Научная статья на тему 'BUXORO VOHASI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARINING MEXANIK TARKIBI'

BUXORO VOHASI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARINING MEXANIK TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
151
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproqning mexanik tarkibi / makrova mikroagregatlik holati / zichlik / qattiqlik va g‘ovaklik / yirik chang / mayda qum fraksiyalari / unumdorlik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xakimova Nodira Xayrulloevna, Izzatova Marjona Narzulla Qizi

Buxoro viloyatda keng tarqalgan va sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha tahlillar olib borish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tuproqlar bo‘z tuproqlarga qaraganda o‘zining vertikal kesmasida juda murakkab mexanik tarkibga ega. Ushbu maqolada Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VOHASI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARINING MEXANIK TARKIBI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

BUXORO VOHASI SUG'ORILADIGAN TUPROQLARINING MEXANIK TARKIBI 1Xakimova Nodira Xayrulloevna, 2Izzatova Marjona Narzulla qizi

1BuxDU dotsenti b.f.f.d. PhD.

2Tuproqshunoslik yo'nalishi 4 bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8003956

Annotatsiya. Buxoro viloyatda keng tarqalgan va sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha tahlillar olib borish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tuproqlar bo'z tuproqlarga qaraganda o'zining vertikal kesmasida juda murakkab mexanik tarkibga ega. Ushbu maqolada Buxoro vohasi sug'oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: tuproqning mexanik tarkibi, makro- va mikroagregatlik holati, zichlik, qattiqlik va g'ovaklik, yirik chang, mayda qum fraksiyalari, unumdorlik.

Buxoro viloyati tumanlarida tarqalgan va sug'orish bilan band bo'lgan tuproqlar mexanik tarkib jihatidan turli-tumanligi bilan farqlanadi. Viloyat tuman va xo'jaliklarida sug'oriladigan tuproqlar mexanik tarkib jihatidan xilma-xil bo'lganligi sababli, o'tkaziladigan agrotexnik (haydash,sug'orish,ishlov berish,o'g'itlash, va hokazo), meliorativ (sho'r yuvish, kollektor zovurlar tizimini tashkil qilish, sizot suvlari chuqurligini belgilash va hokazo) tadbirlar mexanik tarkibiga qarab tabaqalashtirilishi zarur.

Tuproqlarning mexanik tarkibi uning juda ko'p xossalariga, suvni ushlab turishiga, tuproqda suvni ko'tarilib turishiga, suv o'tkazuvchanligiga, issiqlik tavsifiga, harorat tartibotiga, oziqa moddalar bilan ta'minlanganlik darajasiga, mikrobiologik faolligiga,tuproqga ishlov berishda solishtirma qarshiligiga va shu bilan birga ishlov berish muddatiga, ilashimlikka, tuproqni fizikaviy yetilganlik darajasiga ta'sir etadi.

Tuproq mexanik tarkibi asosiy morfologik ko'rsatgich bo'lib, barcha tipdagi tuproqlar binobarin uni tashkil qiluvchi barcha genetik qatlamlar uchun o'ziga xos mexanik tarkib mavjud. Masalan qum, qumli, qumloq, qumoq, (yengil, o'rta, og'ir) va loy (yengil, o'rta, og'ir) mexanik tarkiblar u yoki bu genetik qatlam va qatlamchalar uchun xos bo'ladi.

Tuproq mexanik tarkibi asosiy agrokimyoviy ko'rsatkich, chunki yuqorida bayon qilganimizdek, tuproqdagi chirindi barcha oziqa moddalar, tuproqning singdirish sig'imi kerakli kislorodli birikmalar tuproq mexanik unsurlarining (element) katta-kichikligi bilan bog'liq holda o'zgaradi. Tuproq mexanik tarkib jihatidan og'irlashsa, unda yengil tuproqga nisbatan chirindi, makro-va mikrounsurlar, ayniqsa singdirish sig'imi ham oshadi va hokazo.

