Научная статья на тему 'O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLARDA SHOLI YETISHTIRISH'

O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLARDA SHOLI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
177
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'tloqi-botqoq tuproq / unumdorlik / fenologik kuzatuvlar / o'ziga xos moddalar / sholi ikkini / navbatlab qo'yish. / meadowswamp soil / fertility / phenological observations / nutrients / rice yield / crop rotation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — E. Qodirov, G. Sodiqova, D. Ismailov, I. Raxmonqulov

Maqolada o'tloqi-botqoq tuproqlarning holati va ularda sholi etishtirish, birikmasil sho'xlash va navbatlab qo'shimcha natijalar haqida ma'lumotlar keltirildi. Shuningdek, sholining o'sishi va rivojlanishiga navbatdalab qo'yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWING RICE IN MEADOW AND SWOG SOILS

The article presents data on the state of meadow-marsh soils and the cultivation of rice on them, the continuous cultivation of rice and the results of crop rotation. The influence of sowing rotation on the growth and development of rice has also been studied.

Текст научной работы на тему «O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLARDA SHOLI YETISHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLARDA SHOLI YETISHTIRISH

E.T.Qodirov G.S.Sodiqova D.Sh.Ismailov I.N.Raxmonqulov Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7370999 Annotatsiya. Maqolada o'tloqi-botqoq tuproqlarning holati va birikmasil sho'xlash va navbatlab qo'shimcha natijalar haqida Shuningdek, sholining o'sishi va rivojlanishiga navbatdalab qo'yilgan.

Kalit so'zlar: o'tloqi-botqoq tuproq, unumdorlik, fenologik moddalar, sholi ikkini, navbatlab qo'yish.

ВЫРАЩИВАНИЕ РИСА НА ЛУГОВО-БОЛОТЫХ ПОЧВАХ Аннотация. В статье приведены данные о состоянии лугово-болотных почв и возделывание риса на них, беспрерывное возделывание риса и результаты чередования посева. Также изучено влияние чередования посева на рост и развитие риса.

Ключевые слова: лугово-болотных почва, плодородие, фенологические наблюдения, элементы питания, урожай риса, севооборот.

GROWING RICE IN MEADOW AND SWOG SOILS Abstract. The article presents data on the state of meadow-marsh soils and the cultivation of rice on them, the continuous cultivation of rice and the results of crop rotation. The influence of sowing rotation on the growth and development of rice has also been studied.

Keywords: meadow- swamp soil, fertility, phenological observations, nutrients, rice yield, crop rotation.

Bo'z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlari o'ziga xos suv rejimiga ega. Bo'z tuproqlar zonasida allyuvial o'tloq, saz o'tloq, allyuvial botqoq, saz botqoq kabi tuproq tiplari tarqalgan. Ushbu tuproqlar daryolarning quyi terrasalarida, yoyilmalarining chekkalarida, yoyilmalar orasidagi pastliklarda va tog' oldi qiyaliklarining quyi qismlarida keng tarqalgan. Bo'z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlar o'zining qator xususiyatlari bilan, jumladan cho'l zonasidagi ana shunday tuproqlarga nisbatan, barqaror namlanish rejimi bilan xarakterlanadi. Bu yerda sizot suvlarning sathi mavsum davomida keskin o'zgarmaydi, shu sababli tuproqning nam rejimi ham kam o'zgaradi. Sizot suvlarining minerallashish darajasi past, cho'l zonasiga yaqin joylashgan och tusli bo'z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari ancha sho'rlangan bo'lib, tipik va to'q tusli bo'z tuproqlar mintaqasida juda kam sho'rlangan [2,3,4,5,6,7,8,9].

Bu yerdagi gidromorf tuproqlarda sug'oriladigan dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Bo'z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlar ham allyuvial va ko'proq saz rejimli namlanish sharoitida hosil bo'ladi.

Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral o'g'itlardan to'g'ri va keng ko'lamda foydalanish, o'g'itlash miqdorini to'g'ri yo'lga qo'yish juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, asosiy sholi yetishtiradigan mamlakatlarda (Xitoy, Hindiston, Yaponiya va boshqa) 1000 yillab bir maydonda uzluksiz sholi yetishtiriladi. Hattoki, Xitoyning Xunake vodiysida to'rt ming yildan buyon faqat sholi ekish uchun foydalanib kelinayotgan yerlar ham mavjud bo'lib, bu yerlarda tuproq unumdorligini yuqori darajada unumdor holatda saqlab turish uchun yerni sholi

ularda sholi etishtirish, ma'lumotlar keltirildi.

kuzatuvlar, o'ziga xos

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE S UIF-2G22: S.2 | ISSN: 2ISI-3337

o'simligiga zarur bo'lgan ozuqa moddalar, organik va mineral o'g'itlar hisobiga muttasil boyitib boradi [S,I5].

