Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA YAQIN 50 YIL ICHIDA YER OSTI ARTEZIAN SUVLARINING TANQISLIGI VA OQIBATLARI'

O`ZBEKISTONDA YAQIN 50 YIL ICHIDA YER OSTI ARTEZIAN SUVLARINING TANQISLIGI VA OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
475
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer osti suvlari / sizot suvlar / drenaj quduqlari / artezian quduqlari / qurg`oqchilik / rekultivatsiya. / underground water / groundwater / drainage wells / artesian wells / drought / recultivation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Axmedov Murodjon Inomjon O'G'Li

Ushbu maqolada respublikamizning yer osti ichimlik suvlarini sarflanish miqdori, hozirda respublikaning qancha regionlarida yer osti ichimlik suv havzalaridan foydalanishi to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek yer osti ichimlik suvlaridan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari taxlil qilinib kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar atroflicha o`rganilib hulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SHORTAGE OF GROUND ARTESIAN WATER IN UZBEKISTAN WITHIN THE NEXT 50 YEARS AND ITS CONSEQUENCES

This article provides information on the consumption of underground drinking water in our republic, and how many regions of the republic currently use underground drinking water reservoirs. Also, the positive and negative aspects of the use of underground drinking water are analyzed, the problems that may arise in the future are thoroughly studied and conclusions are given.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA YAQIN 50 YIL ICHIDA YER OSTI ARTEZIAN SUVLARINING TANQISLIGI VA OQIBATLARI»

OZBEKISTONDA YAQIN 50 YIL ICHIDA YER OSTI ARTEZIAN SUVLARINING

TANQISLIGI VA OQIBATLARI Axmedov Murodjon Inomjon o'gTi

Qoqon davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari talim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6820774 Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizning yer osti ichimlik suvlarini sarflanish miqdori, hozirda respublikaning qancha regionlarida yer osti ichimlik suv havzalaridan foydalanishi togrisida ma lumotlar keltirilgan. Shuningdek yer osti ichimlik suvlaridan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari taxlil qilinib kelajakda yuzaga kelishi mumkin bolgan muammolar atroflicha o rganilib hulosalar berilgan.

Kalit so^zlar: yer osti suvlari, sizot suvlar, drenaj quduqlari, artezian quduqlari, qurg oqchilik, rekultivatsiya.

SHORTAGE OF GROUND ARTESIAN WATER IN UZBEKISTAN WITHIN THE NEXT 50 YEARS AND ITS CONSEQUENCES Abstract. This article provides information on the consumption of underground drinking water in our republic, and how many regions of the republic currently use underground drinking water reservoirs. Also, the positive and negative aspects of the use of underground drinking water are analyzed, the problems that may arise in the future are thoroughly studied and conclusions are given.

Keywords: underground water, groundwater, drainage wells, artesian wells, drought, recultivation.

ДЕФИЦИТ ПОДЗЕМНОЙ АРТЕЗИАНСКОЙ ВОДЫ В УЗБЕКИСТАНЕ В БЛИЖАЙШИЕ 50 ЛЕТ И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ Аннотация. В данной статье приведены сведения о потреблении подземных питьевых вод в нашей республике, и сколько регионов республики в настоящее время используют подземные резервуары питьевых вод. Также проанализированы положительные и отрицательные стороны использования подземных питьевых вод, подробно изучены проблемы, которые могут возникнуть в будущем и даны выводы.

Ключевые слова: подземные воды, подземные воды, дренажные колодцы, артезианские скважины, засуха, рекультивация.

KIRISH

O'zbekiston hududi yer usti suv zahiralari bilan birgalikda juda katta yer osti suv zahiralariga ham ega. Iqlimning juda quruq bo'lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, qishloq xo'jalik yerlari va chorva mollarini sug'orishda juda keng ko'lamda foydalaniladi. Lekin zaxiralar qanchalik katta bolmasin qayta tiklanish boTmasa bir kun kelib tugab bitadi. Yildan yilga iqlim isib quroqchilik kuchaymoqda asriy muzliklar ham erimoqda. Bizga maTumki yer osti suvlarining katta qismi tog' muzliklarini erishi va yog'inlar natijasida hosil boTadi. Yer osti artezian konlarining hosil boTishi qatlamlarning zichligi va holatiga qarab 1 mln yilgacha vaqt davomida paydo boTishi mumkin. Shuning uchun har doim suvga extiyotkor munosabatda boTishimiz kerak.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qayd etilishicha, respublika ishchi guruhi ikki oy davomida hududlarda yerosti chuchuk suvlardan foydalanish, daryo ozanlarida qum-shag'al qazish yer osti chuchuk suvlarga salbiy tasirini o'rganib chiqdi. 2050-yilga borib Ozbekistonda joriy suv tanqisligi besh barobarga oshadi. Bu haqida "O'zsuvtaminot" AJ ozining 2022-yilgi bayonotida maTum qildi. Keyingi yillarda respublikamizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda Ozbekistonning arid mintaqali hududlaridagi 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2 902 ta qishloq aholi punktlari aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda.[1]

