Научная статья на тему 'SHOFIRKON TUMANINING TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI'

SHOFIRKON TUMANINING TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqlim / tuproq / sug’oriladigan yerlar / irrigatsiya / melioratsiya. / Climate / soil / irrigated lands / irrigation / reclamation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mo’minova Sh U.

Ushbu maqolada Shofirkon tumanining yer-suv resurslari va tuproqlarning meliorativ holatiga doir ma’lumotlar keltirilgan va ularga bog‘liq ravishda shakllangan muammolar ko’rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur muammolarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF REASONABLE USE OF NATURAL RESOURCES OF SHOFIRKON DISTRICT

This article presents information on the state of land and water resources and soil reclamation of Shafirkon district and considers the problems that have arisen in connection with them. Proposals and recommendations for these problems have also been developed.

Текст научной работы на тему «SHOFIRKON TUMANINING TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI»

Mo'minova Sh. U.

Mirzo Ulug^bek nomidagi O^zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (o>ganish obyekti bo^yicha)

yo^nalishi 1-kurs magistri

SHOFIRKON TUMANINING TABIIY RESURSLARDAN OQILONA

FOYDALANISH MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shofirkon tumanining yer-suv resurslari va tuproqlarning meliorativ holatiga doir ma 'lumotlar keltirilgan va ularga bog 'liq ravishda shakllangan muammolar ko 'rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur muammolarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Iqlim, tuproq, sug'oriladigan yerlar, irrigatsiya, melioratsiya.

Mominova Sh.U. lst-year master's degree Faculty of Geography and Geo-information Systems National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ISSUES OF REASONABLE USE OF NATURAL RESOURCES OF

SHOFIRKON DISTRICT

Annotation. This article presents information on the state of land and water resources and soil reclamation of Shafirkon district and considers the problems that have arisen in connection with them. Proposals and recommendations for these problems have also been developed.

Key words: Climate, soil, irrigated lands, irrigation, reclamation.

Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda 2023-yil 27-fevralda qabul qilingan 2998-IV-sonli "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida"gi qarorida, mamlakatimizda qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni asrash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan [1.]. Ayni vaqtda har bir tuman fermer xo'jaliklari ko'lamida qishloq xo'jaligiga moslashgan sug'oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta'minotini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilgan. Shu nuqtayi nazardan Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida amalga oshirilayotgan qishloq xo'jaligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy tizimlarda ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan chora tadbirlar tahlili amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Asosiy qism. Shofirkon tumani - Buxoro viloyatining eng qadimgi tumanlaridan biri hisoblanib, 1926-yilda tashkil etilgan, uning maydoni 3,72 km2 ni tashkil etadi. Shundan sug'oriladigan yerlar 28400 g, asosiy ekinlari paxta

(9577 ga) hamda g'alla (6154 ga) hisoblanadi. Shuningdek, tuman hududida o'rmon xo'jaligi ham mavjud [2.].

Tuman hududi Zarafshon daryosi quyi oqimining o'ng qirg'og'ida joylashgan. Ma'lumki, joyning geologik tuzilishi, geomorfologik shakllanishi tuproqning hosil bo'lishida asosiy o'rin tutadi. Umuman olganda, Zarafshon vodiysi olimlar tomonidan to'rtta geomorfologik rayonga bo'lingan bo'lib, ular relyef tuzilishi va to'rtlamchi davr yotqiziqlari tabiatiga ko'ra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Ushbu geomorfologik rayonlar quyidagilar hisoblanadi: 1) Samarqand havzasi; 2) Buxoro subareal deltasi; 3) Qorako'l subareal deltasi; 4) Navoiy-Konimex vohasidan iborat [2.]. Shunga ko'ra, Shofirkon tumani Zarafshon vodiysining quyi qismida shakllangan Buxoro subareal deltasida joylashgan.

Buxoro subareal deltasi - Zarafshon daryosini Hazar darasidan chiqish joyidan boshlangan bo'lib uchburchak shaklga ega. Uning eng keng qismi 60 km bo'lib, Buxoro shahri meridianiga to'g'ri keladi. Deltaning umumiy maydoni (delta oralig'idagi qumliklar, sho'rxoklar bilan birgalikda) 287 ming gektardan iborat. Yer yuzasi asosan qadimgi Zarafshon daryosining shag'alli, qumli, qumoq va gilli alluvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Ular qadimdan sug'oriladigan maydonlar bo'lganligi sababli, tuproqlar 2-3 m qalinlikdagi agro-irrigatsion yotqiziqlar bilan qoplangan.