Sholikorlikda foydalaniladigan tuproqlarda ilmiy tadqiqotlar deyarli olib borilmagan. Xususan, O'zbekison Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4973-son qarorida ham mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos sholini almashlab ekish dasturini tuzish va ekin maydonlarining hisobini olib borish hamda Urug'chilik xo'jaliklarida navbatlab ekish tizimini yo'lga qo'yilsin. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinishi alohida ta'kidlangan [1].

Terassalash, ya'ni sholi dalalari tekisliklari orasidagi balandlik farqlari, tuproq va yer osti suvlari chuqurligi darajasiga qarab, ularning gidromeliorativ holatining qoniqarsizligi, tuproq unumdorligining sezilarli darajada turli-tumanligi albatta sholi hosildorligining pasayishiga sabab bo'ladi. Turli xil terrasalar tufayli hosildorlikning kamayishi sho'rlanmagan tuproqlarda o'rtacha 0,63 t/ga, sho'rlangan tuproqlarda esa 2,30 t/ga ni tashkil qiladi [10].

Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar asosan marshrutli-ekspeditsion, statsionar-kalit maydonchalari, kameral-labaratoriya uslublarida olib borildi. Dala tajribalarini o'tkazish va fenologik kuzatuvlar O'zPITI uslublari (2007) ya'ni, "Dala tajribalarini o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar" (2007).

Tadqiqot predmeti - muttasil sholi ekilib kelinayotgan, soya+sholi navbatlab ekib kelinayotgan, beda+sholi navbatlab ekib kelinayotgan tuproqlar hisoblanadi

Tajribalar б ta variantda olib borilmoqda:

1. Nazorat- o'g'itsiz

2. Ma'danli o'g'itlar (Ni2g Pi2g Кш)

3. Go'ng + 40 t/ga

4. FOSSTIM-3 bakterial (N120 P120 K120)

5. RIZOKOM-2 bioprepati (N120 P120 Кш)

6. Beda+soya+sholi (NI2G R9G K6G)

Muttasil sholi yetishtirish yo'nalishi bo'yicha

Tadqiqot ob'ekti. Tadqiqotlar Toshkent viloyati O'rta chirchiq tumanida o'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida olib borildi.

Bizning tadqiqotlarimiz Toshkent viloyatining O'rta Chirchiq tumanida joylashgan Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining sug'oriladigan o'tloqi-botqoq tuproqlari hisoblanadi.

O'rta Chirchiq tumani xududi Toshkent viloyatining markaziy qismida joylashib, shimoliy-sharq tomonidan va Yuqorichirchiq tumani, janubiy-g'arb tomonidan Oqqo'rg'on va Yangiyo'l tumanlari, janubiy tomondan Bo'ka tumanlari bilan chegaralangan.

Ilmiy tadqiqot ishlari Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida joylashgan Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba maydonida olib boriladi.

Geomorfologik sharoitlarga asosan O'rta Chirchiq tumani Chirchiq daryosining I-II-allyuvial yotqiziqlariga mansubdir. Dengiz satxidan 340-360 m balandlikda joylashgan. Relefi bo'yicha janubiy-g'arbiy yo'nalishiga qaratilgan keng to'lqinsimon tekisliklardan iborat. Hududning tekisligi tojsimon cho'qqilar va daryo uzanlariga xos bo'lgan chuqurliklar, kulsimon chuqurliklar orqali cho'ziladi.

Xududning III, II va I qayir usti terrasalarida yer osti suvlari sharoitlariga ko'ra 0,5-I,0 m dan tuproq gruntlarini tashkil etadi. Suv 0,5-1,0 m chuqurlikda o'tloqi -botqoq yoki botqoq-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'tloqi 1,0-2,0 m da o'tloqi, 2,0-3,0 m bo'lsa bo'z o'tloqi, 3,0-5,0 m da bo'z tuproqlarni tashkil etadi.

