Научная статья на тему 'Omonqo’tonsoy va uning irmoqlarining gidralogik rejimi, energetik potensiali'

Omonqo’tonsoy va uning irmoqlarining gidralogik rejimi, energetik potensiali Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
181
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gidralogik rejimi / mikro va mini GESlar / suv sarfi / elektr energiyasi / energetik nuqtalar / oqim moduli / oqim hajmi / to’linsuv davri / Гидрологический режим / микро и мини ГЭС / потребление воды / электричество / энергетические / точки / модуль / потока расход / воды полный цикл воды

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. I. Tirkashev, N. I. Tirkasheva

Maqolada O’rta Zarafshon havzasida joylashgan Omonqo’tonsoy va uning irmoqlrining gidralogik rejimi va tog’ soylarida mikro va mini GESlar qurish masalalari bo’yicha ma’lumot berilgan. Ishda soy suvining yillik va yillararo tebranishi, undan elektr energiyasi olish istiqbollari, suvdan oqilona va samarali foydalanish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ГИДРОЛОГИЧЕСКИЙ РИЖИМ И ЭНЕРГЕТИЧЕСКИЙ ПОТИНСИАЛ ОМОНКОТОНСАЯ И ЕГО ПРИТОКОВ

В статье приводятся сведения о гидрологическом режиме Омонкотонсая и его притоков в бассейне Среднего ной Зерафшана а также о строительстве микро и мини ГЭС в горных реках. Вопрос эффективного использования.

Текст научной работы на тему «Omonqo’tonsoy va uning irmoqlarining gidralogik rejimi, energetik potensiali»

OMONQO'TONSOY VA UNING IRMOQLARINING GIDRALOGIK REJIMI, ENERGETIK POTENSIALI

N.I.Tirkashev N.I.Tirkasheva Samarqand davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada O'rta Zarafshon havzasida joylashgan Omonqo'tonsoy va uning irmoqlrining gidralogik rejimi va tog' soylarida mikro va mini GESlar qurish masalalari bo'yicha ma'lumot berilgan. Ishda soy suvining yillik va yillararo tebranishi, undan elektr energiyasi olish istiqbollari, suvdan oqilona va samarali foydalanish yoritilgan.

Kalit so'zlar: gidralogik rejimi, mikro va mini GESlar, suv sarfi, elektr energiyasi, energetik nuqtalar, oqim moduli, oqim hajmi, to'linsuv davri.

ГИДРОЛОГИЧЕСКИЙ РИЖИМ И ЭНЕРГЕТИЧЕСКИЙ ПОТИНСИАЛ ОМОНКОТОНСАЯ И ЕГО ПРИТОКОВ

Н.И.Тиркашев Н.И.Тиркашева Самаркандский государственный университет

Аннотация: В статье приводятся сведения о гидрологическом режиме Омонкотонсая и его притоков в бассейне Среднего ной Зерафшана а также о строительстве микро и мини ГЭС в горных реках. Вопрос эффективного использования.

Ключевые слова: Гидрологический режим, микро и мини ГЭС, потребление воды, электричество, энергетические, точки, модуль, потока расход, воды полный цикл воды.

HYDROLOGICAL REGIME AND ENERGY POTENTIAL OF OMONKOTONSOY AND ITS TRIBUTARIES

N.I.Tirkashev N.I.Tirkasheva Samarqand State University

Abstract: The article provides information obout the hydrological regime of Omonkotonsay and its tributaries in the basin of the Middle Zeravshan, as well as the

construction of micro and mini hydroelectric power stations in mountain streams. Issues of effective use.

Keywords: hydrological regime, micro and mini hydropower, plants water, consumption, electricity energy, points flow, module water, flow rate, full water cycle.

Kirish. Daryolar qadimdan insonlarni suvga bo'lgan extiyojini qondirib kelgan. Insonlar sollar qurib daryolardan yuk tashishda foydalangan. Dunyoning juda ko'p mamlakatlari tog'li hududlarda joylashgan bo'lib, bu hududlardan oqib keladigan daryolar energetik resurslarga boy. Lekin bu davlatlarning barchasi ham gidroenergetik resurslaridan yitarlicha foydalanmaydi. Dunyo miqiyosida elektr energiyaga bo'lgan talabning borgan sayin oshib borishi, issiqlik, ximiya, atom elektrostansiyalarining ekologik xavfi kuchayib borayotganligi, atrof muhitning ifloslanishiga salbiy ta'sir qilayotganligi, ekologik sof va qayta tiklanadigan energiyaga bo'lgan ehtiyoj va talabning tobora ortib borishi kuzatilmoqda. [1]

Gidroelektrostansiyalarning yana bir afzalligi, energiya ishlab chiqarish xarajatlari juda kam va qisqa vaqt ichida elektr energiyasi bera boshlaydi, [2] issiqlik elektrostansiyalari uchun esa katta mablag' va ko'p vaqt talab qilinadi.