Tuproq mexanik tarkibi muhim suv-fizik va fizik-mexanik ko'rsatgich hisoblanib, qumli, qumloq, qumoq va loy tuproqlarda bir xildagi xossa va tartibot vujudga kelmaydi, albatta tuproqlar mexanik jihatidan bir-birlaridan farqlanganliklari sababli o'ziga xos fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo'ladi. Masalan, qumli tuproqlar uncha katta suv (nam) sig'imiga ega emas, lekin yaxshigina suv o'tkazuvchanlik va yomon kapillyarlik xossalarga ega. Loy tuproqlarda esa, aksincha, ular katta nam sig'imiga ega. Bu ikki xil mexanik tarkibli tuproqlarda o'ziga xos havo, suv va issiqlik tartibotlari mavjud. Agarda bu ikkala tuproqni ishlov berish nuqtai nazardan baholasak, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yopishqoqlik va fizik - mexanik xususiyatlar kam ifodalanganligi uchun ularga ishlov berish hatto yuqori namlik sharoitida ham shoshilinch amalga oshiriladi. Loy tuproqlar katta yopishqoqlikga ega bo'lganligi uchun ularga ishlov berish juda katta qiyinchilik bilan, faqatgina ma'lum namlik darajasidagina amalga oshiriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Mexanik tarkib-muhim meliorativ ko'rsatgich, chunki sho'r yuvish tezligi, uning sifati albatta tuproqlarning mexanik tarkibiga bog'liq. Ikkinchi tomondan, sho'r yuviladigan hududlarda kerakli qatlamdagi zovur-kollektorlar, ular oralig'idagi masofani belgilashda, albatta tuproqning mexanik tarkibi hisobga olinadi. Binobarin barcha mexanik tarkibli tuproq guruhlarning suvni berish qobiliyatini bilmasdan turib, kerakli hajmdagi zovur-kollektor tizimini tashkil qilish mumkin emas. Qolaversa u yoki bu darajada sho'rlangan tuproqlarning yuvish uchun zarur bo'lgan suv me'yorini hisoblashda mexanik tarkib (uning dala nam sig'imi) asos qilib olinadi. Keyingi olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda, ayniqsa sho'r yuvish o'tkazilishi zarur bo'lgan hududlar uchun tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha xaritanomalar tuzish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mexanik tarkib-tuproq bonitirovkasining asosi, u yoki bu xo'jalik tuproq xaritalarini tuzishda, tuproq xillarini ajratishda hamda ajratilgan tuproq xillarini baholashda (bonitet bali) asos bo'lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar tuproqlarni tavsiflashda, uni baholashda mexanik tarkibni naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Darhaqiqat, Buxoro viloyatda keng tarqalgan va sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha xaritanomalarni tuzish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tuproqlar bo'z tuproqlarga qaraganda o'zining vertikal kesmasida juda murakkab mexanik tarkibga ega. O'tloqi allyuvial tuproqlar kesmasi bo'yicha qumli, qumloq, qumoq va loy bo'libgina qolmasdan, balkim qavat-qavatli o'ta murakkab mexanik tarkiblidir. Kesmasining ustki qatlamidan pastga tomon og'irlashib yoki yengillashib borishi hamda, qatlamlarning tez almashinuvi (qumli-loy-qumoq; qumoq- qumloq-loy-shag'al va hakozo) kuzatiladi. Bunday murakkab litologik sharoitda, albatta o'ziga xos oziqa, suv havo va issiqlik tartiboti vujudga keladi. Shu nuqtai nazardan, viloyatda sug'oriladigan yerlarni faqatgina tuproq xaritalarini tuzish bilan chegaralanmasdan, balkim har bir maydon uchun tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha xaritanomalarni tuzish tavsiya qilinadi. Bu esa o'z navbatida sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini, ayniqsa ularning meliorativ holatini yaxshilashdek muammoni ilmiy asosda hal qilish imkonini beradi.

Shuni ta'kidlash kerakki, tuproqning kimyoviy tarkibi, ayniqsa, uning singdirish sig'imi, chirindining miqdori va boshqalar, albatta, mexanik tarkibga juda bog'liq holda o'zgarib turadi. Buxoro vohasi sug'orilaligan tuproqlari asosan, mexanik tarkibiga ko'ra og'ir, o'rta, yengil qumloqlilardan va qumloqli, qumlardan iborat bo'lib,ularning maydoni viloyatda og'ir qumloqlilar -22798 ga, o'rta qumoqlilar -73750 ga, yengil qumoqlilar - 65322 ga, qumloqlilar-11533 ga va qumlilar 11931 ga ni tashkil qiladi (1-jadval).

