INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
GIDROMORF TUPROQLAR MORFOLOGIK BELGILARI TAHLILI 1Isag'aliyev Murotjon To'ychiboyevich, 2Matholiqov Ro'zali Baxtiyor o'g'li
1Farg'ona davlat universiteti tuproqshunoslik kafedra mudiri, b.f.d., professop 2Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.8009417
Anotatsiya. Maqolada Farg'ona shahri Jo'ydam massivi hududida tarqalgan gidromorf tuproqlarning morfologik belgilari o'rganilish natijalari keltirilgan. Tuproq, uning hosil qiluvchi ona jinslaridan o'zlarining morfologik belgilariga va genetik qatlamlarining joylashishiga ko'ra farq qiladi. Meliorativ tadbirlar natijasida o'tloqi-botqoq tuproqlar o'tloqi tuproqlarga transformatsiyalanishi aniqlangan.
Kalit so'zlar: gidromorf, o'tloqi-botqoq, g'ovak, tuproq strukturasi, tuproq hayvonlari, karbonat, morfologik belgilar.
Gidromorf tuproqlar - sizot suvlarining yaqin (0,5-3 m) joylashishi natijasida hamda doimiy kapilyar orqali ortiqcha namlanish ta'sirida shakllangan tuproqning katta guruhiga aytiladi. Sug'oriladigan yerlarning yarmidan ko'pini gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Geomorfologik sharoitlari va namlanish tartibotiga qarab allyuvial va saz tartibotdagi gidromorf tuproqlarga bo'linadi. Bundan kelib chiqadiki, o'tloqi allyuvial, o'tloqi saz, botqoq-o'tloqi, o'tloqi-botqoq va botqoq va boshqa doimiy yer ostidan namlanish genezisga ega bo'lgan tuproqlar gidromorf tuproqlar guruhiga birlashtiriladi [1].
Gidromorf sharoitda tuproq hosil bo'lish jarayoni yaqin joylashgan sizot va yer osti suvlari ta'sirida davom etib, bu tuproq qatlamini vaqti-vaqti bilan yoki doimiy ravishda namlash bilan birga ma'lum kimyoviy moddalar bilan boyitadi va o'ziga xos geokimyoviy muhitni, landshaftni hosil qiladi. Bunday sharoitdagi gidromorf tuproqlar namligining tartiboti davriy yoki turg'unlikka mos keladi deb yuritiladi [2].
Gidromorf tuproqlardagi tuproq-grunt qatlamining doimiy sernam bo'lib turishi o'ziga xos o'simliklarning rivojlanishiga, gumus hosil bo'lish, shuningdek, tuproqning suvli va qatlamini doimiy sernam bo'lishi uning morfologik belgilariga o'z ta'sirini o'tkazgan. Shuning uchun gidromorf tuproqlarning chirindili qatlami avtomorf tuproqlarnikiga nisbatan qalin va miqdorining ko'pligi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotimiz Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida Jo'ydam massividagi "Jo'ydam fermer xo'jaligi" sug'oriladigan botqoq-o'tloqi tuproqli yerlarida olib borildi.
Sug'oriladigan botqoq-o'tloqi tuproqlar gidromorf tuproqlari orasida bo'z tuproqlar mintaqasining botiqlikdagi maydonlarda uchraydi. Ular o'tloqlar singari daryo terrasalarida, tog'li tekisliklarda va tog' etaklarida, kichik maydonlarda yoki massivlarda hosil bo'ladi. Botqoq-o'tloqi va o'tloqi-botqoq tuproqlar o'tuvchi tuproqlar hisoblanadi. Ular yer yuzasiga yaqin joylashgan (0,5-1 m) yer osti suvlarining doimiy ta'siri ostida rivojlanishi yuqorida ta'kidlandi. Sug'oriladigan botqoq-o'tloqi tuproqlar ko'p hollarda mexanik tarkibiga ko'ra gilli va og'ir qumoqli bo'ladi, lekin yengil qumoq-qumloqlilari ham uchraydi [3].
Tuproq morfologiyasi tuproqning tashqi (morfologik) belgilari va uni tuproq hosil bo'lish jarayonlari va omillari bilan bog'liqligini o'rganishga bag'ishlangan tuproqshunoslikning bo'limi hisoblanadi. Tuproqning morfologik belgilari (tuproq kesmasining tuzilishi va qalinligi; namligi; rangi; granulometrik tarkibi; tuzilishi; tarkibi; yangi yaralmalar, qo'shimchalar va boshqalar) uning genetik xususiyatlarini aks ettirib, xossalari, tartibotlari, shakllanishini hozirgi va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
o'tmishdagi jarayonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Tuproqning morfologik tuzilishi, ya'ni uning morfologik belgilari va xususiyatlari - bu uzoq davom etgan tuproq hosil bo'lishining tarixiy jarayoni, dastlabki tog' jinsidan yangi fizik jism - tuproqqa aylanishi natijasidir [4, 5, 6].