O'zbekistonda ishlab chiqariladigan jami energiyaning 15% ga yaqini gidroresurslarga to'g'ri keladi. [3] Chirchiq daryosi eng ko'p gidroelektroenergiya beradigan daryolar qatoriga kiradi. Ma'lumotlarga ko'ra Chirchiq daryosining qariyib 80% gidroenergetik resursidan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.

O'zbekiston hududidagi tog'li o'lkalardan shakllanadigan kichik daryolarning suvidan elektr energiyasi olish, bugungi kunda muhim ahamyatga ega. Ilgari avlodlarimiz bu daryolarning suv resurslaridan asosan tegirmonlar qurib foydalangan bo'lsa, hozirgi vaqtda tog'li o'lkalarda ham aholi ko'payib, ko'p energiya talab qiladigan uy-ro'zg'or jixozlari va uskunalaridan foydalanayotganligi sababli energiyaga bo'lgan extiyoj kuchayganligi uchun aholini elektr energiyasi bilan taminlashda ayrim qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Shuning uchun ham O'zbekistondagi kichik daryolarda mikro va mini GESlar qurish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mikro GESlar suv oqimining potensial imkonyatlaridan kelib chiqqan xolda quyidagilarga bo'linadi : kichik potensialga ega bo'gan GESlar irmoq GESlar duyiladi va sekundiga -3kVt gacha, quvur yoki kanal orqali suv oladigan sekundiga -6 kVt, stansionar sekundiga -100 kVt gacha elektr energiya ishlab chiqaradi. [4]

Mini GESlar mikro GESlarga nisbatan ko'proq elektr energiya ishlab chiqaradi -100 kVt dan -1000 kVtgacha. Suv energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi bir dona qurulma Agregat diyiladi. Ikki va undan ortiq Agregat GES diyiladi. Bitta Agregat 100 kVt/sek elektr energiya ishlab chiqarish uchun kerak bo'ladigan suv

sarfï va nishablik (bosim) nisbatiga izoh bersak suv sarfi kamida 0, 8 m3/s ga, nishablik (bosim) 15 metr bo'lgan daryolar, soylarga qurish maqsadga muvfofiq bo'ladi.

Asosiy qism. Tadqiqot natejasi. Omonqo'ton qishlog'i Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan bo'lib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog'lovchi Taxtuqarachi davoni orq ali o'tadigan aftomobil yo'li yoqasida joylashgan. Chaqilkalon va Qoratepa tog'larini ajratib turadigan, chegara hududidagi balandligi 2000 metrga yaqin balandlikdan boshlanadigan soy ham Omonqo'tonsoy nomi bilan ataladi. Soyning uzunligi 29 km bo'lib, bu soy Samarqand viloyatining janubidan shimoli-sharq tomonga qarab oqadi. Soy havzasining maydoni 57. 8 km2 ga teng bo'lib, [5]uning o'rtacha kengligi 3-4 m, eng keng joyi 6-8 m, eng tor joyi 2-2. 5 m gacha qisqaradi.

Omonqo'tonsoy havzasi Samarqand viloyatida eng ko'p atmosfera yog'inlari yog'adigan joy bo'lgani uchun[6] daryo o'zanida doimiy suv oqimi kuzatiladi. Daryo asosan yomg'ir va mavsumiy qor hamda yer osti suvlari bilan oziqlanadi. Jala yomg'irlarining asosiy oqimi bahor oylariga to'g'ri keladi va sel -toshqinlar bo'lib turadi. O'rtacha ko'p yillik suv sarfi 1. 063 m3 /sek ga teng. Omonqo'tonsoy o'ndan ortiq katta -kichik irmoqlarga ega. Bu irmoqlarni mahaliy aholi tilida Tillasoy, Qumbelsoy, Konsoy, Toklisoy, Mulatsoy, Shiroqbuloq, (Sharrak buloq), Bulbulzorsoy, Qayrog'ochsoy, Maydonsoy, Shohoksoy Jiydalisoy, Yo'lsoy, Qaflatunsoy, Tersaksoy, Qo'zichisoy, Sevazsoy deb nomlangan. Bu irmoqlar Omonqo'tonsoyning doyimiy suv blan taminlaydi. Chaqlkalon tog'ining g'arbiy Shomolga ro'para yonbag'rida Samarqand viloyatining eng yirik sun'iy (antropogen) O'rmonlaridan biri joylashgan. Yomg'ir ko'p yog'ishiga qaramasdan, o'rmon tog' tuproqlarini suv eroziyasidan saqlaydi va natejada soy suvining qattiq oqiziqlar miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari o'rmon yomg'ir suvining bir qismini o'zida saqlab qolib, transprasiyani kuchaytirib yomg'ir davomiy bo'lishini taminlaydi va soyning suv rejimiga tasir qiladi. Omonqo'tonsoy oqim moduli 18, 3 l/s xkm2 ga teng bo'lib, yillik oqim hajmi esa 33*106 m3 dan oshadi, soyning asosiy suv manbai yer osti suvlari (buloqlarga) to'g'ri keladi. Yer osti suvlari Omonqo'tonsoyning yillik oqim hajmini 72% tashkel etadi. Bu qiymatni kubga aylantirsak 23*106 m3 ni tashkel etadi. Omonqo'tonsoy daryosi havzasidagi yer osti suvlarining shakllanishida tog' jinslarining axamyati katta.

