Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI TUPROQ QOPLAMINI O’RGANISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI TUPROQ QOPLAMINI O’RGANISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
249
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / Surxondaryo / Sherabod / cho’l qo’ng’ir tuproqlar / taqirli / sur tusli / qo’ng’ir qumli / cho’l tuproqlari / tuproq qoplami / qum massivlari / chirindi / gums / Soil / Surkhandarya / Sherabod / desert brown soils / barren / brown soils / brown sands / desert soils / soil cover / sandy massifs / humus / humus

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erdanov M.N.

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining tuproqlari, tekisliklar bilan tog’li qismi o’rtasida tuproqlarning hosil bo’lish sharoiti, tekislik zonada tuproq qoplamining kengliklar bo’yicha joylashish xususiyati, mintaqada tuproq qatlami, tiplari va tarkibi tekisliklardan tog’larga tomon o’zgarib borishi, Surxondaryo va Amudaryo qayirlarida allyuvial o’tloq, o’tloq-botqoq tuproqlar vujudga kelishiga ta’sir etuvuchi omillar o’rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF STUDYING THE SOIL COVER OF SURKHONDARYA

This article changes the soils of the Surkhandarya region, the conditions of soil formation between the flat and mountainous parts, the location of the soil cover in the flat zone by latitude, the soil layer, the types and composition of the region. from plains to mountains, factors influencing the formation of alluvial meadows, meadow-bog soils on the banks of the Surkhandarya and Amu Darya were studied, proposals and recommendations were given.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI TUPROQ QOPLAMINI O’RGANISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI»

Y^K-913.1/913.8

Erdanov M.N.

Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti

SURXONDARYO VILOYATI TUPROQ QOPLAMINI O'RGANISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining tuproqlari, tekisliklar bilan tog 'li qismi o 'rtasida tuproqlarning hosil bo 'lish sharoiti, tekislik zonada tuproq qoplamining kengliklar bo 'yicha joylashish xususiyati, mintaqada tuproq qatlami, tiplari va tarkibi tekisliklardan tog'larga tomon o 'zgarib borishi, Surxondaryo va Amudaryo qayirlarida allyuvial o 'tloq, o 'tloq-botqoq tuproqlar vujudga kelishiga ta 'sir etuvuchi omillar o 'rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Tuproq, Surxondaryo, Sherabod, cho'l qo'ng'ir tuproqlar, taqirli, sur tusli, qo'ng'ir qumli, cho'l tuproqlari, tuproq qoplami, qum massivlari, chirindi, gums.

Erdanov M.N. associate professor Department of Geography Termez State University

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF STUDYING THE SOIL COVER OF

SURKHONDARYA

Abstract. This article changes the soils of the Surkhandarya region, the conditions of soil formation between the flat and mountainous parts, the location of the soil cover in the flat zone by latitude, the soil layer, the types and composition of the region. from plains to mountains, factors influencing the formation of alluvial meadows, meadow-bog soils on the banks of the Surkhandarya and Amu Darya were studied, proposals and recommendations were given.

Key words: Soil, Surkhandarya, Sherabod, desert brown soils, barren, brown soils, brown sands, desert soils, soil cover, sandy massifs, humus, humus.

Bugungi kunda respublikamizning jami yer maydoni 44,9 mln. gektarni tashkil etib, shundan qishloq xo'jaligi yerlari 20,2 mln ga (45 %)ni va shundan 4,3 mln. gektari yoki 9,5 foizi sug'oriladigan ekin yer maydonlarini tashkil etadi hamda ushbu yerlar respublikamizning "oltin fondi" hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom-ashyoning katta qismi mazkur suvli yerlar hissasiga to'g'ri keladi. Shu sababdan ham respublikamizdagi sug'oriladigan yerlar alohida muhofaza etiladi.