Jo'ydam fermer xo'jaligining umumiy yer maydoni 58,3 ga ni tashkil etib, 22 ta konturda joylashgan.
Tadqiqot olib borilayotgan Jo'ydam fermer xo'jaligining yer maydoni haqida
ma'lumot
t/r Kontur raqami Umumiy maydoni, ga shundan:
ekin yerlari suv osti yerlari qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yerlar
1 205 3,93 2,90 0,47 0,56
2 208 0,91 0,42 0,13 0,35
3 209 0,97 0,68 0,28 0,01
4 210 3,24 2,96 0,28 0,08
5 217 8,26 7,20 1,06
6 354 3,72 3,50 0,15
Jami: 21,03 17,66 2,37 1,00
Kesmalar fermer xo'jaligiga tegishli bo'lgan 208 va 210-konturlardan olindi.
Kesma 2023-yil 3-may qo'yilgan bo'lib, kesma raqami 3-2023-1 deb nomlandi. Jo'ydam fermer xo'jaligiga qarashli 208-kotur, Quva-Farg'ona yo'lidan 150 m janubda, avtomobillarga gaz quyish shahobchasidan 400 m shimolda joylashgan, egat olingan, nishablik 0,02° shimol tomonga, kultivatsiya qilingan, 60x10 sxemada bulg'or qalampiri ekilgan botqoq-o'tloqi tuproqlar.
Ah 0-32 sm. To'q bo'z rang, nam ustki qismi nisbatan quruq, o'rta qumoq, hayvon izlari ko'plab uchraydi, donador kesaksimon, o'simlik ildizlari ko'p uchraydi, g'umay ildizlari mavjud, yuzada g'umay ajriq, qo'ytikan, kurmak o'simliklari uchraydi, yuzadan balchiq, ya'ni botqoq gazi hidi seziladi, keyingi qatlamga o'tishi rangi va zichligiga ko'ra.
Ah-o 32-50 sm. Yuqori qatlamga nisbatan nam, o'rta qumoq, zichlashgan, kesaksimon donador strukturali, kuchsiz bosimda maydalanadi, oqish karbonat dog'lari uchraydi, mayda malyuskalar, chig'anoqlar, o'simlik ildizlari mavjud, tuproq jonizotlar tomonidan yaxshi ishlangan, keyingi qatlamga o'tish rangiga ko'ra.
Bi 50-60 sm. Qoramtir bo'z, oqish dog'lar sepkilsimon, namxo'sh, kuchsiz zichlashgan, malyuskalar qoldig'lari ko'p uchraydi, oqish dog'larning asosiysini beradi, o'rta qumoq donador strukturali, o'simlik ildizlari uchraydi, keyingi qatlamga o'tish namligiga ko'ra.
B2 60-68 sm. Rangi yuqori qatlamni eslatadi, oqish dog'lar quyuqlashadi, ho'l, o'rta qumoq, ish quroliga loy hosil qilib yopishadi, o'simlik ildizlari uchraydi, o'lchami 3-5 mm malyuska chig'anoqlari ko'plab uchraydi.
Sizot suvi 68 sm dan chiqdi, buloqqa o'xshab qaynab chiqish kuzatildi, sizot suvlari ta'miga ko'ra chuchuk.
Kesma raqami 3-2023-2. Kesma 2023-yil 3-may kuni olindi. Jo'ydam fermer xo'jaligiga qarashli 210-kotur, Farg'ona-Qirguli-zavod yo'lidan 100 metr g'arbda, dala bo'ylab uzunasiga ketgan yuqori kuchlanishli simyog'ochlar orasida joylashgan, nishablik 0,03°, yonbag'ir qiyaligi janubdan shimolga tomon, egat olingan, kultivatsiya qilingan, qator oralig'i 60 sm sxemada makkajo'xori ekilgan o'tloqi tuproqlar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Ah 0-31 sm. Bo'z rang, qoramtir tusda, o'rta qumoq, g'ovak, donador mayda kesaksimon strukturali, o'simlik ildizlari ko'p uchraydi, tuproq hayvonlari mavjud, qo'shimchalar bor (plyonka qoldiqlari), o'tish xususiyati zichligiga ko'ra.