Paleazoy slaneslari yoriq joylaridan chiqayotgan suvlar kam mahsuldor va yer usti irmoqlarida ulishi kam. Bunday tog' jinslaridan oqib chiqayotgan buloqlar kichik va suv sarfi kam.

Magmatik tog' jinslaridagi yer osti suvlarini yuqori qatlam suvlar toifasiga kiritish mumkin, ularning zahiralari, odatta uncha ko'p bo'lmaydi. Buloqlar sarfi 1, 5 l/s dan oshmaydi. Biroq Omonqo'tonsoy havzasida magmatik tog' jinslaridan

to'yinuvchi buloqlar soni juda ko'p. Bu turdagi buloqlar Omonqo'tonsoyning yuqori qismi boshlanish joyi oldida, Tillasoy dovonida ko'p uchraydi. Asosiy irmoqlarni suv bilan taminlaydi. Qor, yomg'ir suvlarining bir qismi tog'larning yuqori qismidan shimilib, suv o'tkazmaydigan zichligi yuqori bo'lgan tog' jinslar, granetlar tarqalgan mintaqadan sizib buloq bo'lib yil davomida oqib turadi. [7]

Paleazoy ohaktoshlarida yoriq-karst yer osti suvlarining mahsuldorligi ancha yuqori( suv sarfi ko'p). Ularning shakllanishlari yoriqsimon massiv chuqurligidagi havo yog'inlarining infl'trassiyasi va kondensasion namligi hisobiga amalga oshadi. U yerda bushliqlar suv bilan to'lib, yer ostidan Omonqo'tonsoy o'zaniga tomon harakatlanadi. Yoriq-karst voronkalarida hosil bo'lgan suvlar Omonqo'tonsoyni butun yil davomida muntazam suv bilan ta'minlab turadilar.

Yuqorida takidlab o'tganimizdik: Omonqo'tonsoyning umumiy o'rtacha yillik suv sarfini 72 % yer osti suvlari tashkel qilsa, yer osti suvlarini kamida 75 % kars voronkalari hissasiga to'g;ri keladi. Omonqo'tonsoyning doimiy suv oqimi kuzatiladigan, o'ng tomonidan oqib keluvchi irmoqlari, Chaqilkalan tizm tog'laridan to'yinadi. Chaqilkalon tizmasininng g'arbiy qismi Qirqtau nomi bilan ma'lum bo'lib, uning yer yuzasining tuzilishi stadionsimon ko'rinishga ega. Qirqtau selur va devon davrlariga mansub ohaktoshlardan tashkil topganligi sababli, unda ko'plab karst relyef shaklari (g'orlar, karst quduqlari, karst shaxtalar, voronkalar) tarqalgan. [8] Karst varonkalar tog' ustiga yog'gan yomg'ir, qorni shimib to'playdi va shuning uchun bu hududda buloqlar, soylar ko'p hosil bo'ladi. Bu soylarni Omonqo'tonsoyning boshlanish manbasidan quyi qismi tomon joylashishi, geografik o'rniga tafsif bersak quyidagi ketma ketlik shaklanadi.

Qumbelsoy Omonqo'tonsoyning boshlanish manbasiga yaqin bo'lgan yuqori qismidan marmar koni qarama qarshisidan quyiladi. Uning uzunligi 5 km, suv taminotida asosan buloqlarni hissasi katta. Soyning yuqori qismida archazorlardan iborat o'rmon shakllangan.

Yo'lsoy Taxtuqarachi davonidagi kichkina botqoqdan boshlanadi. Vodiy o'simliklarga boy. Soyning uzunligi 4 km.