BMT ma'lumotlari bo'yicha, insonning normal hayot faoliyati uchun bir kecha kunduzda 20 litrdan ortiqroq, sanitariya tizimlarida ishlatish uchun yana 50 litr suv kerak. Hozir dunyoda 1,1 mlrd kishi bir kunda 5 litrga yaqin suvdan foydalanadi, xolos. Yevropa davlatlarida esa har bir kishi bir kunda 200 litr, AQSHda 400 litr suvni ishlatishi fakt sifatida keltirilgan. Bu me'yordan ancha ortiq degani. 2025-yilga kelib, dunyo bo'yicha 3 milliard aholida suv tanqisligi kuzatilishi hisoblab chiqilgan. Bu vaqtga kelib, ularga bir kishi ishlatadigan suvning minimum miqdoriga nisbatan kam suv to'g'ri keladi.[2]

Organishlar davomida Toshkent viloyatidan oqib o'tuvchi Chirchiq daryoysi Chirchiq yerosti chuchuk suvlar konini doimiy to'yintirib turadi. Ushbu konda 5 ta yerosti guruhli ichimlik suvi olish inshootlaridan 3 tasi daryo ozanida joylashgan (Qibray, VU-1, Niyozbosh). Suvli qatlam tortlamchi davr yotqiziqlariga tegishli boTib, qatlamning qalinligi 20-70 metr, Yangiyo'l va Chinoz shaharlari atrofida 120-350 metrni tashkil qiladi. Ichimlik suvi ta'minoti uchun foydalanilayotgan mazkur inshootlardagi quduqlar chuqurligi Toshkent shahrigacha bo'lgan hududda 20-70 metr, Yangiyo'l va Chinoz shaharlari oralig'idagi hududda 70-350 metrni tashkil etadi. O'rganish davomida kuzatuv quduqlaridagi yerosti suv sathi 2-5 metrni tashkil qilib, yil davomida tebranishi 1-3 metrni tashkil etgan. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida joylashgan «VU-1» suv olish inshooti, 180-sonli kuzatish qudug'ida suv sathi pasayishi kuzatilgan.

Ma'lumot uchun: o'rtacha yillik yerosti suv sathi 2014 yilda 2,15 metr bo'lgan bo'lsa, hozirda 5,38 metr bo'lib, 3,23 metr sath pasaygani aniqlangan. Inshoot yaqinida qum-shag'al karerlari mavjudligi ham sizot suvlari 1-2 metr pasayishiga ta'sir etgan.

Zarafshon daryosining mamlakatga kirib kelish nuqtasi - «Ravatxo'ja» to'g'onidan Kattaqo'rg'on shahrigacha bo'lgan oralig'ida «Zarafshon daryosining hozirgi havzasi» yerosti suv koni joylashgan. Ushbu konga jami 16 ta guruhli yerosti suv olish inshootlari bog'langan bo'lib, shundan 4 tasi (Cho'ponota, Dagbid, Murtak, Damxo'ja) Zarafshon daryosi o'zaniga juda yaqin joylashgan. O'rganish ishlari davomida ushbu inshootlarning kuzatuv quduqlarida yerosti suv sathi 4,6-10,8 metr chuqurlikda bo'lib, yil davomida mavsumiy tebranishi 1,0-2,5 metrni tashkil qilgani aniqlangan. Daryo o'zanida yerosti suvli qatlamlarining ko'proq ochilishi, 100-500 metr radiusdagi hududda, birinchi suvli qatlam - grunt suvlari sathining 1-2 metr pasayishiga olib kelgan. Aholining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatayotgan qo'lbola quduqlar (kachalka, yerosti quduqlar)dagi suv sathiga ta'sir etmoqda.

