INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
XORAZM VILOYATI YER RESURSLARI VA TUPROQLARI *Atayeva Nazira Polvonnazaro'vna, 2Madrimov Abbos Shavkat o'g'li, 3Sobirov Javoxir
Xayrulla o'g'li
1Urganch davlat universiteti Geodeziya, Kartografiya, Geografiya kafedrasi o'qituvchisi 2Urganch davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistranti 3Urganch davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi
Email; [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8004051 Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati yer resurslarining unumdorligi unda tarqalgan tuproqlarning turlari unumdorligi hamda qishloq xojaligining viloyat iqtisodiyotining bosh driveri haqidagi ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, sho'r tuproqlar, paxtachilik va g'alla, qovunchilik, sizot suvlar, zaxkash,
Xorazm viloyati respublikamizda kattaligi jihatidan oxirgi o'rinlardan birini egallaydi. Viloyat yer resurslari 611.5 ming gektarga teng bo'lib shundan qishloq xo'jaligida yaroqli yerlar 402 ming gektarni tashkil qiladi. Ular quyidagicha taqsimlangan: Haydaladigan yerlar 214.6 ming gektar Pichanzorlar 42 ming gektar Yaylov va o'tloqlar 164.8 ming gektar (1995-yil)
Qishloq xo'jaligi asosini paxtachilik va g'allachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xo'jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko'rsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga qishloq xojaligi shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming gektar yer dehqon xo'jaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4 % haydaladi, 18,2 % yaylov, o'tloq, 1,3% bog' va tokzor; o'rmon va changalzorlar 9,6 % ni, tutzorlar 0,9 %ni tashkil etadi. 1991—2021-yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yo'llarining umumiy uzunligi ko'paydi. Xorazm viloyatidagi sho'r suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bug'doy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish bo'yicha 1o'rinda turadi. Xorazm viloyatiga har yili sug'orish uchun sarflanayotgan suvning katta qismi yerosti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi sababli sizot suvlarga aralashib yoki sizot suviga aylangan holda isrof bo'lmoqda. Jami sug'orish uchun sarflanayotgan suvning o'rtacha 4 mlrd m3ning 1.5 mlrd m3 qismi ya'ni 30 foizi drenaj tizimi orqali Turkmaniston hududiga chiqib ketmoqda(asosan Sariqamish ko'liga). Bu degani qo'shimcha yana 100 ming gektardan ortiq yerni 1 yil davomida sug'orish mumkin bo'lgan suv miqdori deganidir. Viloyatimizda 276,7 ming gektar sug'oriladigan yer maydonlari mavjud.
Viloyat xususiy va jamoa xo'jaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qo'y va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xo'jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fabrikalari faoliyat ko'rsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilik-bedachilik zonal
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
kompleks tajriba styasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar ko'chatzori, o'rmon ko'chatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor. Viloyat hududining kichik bo'lishiga qaramasdan, bu yerda xilma-xil tuproqlar tarqalgan. Tuproq hosil bo'lish jarayoni hozir ham davom etmoqda.
Tuproq ham o'simlik va hayvonot dunyosi paydo bo'lishi kabi tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Viloyatdagi mavjud tuproqlar kontinental iqlim sharoitida shakllanadi. Viloyat tuproqlarining hosil bo'lishida yillik harorat amplitudalari, yog'in miqdori, yer osti suvlarining ham ta'siri katta. Shuningdek, insonning xo'jalik faoliyati ham tuproq hosil bo'lishidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Viloyatda yog'in miqdorining nihoyatda kamligi, yog'inga nisbatan bug'lanishning bir necha marta ko'pligi, tuproq yuzasida juda ko'p miqdorda tuzlar to'planishiga olib keldi. Viloyatning geografik joylashuviga ko'ra bu yerga mos keladigan tuproq turi zonal bo'z tuproqdir.
Bo'z tuproqning paydo bo'lishi, rivojlanishi bevosita Amudaryo bilan juda bog'liqligi tufayli viloyatdagi deyarli barcha tuproqlar daryo faoliyati tufayli shakllangan va allyuvial yotqiziqlar ustida tashkil topgan.
Mavjud tuproqlar chirindiga unchalik boy emas, lekin Amudaryo keltirgan loyqa va mineral tuproqlar unumdorligini suv omborining barpo etilishi daryo keltirgan unumli gillar oshirishiga yordam beradi. Hozirgi kunda Amudaryoda Tuyamo'yin suv omborining barpo etilishi daryo keltirgan unumli gillar, minerallar va boshqalarning bevosita suv omboriga cho'kib, ushlanib qolishiga olib kelyapti. Natijada suv omboridan kanal, ariq, yoplarga tiniq suv berilishini minglab gektar yerlarni unumdor loyqadan mahrum qildi.
Tog'lardan oqib kelgan toza minerallarga boy suv, suv omborida ushlanib o'z sifatini, tarkibini o'zgartirib, tuproqlar tarkibini, sifatning buzilishiga zamin yaratmoqda.
Allyuvial tuproqlar 2 turga bo'linadi. Birinchisi: Amorfli tuproqlar. Bularga taqir tuproqlar kiradi. Amorf tuproqlar yer osti suvlari chuqur bo'lgan yerlarda uchraydi. Demak, bu tuproqlar paydo bo'lishida yer osti suvlarining ta'siri ham bo'ladi.