Shiroqbuloqsoy (Sharrak buloq) suv taminoti asosan qorlarning erishidan hosil bo'lgan suv hisobidan ta'minlanadi, atrofidagi tog'lar o'rmonsiz. Vodiy keng, tik qoyalikdan iborat. Buloqning yuqori qismlari korstli voronkalar mintaqasida yotadi. Buloq kelib chiqishiga ko'ra korstli, korstli voronkalarda sekundiga 30 letr suv to'planadi. Suvi qisman sug'orish maqsadlari uchun foydalaniladi, Shiroqbuloqsoy mansabida Omonqo'tonsoy yonidagi aftomabil yo'li yoqasidan buloq bo'lib oqib yotadi. Yo'ldan o'tuvchi yo'lovchilar aftomabillarini to'xtatib buloq suvidan istimol qiladi va idishlarini suv bilan to'ldirib ketadi.

Bulbulzorsoy ("Bulbul sayraydigan soy") tik qiyalikdan keng vodiydan iborat. Soyning yuqori oqimlari karst platosida 1950 m balandlikda hosil bo'lib, doimiy

bo'lmagan muz va qorning erishidan to'yinadi. Karst plotosi suvdi yaxshi o'tkazuvchi g'avak jinslardan iborat bo'lib, karst voronkalarini hosil qilgan. Doimiy bo'lmagan muz va qor suvlari erib, karst voronkalaridan yer ostiga shimiladi. Shuning uchun ham kamdan- kam xollarda

Yuqori qismida oqim paydo bo'ladi. Karst voronkalaridan yer ostiga shimilgan suv yer ostidan harakatlanib, anchagina pastroqda yer ustiga soy bo'lib oqib chiqadi. Bulbulzorsoy yuqori qismi o'simliklarga kambag'al. Lev g'oridan pastroqdagi yonbag'irlar suniy o'rmon, qrim qarag'aylari vodiyga o'zgacha chiroy beradi. Soyning uzunligi 7 km soy suvi omonqo'ton qishlog'ini sug'orishga va omonqo'tonsoyga sarf bo'ladi.

G'ozarmasoy o'simliklarga boy. Bu yerda qora tog' olchasi, bodomzorlar, qarag'ay o'rmonlari joylashgan. Soyning suv sarfi kam.

Qayrog'ochsoyning ham suv sarfi kam va quruq yonbag'irlardan iborat. Soyning yuqori qismida tog' olmazorlari bor.

Maydonsoy chap irmoqlari suv sarfi ko'proq. Unga Jiydasoy (jiydalisoy) kelib qo'shilishidan vodiy kengayadi. Jiydasoynung uzunligi 4 km u karst buloqlaridan to'yinadi. Uning etagida dam olish bazasi joylashgan. Maydonsoy 1800 metr balandlikdagi uch boshli cho'qqi "Uch botir" yonidan boshlanadi, noyabr oyidan, may oyigacha soy to'yinishida, doimiy bo'lmagan muz va qorlar erishidan hosil bo'lgan suvlar hissasi katta, yilning boshqa vaqtlari esa faqat buloqlar hisobidan to'yinadi. Maydonsoy suvi Omonqo'ton qishlog'idan asosiy daryochaga faqat yog'inlar ko'p yog'gan yili yetib boradi. Suvining asosiy qismi qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish uchun sarflanadi. Maydonsoy o'simliklarga boy akasiya daraxtzorlari bor. Maydonsoyning salqin daraxtzorlarida o'quvchilar dam olish maskanlari j oylashgan.

Shohaksoy Omonqo'tonsoyninng eng katta suv oqib keladigan irmoqlaridan. Yilning aprel oyidan, may oyigacha uning suv sarfi 1m3 dan ortadi. Unga uchta kichik soy kelib qo'shiladi. O'ng tomondagisi Turist tog'lari 2005 metr balandlikdan boshlanadi. Yozda suv sarfi kamayib, qurg'oqchil yillari qurib qoladi.

Markaziy ikkinchi soy tog'ning suvayirg'ichidan pastrog'idan hosil bo'lib suv taminotida buloqlarning ulushi yuqori. Chapdagi uchunchi soyning uzunligi 15 km. U yuqori qismida karst varonkalaridan to'yinadi. Shohaksoyning barcha suv keluvchi irmoqlari bilan umumiy uzunligi 40 km yaqin. Shohaksoyning yuqorisi o'simliklarga kambag'al. Shohaksoy suv oqimida daralar, sharsharalar hosil qiladi.

Soyning quyi tomonida Qizilto'riq qishlag'i joylashgan.