«O'zgidromet» xizmatining 2012-2021 yillar oralig'ida kuzatuvlar tahliliga ko'ra, iqlim o'zgarishi tufayli yog'ingarchilikning kam bo'lishi, ayrim yillarda vegetatsiya davrida qurg'oqchilik ro'y bergan, Chorvoq suv omboriga (Chirchiq daryosiga) va Zarafshon daryosiga 2013-2014, 2018, 2020 va 2021 yillarda me'yordan 10-15 foiz kam suv kelishi kuzatilgan. Suv

tanqisligi, o'z navbatida, ichimlik suvi tanqisligiga olib kelmoqda. So'nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3048 m3 dan 1589 m3 gacha kamaygan.[3]

TADQIQOT NATIJALARI

Jahon banki tahliliy ko'rsatkichlariga ko'ra, 2050-yilga borib O'zbekistonda suvga bo'lgan talab 59 kub km.dan 62-63 kub km.gacha oshadi va mavjud suv resurslari 57 kub km.dan 52-53 kub km.gacha kamayadi, bu esa joriy suv tanqisligini (2 kub km.dan 11-12 kub km.gacha) besh barobarga oshiradi. Ichimlik suvi ta'minotidan foydalanishda asosiy xavflar chuchuk suvning o'tkir taqchilligi, foydalanish uchun raqobat, ifloslanishi, qurg'oqchilik va boshqalardan iborat ekanligi aytilgan. [4]

Gidrogeologik jihatdan o'rganish natijasida quyidagicha xulosa qilingan:

1. Qazish ishlari davomida katta maydonlarda yerosti suvli qatlamlarini ochish, tevarak-atrofda, ya'ni 100-500 m radiusdagi yerosti grunt suvlari sathining 1-2 metrga pasayishiga olib keladi. Qazish ishlarida texnologik reglament talablariga qat'iy rioya qilish lozim.

2. Zarafshon daryosi bo'yidagi «Dagbit suv olish inshooti» 3-uchastkasining sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan hududda qazish ishlarini to'xtatish va rekultivatsiya qilish lozim.

3. Yerosti suv olish inshootlarining sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan karerlardagi qazib olish ishlari yerosti suvlari (mikrobli) ifloslanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, ushbu hududlarda qazish ishlarini cheklash tavsiya etiladi.

MUHOKAMA

Farg'ona vodiysi artezian havzasida ahvol nisbatan yaxshi lekin yer osti artezian suvlarining sathi kuzatish quduqlarida 2-4.5 metrgacha pastlagan, yer osti suvlarining pastlashi bu yerdagi daraxtlarning ayrimlari ommaviy qurib qolishi va ayrim drenaj quduqlarida tabiiy bosimning tushib ketishiga olib keldi. Qo' qon shaxridagi kuzatishlar davomida yer osti suvlarining 2021-2022 yilda keskin tabiiy sathning pastlashi oqibatida asosan shaxarning nisbatan balandroq qismlarida joylashgan daraxtlarning 15% ayrim joylarda 40% gacha daraxlarning qurib qolishiga olib keldi. Shu yerda savol tug'iladi nega aynan nisbatan balandroq joylarda daraxtlarning qurishi kuzatildi. O'rganishlar shuni ko'rsatdiki 2021-yil qug'oqchil kelganligi va yer osti suvlaridan doimiy foydalanish oqibatida yer ostidan olingan suvlarning o'rni qoplanishi sekinlashgan, natijada ildiz tizimi yuqori suv sathiga moslashgan o'rta va keksa yoshdagi daraxtlar qurishni boshlagan chunki bu yoshdagi daraxtlarning ildiz tizimi kerakli chuqurlikkacha shakillanib so'ngra o'sishdan to'xtagan xisoblanadi. Bu esa kejakdagi suv bilan bog'liq muammolarning boshlanishidan darak beradi.

Hozirda respublikamizdagi yana bir yerosti suvlari sathining holati bo'yicha Toshkent shaxrida muammolar tug'ilmoqda. Toshkent shaxrida 360 ga yaqin yer osti suv quduqlari mavjud bo'lib ulardan aholini ichimlik suvi bilan taminlash obodonlashtirish va sanoatda foydalanilmoqda. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, kuzatuv quduqlaridagi suvning tabiiy sathi 7-12 metrgacha pastlagan, ushbu tabiiy sathning pastlashi shuni anglatadiki yer ostidan olinadigan suv miqdori singib qo'shiladigan suv miqdoriga nisbatan ko'proqni tashkil qilayotganligini bildiradi. Biz hozirda yer osti suvlarining tabiiy sathi pastlayotganligining salbiy oqibatlaridan biri shaxardagi archalarning ko'plari qurib qolayotganligidan bilishimiz mumkinki suv sathi pastlamoqda.