Ah-o 31-43 sm. Bo'z rang, qoramtir tusda, o'rta qumoq, yuqori qatlamga nisbatan zichlashgan, o'simlik ildizlari ko'p uchraydi, tuproq hayvonlari mavjud, keyingi qatlamga o'tish rangi, mexanik tarkibi va yangi yaralmalarga ko'ra.
Bi 43-66 sm. Qo'ng'ir, jigarrang ko'rinishda, zichlashgan, temir birikmalari uchraydi, mexanik tarkibi o'g'ir qumoq, o'simlik ildizlari uchraydi, keyingi qatlamga o'tish xususiyati rangiga ko'ra.
B2 66-87 sm. Bo'z rangda, oqish dog'li, ko'kimtir tovlanadi, og'ir qumoq, karbonatlar konstruktsiya ko'rinishida, molyuska chig'anoqlari bor, o'simlik ildizlari mavjud, o'tish rangiga ko'ra.
B3 87-96 sm. Sarg'ish och bo'z rangda, zichlashgan, nam, mexanik tarkibi og'ir qumoqli, o'simlik ildizlari uchraydi, keyingi qatlamga o'tish rangiga ko'ra.
B4 96-120 sm. Kulrang, sarg'ish dog'li qatlam, og'ir qumoq, ho'l, zichlashgan, palaxsa strukturali, hayvon yo'llari (chuvalchang) uchraydi (ekskart, koprolit), karbonatlar, temir oksidlari uchraydi, keyingi qatlamga o'tish rangi va namligiga ko'ra.
BC 120-134 sm. Yuqori qatlamga nisbatan ho'l, sarg'ish dog'lar mavjud, biroz qo'yiqlashgan, kulrang yuqori qatlamga nisbatan kuchli namoyon bo'ladi, og'ir qumoq, sizot suvi qaynab chiqdi. Qatlamda sizot suvi ko'zlari mavjud, sizot suvi pardalandi, ta'miga ko'ra chuchuk.
O'tloqi-botqoq tuproqlar 3-2023-2-kesma joylashgan dala maydoni atrofida zovurlar qazilgan. Melioratsiya maqsadida o'tkazilgan zovurlarda suv sathi 1,5 m dan ekanligi aniqlandi. Bu tadbir natijasida sizot suvlari sathi keskin pasayishi yuz bergan. Natijada botqoqlanish belgilari tuproq genezisida yuzadan yaqqol namoyon bo'lmaydi, o'tloqi-botqoq tuproqlardan o'tloqi allyuvial tuproqlar tomon transformatsiyalanishi yuz bergan deyish mumkin. Buni tuproqning morfologik belgilari ham isbotlaydi.
REFERENCES
1. https://otherreferats.allbest.ru/geology/00129007_0.html
2. Юлдашев Г., Зокирова С., Исагалиев М. Формирование и качество орошаемого земельного фонда Ферганской долины. //Узбекистан кишлок хужалиги журнали, №8. - Т. 2008. - С. 22-23.
3. Кузиев Р.К., Сектименко В.Е. Почвы Узбекистана. - Т.: 2009. - 352 с.
4. Витковская С.Е. Морфология почв: учебно-методическое пособие. - СПб, 2022. - 38 с.
5. Isagaliev M., Obidov M., Matkholiqov R. (2019) Morphogenetic and biogeochemical properties of the medicinal Capparis spinosa L. // FarSU Scientific Reports. - F. - pp. 46-49.
6. Юлдашев Г., Исагалиев М. Геохимия почв конусов выноса. - Т.: ФАН, 2012. - 120 с.
7. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. KUZGI BUG 'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH //o'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 51-56.
8. Davronov Q. A., Xoliqov M. B. O. G. L. KUZGI BUG 'DOY NAVLARINI SAQLASH DAVRIDA URUG 'LIK NAMLIGINI UNUVCHANLIGIGA TA'SIRINI O 'RGANISH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. -№. 10. - C. 1318-1325.
9. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. SUG 'ORILADIGAN O 'TLOQI BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (PHASELUS AUREUS PIPER.) NING "NAVRO'Z" NAVI SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH //o'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2023. - T. 2. - №. 1. - C. 5-10.
10. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. MOSHNING "DURDONA VA NAVRO'Z" NAVLARI FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA EKISH MUDDATI VA ME'YORINING TA'SIRINI O 'RGANISH //o'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2023. - T. 2. - №. 1. - C. 11-17.