Qaflotunsoy Omoqo'tonsoyning o'ng tomonidagi doimiy suv oqib keluvchi oxirgi irmog'i, suv sarfi yogingarchilik mavsumida 1m3/s gacha yetadi. Suvining barcha qismi Omonqo'tonsoyga yetib kelmaydi. Suvining katta qismi qishlaq xo'jalik

ekin maydonlarini sug'orishga va chorva mollariga sarflanadi. Soy suvi Qizilto'riq qishlag'iga kelib Omonqo'tonsoyga quyiladi.

Omonqo'tonsoyning chap oqim irmoqlari Qoratepa tog'tizmalaridan to'yinadi, asosiysiylari quyidagilar :

Konsoy Omonqo'tonsoyning boshlanish manbasiga yaqin bo'lgan yuqori qismidan marmar koni yaqinida chapdan Omonqo'tonsoyga quyiladi va doimiy suv oqib keluvchi irmog'i hisoblanadi. U davonning yuqori qismidagi suv sarf kam bo'lgan uchdan ortiq irmog'dan to'yinadi. Soyning quyilish qismiga yaqin hududlarda Konsoy qishlog'i ahalisi yashaydi.

Tersaksoy alaxida soy bo'lib uning uzunligi 20 km dan ortiq, Omonqo'tonsoyning g'arbida Qoratepa tog'ining balandligi 2000 metr bo'lgan tog' suvayirg'ichidan boshlanadi. U Omonqo'tonsoyga parallel janubi g'arbdan shimoli sharqqa tomon oqadi. Tersaksoy havzasining o'rta, soy o'zaniga yaqin hududlarida Boshtersak qishlag'i, undan quyiroqda O'rtatersak qishlog'i joylashgan. Tersaksoy suv sarfi yog'ingarchilik mavsumida 1m3/s dan ortadi. Tersaksoy havzasi Omonqo'tonsoy havzasidan suvayirg'ich orqali ajralgan. Taxtuqarachi davonining g'arbiy qismidagi Qoratepa tog'ining davonga ro'para tizmalarinig eng baland nuqtalari suvayirg'ich vazifasini bajaradi. Bu tizmalarning sharqiy yonbag'ri Omonqo'tonsoy havzasiga kiradi, g'arbiy yonbag'ri esa Tersaksoy havzasiga kiradi. Tersaksoy quyilishida Omonqo'tonsoy mansabidan 2 km janubi g'arbda Qo'zichisoy o'zaniga kelib quyiladi.

Qo 'zichisoy ham aloxida soy, uning asosan ikkita katta irmog'i bor. Uning o'ng irmog'i Ayriqoyasoy deb nomlanadi. Uning uzunligi 7 km, u Qoratepa tog'ining Qo'rg'ontog' tizmasining 1800 metr balandligidan boshlanadi. Uning ikkinchi chap irmog'i Oqtoshsoy deb nomlanadi. uning uzunligi 9 km. Oqtoshsoy Qoratepa tog'idagi Ilonsoy davonining balandligi 2000 metrdan ortiq bo'lgan qismidan boshlanadi. Ayriqoyasoy va Oqtoshsoy quyiroqda Qo'zichi qishlog'ida birlashadi, shu yerdan boshlab Qo'zichisoy deb nomlanadi. Qo'zichisoyning ikkala irmogi bilan umumiy uzunligi 20 km dan ortiq. Qo'zichisoyning quyilish qismida o'ng tomondan Tersaksoy kelib qo'shilgandan so'ng suv sarfi yanada ortadi. Taxtuqarachi davonidan o'tgan aftomobel yo'li yonida Omonqo'tonsoyga kelib quyiladi.

Sevazsoy Qoratepa tog'idagi Ilonsoy davonining balandligi 2000 metrga yaqin bo'lgan hududidan boshlanadi. Soyning uzunligi 15 km Savazsoy Taxtuqarachi davonidan o'tgan aftomobel yo'li yonida Omonqo'tonsoyga kelib quyiladi. Qo'zichisoy, Sevazsoylar Omonqotosoyning Qoratepa suv omboriga kelib quyilish mansabidan 400 metr yuqoridan qoshiladi. Shu sabab bilan Qo'zichisoy unga quyiluvchi Tersaksoy va Sevazsoylarni Omonqo'tonsoyning chap oqim hosil qiluvchi irmoqlariga qatoriga qo'shdim. Bu irmoqlar Omonqo'tonsoydi yuqori va o'rta oqimida hech qanaqa rol o'ynamaydi.

