Научная статья на тему 'O‘TLOQI TUPROQLARNING ANTROPOGEN OMIL TA’SIRIDAGI EVOLYUTSIYASI'

O‘TLOQI TUPROQLARNING ANTROPOGEN OMIL TA’SIRIDAGI EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
215
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antropogen omil / morfologiya / tadrijiy rivojlanish / arziq / sho‘x / gips / karbonat / suvda oson eruvchi tuzlar

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — U.B.Mirzayev, M.I.Quldasheva, B.N.Umarqulova, P.Q.Qodirov

Maqolada Markaziy Farg‘onadagi o‘tloqi saz tuproqlar misolida tuproqlar tadrijiy rivojlanishining hozirgi davr taraqqiyotidagi antropogen omilning ta’siri yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘TLOQI TUPROQLARNING ANTROPOGEN OMIL TA’SIRIDAGI EVOLYUTSIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'TLOQI TUPROQLARNING ANTROPOGEN OMIL TA'SIRIDAGI

EVOLYUTSIYASI 1U.B.Mirzayev, 2M.I.Quldasheva, 3B.N.Umarqulova, 4P.Q.Qodirov

1FarDU, b.f.n., dotsent 2'3FarDU, tayanch doktorantlar 4FarDU, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8009501

Annotatsiya. Maqolada Markaziy Farg'onadagi o'tloqi saz tuproqlar misolida tuproqlar tadrijiy rivojlanishining hozirgi davr taraqqiyotidagi antropogen omilning ta'siri yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: antropogen omil, morfologiya, tadrijiy rivojlanish, arziq, sho'x, gips, karbonat, suvda oson eruvchi tuzlar.

Respublikamiz sug'orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarining katta qismi gidromorf tuproqlar bo'lib, bunday tuproqlar Farg'ona vodiysining markaziy turg'un qismini - markaziy Farg'ona cho'lini deyarli to'laligicha ishg'ol etgan. Shuningdek, bunday tuproqlar atrof yarim cho'l mintaqasida daryo suvlari hisobiga yuzaga kelgan sharqiy, g'arbiy Farg'ona kabi hududlarda ham nisbatan salmoqli maydonni egallaydi.

Gidromorf tuproqlar jumlasiga o'tloq, botqoq - o'tloq va botqoq tuproqlar hamda sho'rxoklar kiradi. Gidromorf tuproqlarning odatdagi zonal avtomorf tuproqlardan asosiy farqi shundaki, bunda atmosfera yog'inidan tashqari yuzada joylashgan sizot suvlari hisobiga tuproq kapillyarlar orqali namlanadi. Yaxshi kapillyarli gruntlarda, masalan, lyosslarda tuproq gorizontlarining doimiy yoki mavsumiy namlanishi grunt suvlari 3-4 metr chuqurlikda joylashganda sodir bo'ladi. Kapillyarlik xossasi yomon bo'lgan soz yoki qatlamli gruntlarda tuproqlardagi grunt suvlari 1-3m chuqurlikda bo'lganda qumli gruntlarda esa 0,5-1m chuqurlikda joylashganda kapillyar namlanish vujudga keladi.

Cho'l zonasi bilan bo'z tuproqlar zonasida gidromorf tuproqlar daryolarning quyi terrasalarida, har-xil chuqurliklarda - ko'l qirg'oqlarida, daryolarning eski o'zanlari hamda ko'llarning qadimgi o'rnida shuningdek, tog' osti qiyaliklarining va yoyilmalarning quyi qismlarida uchraydi.

Grunt suvlarining rejimi, ularning minerallashishi, shu bilan tuproqlarning suv va tuz rejimi gidrogeologik sharoitlarga qarab keskin farqlanadi. Shuning uchun gidromorf tuproqlar orasida daryo vodiylaridagi allyuvial rejimga ega bo'lgan tuproqlar va tog' osti qiyaliklaridagi yoyilmalarda tarqalgan saz rejimdagi tuproqlar deb ajratiladi. Ana shu har ikkala rejimdagi tuproqlar ichida o'tloq, botqoq-o'tloq, botqoq tuproqlar va sho'rxoklar bor.