Agronomik nuqtai nazardan baholashda nafaqat tuproqlarning mexanik elementlarini kattaligini bilish kifoya qiladi. Balki birmuncha mexanik elementlardan hosil bo'lgan tuproqdagi mikroagregatlar mavjudligi tavsiflidir. Shu bilan birga bu mexanik elementlarning suv ta'sirida yuvilishiga karshilik qiluvchi qobiliyatini o'rganish muhimdir. Tuproq strukturasini ayniqsa suv o'tkazuvchanligini baholashda qumloqi va loy tuproqlarning tavsifi muhim tomonlardan hisoblanadi. Buxoro vohasi tuproqlarining mexanik tarkibi turli- tuman bo'lib, bu ularning genezisi, morfologiyasi, tuproq hosil qiluvchi ona-jinslar va insonlarning madaniy irrigatsiya faoliyati bilan bog'liq.

1- jadval

Buxoro viloyati tumanlari tuproqlarning mexanik tarkibi, gektar hisobida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tumanlar nomi Mexanik tarkibi

Og'ir O'rta Yengil Qum-loqli Qumli Jami

1. Buxoro 2414 10300 5294 38 272 18318

2.Vobkent 3905 8269 1475 275 0 13924

3.Jondor 391 5230 11565 1838 1852 20876

4.Kogon 2665 6435 4648 283 85 14116

5.Qorako'l 436 3775 10509 1177 1830 17727

6.Qoravulbozor 7371 436 2730 1112 1020 15799

7.Olot 186 2006 8963 1481 2411 15047

8.Romitan 962 11535 5293 841 199 18830

9.Peshko' 2083 6912 4183 684 1484 15346

10.Shofirkon 506 5603 7113 2972 2740 18934

11.G'ijduvon 1879 10121 3549 832 38 16419

Tumanlar tuproqlarini mexanik tarkibi turli- tumanligini viloyatning boshka tumanlarida ham kuzatish mumkin. Olingan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, Qorovulbozor(7371ga), Vobkent(3905ga), Kogon (2665ga), Buxoro(2414ga), hamda G'ijduvon(1879ga) tumanlarida og'ir qumoqli tuproqlar boshqa tumanlarga nisbatan birmuncha ko'p maydonlarni egallaydi. Viloyat bo'yicha o'rta va yengil qumoqli tuproqlar eng ko'p yer maydonlarini egallashi bilan birga tumanlar o'rtasida turlicha taqsimlangan, ya'ni Romitan (11535 ga), Buxoro (10300ga), G'ijduvon (10123 ga), va Vobkent (8269 ga) tumanlarida o'rta mexanik tarkibli tuproqlar Jondor (11565ga), Qorako'l (10509 ga) Olot (8963ga) , Shofirkon (7113 ga) da, qumloq va qumli mexanik tarkibli tuproqlar, Shofirkon (2972-2740ga), Jondor (1838-1852ga), Olot (1481-2411ga), Qorako'l (1177-1830ga) tumanlarida ko'p maydonlarni egallaydi.

Yuqoridagi ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, eskidan sug'orilib dehqonchilik qilinib kelinayotgan tuman xo'jaliklarida tarqalgan tuproqlarning mexanik tarkibi birmuncha og'irligini ko'rish mumkin. Bu albatta tuproq yuza qatlamlariga antropogen omillarning ta'siri natijasida yuzaga kelgan. Qumli cho'l hududiga chegaradosh bo'lgan tuman xo'jaliklarida tarqalgan tuproqlarning aksariyati qumoqli va qumli mexanik tarkibga mansub bo'lib,ularning madaniylashgan holati birmuncha past.

Xullas, mexanik tarkib Buxoro vohasi tuproqlardagi butun jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi, o'z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo'lgan butun tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Buxoro vohasi tuproqlari mexanik tarkibi jihatidan turli -tumanligi bilan ajralib turadi. Tuproqlarga ishlov berishda, sug'orishda, o'g'itlashda va turli ekinlarni joylashtirishda ularning mexanik tarkibi hisobga olinganda holda tabaqalashtirilishi zarur.