Omonqo'tonsoyning ko'p yillik o'rtacha suv sarfining tebranishiga (1-rasm ) ga etibor bersak, eng ko'p suvli yillar 1993 va 2005 yillarda kuzatilgan. Ushbu yillarda kuzatilgan suv sarflari mos ravishda 1. 97 m3/s va 1. 99 m3/s ni tashkel etganligini ko'rishimiz mumkin. Soyning suv sarf yuqori bo'lgan yillari atmosfera yog'inlari, bug'lanish jadaligiga nisbatan bir nicha marta yuqori bo'lgan. Omonqo'tonsoy yomg'ir, qor suvlaridan to'yinuvchi daryolar tipiga kiradi. Omonqo'tonsoyning oqim miqdori ortishida harorat va boshqa iqlimiy omillar birlamchi emas, soyning oqim miqdorida atmosfera yog'inlari birlamchi. Soyning ko'p suvli yillari atmosfera yog'inlarining ko'p yillik o'rtacha me'yoriga nisbatan ortiqcha miqdorda yog'ishi bilan izoxlanadi. Omonqo'tonsoyni ko'p yillik suv sarfini tahlil qilish natijasida ma'lum bo'ldiki, kam suvli yillar 2008 va 2015 yillarga to'g'ri keladi. (Eng ko'p yillik va eng kam yillik suv sarflari o'rtasidagi farq 1. 64 m3/s ga teng. 1-rasm) Ushbu yillarda mos ravishda o'rtcha suv sarfi 0. 346 m3/s va 0. 385 m3/s suv miqdorlari kuzatilgan. Kam suvli yillarda suv miqdorining kam bo'lishiga asosan atmasfera yog'inlarining daryo havzasiga kam yogishi va havo haroratining shu hudud uchun yuqori qiymatlari kuzatilishi bilan bog'liq. Masalan quyida (2-rasmda) Omonqo'tonsoyning eng kam suvli yillardan biri, tahlili shuni ko'rsatadiki 2015 yil uchun tuzilgan grafikda to'linsuv davridagi kuzatilgan eng ko'p suv sarfi may oyida 0. 812 m 3/s ni, eng kam suv sarfi oktiyabr oyiga to'g'ri kelib 0. 165 m3/s ni tashkel etgan. Ushbu yilning kam suvli yil bo'lishiga sabab atmasfera yog'inlarining me'yordan kam yog'ishi va o'rtacha havo haroratining yuqori bo'lganligi bilan bog'liq. Omonqo'tonsoyning 2015 yilgi suv sarflariga nazar tashlasak, unda ikki davrni ajratish mumkin. Birinchi davr to'linsuv davri bo'lib, dekabr oyidan iyyun oyining oxirigacha bo'lgan davrni o'zichiga olsa, Ikkinchi davr kam suvli davr bo'lib, iyyul oyidan noyabr oyining oxirigacha bo'lgan davrni o'zichiga olgan.

Q m3/s

2 1,8 1,6 1,4 1,2 1

0,8 0,6 0,4 0,2 0

A A^

\ J\ A/V| It ~h-

V' \J - fi

_ __ H / V.

1986 1991 1996 2001 2006 2011 2016

1-rasm. Omonqo'tonsoyning ko'p yilik o'rtacha suv sarflari

Manba: O'zgidromet ma'lumoti

Q m3/s

0,9

I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII

2-rasm. Omonqo'tonsoy suv sarflarining oylar bo'yicha taqsimlanishi 2015-yil

Manba: O'zgidromet ma'lumoti Demak to'lin suv davri etti oy davom etgan, kam suvli davr esa besh oy davom etgan. Omonqo'tonsoyning suv sarflari yil davomida bir xil taqsimlanmagan bahor oylarida suv sarfining ko'payishi jala yog'inlari va qorning erishi bilan bog'liq bo'lsa, yoz oylarida suv sarfining kamligiga asosiy sabab, yuqorida aytib o'tganimizdik atmosfera yog'inlarining kamligi, bug'lanish miqdorining ko'pligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari yoz va kuz faslida aholini xo'jalik maqsadlarida suvga bo'lgan extiyoji ortib borishi, soy suv sarfini kamayishiga sabab bo'ladi. Daryo va soylarning energetik potensiali: suv sarfi miqdori, nishablik (bosim) bilan aniqlanadi. Suv sarfi miqdori, nishablik, sathlar orasidagi farq, suvning bosimi ortib borishi daryo va soylarning energetik potensialini kuchayib borishiga sabab bo'ladi. Yane daryo elementlarining miqdori ortib borishi va daryoning xarakteriga energetik potinsial to'g'ri proporsianal. Daryolarda suv bosimini oshirish va bosimni bir joyga to'plash uchun ikki xil usuldan foydalanishadi. To 'g'onli va deriavatsion: bosimni bir joyga to'plashning to'g'onli usuli bu usul yordamida katta suv bosimi hasil qilib, yuqori elektr energiya olinadi, ammo salbiy tomoni to'g'on qurush uchun katta mablag' sarf bo'ladi va suv sathi ko'tarilib hududning katta qismi suv ostida qoladi. Shu hududda istiqomad qiluvchi aholini ko'chirishga to'g'ri keladi. Bosimni bir joyga to'plashning derivatsion usuli Bu usul aynan Omonqo'tonsoyga mas keladi sababi, nishabligi katta bo'lgan tog' daryolarida bosim, derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Daryo o'zani uncha baland bo'lmagan to'g'on bilan bekitiladi va suv derivatsiya kanali hamda uning oxiridagi bosimli basseynga joylash-gan bosim quvurlari yordamida turbinalarga uzatiladi. Bosim ostidagi suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, gid-ravlik turbinalar yordamida amalga oshiriladi. Turbinanig asosiy qismlaridan biri - ish g'ildiragidir. Yuqori bef (YU.B.)dan bosim

