curve / perfect type / imperfect type / groundwater / radius of depression / coefficient filtration.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Abdulkhaev Zokhidjon Erkinjonovich, Madraximov Mamadali Mamadaliyevich, Shoev Mardonbek Axmadjon O’g’li, Toshpulatov Nosirbek Egamberdiyevich

Ushbu maqola Farg‘ona shahri hududida yer osti sizot suvlarini pasaytirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda gorizontal yopiq drenajlardan foydalanish yo‘llari va gidravlik hisoblashlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FERGANA CITY UNDERGROUND WATER RISING PROBLEM AND SOLUTIONS

The article considers methods of lowering the groundwater level in the territory of the city of Fergana, using closed horizontal drainage and given hydrological calculations.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA SHAHAR YER OSTI SIZOT SUVLARINING KO’TARILISH MUAMMOSI VA YECHIMLARI»

FARG'ONA SHAHAR YER OSTI SIZOT SUVLARINING KO'TARILISH

MUAMMOSI VA YECHIMLARI

Abdulkhaev Zokhidjon Erkinjonovich, Madraximov Mamadali Mamadaliyevich,

Shoev Mardonbek Axmadjon o'g'li, Toshpulatov Nosirbek Egamberdiyevich Farg'ona politexnika instituti

Aннотация: В статье рассмотрено методы понижения уровен грунтовых вод в територия г.Фергане, с исполъзованим закрытых горизонтальных дренаж и даны гидровлических расчетов.

Ключевые слова: горизонтальный дренаж, уровень грунтовых вод, дебит, депрессионную кривое, совершенного типа, несовершенного типа, грунтовых воды, радиус депрессия, коэффициент фильтрация.

Abstract: The article considers methods of lowering the groundwater level in the territory of the city of Fergana, using closed horizontal drainage and given hydrological calculations.

Key words: horizontal drainage, ground water level, flow rate, a depression curve, perfect type, imperfect type, groundwater, radius of depression, coefficient filtration.

Annotatsiya: Ushbu maqola Farg'ona shahri hududidayer osti sizot suvlarini pasaytirishga bag'ishlangan bo'lib, unda gorizontal yopiq drenajlardan foydalanish yo 'llari va gidravlik hisoblashlar berilgan.

Kalit so 'zlar: gorizontal drenaj, grunt suv sathi, debit, depressiya egri chizig 'i, mukammallashgan tur, mukammallashmagan tur, grunt suvlari, depressiya radiusi, solishtirma sarf, filtiratsiya koeffitsienti.

KIRISH

Keyingi yillarda Farg'ona shahri hududida yer osti sizot suvlarining satxini ko'tarilishi ko'pdan-ko'p muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shaharning markaziy qisimlarida, Yormazor, Jo'ydam hududlarida yer osti sizot suvlarining chuqurligi 1 -1.5 metrni tashkil qilmoqda(1-rasm). Bu shaharda qurilgan binolar, muhandislik kommunikatsiyalariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Yer osti sizot suvlarini sathini aniqlashva harakat yo'nalishlarini o'rganish uchun gidrologik o'rganishlar olib borildi. O'rganishlar bo'yicha hududni gidrogeologik xaritasi tuzildi(2-rasm). O'rganishlar natijasiga ko'ra yer osti sizot suvlarining sathini ko'tarilishi kuzatilmoqda, bu yer osti sizot suvlarini sathini pasaytirish uchun chora ko'rish kerakligini taqazo etadi.

Yer osti sizot suvlarining ko'tarilib borishi shaxar hududida qurilgan binolarni cho'kishi, muhandislik kommunikatsiyalarini yaroqsiz holga kelish va qurilish jarayoniniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun shaxar hududi gidrogeologik xaritasiga asoslangan holda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, bunga asosan takliflar ishlab chiqilgan.

MASALANING QO'YILISHI. Shaxar hududida yer osti sizot suvlari sathini pasaytirish uchun vertikal drenaj quduqlar qazilgan va bu joylarda yer osti sizot suvlarining pasayishi kuzatilgan. Vertikal drenajlar orqali suvni olib tashqariga chiqarish uchun nasoslar ishlatilmoqda va ortiqcha elektr energiya sarflanmoqda[1],[2]. Shaxar tashqarisiga ochiq zovurlar qazilgan ammo shaxar ichiga bunday zovurlar qazishning imkoni yo'q.