O'rtachirchiq tumani iqlim sharoitiga ko'ra Markaziy Osiyo provinsiyasining subtropik tog' oldi yarim cho'l zonasiga mansub. Bu zona iqlimining o'ziga xos belgilari: kontinentalligi, atmosfera yog'inlarining notekis taqsimlanishi, yozda tuproq va havoning yuqori haroratli bo'lishi, qor qoplami davri qisqaligi bilan tavsiflanadi.

Mamlakatimizda sholidan boshqa ekin yetishtirib bo'lmaydigan kuchli sho'rlangan, yer osti suvlari yer sathiga yaqin joylashgan, botqoq yerlarning mavjudligi va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanilmayotganligi, ayrim hollarda umuman foydalanilmay qolib ketayotganligi, qisman sholi ekilib kelinayotgan bunday yerlardan olinayotgan hosildorlik gektaridan 25-30 s dan oshmayotganligi, uzluksiz sholi ekilib kelinayotgan tuproqlar tarkibining salbiy tomonga o'zgarishi oqibatida hosildorlikning keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda almashlab ekish tizimi qo'llanilib kelingan dalalarga nisbatan tuproq zichligi

3 3

1,30 g/sm dan 1,55 sm /gacha, kurmaksimon va hilol kabi begona o'tlar urug'i 65-70%ga, tuganaklari 50% gacha ko'p bo'lishi kuzatilgan.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.

Gidromorf tuproqlar o'simlik dunyosi qoldiqlarining tez fursatda chirishi bilan harakterlanadi. Ushbu yerlarda gumus bo'z tuproqlarga qaraganda ko'p yig'iladi. Bu esa Murav'eva fikricha gidromorf tuproqlarda ildiz qoldiqlarining chirishi jadal suratda yarim tayyor mahsulotga aylanadi chirishning 2-davri esa to'liq minerallashuvigacha keskin kechadi. O'simlik qoldiqlari chirishidan paydo bo'lgan gumus birikmalari gidromorf tuproqlarda kam harakatli kalsiy gumatlariga tez vaqtda degidratsiyalanadi va ular tarkibi jihatidan bo'z tuproqlardan ustun turadi. Bunda gidromorf tuproqlarning qattiq strukturalanganligi sabab bo'lsa kerak.

Gidromorf tuproqlar uzoq muddatli sug'orishlar natijasida uning morfologik, genetik, kimyoviy xossalari, fizik xossalari va tuproq unumdorligi sug'oriladigan suvlar ta'sirida agroirrigatsion qatlamlar hosil qilib, uning qalinligi va tarkibi o'zgaradi.

Allyuvial tartibotdagi o'tloqi-botqoq tuproqlar bo'z tuproqlar poyasidagi daryolarning o'zan usti terrasalarida sizot suvlari yer yuziga yaqin joylarda (70-100 sm) hosil bo'lgan. Mehanik tarkibining og'irligi, chim osti qatlamida anaerob jarayon hukumronlik qiluvchi ko'k-yashil rangdagi qatlamning mavjudligi bilan bu poyasning o'tloqi tuproqlaridan ajralib turadi. Yuqori gorizontda namlanish tartiboti o'zgarib turganligidan o'tloq jarayon yaxshi rivojlangan bo'lib, o't o'simliklari o'tloqi tuproqlardagidan qalin o'sadi. Gleyli qatlamda moddalar ammiak, oltingugurt vodorodgacha tiklanib turadi.

Umuman olganda tadqiqot xududida tarqalgan o'tloqi-botqoq tuproqlarda muttasil sholi ekilish natijasida tuproqlarda sizot suvlarining ko'tarilishi va qatlamlarda keskin o'zgarishi kuztiladi. Soya va sholi navbatlab ekilib kelinayotgan tuproqlarda pastki gorizontlarda gleylanish kuzatiladi. Ushbu tuproqlarda gidromorf tuproqlarga xos temir zanglari va katlamlarning ko'kimtir ranga o'tishi kuzatiladi. Beda ekilib so'ngra sholi ekiladigan tuproqlar qatlamlarida o'simlik ildizlarining ko'p uchrashi bu tuproqlar unumdorligining oshishiga olib keladi.

1-jadval

Muttasil sholi yetishtirish sharoitida tuproqning hajm og'irligi va zahiradagi begona o'tlar urug'i miqdori.

