Научная статья на тему 'SHOFIRKON TUMAN IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA TABIIY MUHITNING TA’SIRI'

SHOFIRKON TUMAN IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA TABIIY MUHITNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
43
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqlim / tuproq / tabiiy sharoit / Ko’hnarud / sho’rxok / Quljuqtog’ / Gujumli / Iskogare massivi / qum do’nglari / tabiiy muhit / psammofit / kaledon / paleogen

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tojiyeva Zulxumor Nazarovna, Usmonova Maftuna Ibodullo Qizi

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining shimoliy qismlarida joylashgan Shofirkon tumanining ijtimiy-iqtisodiy rivojlanishida tuman tabiiy sharoitining o’rni haqida to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, hududni rivojlantirish va tabiiy sharoitini yaxshilash uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOFIRKON TUMAN IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA TABIIY MUHITNING TA’SIRI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

SHOFIRKON TUMAN IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA TABIIY

MUHITNING TA'SIRI Tojiyeva Zulxumor Nazarovna Usmonova Maftuna ibodullo qizi

1O'zbekiston Milliy Univeristeti professori 2O'zbekiston Milliy Univeristeti

1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10138377

Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro viloyatining shimoliy qismlarida joylashgan Shofirkon tumanining ijtimiy-iqtisodiy rivojlanishida tuman tabiiy sharoitining o'rni haqida to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, hududni rivojlantirish va tabiiy sharoitiniyaxshilash uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Iqlim, tuproq, tabiiy sharoit, Ko'hnarud, sho'rxok, Quljuqtog', Gujumli, Iskogare massivi, qum do 'nglari, tabiiy muhit, psammofit, kaledon, paleogen.

Abstract. This article focuses on the role of the natural conditions of the natural conditions of the district in the socio-economic development of Shafirkon district, which is located in the northern part of Bukhara region. As well as offers and recommendations for the development of the area and improvement of its natural conditions.

Keywords: Climate, soil, natural condition, Ko'hnarud, saltly soil, Khuljuktov, Gujumli, Iskhogare massive, sand dunes, natural environment, psammophyte, Caledonian, paleogene.

Аннотаци. Данная статья посвящена роли природних условий в социально-экономическом развитии Шафирканского района, расположенного в северной части Бухарской области. Также даны предложения и рекомендации по развитию района и улучшению его природных условий.

Ключевые слова: Климат, почва природные условия, Кохнаруд, Кульжуктог, Искогаре массив, песчаные дюны, природная среда псаммофиты, каледон, палеоген.

KIRISH

Buxoro viloyati hududi O'zbekiston Respublikasining janubi-g'arbida Zarafshon daryosining quyi qismida Janubi-g'arbiy Qizilqum deb ataladigan cho'l maskanida joylashgan. U shimoli-g'arb tomondan qisqa masofa Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi zamini bilan tutash. Shimol va sharq tomondan esa katta masofada Navoiy viloyati bilan o'ralgan bo'lib, janubi-sharqiy tomondan Qashqadaryoning Qarnob, Qarshi cho'llariga yondoshdir. Viloyatning janubi-g'arbiy chegaralari juda katta masofada Turkmaniston davlati bilan bog'lanadi.Bu yerda chegara Amudaryoga o'ng tomondan yondashib boradi va Doyaxotin , Qizilrabot oralig'ida esa daryo orqali o'tadi.

Buxoro viloyati hududi to'lqinsimon tekisliklar bo'lib balandligi 300 mdan 800 mgacha bo'lgan alohida do'ngliklari bilan shinoliy-garbga qarab biroz qiya holatda joylashgan tekisliklardan iborat. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan 785 m balandlikda joylashgan bo'lib Quljuqtov past tog'lariga to'g'ri keladi. Buxoro viloyatining katta qismi o'simliklar bilan mustahkamlangan do'ng va jo'yakli qumlardan iborat.

Shofirkon tumani ham Buxoro viloyatining eng shimoliy qismlarida joylashgan tuman sanalaib hududining asosiy qismi cho'l mintaqasiga to'g'ri keladi.

ASOSIY QISM

Shofirkon tuman hududi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa qarab biroz nishab holatda joylashgan. Tumanning shimoliy qismlarida viloyatning eng baland nuqtasi sanalagan Quljuqtov

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

past tog'lari etaklari (Gujumdi tog'i) va Qizilqum ( Jilvon va toldi massivlari) ga tutashgan. Janubiy qismi Zarafshon vodiysi orqali sug'oriladigan yerlardan iborat.