Surxondaryo viloyatida tabiat komponentlarining paydo bo'lishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va xususiyatlari uning hamma qismida bir xil bo'lmasligi, relyefning murakkabligi, tog' jinslarining kelib chiqishi va litologik tuzilishi, gidrologik sharoitining xilma-xilligi, arid tipli kontinental iqlim va o'simliklarning tarqalishi kabi omillar hududda har xil tuproqlarining vujudga kelishiga sabab bo'lgan.

Mintaqada tuproq qatlami, tiplari va tarkibi tekisliklardan tog'larga tomon o'zgarib boradi.

Viloyatimizda tekisliklar bilan tog'li qismi o'rtasida tuproqlarning hosil bo'lish sharoiti keskin farq mavjud, shu sababli tekislik zonada tuproq qoplamining kengliklar bo'yicha joylashish xususiyati mavjud bo'lib, cho'lga xos tuproq turlari shakllangan bo'lsa, tog'li zonalarda esa tuproq tiplarini balandlik mintaqalanishi bo'yicha joylanishini ko'rish mumkin.

Viloyatda tuproq qoplamining tarqalishi hududiy jihatdan uch qismga: cho'l zonalari, balandlik mintaqalari hamda sug'oriladigan tuproqlar tarqalgan zonalarga bo'linadi.

Viloyat tekislik qismi hududida cho'l zonasiga xos tabiiy sharoit kuzatilib iqlimning issiq, quruq, seroftob bo'lganligidan tuproq hosil bo'lish jarayoni sust kechadi. Yoz qurg'oqchil, harorat yuqori bo'lganligidan mumkin bo'lgan bug'lanish yog'inga nisbatan 15-20 marotaba ortiqligi tuproq tarkibida har xil tuzlar to'planib tuproqning sho'rlanishiga sabab bo'ladi.

Viloyat hududida taqir tuproqlar bilan bo'z tuproqlarning o'tkinchi zonasida taqirli bo'z tuproqlar tarqalgan. Taqirli bo'z tuproqlar mexanik tarkibining og'irligi, tekis yuzali relyef xususiyatlariga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur tuproq yuza qatlami zich bo'ladi, suv o'tkazmaydigan qatlam hosil bo'ladi. Taqirli bo'z tuproqlarda chirindi miqdori kam bo'lib, 0,40 - 1,03 foizni tashkil etadi. Mintaqada taqirli bo'z tuproqlar tog' tizmalari orasidagi cho'kmalar, SHerobod va

Viloyatda taqirli bo'z tuproqlar och tusli bo'z tuproqlar bilan almashinadi Surxon daryolarining quyi qismlari hamda Qiziriqdara platosida uchraydi.. Och tusli bo'z tuproqlar viloyatning tekislik qismida dengiz sathidan 300 metr balandlikdan 500-700 metrgacha bo'lgan hududlarda tarqalgan. Mazkur tuproqlarning chirindi miqdori 1-1,5%ni tashkil etadi. Och tusli bo'z tuproqlar daryo vodiylarida lyoss yotqiziqlari bilan qoplangan. Tuproq hosil qiluvchi jins lyoss va keltirma konuslarning allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari hisoblanadi. Viloyatning sug'orma dehqonchilik qilinadigan qismida tuproq unumdorligi yuqori bo'lib, ushbu tuproqlar tabiiy xususiyatlarini yo'qotib sug'oriladigan madaniy voha tuproqlariga aylangan. Och tusli bo'z tuproqlarda chirindining asosiy qismi haydalma qatlamda bo'lib, uning miqdori pastga tomon kamayib ketadi. Viloyatning Sherobod cho'li zonasida och tusli va tipik bo'z tuproqlar sho'rlanishga uchragan. Bu esa ushbu zonada tuproq unumdorligini yaxshilash maqsadida kompleks meliorativ tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Viloyatning janubiy qismidagi qum massivlarida qumli cho'l tuproqlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ba'zi yerlarda ko'chib yuruvchi kichik-kichik qumliklar ham uchraydi. Surxondaryo, Amudaryoning quyi qayirlarida esa allyuvial o'tloq, o'tloq-botqoq tuproqlar ham mavjud.