Variant Tuproqnin 2 1 m da dona

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

g hajm og'irligi, g/sm3 kurma k urug'i hilol tuganagi xilol urug'i

1 2,35 506 112 310

2 2,36 419 150 243

3 2,42 315 108 590

4 2,46 601 29 518

5 2,38 110 37 242

6 2,37 115 54 245

Uzluksiz b ir maydonda 48 yildan buyon turli shart-sharoitlard a muttasil sholi

yetishtirilganda ushbu maydon va sholi o'simligida qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini o'rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda 13-kartaning 3-chekiga sholining "Iskandar" navi 30 - may kuni variantlar bo'yicha gektariga 5,0 mln dona (180 kg) unuvchan urug' suvga sepildi. Ilmiy tadqiqot ishi olib borilayotgan variantlarda fenologik kuzatuv ishlari davomida urug'lar ekilganidan so'ng 7 - 9 kun o'tib, ya'ni 7 iyun kunlarida to'liq unib chiqqanligi kuzatilib, urug'lar (maysalar) unib chiqish davrida 1 m maydonda necha dona

o'simliklar, begona o'tlar, ya'ni hilol hamda kurmaksimon o'tlar bor ekanligi aniqlangan.

• • 2

Tadqiqot ishida minéral o'g'itlar qo'llanilmagan 1-nazorat variantida 1 m maydonda sholi o'simliklari unib chiqish davrida 195 dona sholi nihollari bilan bir davrda unib chiqqan begona o'tlar, ya'ni hilol o'rtacha 4 dona, kurmaksimon begona o'tlar 5 dona bo'lganligi aniqlandi.

Kuzgi shudgorlashdan oldin har ikki yilda bir marotaba gektariga 40 tonna chiritilgan go'ng solingan 3- variantda esa unib chiqish davrida sholi o'simligi 258 dona, hilol 10 dona, kurmaksimon o'tlar 12 dona. Ushbu 2-variantda 1-nazorat variantiga nisbatan unib chiqish davrida sholi 63 dona ko'p, hilol 6 dona ko'p, kurmaklar 7 dona ko'p ekanligi aniqlandi.

Sholining o'rtapishar "Iskandar" navini yetishtirish uchun tavsiya etilgan miqdordagi faqat mineral o'g'itlar qo'llanilgan 2-variantda 1 m maydonda o'rtacha unib chiqish davrida sholi o'simligi 200 dona, hilol 11 dona, kurmaksimon o'tlar 7 donani tashkil etdi 3-variantda 1-nazorat variantiga nisbatan unib chiqish davrida sholi 5 dona ko'p, hilol 7 dona ko'p bo'lganligi hilol 2 dona ko'p bo'lganligi aniqlangan.

Tajribaning huddi shu nav uchun tavsiya etilgan miqdordagi bacterial bioo'g'itlar qo'llanilgan variantlarda 1 m maydonda sholi o'simliklari soni o'rtacha unib chiqish davrida 295 dona, hilol 8 dona, kurmaksimon o'tlar 7 dona, o'rim-yig'im oldidan esa sholi 298 dona, hilol 10 dona, kurmaksimon o'tlar 9 dona, borligi aniqlanib 1-nazorat variantiga nisbatan unib chiqish davrida sholi 100 dona ko'p, kurmaksimon o'tlar 6 dona ko'p bo'lganligi aniqlangandi.

2-jadval

Muttasil sholi yetishtirish sharoitida o'simliklarning o'sish sur'ati.

Var iant O'simliklarning rivojlanish davrlaridagi balandligi,sm.

Uni b chiqish Tup lash Nay cha lash Ro' vak lash Gul lash Pis hish

1 10,3 18,6 71,5 81,3 94 104, 9

2 12,6 20,3 53,9 67,6 112, 126,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6 1

3 11,3 21,3 73,4 83,9 116, 9 4 128,

4 12,1 17,3 74,1 86,4 115, 4 9 123,

5 13,6 21,7 81,0 93,7 121, 7 5 132,

6 12,8 22,5 80,8 91,6 119, 7 9 131,

Yuqoridagi jadval ma'lumotlariga ko'ra, muttasil sholi yetishtirish bo'yicha sholining o'sish sur'ati to'liq unib chiqish davrida variantlar o'rtasida 7-9 sm farq borligi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar nazorat variantda 10,3 sm bo'lgan bo'lsa, 2-variantda o'simlik bo'yi 12,6 sm, 3-variantda ya'ni go'ng qo'llanilgan variantda 11,3 sm ni tashkil etdi. 4-variantida o'simlik bo'yi 21,8 sm hamda 5-variantda o'simlik bo'yi 19,5 sm bo'lganligi kuzatildi.