Sug'orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda tekisliklardagi gidromorf tuproqlar sug'orish natijasija grunt suvlarining qayta ko'tarilishi hisobiga sho'rlanishi mumkin. Bu grunt suvlari yaxshi oqib chiqib ketmaydigan tekisliklarda yoki grunt suvlari turib qolgan yerlarda uchraydi. Grunt suvlarining qayta ko'tarilishi natijasida bu yerlar uchun xos bo'lgan bo'z tuproqlar, taqirli tuproqlar, sur tusli qo'ng'ir tuproqlar va boshqa tuproqlar o'tloq tuproqqa aylanadi. Ular botqoqlanadi, sho'rlangan gruntli va minerallashgan grunt suvlari sharoitida esa sho'rlanadi. O'tloqqa aylanish va botqoqlanish jarayoni-bu namlik rejimi, o'simlik, mikroorganizmlar hamda tuproq bilan undagi organizmlar o'rtasidagi moddalar almashinishi tubdan o'zgarishi bilan bog'liq bo'lib, u juda sekin ro'y beradi, chunonchi, bo'z tuproqning tipik o'tloq tuproqqa yoki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

botqoq tuproqqa aylanishi uchun uzoq davr kerak. Tuproqlarning sho'rxok paydo bo'lishiga qadar sho'rlanishi juda tez ro'y beradi.

Grunt suvlarining sathi pasayganda va kapillyarlar orqali namlanish to'xtaganda gidromorf tuproqlar zonal tuproqlarga - taqirli tuproqlarga, bo'z tuproqlarga va boshqa tuproqlarga aylanadi. Bu jarayon ham juda sekin boradi. O'tuvchi tuproqlar deb o'tloq-bo'z tuproqlar, o'tloq-taqirli tuproqlar va hokazolar ataladi. Turli tuproqlar zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi. Chunki tuproqlarning taraqqiyotiga grunt suvlaridan tashqari, zonaning tabiiy sharoiti - iqlimi, tuproq paydo qiluvchi jinslari, o'simliklari ham ta'sir ko'rsatadi.

Relyef, yer ustini qoplagan yotqiziqlar paydo bo'lishidagi jarayonlarning doim harakatdaligi, daryo vodiylarida va yoyilmalardagi grunt suvlarining chuqurligi, minerallanishi va rejimi esa juda ham o'zgarib turganligidan gidromorf tuproqlar odatdagi zonal avtomorf tuproqlardannihoyatda o'zgaruvchanligi bilan farq qiladi. Daryo suvi rejimining o'zgarishi natijasida allyuviy yotqiziqlar sharoiti o'zgaradi, relyefning paydo bo'lishida ham o'zgarish ro'y beradi. Bu esa tuproq paydo bo'lish jarayoniga va tuproqlar kompleksining vujudga kelishiga sabab bo'ladi.

Markaziy Farg'ona (V.Isaqov, A.Maqsudov, G'.Yuldashev va boshqalar), Sharqiy Farg'ona gidromorf tuproqlari (Sh.Mansurov, va boshqalar) tabiati tadqiqotchilar tomonidan keng o'rganilgan. Ushbu tuproqlarning o'ziga xos xossa va xususiyatlari, kelib chiqishi va evolyutsiyasi ochib berilgan.

Hudud tuproqlari ichida qadimdan sug'orilib dehqonchilik qilib kelinayotgan tuproqlar ulushi juda kam, hozirda qishloq xo'jaligida, jumladan, obikor dehqonchilikda foydalanilayotgan tuproqlar o'tgan asrning 30, asosan 50-yillaridan keyin o'zlashtirilgan va qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan tuproqlar doirasiga kiritilgan.

Joylashgan o'rnining tabiiy sharoitlari tuz to'planish jarayonini keltirib chiqarishi (yer usti va sizot suvlarining atrof qismlardan markaziy Farg'ona tomonga harakatlanishi va o'zida erigan ionlarni olib kelishi, tuzlarning cho'kib qolishi, ona jins tarkibining sho'rlanish keltirib chiqaruvchi komponentlarga boyligi, shamol faoliyati) tufayli yerlarni o'zlashtirish yer tekislash ishlari bilan birgalikda, asosan, sho'r yuvish ishlari asosida olib borilgan, tuproqlar meliorativ holati bir qadar yaxshilangan, va keyinchalik ulardan foydalanish jarayonida ham sho'rsizlantirishga doir turlicha tadbirlar qo'llanib kelinmoqda.

Tuproqlar genetik qatlamlaridagi o'zgarishlarni o'rganish uchun tanlagan Markaziy Farg'ona cho'li sug'oriladigan tuproqlari asosan, o'tgan asrning 30-50-yillaridan so'ng o'zlashtirilgan, tip darajasida ajratilgan arziqli o'tloqi saz tuproqlar hisoblanadi. Mazkur tuproqlar kesim tuzilishi va morfologiyasi hududning boshqa tuproqlaridan keskin farq qiladi. Ularning tuproq va tuproq tagi jinslari kesimida geokimyoviy moddalarning, ularning migratsiyasi va akkumulyatsiyasi qonuniga mos bo'lgan aniq tabaqalanishi kuzatiladi.