Surxondaryo viloyatining tekislik qismida ham xilma-xil tuproq turlari tarqalgan. Jumladan viloyatning grunt suvlari yer betiga yaqin bo'lgan janubiy-g'arbiy qismida sho'rlangan tuproqlar, gilli jinslardan iborat bo'lgan yerlar taqir tuproqlar qoplangan. Surxondaryo viloyatining cho'l mintaqasida sug'oriladigan yarim gidromorf va gidromorf tuproqlardan taqir-o'tloqi, o'tloqi-taqir, taqirsimon-o'tloqi, o'tloqi, sur-qo'ng'ir, cho'l-o'tloqi va o'tloqi qumli cho'l tuproqlari keng tarqalgan.

Sug'oriladigan taqir-o'tloqi tuproqlar Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayir usti terrasalari hamda yoyilmalarida, Qiziriq cho'lida sug'oriladigan taqir-o'tloqi tuproqlar tarqalgan bo'lib, ular mexanik tarkibiga ko'ra og'ir va o'rta, ba'zan yengil qumoqlidir. Bu tuproqlar turli darajada sho'rlangan bo'lib, sizot suvlari sathi o'rtacha 2,5-3,5 metrda joylashgan.

Mintaqaning janubiy qismidagi qum massivlarida cho'l qo'ng'ir tuproqlar, taqirli, sur tusli, qo'ng'ir qumli, cho'l tuproqlari bo'lib, taqirlar rivojlangan. Surxondaryo va Amudaryo qayirlarida allyuvial o'tloq, o'tloq-botqoq tuproqlar vujudga kelgan. Bundan tashqari Surxondaryo daryosining eski yuqori qayirida o'tloq bo'z, botqoq-o'tloq bo'z, botqoq-bo'z kabi gidromorf tuproq turlari ham uchraydi.

Tipik bo'z tuproqlar viloyatning dengiz sathidan 700 metrdan toki 11001200 metrgacha bo'lgan balandliklardagi yassi tog'lar va ularning yonbag'irlari, lalmikor va sug'orma dehqonchilik qilinadigan hududlarning bir qismida tarqalgan. Mazkur tuproq qoplami inson ta'siriga eng ko'p uchragan, shu sababdan katta maydonda agroirrigatsion qatlam yuzaga kelgan. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar Surxondaryo viloyatining yuqori qismi tog' oldi va daryo yoyilmalari hududlarida tarqalgan. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar o'rtacha va og'ir qumoqlardan, ba'zi hollarda yengil qumoqlardan iborat bo'lib profilning quyi qatlamlari tomon mexanik tarkibi kam o'zgaradi. Bu tuproqlar gipslashmagan va sho'rlanmagan, lekin ayrim relyefning pastqam joylarida kuchsiz sho'rlangan. Sug'orish natijasida tipik bo'z tuproqlarda agroirrigatsion qatlamlar shakllangan. Mazkur tuproqlar och bo'z tuproqlarga nisbatan chirindiga boy, tuproqning ustki qatlamiga chirindi miqdori 1,5 dan 2,5 foizgacha, qalin o'tlar bilan qoplangan joylarda 2,88 foizgacha yetadi. Sug'orish natijasida tipik bo'z tuproqlarda agroirrigatsion qatlamlar shakllangan. Sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar Surxondaryo daryosi havzasida katta maydonlarni egallaydi. Bu tuproqlar tog' oldi (adir) qiya tekisliklari, Xo'jaipok daryosi yoyilmalarini chekka qismlaridagi lyossimon va allyuvial-prollyuvial yotqiziqlarida shakllangan. Sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarni mexanik tarkibi turlicha bo'lib, o'rta, yengil qumoqdan va qumloqgacha o'zgaradi. Bu hududlarni sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sho'rlanmagan. Sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarni yer

osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda avtomorf tartibi, pastqam hamda sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan hududlarda gidromorf rejimga o'tib, bevosita antropogen omillar ta'siri ostida rivojlanib boradi. Sug'oriladigan bo'z tuproqlar uzoq yillardan beri sug'orilib, ishlov berilib, tarkibini boyituvchi mineral o'g'itlar solinib, uning tabiiy holatini, ya'ni fizik va kimyoviy holatini o'zgartirib yuborgan, ustki qismida 1-1,5 metr qalinlikda deyarli bir xil madaniy qatlam vujudga keltirilgan.