Shofirkon tumani umumiy chegara uzunligi 305 km ni tashkil etadi. Shimolda 93 km masofada Navoiy viloyati orqali, janubdan Vobkent tumani orqali 6km masofada, Garbda Peshku janubi-g'arbda Romitan tumanlari orqali 106 km masofada, Sharqda esa 100 km masofada G'ijduvon tumani orqali cheagaralanadi. Umumiy yer fondi 3,95 ming kv.kmni tashkil etadi.

GEOLOGIK TUZULISHI

Buxoro viloyat hududi asosan tekislikdan iborat bo'lsada o'ziga xos murakkab geolohik tuzulishga ega. Bu zamin epigersin (gersindan keying) platformasi ustida joylashgan. Dastlabkipa;eozoy erasigacha buhudud ham dengiz ostida bo'lgan keying tektonik harakatlar natijasida asta sekin ko'tarila boshlangan. Kembriy davrlarida Buxoro viloyatida shimol, shimoli-g'arb tomonga yo'nalgan qator o'ta chuqur tektonik yoriqlar hosil bo'ladi. Shofirkon tumani Buxoro viloyatining shimoliy qismlarida joylashganligini hisobga olgan holda ushbu hududda ham tektonik harakatlar kembriy davridan boshlab shakllangan deyishimiz mumkin

Shofirkon tumanida paleozoy erasiga tegishli bo'lgan yotiziqlar faqatgina tumanning shimoli-g'arbiy qismlarida Vardonze va Iskogare massivlarinining kam o'zlashtirilgan cho'lli hududlaridga to'g'ri keladi. Bilamizki yurtimizning ko'plab hududlarida mezozoy erasiga kelib dengiz bostirib kelgan va bu davrlar mobaynida turli qalinlikdagi jinslar to'plana boshlagan. Shofirkon tuman hududida ham mezozoy- paleogen davr yotqizqlari orasida marmar, oltin, grafit, neft va mineral bo'yoq konlari uchraydi.

Shofirkon tumaninigeologik qatlamining asoini kaynazoy erasiga tegishli bo'lgan jinlar tashkil etadi. Ayniqsa, neogen davr yotqiziqlartumanning markzaiy va qisman shimoliy

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

hududlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Janubiy Janubi- sharqiy va janubi-g'arbiy, markaziy hududlarda esa to'rtlamchi davr jinslari nisbatan ko'p tarqalgan.

SHOFIRKON TU MAN I GEOLOGIK XARITASI

IQLIMI va ICHKI SUVLARI

Buxoro viloyati butun O'rta Osiyo cho'lli mintaqasining markzaiy qismida joylashga hududdeya e'tirof etiladi. Shunga mos holatda Shofirkon tumani ham Subtropik iqlik mintaqsining tipik cho'l xususiyatiga ega bo'lgan iqlimiy ko'rsatkichlarga ega . Iqlimi keskin continental bo'lib quyoshli kunlarning ko'pligi, haroratning yozda juda issiq qishda esa nisbatan sovuq bo'lishi uning keskin continental iqlimli o'lka ekanligining yaqqol misolidir.

Tumanda yillik o'rtacha harorat 14,2 gradusni tashkil etib, Qqishda eng sovuq harorat -29 gradusda, yozda eng issiq harorat esa + 46 gradusni tashkil etadi.

Shofirkon tumanida iyul oyining o'rtacha harorati +29,4 gradus, qish oylarida o'rtacha harorat esa -1.5 gradusni tashkil etadi. Buxoro viloyati tumanlari ichida shofirkon iqlimi nisbata salqin. Bunga sabab tuman viloyatning shimoliy darvozasi vazifasini bajaradi. Tumanda vegetatsiya davri 150 kunni tashki etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratlar yig'indisi esa 4700-5000 gradusni tashkil etadi. quyoshning yalpi radiatsiya miqdori 150-160 kkalloriyaga teng. Tumanda Yil davomida shimoldan shamollar oqimi kirib keladi.Shofirkon tumanida yillik yog'in miqdori 200 mm ni tashkil etib, mumkin bo'lgan bug'lanish yillik yog'inga nisbatan 10-12 barobar ko'p. Shofirkon tumanida oqar suvlar deyarli uchramaydi. Hududda qishloq xo'jaligi yerlari ham asosan suniy zovurlardan olingan suv yordamida sug'oriladi. Tumandagi ekin maydonlari Amu-Buxoro mashina kanali, Katta jilvon, Kichik jilvon, Sultonobod va ko'hnarud ariqlaridan sug'oriladi.