Ikkinchi tuproq tipi: Gidromorf tuproqlar deb ataladi. Ularda tuproq hosil bo'lish jarayoni va rivojlanishi bevosita yer osti suvlari faoliyati bilan bog'liq. Gidromorf tuproqlarga botqoqli, botqoqli-o'tloqi, o'tloqi tuproqlar kiradi. Bu guruhga o'tloqli-taqir tuproqlarni ham kiritish mumkin. Ayrim hollarda uni avtomorf tuproqlar guruhiga ham kiritiladi. Botqoqli tuproqlar sug'orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda ko'p uchraydi. Botqoqli tuproqlarda yer osti suvlar sathi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan bo'ladi.
Amudaryoning suv toshiqini ko'p bo'lib turadigan yerlarda bu tuproq keng tarqalgan. Botqoq tuproqlarda kislorod tanqisligi kuzatiladi. Shu tufayli ham bu tuproqlarda o'simliklarning ildizlari tuproq yuza qismida yaxshi rivojlanadi.
O'tloqli-botqoq tuproqlar. Bu tuproqlar Amudaryoga yaqin baland joylarda ko'proq uchraydi. O'tloqi-botqoq tuproqlar uchun ham botqoq tuproqlarga o'xshab yer osti suvlari yaqin joylarda bo'ladi. Yer osti suvlari bunday tuproqlar joylashgan yerlarda 1-1.5 metr chuqurlikda joylashadi. Bu tuproqlar tarkibini yaxshilab shamollab turishni talab qiladi. O'tloqi-botqoq tuproqlar qayir va ko'hna qayirlarda, allyuvial jinslar ustida, to'qaylarda keng tarqalgan. Xususan, bu tuproqlar namlik ortiqcha bo'lgan yerlarda ya'ni daryolarning terassalarida ko'p uchraydi. Tuproq tarkibida temir, marganes birikmalari mavjudligi tufayli uning rangi ko'kimtir
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
tortib turadi. Bu tuproq chirindi va azotga birmuncha boy, (4-5%). Ammo ularning 60% ga yaqini sho'rxoklashgan.
O'tloqi tuproqlar. Ular Amudaryo bo'ylarida tor polosada, asosan, to'qaylarda uchraydi. Bu tuproqlarning aksariyati sholizorlar, poliz ekinlari bilan band. Paxta ham ekiladi. Amudaryodan uzoqlashgan sari bu tuproq tarkibi o'zgara boshlaydi.
Taqir tuproqlar. Amudaryo deltasida, hamda viloyatning yer osti suvlari birmuncha chuqurroq bo'lgan joylarda ko'p uchraydi. Taqir tuproqlar dehqonchilik uchun kam o'zlashtirilgan. Agar bu tuproqlar sug'orilsa o'zining oldingi holatini butunlay yo'qotishi mumkin. Taqir tuproq tarkibida chirindi miqdori 1% bo'lib, unga yaxshi ishlov berilsa, ekinlardan mo'l hosil olish mumkin. Ammo mahsulot qimmatga tushadi. Taqirlarda suvning singishi 30-40 santimetrdan pastga tushmaydi. Bunday tuproqlarda oliy o'simliklar deyarli o'smaydi. Uning unumdor qismi ustki 3-4 santimetrda joylashgan, 6-10 santimetr
chuqurlikdagi esa qurg'oqchil bo'ladi.
Viloyatning sug'orilib dehqonchilik qilinadigan aksariyat qismlarida madaniy tuproqlar ham vujudga kelgan. Bu tuproqlar viloyatning barcha tumanlarida uchraydi. Qumlar bilan chegaradosh tumanlarda shamol ta'sirida kuchli o'zgargan qum-tuproqlar uchraydi. Amudaryoning o'ng qirg'og'idagi viloyat hududida allyuvial qumo0q tuproqlar keng tarqalgan.
Viloyatning barcha tumanlarida sho'rxoh tuproqlar ham viloyatimiz hududida anchagina yerlarda tarqalgan. Yuqorida barcha tuproqlarda dehqonchilik u yoki bu darajada amalga oshiriladi. Dehqonchilik uzluksiz qilinib kelayotgan barcha tuproqlarni bir nom bilan madaniy tuproqlar deb ataladi.
Har bir tuproq turini o'zlashtirish (madaniylashtirish) darajasi viloyatimiz tumanlarida bir xil emasligini ko'ramiz. Tuproqlarning unumdorligi Xazorasp, Bog'ot, Xonqa, Urganch, Xiva, Shovot tumanlarida bir muncha yuqori.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Xorazm viloyati yer resurslaridan oqilona foydalanish orqali ushbu hududda nafaqat ichi bozor uchun balki tashqi bozor uchun ham oziq-ovqat maxsulotlari va sanoat uchun xomashyo yetishtirishimiz mumkin bo'ladi.
REFERENCES
1. Qurbaniyozov R. "Xorazm geografiyasi" Urgench 1997.
2. Qurbaniyozov R." Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti asoslari" Toshkent o'qituvchi 1995-y.
3. www.ziyo.net internet sayti
4. www.Wikipediya.uz internet sayti.