Shofirkon tumani ham Buxoro viloyatining eng shimoliy qismida joylashgan tuman sanalib, hududining asosiy qismi cho'l mintaqasida joylashgan. Shofirkon tuman hududi shimoli-g'arbdan, janubi-sharqqa, ya'ni, Zarafshon daryosi tomon biroz nishab sanaladi. Tumanning eng baland qismi uning shimoli-sharqiy qismida 250 metrni, eng past nuqtasi 208 metrga to'g'ri keladi. Tuman hududining eng tekis qismining nishabligi hammasi bo'lib 8-10 km da atigi 8090 smga pasayadi. Bu o'z o'rnida tuproqlarning meliorativ holatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.

Iqlimi keskin kontinental bo'lib quyoshli kunlarning ko'pligi, haroratning yozda juda issiq, qishda esa nisbatan sovuq bo'lishi uning keskin kontinental iqlimli o'lka ekanligining yaqqol misolidir. Tumanda yillik o'rtacha harorat+14,2 °C ni tashkil etib, qishda eng sovuq harorat -29 gradusda, yozda eng issiq harorat esa+ 46 gradusni tashkil etadi. Shofirkon tumanida iyul oyining o'rtacha harorati +29,4 gradus, qish oylarida o'rtacha harorat esa -1.5 gradusni tashkil etadi. Buxoro viloyati tumanlari ichida Shofirkon iqlimi nisbatan salqin. Bunga sabab tuman viloyatning shimoliy darvozasi vazifasini bajaradi [5; 344 -b.].

Tumanda vegetatsiya davri 150 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratlar yig'indisi esa 4700-5000 gradusni tashkil etadi. Quyoshning yalpi radiatsiya miqdori har santimetr kvadratga 150-160 kkal ga teng. Tumanda yil davomida shimoldan shamollar oqimi kirib keladi. Shofirkon tumanida yillik yog'in miqdori 200 mm ni tashkil etib, mumkin bo'lgan bug'lanish yillik yog'inga nisbatan 5-6 barobar ko'p.

Shofirkon tumanida oqar suvlar deyarli uchramaydi. Hududda qishloq xo'jaligi yerlari ham asosan su'niy kanallar olingan suvlar yordamida sug'oriladi. Tumandagi ekin maydonlari Amu -Buxoro mashina kanali, Katta Jilvon, Kichik Jilvon, Sultonobod, Ko'hnarud va Shohrud kanallari bilan sug'oriladi. Bular orasida Shohrud kanali eng qadimiysi hisoblanib 6-7 asrlarda barpo etilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, Shofirkon tumanida qadimdan sug'oriladigan maydonlar bo'lganligini bilish mumkin.

Tuman hududi asosan cho'l zonasiga to'gri kelganligi bois, tumandagi tuproq qatlami, flora va fauna ham cho'l sharoitiga mos holatda tarkib topgan. Shofirkon tumani tuproqlari bir xil emas cho'l mintaqasida turli mexanik tarkibdagi och tusli bo'z tuproqlar, qumoqli tuproqlar ba'zi joylarda sho'rxoqsimon tuproqlar ham qum shag'al tuproqlar uchraydi.

Tumanning shimoliy qismida sho'rxok, sho'rtob, qumloq, toshli cho'l, turli och bo'z tuproqlar, Shofirkon tumanining janubiy qismlarida o'tloq, botqoq-o'tloq va qayir-alluvial tuproqlar keng tarqalgan. Jongeldi massivi atroflarida asosan qumli-cho'l tuproqlari katta maydonni egallagan.

Iskogare massivi atrofida sur qo'ng'ir-o'tloqi tuproqlar tarkib topgan. Tuman hududida Zarafshon daryosining qayiri va terassalarida o'tloq- botqoq, o'tloq, och bo'z, oddiy bo'z tuproqlari tarqalgan. Sug'oriladigan maydonlarning Qizilqum cho'liga tutashib ketganligi bu yerda shamol eroziyasi, sho'rlanishga moyilligi, chirindi va boshqa ozuqa moddalarning kamligi, tuproqlar mehanik tarkibiga ko'ra asosan o'rtacha va yengil qumoq tuproqlardan iborat ekanini ko'rishimiz mumkin.