Arziqli tuproqlar tuproq-grunt kesimining quyi qismida kalsiy va magniy karbonatlari, o'rta qismida gips va karbonatlar, yuqori qismida esa gips va suvda oson eruvchi tuzlar to'plangan. Bu birikmalarning ko'p miqdorda to'planishi ularning o'ziga xos bo'lgan mos qatlamlarni - sho'xli, arziqli, gipsli va sho'rxokli qatlamlarni shakllantirgan va shu munosabat bilan arziqli tuproqlarning tuproq kesimi uch qavatli yoki uch yarusli tuzilishga ega [1,42-83 b]. Kesmaning eng ustki qavati arziq usti yoki chin tuproq qatlami nomi bilan yuritiladi. Bu qatlam sayoz va chuqur arziqli tuproq turkumlarida mayda jinsli tuproq massasidan tarkib topgan bo'lib,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

unda 10% gacha gips bo'lishi mumkin. Qatlamda suvda oson eruvchan tuzlar ham mavjud bo'lib, sho'rlanish darajasi kuchsizdan kuchli darajagacha o'zgarib turish xususiyatiga ega.

O'rta qavati ikki, uch va undan ko'proq arziqli qatlamchalardan tashkil topgan bo'lib, tarkibida miqdori 10% dan 70% gacha gipsni va 15 % dan 40 % gacha bo'lgan karbonatlarni saqlaydi. Arziqli qatlamlar ham o'zida yengil eruvchan tuzlarning turli miqdorini saqlaydi, tuzlarning bir qismi gips kristallari va arziq hosilalarining ichida joylashgan. Arziqli qatlamlar zich qovushmali bo'lib, qatlam ichida ko'pincha kuchli sementlashgan qavatchalar ham uchraydi. Ularning aeratsiya g'ovakligi juda kichik, suvni o'tkazish va ushlab qolish qobiliyati yomon.

Kesimning quyi qismi sho'x qavati bo'lib, konkretsiyali, yaxlit yoki fragmentli sementlashgan va bo'shoq qatlamchalardan tashkil topgan. Qatlamchalar tarkibiy massasining 30-60 % i kalsit, dolomit, magnezit va boshqa karbonatli hamda sulfatli minerallardan iborat.

M.A.Pankov bo'yicha yuqorida tavsifi keltirilgan tuproqlar o'zlashtirishning ilk davrlaridanoq sug'orish va boshqa qator tadbirlar natijasida jadallik bilan o'zgarishga yuz tutib, ularda keltirilma yotqiziqlar hamda yuza (30 sm) qatlamlarga ishlov berishlar ta'sirida agroirrigatsion gumusli qatlamlar shakllana boshlagan. O'tgan asrning 70 yillariga kelib, mazkur tuproqlar kesma tuzilishi madaniylashgan voha tuproqlari ko'rinishiga kelib qolgan. Bu davrga kelib tuproqlar kesimi tuzilishidagi o'zgarishlari antropogen omil ta'siridagi buzilgan muvozanat omillarining yengilishiga tomon asosan siljigan.

Endilikdagi o'zgarishlar jadalligi sustlashdi va hozirda ulardagi o'zgarishlar sug'orish ta'sirida qo'riq tuproqlardagiga nisbatan farqli o'laroq jadal, lekin o'zlashtirishning ilk davrlaridagiga nisbatan sust holda davom etmoqda.

Xususan, tadqiqotlar natijasida ko'rilgan tuproqlarda tuproq qatlamining qalinligi va gipsli qatlamning yotish chuqurligiga ko'ra kuchli komplekslilik paydo bo'lgan. Bunga sabab yer tekislash ishlari ekanligini yuqorida ta'kidlab o'tilgan. Sug'orishning gips shakllariga ta'siri aniq ifodalanadi. Gipsning nozik va mayda kristallari va ularning hosilalaridan iborat gipsli qatlam (gips amorf holida bo'lishi ham mumkin), odatda yer yuzasiga yaqin joylashgan. Kristallarning o'lchamlari kesmaning chuqur qatlamlarida yiriklashadi, ular chuqurlik sari ninasimon, romboedrik va tangasimon shakllarga kiradi. Gipsli qatlamlarda gipsning yuvilishidan dalolat beruvchi suffoziya hodisasi aniq ifodalangan. Bu hodisa vaqt o'tishi bilan kuchayishi mumkin.

