Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN ARZIQLI TUPROQLAR AGROKIMYOVIY XOSSALARI'

SUG‘ORILADIGAN ARZIQLI TUPROQLAR AGROKIMYOVIY XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
88
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
arziq / agrokimyoviy tavsif / gumus / yalpi / harakatchan / oziqa elementlar / ta’minlanish darajasi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Isag‘aliyev Murodjon To‘ychiboyevich, Abaraliyeva Sarvonoz Farxodjon Qizi

Maqolada Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qo‘shchinor-Fayz fermer xo‘jaligi sug‘oriladigan arziqli tuproqlari agrokimyoviy xossalariga tavsif berilgan. Agrokimyoviy tavsifga ko‘ra, sug‘oriladigan tuproqlarning arziqli qatlamlarida haydov qatlamga nisbatan gumus, oziqa elementlarning yalpi va harakatchan miqdorlari keskin kamayishi: gumus miqdorining kamayishi 17,2-20,8 barobarga, harakatcha oziqa elementlar miqdorlarida ham kamayish qonuniyati saqlanib, 19,3-37,8 barobarligi isbotlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN ARZIQLI TUPROQLAR AGROKIMYOVIY XOSSALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN ARZIQLI TUPROQLAR AGROKIMYOVIY XOSSALARI

*Isag'aliyev Murodjon To'ychiboyevich, 2Abaraliyeva Sarvonoz Farxodjon qizi

1 FarDU, b.f.d., professor 2 FarDUmagistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8004032

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona viloyati Oltiariq tumani Qo'shchinor-Fayz fermer xo'jaligi sug'oriladigan arziqli tuproqlari agrokimyoviy xossalariga tavsif berilgan. Agrokimyoviy tavsifga ko'ra, sug'oriladigan tuproqlarning arziqli qatlamlarida haydov qatlamga nisbatan gumus, oziqa elementlarning yalpi va harakatchan miqdorlari keskin kamayishi: gumus miqdorining kamayishi 17,2-20,8 barobarga, harakatcha oziqa elementlar miqdorlarida ham kamayish qonuniyati saqlanib, 19,3-37,8 barobarligi isbotlangan.

Kalit so'zlar: arziq, agrokimyoviy tavsif, gumus, yalpi, harakatchan, oziqa elementlar, ta'minlanish darajasi.

Cho'l va bo'z mintaqa, xususan Markaziy Farg'ona arziqli tuproqlarining ayrim agrokimyoviy, agromeliorativ, geokimyoviy xossa va xususiyatlari, ularni o'zlashtirish, ya'ni antropogen omil ta'sirida o'zgarishi masalalariga qaratilgan tadqiqotlar A.Maqsudov, K.Mirzajonov, V.Isaqov, U.Mirzayev, G.Yuldashev, A.Turdaliyev va boshqalarning asarlarida keng yoritilgan [1, 2, 3, 4].

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproqlar unumdorligini oshirish qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ustivor yo'nalishlaridandir. Aholining turmush sharoitlarini yaxshilanishi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining nafaqat soniga, balki sifatiga talabni kuchayishiga olib kelmoqda. Mamlakat aholisining soni ham tez ko'paymoqda, bu yetishtirilayotgan oziq-ovqat, sanoat, qayta ishlash uchun kerak bo'lgan mahsulotlar miqdorini ko'paytirishni taqozo qiladi.

Ushbu muammolarni hal etilishi oxir-oqibatda tuproqlarning sifatiga, ya'ni agrokimyoviy xossalsriga borib taqaladi. Tuproqlarimizning 60% turli darajada sho'rlangan. Ma'lumki, ekin hosildorligi kuchsiz sho'rlangan yerlarda o'rtacha 25%, o'rtacha sho'rlangan yerlarda 50% va kuchli sho'rlangan yerlarda 90 foizi yo'qoladi. Respublika yer maydonining ancha qismini gipsli, arziqli va sho'xli tuproqlar tashkil qiladi. Bunday tuproqlarning maydoni birgina Farg'ona vodiysida 300 ming gektardan ko'proq maydonni tashkil qiladi. Karbonat-gipsli tuproqlar meliorativ holati yomon, unumdorligi past bo'lgan tuproqlar toifasiga kiradi. Bu tuproqlarning unumdorligini oshirish qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirishning potentsial imkoniyatlaridandir [5].