TUPROQ, O'SIMLIK, HAYVONOT DUNYOSI

NOVEMBER 17

2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Tuman hududi asosan cho'l zonasiga to'gri kelganligi bois, tuamandagi tuproq qatlami, flora va fauna ham cho'l sharoitiga mos holatda shakllangan.

Hududning shimoliy va markaziy qismlarida asosan sur qo'ng'ir tuproqli hududlar, qoldiq ko'l va oyoqog'itma botig'I atrofida sho'rxok tuproqlar, Mirzaqum qumligi atrofida esa taqirli va yarim mustahkamlangan va mustahkamlanmagan qumlar uchraydi.

Shofirkon tumanining janubiy qismlarida o'tloqi, otloqi tuproqlar tarqalgan hududlr atrofida esa cho'l-o'tloqi tuprolari uchraydi.

Jongeldi massivi atroflarida asosan qumli-cho'l tuproqlari katta maydonni egallagan.

Tumanning tuproq qatlamiga mos holatda o'simlik qoplami shakllangan. Hudud cho' zonasida joylashganligi sabab asosan cho'l o'simliklari uchraydi.

Hududning shimoliy qismlarida katta maydonlarda shuvoqli cho'l o'simlari uning janubida Sguvoq-sho'rali o'imliklar oyoqog'itma botig'I atrofida siyraklashgan psammofit butazorli o'simlar eng janubiy qismi aholi manzilgohlari atrofida esa vohlarning madaniy o'simliklari uchraydi.

Tumanning shimoliy qismidagi cho'llarda shuvoqli cho'l o'simliklariga xos bo'lgan yovvoyi o'simliklardan ajriq, otquloq, yalpiz,sho'ra, baliqko'z, qo'ng'irbosh, yaltirbosh, qumli hududlarida oq saksovul, qandim, cherkez, iloq, quyonsuyak, selin, isiriq, janubiy tekislik hududlaridaesa qamish, ro'vak, bug'doyiq, sho'rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg'un va boshqalar o'sadi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

SHOFIRKON TUMANI O'SIMLIK XARITASI

S hi art li belgilar

--Tuman chegarasi

| Gipsofitli-yarim butali cho'llar

[_] Shuvoq-sho'rali cho'llar

I Shuvoqli cho'llar

] Siyraklashgan psammofit butazor o'simlik cho'llar

I Vohalarning madaniy o'simliklari

Tumanda yovvoyi hayvonlardan jayron, tovushqon, chiyabo'ri, tulki, yurmonqoziq, qumsichqon, qirg'ovul, bedana, kaptar, burgut, qirg'iy va boshqalarni uchratishimiz mumkin. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni takidlash mumkinki Shofirkon tumani tabiiy jihatdan biroz noqulay geografik sharoitda joylashgan. Hudud iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishi bevosita uning tabiiy sharoiti bilan bogliq deyishimiz mumkin. Tuman hududi cho'l landshaft xususiyatlarini shakllantirgan bo'lib suv resurlari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan. Bu esa o'z navbatida hududda qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari Shofirkonda sanoat tarmoqlari unchalik rivojlanmagan. Faqatgina yengil va oziq ovqat sanoat tarmoqlari kam miqdorda shakllangan. Sanoat rivojlanmaganligining asosiy sababi hudud tabiiy resurs salohiyatining pastligi bilan baholanadi.

REFERENCES

1. Abdullayev R. "Shofirkon yulduzlari", Buxoro,2004 79-b

2. Buxoro o'lkashunoslik atlasi 2018y

3. Nurov.N.U "Buxoro viloyati iqlimi va uning resurslari" Buxoro 1996.

4. Nazarov I.Q. Allayorov I.Sh "Buxoro geografiyasi" . Buxoro 1994 y

5. Shofirkon tumanining statistic axborotnomasi 2022y.

6. https//uz.m.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.