Mayda kristal gipsli qatlamda tabiiy holda gips miqdori ancha ko'p, rangi esa oq. Sug'orish jarayonida yuqoridan pastga harakat qiladigan sug'orish suvlari haydalma qatlamdan mayda zarrali tuproq massasini gipsli qatlamga oqizib tushiradi va ularni gips kristallari orasidagi bo'shliqlarga yotqizadi. Gipsli qatlamdan esa gips kristallarini qisman eritadi va mayda kristallarni yuvib pastroqqa tushiradi. Sug'orish davomiyligi qancha ko'p bo'lsa bu jarayon natijasi shunchalik aniq namoyon bo'ladi. Bu jarayonlar natijasi sifatida oppoq gipsli qatlam xiralashgan oqish-sur tusli mayda jinsli-gipsli loy-tuproq aralashgan qatlamga aylangan.

Tuproqlarning haydalma qatlami sug'orish, ishlov berish va boshqa tadbirlar ta'sirida bir jinsli holga kelgan. Gips va arziq yaralmalari qisman erib yuvilgan, qolgan kristallarning o'lchamlari yanada kichraygan, tuproq bilan qorishib, farqlab bo'lmaydigan bo'lib qolgan. Organik qoldiq miqdori ham oshgan. Buning natijasida ildizchalar haydov osti qatlamiga ham kirib borgan. Ular qatlamning yuqori qismida ancha ko'p, quyisi tomon keskin kamaygan. Struktura bo'laklari orasidagi yoriqlarda mayda ildizchalar mavjud. Bu qatlamda tuzlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

yuvilishi kabi hodisa kuchliroq ifodalangan. Hududda gipsning yuvilishidan hosil bo'lgan bo'shliqlar, suv yo'llari va voronkalar uchraydi. Ular bo'shoq tuproq massasi bilan to'lgan. Ular ichida o'simlik ildizlari yaxshi rivojlangan. Kesmalarning quyi qatlamlarida suffoziya jarayonlari natijalarini ham kuzatish mumkin, ammo ular kuchsiz ifodalangan va hamma joyda emas.

Yuqoridagilarga ko'ra tadqiqot obyekti tuproqlaridagi o'zgarishlar yo'nalishini borishida antropogen omil tuproqlar tadrijiy rivojlanishidagi turg'un davrni harakatga keltiruvchi, tuproq hosil bo'lishi va rivojlanishidagi ayrim omillarga (iqlim, o'lka yoshi) ta'sirini ko'rsata olmagan holda boshqa omillarni (ona jins, relyef, o'simlik va hayvonot olami) faol o'zgarishini boshqaruvchi omil sifatida namoyon bo'lishi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Endilikda, mazkur omil harakatini to'g'ri yo'nalishlarda olib borish hudud tuproqlar bilan bog'liq barcha masalalarni yechimi bo'lib xizmat qila oladi.

REFERENCES

1. Камилов О.К., Исаков В.Ю. Генезис и свойства окарбоначенно-загипсованных почв Центральной Ферганы. -Т.: Фан. 1992.-136 с.

2. Исаков В.Ю., Мирзаев У.Б. Марказий Фаргонада шаклланган арзикли тупрокларнинг хоссалари ва уларнинг инсон омили таъсирида узгариши. - Тошкент.: Фан, 2009. -228 б.

3. Мирзаев У., Гофуров Б., Тожиматов А. Арзикли тупрокларда гузанинг ривожланиши ва х,осилдорлигини сугориладиган дехдончилик таъсирида узгариши //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 76-81.

4. Мирзаев У. Коллектор-зовурлар тизимининг тупрокдаги тузларнинг кайта таксимланишидаги роли //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D8. - С. 555-559.

5. Mirzaev U. CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D2. - С. 218-221.

6. Mirzaev U. CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D2. - С. 218-221.

7. Mirzaev, U. (2018). General patterns of salinization and desalinization of soils of cones of carrying out of the river Isfayram-Shakhimardansay. Scientific journal of the Fergana State University, 1(1), 34-38.

8. Mirzaev, U. (2018). General patterns of salinization and desalinization of soils of cones of carrying out of the river Isfayram-Shakhimardansay. Scientific journal of the Fergana State University, 1(1), 34-38.

9. Mirzaev U., G'Ofurov B., Tojimatov A. АРЗЩЛИ ТУПРОКЛАРДА ГУЗАНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ВА ХРСИЛДОРЛИГИНИ СУГОРИЛАДИГАН ДЕЗДОНЧИЛИК ТАЪСИРИДА УЗГАРИШИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 76-81.

10. Кузиев Р.Тупроклар эволюциясининг жадаллиги ва характери. - ФарДУ. Илмий хабарлар. 2015. №1. 34-37 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.