Arziqli tuproqlardan oqilona foydalanish, unumdorligini oshirish uchun ularning agrokimyoviy holatini yaxshilash yo'llarini ishlab chiqish talab etiladi. Arziqli tuproqlar organik moddaga nisbatan kambag'alligi, azot miqdorining ozligi, fosfor va kaliy elementlari ham kuchsiz ta'minlanganligi adabiyotlarda ta'kidlangan. Shunga ko'ra arziqli tuproqlar mineral o'g'itlarga juda sezgir.

Arziqli tuproqlar haqidagi ma'lumotlar vodiy tuproq qoplamini o'rganish davomida asta to'plana borgan. Ularning xossa va xususiyatlari Markaziy Farg'ona yerlarini qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun o'zlashtirish va foydalanish muammolarini hal qilish bilan bog'liq holda o'rganilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tuproq kesimining turli chuqurliklarida uchraydigan gipsning karbonat aralash katta miqdordagi turli to'planmalari mahalliy tilda arziq deb yuritilgan. Keyinroq bunday to'planmali tuproqlar ayni shunday nom bilan fanga kiritildi. Farg'ona vodiysidagi o'tloqi tuproqlarning ayrim joylarda arziqli tabiati va kimyoviy xossalarining dastlabki tavsifi F.A.Popov, A.A.Mensi va K.M.Klavdienkolarning o'tgan asrning 20-yillaridagi tadqiqotlarida berilgan. Tuproqlarda gips va karbonatlarning to'planishiga va uning tuproq xossalariga bo'lgan ta'siriga V.A.Kovda, M.A.Pankov, B.V.Gorbunov, A.V.Kimberg, S.A.Shuvalov va boshqa olimlar u yoki bu darajada munosabat bildirib o'tganlar. O'tgan asrning 50-60-yillarida Farg'ona hududini o'zlashtirish davrida hududning boshqa tuproqlari qatorida arziqli tuproqlarning ham bir qismi o'zlashtirildi. Natijada 70-80-yillarda arziqli tuproqlar barcha tuproqlar qatori sug'oriladigan dehqonchilik doirasiga to'la olib kirildi [6, 7].

Ammo arziqli tuproqlarni sho'rlanganligi, katta miqdorda gips va karbonatlar ta'sirida qatlamlarni zichlashib yomon suv o'tkazuvchanligi ularda yuritilayotgan dehqonchilikda kutilgan natijalarni bermayapdi.

Arziqli tuproqlarni har tomonlama o'rganish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha ko'plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar o'tkazilgan. Bu ishga paxta yetishtirish Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, shuningdek turli loyiha institutlari har tomonlama yondoshdilar. Natijada keng va ko'plab qiziqarli ma'lumotlar to'plandi [8]. Shunga qaramasdan arziqli tuproqlarni xossalarini to'la o'rganilgan deb xulosa qilib bo'lmaydi.

Arziqli tuproqlar bo'lgan yerlarni sug'oriladigan dehqonchilik uchun o'zlashtirishning boshlanganiga 50-60 yildan oshdi. O'tgan davr ichida o'zlashtirilgan arziqli tuproqlarga antropogen ta'sir kuchi yuqori bo'ldi. Sug'orish va qo'llanilgan meliorativ tadbirlar, jumladan yer tekislash, zovur va kollektorlar, sho'r yuvish, o'g'itlar, meliorativ ekinlar, chuqur yumshatish va hokazolar tuproqda kechayotgan jarayonlarni ham, tuproqlarning xossa va xususiyatlarini ham o'zgartirdi. Joylarda arziqli tuproqlarning holati nisbatan yaxshilandi va ulardan samarali foydalanish mumkin bo'ldi, boshqa joylarda esa ularning xossalari va unumdorligi juda kam o'zgardi, qilingan mehnat va sarf-harajat o'zini oqladi.

Farg'ona vodiysi janubida shakllangan sug'oriladigan o'tloqi arziqli tuproqlarda azotli o'g'itlarning turli me'yorlarini g'o'za hosildorligiga ta'sirini o'rganish va mo'tadil me'yorini belgilash maqsadida uning agrokimyoviy xossalari tahlil qilindi.