REFERENCES

1. Kurvantaev R., Nazarova S. Evolution and forecast of development of irrigated soils in the middle part of the Zerafshan valley. // Collection of articles 1-part. IX International Conference "Development of Science in the XXI Century". Kharkiv, Ukraine, 2015. pp. 125-129.

2. Nazarova S., Kurvantaev R. Evolution and forecast of development of irrigated soils in the lower part of the Zerafshan valley. // V International scientific and practical conference "Actual problems of science of the XXI century". Collection of articles 1-part. Moscow, 15/12/2015. Pp. 111-116.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

3. Kimberg N. V. Zarafshan valley. // Cotton blend, vol. 2, Izd-vo an UzSSR, Tashkent, 1957. Pp. 3-102.

4. Kuziev R. K., Sektimenko E. V. Soils of Uzbekistan. Tashkent, 2009. 352p.

5. Хакимова Н.Х., Артикова Х,.Т., Акрамова П.А. Некоторые свойств почв в орошаемой пустынной зоны Бухарского Оазиса. / O'zMU Xabarlari.-Toshkent, 2018. №3/1.-B.296-299.

6. Hakimova N.X.,Kurvantayev R. Evolution of raflux soils of the midrange of the valley Zerafshan./ Annali-d'Italia. Рим №4/2020.- P. 68-71.

7. Hakimova N.X., Tokhirov B.B., Rakhmatova Z.B.,Sayfiyev T.F. Dynamics of enzyme activity in salted soils. / Novateur publications Journal NX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581- 4230 Volume 6, Issue 10, Oct. -2020. Р.301-303.

8. Курвантаев Р., Мазиров М.А., Хакимова Н.Х., Солиева Н.А. Эволюция и прогноз развития орошаемых типичных и светлых серёзомов на третьей терассе реки Зарафшан. / Владимирский земледелец. Научно-практический журнал. №4(98) 2021 D0I:10.24412/2225-2584-2021 -4-14-20.

9. Qurvantayev R., Xakimova N., Soliyeva N. General physicalproperties of Zarafshan low and medium stream irrigated soils / International Conference on Sustainable Management of Earth Resources and Biodiversity (SERBEMA-2022) dedicated to the "April 22 - World Earth Day". SCOPUS

10. Kurvantayev R., Hakimova N.X. Zarafshon vohasining o'rta qismida tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar. // Qishloq xo'jaligida ekologik muammolar va ularning yechimi mavzusidagi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman. -Buxoro, 2020-yil 17-18-dekabr.-B. 118120 .

11. Курвантаев. Р., Хакимова Н.Х. Почвы средней части долины Зерафшана. // Национальная академия наук Беларусси институт почвоведения и агрохимии. Плодородие почв и эффективное применение удобрений. Материалы международной научно-практической конференции -Минск,22-25 июня 2021.- С.100-103.

12. Xakimova N.X., Shofirkon tumani Mirzo Jamshid fermer xo'jaligi eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining biologik faolligi. // Tuproq unumdorligi va qishloq xo'jaligi ekinlar hosildorligini oshirishning zamonaviy-innovatsion texnologiyalari, muammo va yechimlar mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.- Buxoro, 2021 yil 19-20 noyabr B.

13. Hakimova N.X., Islomova U. Biological activity of old irrigated meadow soils of "Mirzo Jamshid" farm of Shafirkan district of Bukhara region.// Современные научныеи исследования. Актуалъные вопросы, достижения и инновации. Сборник статей XXII Международный научно-практической конференции. - Пенза. 2021 - С. 26-28.

14. Курвантаев. Р., Хакимова Н.Х., Орошаемые почвы средней части долины Зарафшана. // Почвы-стратегический ресурс России. Тезисы докладов VIII съезда Общества почвоведов им. В.В.Докучаева и Школы молодых ученых по морфологии и классификации почв.-Москва-Сыктывкар, 2021 г. Часть 2. С. 232-234. Skopus.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.