quvurlari orqali tushayotgan suv, ish g'ildiragi parraklariga urilib uni aylantiradi. Ish g'ildiragi o'qiga ulangan generatorning aylanishi natijasida elektroenergiya ishlab chiqariladi [9] 3-rasm.

3-rasm. Bosimni bir joyga to'plashning derivatsion usuli.

Derivatsion usuldan foydalanish uchun Omonqo'tonsoy o'zanidagi suv sathlari orasida farq bo'lgan, derivatsion usulga mos keladigan, nishablig, suv bosimi hosil qiladigan, energetik nuqtalarni neviller yordamida o'lchab, uzunliklarni aniqlab olish va chizmasini yaratish kerak. 4-rasmda Omonqo'tonsoyning bo'ylama kesimi hamda undagi energetik nuqtalar ko'rsatilgan, energetik nuqtalar soni 5- ta bo'lib, har bir nuqtaga ikkitadan agregat o'rnatiladi. Agregatlarning biri daryo o'zanidan oqib o'tishi mumkin bo'lgan minimal suv sarflariga moslashgan bo'lsa ikkinchisi maksimal suv sarflariga moslashgan bo'lishi kerak.

1700 1650 1600 1550 1500 1450 1400 1350 1300 1250 1200 1150 1100 1050 1000 950 900

0123456789 10 (km)

4-rasm Omonqo'tonsoyning bo'ylama kesimi hamda undagi energetik nuqtalari.

Shunda daryodan oqib o'tadigan eng kam va eng ko'p suv sarflaridan unumli foydalanib, foydali ish kaifsentini oshiramiz Omonqo'tonsoyning bo'ylama kesimi bo'yicha aniqlangan energetik nuqtalariga, tog' daryolariga to'g'ri keladigan, derivatsion usulda foydali ish kaifsenti yuqori bo'lgan, mikro-GESlarni mosini o'rnatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Suv oqimining gidravlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi gidrotexnik inshoatlar va gidroenergetik jihozlar yig'indisiga gidroelektrostansiya(GES)lar deyiladi[10]

Ishlash prinsipi bo'yicha mikro-GES turbinalarini ikki turga bo'lish mumkin: oqimning kinetik va potensial energiyasidan foydalanuvchilarga. Oqimning kenitik energiyasidan foydalanuvchi aktev turbinalar katta bosim va suv sarfini Omonqo'tonsoydan kamida 2-3 barobar ko'p talab qiladi. Suv omborlarga o'rnatsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Omonqo'tonsoyga oqimning potensial energiyasidan foydalanuvchi reaktiv gidroturbinalarni o'rnatish kerak, bu turbinalarni bir-nicha xili bor. Bizga kerakli bo'lgani parrakli gidroturbinadur, barcha gidroturbinalar orasida eng yuqori tezyurar gidroturbinalardan hisoblanadi. Tezyurar gidroturbinalar, oqimning juda kichik tezligida ham yuqoriroq aylanishlarga ega bo'ladi. Tezyurar gidroturbi-nalar yingil bo'lib, narxi arzon bo'ladi. SHuning uchun parrakli gidroturbinalarni oqimning juda kichik bosimi (1.8m) hamda tezligida qo'llash mumkin. 5-rasmda Parrakli gidroturbina ko'rsatigan. 4-rasmdagi Omonqo'tonsoyning bo'ylama kesimi va undagi energetik nuqtalarni tasverlovchi chizmadan kelib chiqqan xolda har bir nuqtaning nazariy patinsialini aniqlasak:Yuqorida aytib o'tganimdek, Soy suvidan unumli foydalanish uchun har bir energetik nuqtaga ikkitadan agregat o'rnatiladi. Agregatning biri ko'p yillik kuzatishlar natejasida aniqlangan eng kam suv sarflarining o'rtacha qiymatiga moslangan bo'lsa, 0.4-0.8 m3/sek. Ikkinchisi ko'p yillik kuzatishlar natejasida aniqlangan eng ko'p suv sarflarining o'rtacha qiymatiga 0.8-1.6 m3 /sek ga moslangan bo'ladi. Bizga ma'lumki Omonqo'tonsoyni ko'p yillik o'rtacha suv sarfi 1. 063 m3 /sek ga teng. Nazariy potinsialni quyidagi formula bilan chiqaramiz.