O'rganishlar shuni ko'rsatdiki dastlab kasallik tufayli qurimoqda deyilgan archalar aslida ildiz tizimidan suvning pastlaganligi tufayli quriyotganligi ma'lum bo'ldi. Archalar o'zida juda

2G22 № 3

ko'p miqdorda suv saqlaydi, namlikni havodan olib yer ostiga tashlaydi ushbu funksiyasi tabiy ravishda ishlashi uchun esa ildiz tizimida yuqori namlik bo'lishi kerakligi aniqlandi.

Yuqoridagi kabi omillar yildan yilga ko'payib bormoqda, yer osti suv zahiralarinining sathini va miqdorini optimallashtish maqsadida respublikamida tegishli qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda, hususan 2017-yil 4-may kuni O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-2022 yilarda yer osti suv zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori imzolandi. Hujjatda qayt etilgan muammolardan asosiysi bu oxirgi 40-50 yilda sanoat va qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy ta'sir korsatadi, bu o'z navbatida suv olish inshoolarining ruxsatsiz qurilishi va suvni nazoratsiz olish oqibatida yer osti chuchuk suv konlardagi zahiralarning 35% ga qisqarishiga va ayrim manbalarda suv zahiralarining tugashiga olib keldi.[5]

2017-yilning fevral-mart oylarida 10 mingdan ortiq suv qudug'i bo'yicha o'tkazilgan xatlov natijalari aytib o'tilgan salbiy omillarning yer osti suvlari holatiga ta'siri davom etayotganidan dalolat beradi. Xatlov natijalari:

• 60 foizdan ortiq quduqlardan yer osti suvlari nazoratsiz olinayotgani hamda ularning ifloslanishi va zaxiralarining kamayishi davom etayotganini;

• 59 foiz yer osti suvlari tasdiqlanmagan zaxiralardan olinayotganini;

• Yaqin o'n yillar mobaynida chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarining yarmidan ko'pini tiklab bo'lmas tarzda yo'qotishning real xavfi mavjudligini yaqqol ko'rsatdi.[6]

O'zbekiston Prezidentining ushbu qarori yuqorida ko'rsatib o'tilgan muammolarni zudlik bilan hal etish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. U ayni paytda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish va shu asosda mamlakatimiz aholisini suv bilan ta'minlash sifatini yaxshilashga qaratilgandir. XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yer osti suv zaxiralari nafaqat ichimlik suvi balki hudlar ekalogiyasining bosh tuguni hisoblanadi. Dunyo miqyosida ichimlik suviga bo'lgan talabning orta borishi bazi suv tanqisligi tufayli millionlab insonlarning hayotdan ko'z yumishi bu bugungi jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lib bormoqda. Bazi mamlakatlar o'zining yer osti suv zaxiralaridan rejasiz va nooqilona foydalanishi natijasida yer osti suv zaxiralarini ishlatib bo'ldi. Biz yurtimizning istiqbolini o'ylagan holda jahonda ro'y berayotgan suv muammolaridan tog'ri hulosa chiqarib o'z vaqtida kerakli chora tadbirlar ko'rishimiz keraklidir. Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki yurtimizda ham o'tgan 10 yillik ichida yer osti suvlarining sathi pastlashi hatto ayrim kichik konlarda suvning tugashi yaqqol kunimiz muammosi bo'lmoqda.

REFERENCES

1. O' zSuvtaminot AJ, bayonoti, 2022.

2. BMT ning "Suv tanqisligi pragnozlari" bayonoti 2020

3. O' zgidromet xizmatining 2012-2021 yillar kuzatuvlar taxlili. 2021.

4. Jaxon bankining taxliliy ko'rsatkichlari. London. 2020.

5. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-2021 yillarda "yer osti suv zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish" to'g'risidagi qarori. -T.: 2017.

6. O'zsuvtaminot AJ 2017-yil fevral-mart oylarida 10 mingdan ortiq suv qudug'i bo'yicha o'tkazilgan xatlov natijalari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.