Viloyatning dengiz sathidan 1100-1200 m dan balandlikdagi tog' oldi zonalarida to'q tusli bo'z tuproqlar tarqalgan. To'q tusli bo'z tuproq asosan lyossimon qumoq yotqiziqlar tarqalgan joylarda vujudga kelgan bo'lib, tipik bo'z tuproqdan chirindisining ko'pligi, chirindi saqlovchi qatlamining qalinligi, tuproq ustki qismining to'q tusdaligi bilan farqlanadi. Mazkur tuproqning ustki qatlamida chirindi miqdori 2,3-3 foiz ayrim joylarda 4,5 foizni tashkil etadi. Chirindi saqlovchi qatlam 120-130 sm chuqurlikkacha joylashgan. Gipsli qatlami 2-2,5 metr chuqurda joylashib, ishqorli yaxshi yuvilgandir. To'q tusli bo'z tuproqlar ancha balandda joylashganligi uchun asosan bahorikor ekinlarni ekishda foydalaniladi.

Mintaqaning 1500-2500 m dan balandda bo'lgan tog' yon bag'irlarida tog' -o'rmon jigar rang va tog' qo'ng'ir tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlar lyossli, toshloq jinslar ustida vujudga kelgan. Tog' jigar rang tuproqlarda chirindi miqdori

3-4,5 foizga boradi.

Viloyatning dengiz sathidan 2500 m dan yuqori tog'li hududlarida tarqalgan och-qo'ng'ir tog' tuproqlari tarkibidagi chirindi miqdori 4-5 foizga boradi. Tog'larning archa va yong'oqzorlar o'sadigan joylarda chirindi miqdori

4-5 foiz bo'lgan och-qo'ng'ir tuproqlar tarqalgan. Zarang, olcha, yonroq, do'lana kabi o'simliklar tagidagi tog'-o'rmon jigar rang tuproqlarida chirindi 3—6% ga yetadi. Lekin archazorlar tagida esa jigar rang qung'ir tuproqlar tarkib topgan, tarkibida 14% chirindi saqlaydi.

Shuningdek tog' hududlarining baland qismida sizot suvlari uchraydigan joylarda tog' o'tloq-botqoq tuproqlar ham uchraydi.

Viloyat yer fondini tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, bu yerda qishloq xo'jaligini keng ko'lamda rivojlantirish (yengi yerlar ochish; shartli sug'oriladigan yerlarga aylantrish; tog' yonbag'ri, sahro yaylovlarining mahsuldorligini artezian quduqlarni qazish hamda suv chiqarish orqali yaxshilash) uchun katta imkoniyatlar bor. Viloyat yer fondidan foydalanish uch zona:

1. To'la sug'oriladigan daryo vodiylari, yahlit tekislik massivlari;

2. SHartli sug'oriladigan tog' oldi irrigatsiya qurilish uncha rivojlanmagan

yerlar;

3. Lalmikor (tog'li) ga bo'linadi.

Shundan birinchi zona doimiy sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning 55-60 foiz paxta ekiladi. Qolgan qismida don, uzum va meva-sabzavot, poliz kartoshka va xashaki ekinlar ekiladi.

Shartli sug'oriladigan yerlar asosan tog' yonbag'irlarida; tog' daryolari va soy bo'ylaridadir. Bu zonada g'allachilik bog'dorchilik uzumchilik va qisman polizchilik rivojlantirilgan.