Fenologik kuzatuvlar jaraenida tuproqdagi oziqa moddalar miqdori ham o'zgarib bordi. 0-30 va 30-50 sm chuqurlikda tuproq oziqa moddalari kuzatib borildi.

3-jadval

Sholi maydonlari tuproqlarida oziqa moddalar miqdori, mg/kg

Variantlar Qatla m chuqurligi N O3 P 205 K 2O

Muttasil sholi yetishtirib kelinayotgan tuproq 0-30 30-50 5 ,15 4 ,48 2 0,0 1 8,3 1 22 9 9

Soya+sholi navbatlab ekib kelinayotgan tuproq 0-30 30-50 6 ,25 6 ,25 2 0,1 1 9,0 1 22 1 13

Beda+sholi navbatlab ekib kelinayotgan tuproq 0-30 30-50 5 ,50 4 ,25 2 6,0 1 0,0 1 25 9 1

Muttasil sholi etishtirilaetgan o'tloqi-botqoq tuproqlarda oziqa moddalar miqdori doimiy sholi etishtirilganligi uchun kamayganligini kuzatish mumkin. Bunda nitratlar miqdori 5,15 mg/kg ni tashkil эtdi. Harakatchan fosfor miqdori 20,0 va almashinuvchan kaliy miqdori 122 mg/kg ni tashkil эtdi. Bunda aytish mumkinki, soadan va bedadan keyin sholi эkilgan maydonlarda ushbu miqdorlarning biroz roqoriligi kuzatildi.

Gidromorf tuproqlar bo'z tuproqlarga qaraganda fosforga boy, lekin harakatchan fosforga kelganda bo'z tuproqlarga nisbatan ancha kambag'al. Shular qatorida B.P.Machigin

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tomonidan gidromorf tuproqlar agrokimyoviy xossalari o'rganilgan, organik o'g'itni aralashgan

holda tuproqqa solganda ham gidromorf, ham bo'z tuproqlarda harakatchan fosforlar miqdori

ko'payishi aniqlangan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-son «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.

2. Burxonova D.U., Shadraimova K.E., Sodiqova G.S. V^nie bioudobreniy na oroshajmbix lugovbix pochvax serozemnoy zonbi Tashkentskogo oazisa// Aktualnbie problembi sovremennoy nauki. № 3(106) 2019 g. -S.125-128. ISSN 1680-2721

3. Dobermann Aand Fairhurst TH. 2000. Rice nutrient disorders and nutrient management. pp. 3

4. Kamilov B.S., Makhkamova A.Sh., Sodikova G.S., Kodirov E.T. Humate substances effect on biological activity and physical properties of eroded soils of Uzbekistan. Environmental Research 2021. A virtual conference 15-19 november. IOP Publishing.

5. Popov, V.A. Agroklimatologiя i gidravlika risovbix эkosistem: monografiя / V.A. Popov, N.V. Ostrovskiy. - Krasnodar: KubGAU, 2013. - 189 s.

6. Sattarov M.A., Эrgashev M.A. va.b., O'zbekistonda sholidan юqori hosil olish bo'yicha tavsiяnoma. Toshkent, 2019.

7. Sodiqova G.S., Burxonova D.U. Nekotorbie osobennosti plodorodiя oroshaembix lugovbix pochv Tashkentskogo oazisa// Agrarnaя nauka - Selskomu xozяystvu// IX Mejdunarodnaя nauchno-prakticheskaя konferenцiя. Sbornik statey. Kniga 2. Barnaul 2014. -S.49-50.

8. Sodiqova G.S., Al^rov X.N., Al^rov A.N. Toshkent viloMi O'rta Chirchiq tumani tuproqlarining mexanik tarkibi//"O'simliklarni zararli organizmlardan himoя qilishda biologik usulning samaradorligini oshirish muammolari va istiqbollari" // Respublika ilmiy-amaliy konferenцiяsi. Toshkent, 2015 yil. 7-8 may -B.370-372.

9. Sodiqova G.S., Burxonova D.U. Sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning morfologik Belgilari// Iqlim o'zgarishi sharoitida er resurslarini barqaror boshqarish // Respublika ilmiy-amaliy seminar maqolalar to'plami Toshkent-2017. -B.160-162.

10. Sridevi S. and Ramana M.V. Impact of long-term integrated nutrient management on soil properties in rice-rice cropping system. Green Farming Vol. (5):1106-1110;7 September-October, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.