N= 9, 81X QXAH. [11]

N-oqim quvvati, kVt; 9,81-erkin tushush tezlanishi, Q-suv sarfi, AH-bosim(suv sathlari o'rtasidagi farq).

Suvning hamma qismidan ham foydalanib bolmaydi Suvning ma'lum bir qismi agregatni harakatga keltirish uchun sarf bo'ladi. Shuni inobatga olgan xolda soy suv sarfini 0.8 m3 /sek deb oldik. Bosim esa 4-rasmdagi Omonqo'tonsoyning bo'ylama kesimi hamda undagi energetik nuqtalarini aniqlash dovomida 15-m baland nuqtalar tanlangan. 1,4,5 nuqtalar bosimi 15-m, 2 va 3 nuqtalar bosimi 16 m ga teng. Qiymatlarni formulaga qo'yadigan bo'lsak:

N=9. 81x0. 8 X15=118 kVt/sek ga teng har bir energetik nuqta. Agregatning foydali ish kaifsentini 85% ekanligini inobatga olgan xolda 118x 0,85=100 bitta

nuqtadan energiya berish miqdori 100 kVt/ sekga teng. Demak Omonqo'tonsoyning o'zidan beshta nuqtani inobatga olgan xolda sekundiga 500 kVt tok olamiz.

5-rasm. Parrakli turbina rotorining yigilgan holatdagi ko'rinishi Manba: Majidov T. Noana'naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. 1-jadvalda esa shu nuqtalarning gidravlik va energetik xarakteristikalari keltirilgan

1-jadval. Omonqo'tonsoyning asosiy energetik va gidravlik Xarakteristikalari

T. r. GESlar Hisob O'rtac Quvvat, kVt/sek O'rtacha yillik Agre-

bosimi, ha Sekund sutkasiga elek- gatlar

m sarfi, m3/s iga troenergiya ishlab chiqa-rish, MVt soni, dona

1 1- GES 15, 0 0. 8 100 8640000 3153600 2

2 2- GES 16, 0 0. 8 100 8640000 3153600 2

3 3- GES 16, 0 0. 8 100 8640000 3153600 2

4 4 -GES 15. 0 0. 8 100 8640000 3153600 2

5 5- GES 15, 0 0. 8 100 8640000 3153600 2

Xulosa. Mamlakatimiz hududining asosan katta qismi tog' oldi rayonlarida joylashgan. Bu hududlarda aholi zich joylashgan bo'lib, bu hududlar suv resurslariga boy va tuproqlari unumdor. SHuning uchun bu hududlarda katta GESlar qurish

samarasiz. Chunki katta GESlarni muntazam ishlashi uchun daryolarga to'g'onlar qurish kerak. Buning uchun katta mablag' sarf bo'ladi. Asosiysi suv sathi ko'tarilgani va hosil bo'lgan suv omborlari natijasida juda katta hududlar suv ostida qolib ketadi. Natejada aholini ko'chirish kerak bo'ladi. Mamlakatimizdagi tog' va tog'oldi rayonlarida juda ko'p daryo va soylar bor. Bu soylarga mikro GESlar o'rnatish zamon talabi. Hozirgi vaqtda AES va IESlardan chiqayotgan chiqindilar atrof muhitga tasir qilib, ekologik xafi ortib bormoqda. Mikro GESlar ekologik tozza va barqaror bo'lib, eng yaxshi tomoni qayta tiklanuvchi hisoblanadi. Mamlakatimizning tog' va tog' oldi hududlaridagi daryo va soylarni mukammal o'rganib chiqish, qayta tiklanuvchi mikro GESlarni o'rnatish, unumli foydalanish kelajakda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko'payishiga, atrof-muhitni ekologik sof saqlanishiga, asosiy energetik tizimdan uzoqda joylashgan qishloqlarni elektr energiyasi bilan ishonchli ta'minlanishiga, qishloq xo'jaligida va boshqa sohalarda ishlab chiqarish jarayonlarini arzon elektroenergiya bilan ta'minlanishiga hamda halqimizning yanada farovon turmush kechirishini kofolatlashga imkon yaratib berada.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.