Olib borilgan tatqiqodlar shuni ko'rsatadiki Farg'ona shahrining yer osti suvlarini sathini pasaytirish uchun, yopiq gorizantal drenajlardan foydalanish muammoni yechishni yagona yo'li hisoblanadi. Bunday drenaj kollektorlar deyarli chuqur joylashmasdan yer osti sizot suvlarini nisbatan kata bo'lmagan chuqurlikka pasaytirish imkonini beradi. Bunday drenaj kollektorlar asosan diametri 500-700 mm li politelin quvurlardan tayyorlanadi. Quvurlarning ma'lum qismida uzunligi 3 -4 metr bo'lgan perforatsiya qilingan suv qabul qiluvchi bo'limdan iborat.

lutikllIllUlilii

Vanvar Fevral Mart Aprel May lyun lyul Avgust Sentyabr Oktyabr Woyabr Dekabr

2-rasm. Yil va oylar bo'yicha yer osti sizot suvining ko'tarilish va pasayish

diagrammasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

Farg'ona shahri markazidan "Marg'ilon soy" suv inshoati o'tgan, bu inshoat shaharning eng chuqur qismi bo'ylab o'tganligi uchun, suv yig'uvchi inshoat sifatida qabul qildik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Taklif qilinayotgan kollektorlar o'z oqimi bilan suvni mavjud "Marg'ilon soy" suv inshoatiga to'kadi. Bunday suv sathini pasaytiruvchi drenaj kollektorlarini joylashtirishda hududning gidrogeologik va geodezik joylashuvini inobatga olgan holda, sxema ishlab chiqildi. Gidrogeologik va geodezik joylashuvni inobatga olish qurilish narxini pasaytirishni va suvni maksimal yig'ish imkoninni beradi. Drenaj kollektorini joylashtirishda ko'chalar bo'ylab o'tkazish ko'zda tutilgan. Buning uchun ko'chalar bo'ylab handaklar tayyorlanadi va bu handaklarda nishoblangan holda politelin quvurlar yotqiziladi. Quvurlar ustki qismi o'lchami 15-20 mm li shag'al tosh bilan to'ldiriladi. Shag'al toshning qalinligi 40-50 sm ni tashkil qiladi. Shag'al toshni ustiga 20-30 sm qalinlikda qum solinadi. Qumning ustki qismi grunt bilan to'ldiriladi. Yer osti sizot suvlari shag'al tosh qismi orqali kollektorga yig'iladi[3].

2-rasm. Farg'ona shaxar uchun yer osti sizot suvlarining harakat yo'nalishi

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DRENAJ TIZIMINI HISOBLASH. Drenaj tizimini hisoblash uchun oldindan sxemasi ishalab chiqilgan aniq bir hudud uchun amalga oshiriladi. Tuzilgan sxemada drenaj tizimlari ularni joylashtirish va tuproqni namini yo'qotish me'yorlarini hisobga olib grunt suvlarini sathini pasaytirish hisob sxemasi tuziladi. Drenaj tizimini tuzilishi va vazifasiga bog'liq holda quyidagilar hisoblash tizimiga kiritiladi:

Gidrogeologik hisob, bunda drenaj tizimi va kollektorni debit (hisobiy suv yig'ilishi), ko'rilayotgan hududhni depressiya egri chizig'i quriladi.

Gidravlik hosob, bunda suv uzatuvchi quvurning o'tkazuvchanlik qobilyati, quvurning diametri, suv tezligi hamda quvurning yotqizilish nishabligi aniqlanadi.

Drenaj qilinayotgan hududning gidrogeologik holatini turlicha bo'lganligi uchun drenaj tizimini hisoblash murakkab masala hisoblanadi. Tartibga keltirilgan drenaj tizimida quydagilar aniqlanadi: drenaj quvurining suv yig'ish miqdori va drenaj quvurning diametri. Bunda atmosfera suvining yerga singishi ham hisobga olinadi. Tartibga solingan mukammal drenaj uchun depressiya chizig'ini qurish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

3-rasm. Mukammal drenajning hisob sxemasi

Depressiya chizig'ining eng yuqori nuqtasi balandligi(3-rasm):

^max =H~S0

bu yerda ïï-oqim quwati, m

50-tuproq suvlarini sathini loyihaviy pasayishi, m Depressiya chizig'ining eng yuqori nuqtasi son qiymati quydagi formuladan aniqlanadi[4]:

L J+*

bu yerda p-infiltratsiya koeffitsienti (yengil soz tuproq va qum tuproq uchun p = 0.001 -T- 0.002 m/sut, qum uchun p = 0.002 -h 0.005 m/sut). K-filtiratsiya koeffitsienti, m/sut L-drenajlar orasidagi masofa, m ¿o-drenajdagi suvning chuqurligi, m. Agar h0 ni kichikligi uchun hisobga olmasak:

7 = L P

max 2\ K

Drenajlar orasidagi masofa:

L = 27

1

L = 2 ( H - S0 )

K p

K

p

Depressiya egri chizig'ini qurish uchun h0 ni hisobga olmasak[4]:

(F.