Tuproqlardagi gumus miqdori 0,80-1,10 % atrofida. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, bu tuproqlar eng hosildor tuproqlar hisoblanib, Shofirkon tumanining asosiy tabiiy resurslaridan biridir. Bu resurslardan samarali foydalanish hududni meliorativ holati bilan bog'liq. Tuproqlarning meliorativ holati grunt suvlarning sathi bilan bog'liq. Tumanning shimoliy cho'l hududiga tutash yerlarda yer osti suvlarining sathi 3-4 m; tekislik qismida 1,5-2 m ni tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ekinlarni sug'orish davrida esa ularning balandligi 1 -2 m gacha ko'tarilishi kuzatiladi. Tuman hududida gurunt suvlarining minerilizatsiyalashgan darajasi 1,5-2 g/l ni tashkil etadi. Ulardan keng miqyosda sug'orish maqsadlarda foydalanish tuproqlarni meliorativ holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bu masalani hal etish asosiy muammolardan biridir. Bundan tashqari, tumanda tarqalgan tuproqlarning 2,3% i og'ir qumoqli va loyli, 25,8% i o'rta qumoqli, 45,5% i yengil qumoqli, 26,4% i qumo qli-qumli tuproqlaridan iborat [3; 20-b.].

Bundan ko'rinib turibtiki tuman hududining asosiy qismini o'rta-yengil qumoqli tuproqlar egallgan bo'lib, bu tuproqlar unumdor tuproq hisoblanib tuproqning agrofizikaviy ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tuproqlarning sho'rlanganlik darajasiga ko'ra 7,4% sho'rxoklar bilan kuchli sho'rlangan, 3,3% i kuchli sho'rlangan, 30,3% i o'rtacha sho'rlangan, 59% i kuchsiz sho'rlangan [3; 20-b]. Tumandagi tuproqlarning asosiy qismi kuchsiz sho'rlangan. Bu ko'rsatkichlar

Shofirkon tumanining tuproqlarining meliorativ holati viloyat tumanlari orasida ancha yuqori ekanligini ko'rsatadi. Umuman olganda, Shofirkon tumani tabiiy sharoitiga ko'ra biroz noqulay hisoblanadi. Tuman hududi cho'l landshaft xususiyatlarni shakllantirgan bo'lib, suv resurslari bilan yetarli darajada taminlanmagan. Bu o'z navbatida hududda qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun tuman miqyosida yer -suv resursladan oqilon foydalanishni ilmiy asoslangan chora tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Shofirkon tumani tabiiy jihatdan biroz noqulay tabiiy geografik sharoitga ega. Bu o'z navbatida mazkur hududda qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Ya'ni bu hududda suv ko'p talab qiladigan o'simliklarni yetishtirish uchun qulay sharoitga ega emas. Quyi Zarafshon okrugida joylashgan hududlar Zarafshon daryosiga yaqinligi tufayli, qadimdan sug'orma dehqonchilikda foydalanib kelinmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tabiiy resurslar ichida yer o'ziga xos huquqiy maqomga ega bo'lib, undan ilmiy va amaliy jihatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning tuproq unumdorligini oshirish hamda unumdor tuprog'i bo'lgan yerlardan alohida muhofazasini ta'minlash lozimligini taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevralda qabul qilingan 2998-IV sonli "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida"gi qarori.

2. Muxtorov S, Bobomurodov K "Shofirkon tarixi" Buxoro, 1998.

3. O'lkashunoslik atlasi (Buxoro viloyati) - T.: "Kartografiya" IICHDK, 2018. 19-20-b

4. Shofirkon tumanining statistik axborotnomasi 2022y

5. Tojiyeva Z.N., Usmonova M.I. Shofirkon tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishda tabiiy muhitning ta'siri // «Improving Uzbekistan's position in international ratings and indexes: theory, practice and strategy» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2023-yil 17-noyabr -T.: 2023. 342-346-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.