Tajriba maydoni tuproqlari agrokimyoviy tavsifi

Kesma raqami Chuqurligi, sm Gumus, % Yalpi shakllari, % Harakatchan shakllari, mg/kg

Azot Fosfor Kaliy N-NO3 P2O5 K2O

1 0-30 1,28 0,129 0,16 1,82 16,5 29,5 170

30-45 0,90 0,108 0,12 1,75 12,5 20,9 130

45-68 0,23 0,015 0,08 0,65 5,3 5,7 57

68-112 0,34 0,034 0,10 1,62 - - -

112-145 0,20 0,018 0,10 1,58 - - -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

2 0-27 1,25 0,118 0,14 1,53 13,8 27,8 180

27-46 0,76 0,089 0,12 1,67 12,8 22,5 150

46-67 0,26 0,017 0,06 0,59 5,2 5,8 68

3 0-29 0,99 0,109 0,16 1,54 15,9 29,0 197

29-48 0,85 0,093 0,13 1,65 13,5 23,4 165

48-70 0,20 0,014 0,07 0,48 5,9 6,6 60

Gumus miqdori tuproqlarning 27-30 sm li haydalma qatlamida 0,99-1,28% oralig'ida tebranadi, ta'minlanish darajasiga ko'ra kam va or'tacha guruhga kiradi. Bu qiymatlar haydov osti qatlamida 0,76-0,90% ga tengligi aniqlandi. Fosforning yalpi miqdori arziqli tuproqlar genetik qatlamlarida 0,10-0,16% atrofida o'zgaradi, arziqli qatlamida 0,10-0,11% ni tashkil qiladi. Kaliyning yalpi miqdori esa yuqorida aytilgan arziqli qatlamlarda 0,48-0,65% ga va ona jins tomon ortib borishi xarakterli belgi hisoblanadi.

Fosforning harakatchan shakllari miqdoriga ko'ra tuproqlar kam ta'minlangan va almashinuvchi kaliy miqdori bo'yicha ham kam ta'minlangan guruhlarga mansub. Harakatchan P2O5 miqdori tuproqlarning haydalma qatlamida 27,8-29,5 mg/kg, haydov osti qatlamida 20,923,4 mg/kg oralig'ida, almashinuvchi kaliy esa, yuqoridagi qatlamlarga mos holda 170-197 va 130-165 mg/kg oralig'ida o'zgaradi.

Keltirilgan agrokimyoviy tavsif ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning arziqli qatlamida gumus, oziqa elementlarining yalpi va harakatchan miqdori keskin kamayishi, arziqli tuproqlar uchun xarakterli belgi deyish mumkin. Gumus miqdorini kamayish darajasi o'rganilgan arziqli tuproqlarga 17,2-20,8 barobar yuqoriligi o'z isbotini topadi, bu holat oziqa elementlari yalpi va o'simliklarga o'zlashadigan shakllarida ham saqlanishi kuzatildi.

Arziqli tuproqlar o'zigagina xos bo'lgan genetik qatlamlarida oz miqdor gumus mavjudligi, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan deyarli ta'minlanmaganligi, gips va arziqli qatlamlarda harakatchan fosfor va kaliyning juda kamligi, tuproqlarning suv-fizik xossalari va agromeliorativ xususiyatlari qoniqarsiz bo'lishi, nihoyat tuproq unumdorligining pastligi, uni cheklovchi omillar qatoriga gumus va oziqa elementlari tanlanishi bilan tavsiflanadi.

REFERENCES

1. Isaqov V.Y., Mirzayev U.B. Markaziy Farg'onada shakllangan arziqli tuproqlarning xossalari va ularning inson omili ta'sirida o'zgarishi. - T., 2009.

2. Максудов А. Изменение почвенно-экологических условий Ферганской долины под антропогенным воздействием. - Т., 1990.

3. Мирзажонов К. Ветровая эрозия орошаемых почв Узбекистана. - Т. 1973.

4. Turdaliyev A., Yuldashev G'. Pedolitli tuproqlar geokimyosi. - Т., 2015.

5. Юлдашев Г., Исагалиев М. Геохимия почв конусов выноса. - Т., 2012.

6. Ковда В.А. Проблемы борьбы с опустыниванием орошаемых почв. - М., 1984.

7. Панков М.А. Почвы Ферганской области. В кн: Почвы Уз.ССР, т.2, - Т.: 1957.

8. Исагалиев М. Геохимические особенности орошаемых почв Сохского конуса-выноса: Дисс. на соискание уч. степени канд. биол. наук. - Т., 2010. - 25 c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.