7x ( L - * ) *

QUVURSIMON DRENAJLARNING GIDRAVLIK HISOBI. Quvursimon gorizontal drenajning gidravlik hisoblashda quvur diametri, to'lish darajasi va oqim tezligi aniqlanadi. Quvur to'liq oqqanda suvning tezligi quydagi formuladan aniqlanadi[5]-[7]:

v = —Jd • i 2

bu yerda d-quvur diametri, m i-quvur nishabligi C-Shezi koeffitsienti Shezi koeffitsienti C ni qiymati quydagi formula orqali aniqlanadi:

70

C =

1 +

d

bu yerda îi-quvur ichki sirtining notekslik koeffitsienti

Quvur to'lmay oqqanda C ni koeffitsientini quydagicha toppish mumkin:

70

C =

1+ n 4d

Nishablik i ning qiymati tezlikka bog'liq holda aniqlaymiz:

4v2

г = —r~ C d

Quvurning o'tkazuvchanligi:

Q = vco

bu yerda w-quvurdagi suvning harakat kesim yuzasi

Quvurdagi suvning sarfi eng yuqori qiymatga to'lish darajasi h h

— = 0.95 bo'lganda, to'lish darajasi — = 0.81 bo'lganda esa suvning tezligi katta

d d

qiymatga erishadi.

Amalda uzatuvchi quvurdagi suvni to'lish darajasi 25-50 % ni tashkil qiladi.

XULOSA

Ushbu maqolada yer osti sizot suvini pasaytirish orqali hududning gidrogeologik sharoiti yaxshilanadi, yer osti sizot suvlarining bino va inshoatlarga salbiy ta'siri kamaytiriladi. Farg'ona shahrida gorizantal drenajlar orqali yig'ilgan suv "Marg'ilon soy" suv inshoatiga tashlanganda qishloq xo'jaligida sug'orish uchun zarur bo'lgan suv resurslarini ortirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu suvlar "Marg'ilon soy" orqali "Janubiy Farg'ona" kanaliga to'kiladi hamda viloyatning Oltiariq va Qo'shtepa tumanlarida sug'orish uchun foydalaniladi.

Hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki bunday gorizantal drenajlarni qo'llash orqali Farg'ona shahri markaziy qismi, "Bahor", "Yormazor" hamda, "Jo'ydam" hududlarini yer osti sizot suvlarini pasaytirish imkonini beradi. Drenajlardan oqib chiqayotgan suvning sekundlik sarfi 1.5 — 2 m3 fsek ni tashkil etadi, bu qo'shimcha suv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Yuqorida ko'rsatilgan takliflar murakkab va qimmatga tushadi, ammo yer osti sizot suvlarining ko'tarilishi hisobiga bino va inshoatlar hamda yer osti kommunikatsiyalar mustahkamligiga ko'rsatadigan zarari bir necha barobar pasayadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

[1] Абдулхаев, З. Э., & Сатторов, А. М. (2020). CENTRAL PUMP CASE ADJUSTMENT BY CHANGING THE ROTATION FREQUENCY. Актуальные научные исследования в современном мире, (6-1), 20-25.

[2] Мадхадимов, М. М., Абдулхаев, З. Э., & Сатторов, А. Х. (2018). РЕГУЛИРОВАНИЯ РАБОТЫ ЦЕНТРОБЕЖНЫХ НАСОСОВ С ИЗМЕНЕНИЕМ ЧАСТОТА ВРАЩЕНИЯ. Актуальные научные исследования в современном мире, (12-1), 83-88.

[3] Erkinjonovich, A. Z., Mamadaliyevich, M. M., & Axmadjon o'g'li, S. M. (2021). Reducing the Level of Groundwater In The City of Fergana. International Journal of Advanced Research in Science, Communication and Technology, 67-72. doi:10.48175/ijarsct-791

[4] Клиорина, Г., Шумилов, М., & Осин, В. (2021). Инженерная подготовка городских территорий 2-е изд., испр. и доп. Учебник для академического бакалавриата. Litres.

Scientific Journal Impact Factor

R

[5] Рубан, В. А., Алексеева, Т. Н., & Жигжитова, Б. Н. (2010). ОСНОВЫ ИНЖЕНЕРНОЙ ПОДГОТОВКИ И ЗАЩИТЫ ГОРОДСКИХ ТЕРРИТОРИЙ.

[6] Erkinjonovich, A. Z., Mamadaliyevich, M. M., Muxammadovich, A. A., & Axmadjon o'g'li, S. M. (2021). Heat Calculations of Water Cooling Tower. International Journal of Advanced Research in Science, Communication and Technology, 173-176. doi:10.48175/ijarsct-766

[7] Mamadalievich, M. M., & Erkinjonovich, A. Z. Principles of Operation and Account of Hydraulic Taran. JournalNX, 1-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.