Tog'li lalmikor zonada qilinadigan dehqonchilik asosan atmosfera yog'in sochinlariga tayangandir. Ba'zan ikkinchi va uchinchi zona o'rtasida chegara bo'lib turadi.

Uchinchi zonada donchilik yaylov chorvachiligi qishloq xo'jaligining yetakchi sohalari hisoblanadi.

Viloyatning jami yer maydoni 2 009 911 gektarni tashkil etadi. Qishloq xo'jalik ekin yer maydonlari 278 124 gektarni bo'lib, shundan sug'oriladigan yerlar 238632 gektar, lalmi yerlar 39 492 gektar, holati yomon yerlar 19744 gektarni tashkil etadi

Viloyat qishloq xo'jaligida sug'oriladigan dehqonchilikning ahamiyati g'oyat katta. Uni mustaqil rivojlantirish esa bebaho tabiat boyligi bo'lgan yer fondidan maqsadga muvofiq foydalanishni taqozo qiladi.

Sug'oriladigan yerlar unumdorligini oshirish va qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun quyidagi meliorativ tadbirlarni o'tkazish tavsiya etiladi:

1. Sug'oriladigan maydonlarning deyarli yarmisida kollektorzovur tarmoqlarini qayta qurish, ya'ni ularning hajmini (uzunligini) gektariga 40-50 p.m.ga yetkazish, qolgan maydonlarda esa kapital ta'mirlash ishlarini o'tkazish birinchi va kechiktirib bo'lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

2. Bular amalga oshgunga qadar yer osti sizot suvlarining oqimini ta'minlash va ikkilamchi sho'rlanishning oldini olish maqsadida xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi zovurlarni har yili 45 - 50% ini sifatli tozalab turish zarur

3. Hozirda mavjud kollektor-zovur tarmoqlari va tik quduqlar (skvajinalar)ning texnik nosozligi va ish samarasining (unumining) o'ta pastligi bois vujudga kelgan gidromorf suv tartibni yarim gidromorf suv tartibi bilan almashtirish eng maqbul meliorativ tadbir hisoblanadi. Bunda yerosti sizot suvlari sathini «kritik» chuqurlikdan (2,5-3,0 m) pastda ushlab turishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi o'z aksini topishi lozim. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yarim gidromorf meliorativ tartibni qo'llanishi sug'oriladigan sho'rlangan tuproqlarning qulay meliorativ holatda ushlab turilishiga imkon yaratadi.

4. Meliorativ tadbirlar ichida tuproq sho'rini yuvish sho'rlanishga qaratilgan muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu borada haydalib, yaxshi tekislangan maydonlarning olingan cheklarga suv bostirish yo'li bilan tuproq sho'rini yuvish va bu tadbirni o'tkazishdan oldin barcha mavjud kollektor-zovur tarmoqlarini tozalash, tuproqning sho'rlanganlik darajasi, mexanik tarkibi, suv o'tkazuvchanlik xossalarini hisobga olgan holda sho'r yuvish me'yorlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Sho'r yuvish ishlarini Amudaryoning quyi qismi regionlarida (Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati) kuz-qish hamda bahor oylarida, qolgan viloyatlarda kuz-qish oylarida o'tkazish maqsadga muvofiqdir.

5. Respublikamizning ko'pgina viloyatlarida keng tarqalga gipsli tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularning unumdorligini oshirish alohida tadbri^ majmuasini talab etadi. Bunday og% melioratsiyalanuvchi tupгoqlaгda yeгlaгni chuqrn- haydash, oгganik o'g'itlaг solib sho^ yuvish isЫaгini sifatli o'tkazish yaxshi samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.Sh.M. Eгkin va faгovon, demokгatik O'zbekiston davlatini biгgalikda baгpo etamiz. Toshkent.O'zbekiston, 2016.

2.Soliyev A. O'zbekiston geografiyasi. Univeгsitet. T :. -2014. 3.Ro'ziyev A. "Surcondayo geografiyasi". Jayxun. T:. -1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.