Научная статья на тему 'CHIRCHIQ HAVZASIDA TARQALGAN TOG‘JIGARRANG, KUCHSIZ ISHQORSIZLANGAN VA TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING KIMYOVIY TARKIBI'

CHIRCHIQ HAVZASIDA TARQALGAN TOG‘JIGARRANG, KUCHSIZ ISHQORSIZLANGAN VA TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING KIMYOVIY TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
75
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tog‘jigarang / to‘q tusli bo‘z / gumus / umumiy va harakatchan azot / fosfor / kaliy / qo‘riq va lalmi / sug‘oriladigan tuproqlar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qurvantayev R., Xalilova Z.F.

Maqolada Chirchiq havzasida tarqalgan qo‘riq tog‘jigarang, kuchsiz ishqorsizlashgan, lalmi va sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z tuproqlarning kimyoviy tarkibi haqidagi maʼlumotlar berilgan. Chirchiq havzasi Chotqol tog‘ tizmasining tog‘ oldi hududlarida shakllangan ushbu tuproqlarni chim, chim osti va haydov qatlamlarida gumus miqdori 1,388-1,453 % ni tashkil qilib, pastga tamon uning miqdori kamayganligi aniqlangan. Umumiy azot miqdori chim va chim osti, haydov qatlamlarida 0,103 0,056 va 0,123-0,045 % bo‘lib, umumiy fosfor miqdori bilan bu tuproqlar asosan o‘rtacha taʼminlangan, yalpi kaliy miqdori genetik qatlamlar bo‘yicha 1,17-1,54 % gacha tebranishi aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHIRCHIQ HAVZASIDA TARQALGAN TOG‘JIGARRANG, KUCHSIZ ISHQORSIZLANGAN VA TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING KIMYOVIY TARKIBI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

CHIRCHIQ HAVZASIDA TARQALGAN TOG'JIGARRANG, KUCHSIZ ISHQORSIZLANGAN VA TO'Q TUSLI BO'Z TUPROQLARINING KIMYOVIY

TARKIBI 1Qurvantayev R., 2Xalilova Z.F.

1,2Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8004193

Annotatsiya. Maqolada Chirchiq havzasida tarqalgan qo'riq tog'jigarang, kuchsiz ishqorsizlashgan, lalmi va sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlarning kimyoviy tarkibi haqidagi ma'lumotlar berilgan. Chirchiq havzasi Chotqol tog' tizmasining tog' oldi hududlarida shakllangan ushbu tuproqlarni chim, chim osti va haydov qatlamlarida gumus miqdori 1,3881,453 % ni tashkil qilib, pastga tamon uning miqdori kamayganligi aniqlangan. Umumiy azot miqdori chim va chim osti, haydov qatlamlarida 0,103 - 0,056 va 0,123-0,045 % bo'lib, umumiy fosfor miqdori bilan bu tuproqlar asosan o'rtacha ta'minlangan, yalpi kaliy miqdori genetik qatlamlar bo'yicha 1,17-1,54 % gacha tebranishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: tog'jigarang, to'q tusli bo'z, gumus, umumiy va harakatchan azot, fosfor, kaliy, qo'riq va lalmi, sug'oriladigan tuproqlar.

Kirish. Bugungi kunda dunyoda «50% qishloq xo'jaligi yerlari o'rta va kuchli darajada degradatsiyaga uchragan, har yili 12 million gektar yer qishloq xo'jaligi aylanmasidan chiqib ketmoqda. Shu sababli millionlab insonlarning tirikchilik va yashash vositasi hisoblangan yerlar xavf ostida qolmoqda. Deyarli 800 million aholi surunkali to'yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadi, bu esa o'z navbatida yerlarning degradatsiyasi, tuproq unumdorligining kamayishi, suvlardan oqilona foydalanmaslik, qurg'oqchilik va bioxilma-xillikning keskin kamayishiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Ilmiy bashoratlarga ko'ra, keyingi 25 yil davomida tuproqlar degradatsiyasi jarayonlarining jadallashuvi natijasida jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 12 % ga kamayishi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan narxlarni 30% ga oshishiga olib kelishi mumkin" . Shuning uchun ham sug'orma dehqonchilik sharoitida tuproqlarning hozirgi holati, agrofizikaviy xossa va xususiyatlari, mikrobiologik faollligi va unumdorligini aniqlash, mavjud salbiy jarayonlarning oldini olish orqali tuproqlarning hozirgi holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, oshirish va muhofazalash hamda yer resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [2-5].

Dunyoda tuproq unumdorligini holati, uning ko'rsatkichlari, boshqa omillar bilan o'zaro aloqadorligi va tuproq unumdorligini modellashtirish bo'yicha bir qator ustuvor yo'nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tuproq xossa-xususiyatlarini o'rganish, tuproq unumdorligini baholash, oshirish, boshqarishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish, tegishli ishlanmalarni ishlab chiqarish va joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda [6-7].

Olingan natijalar. Chichiq havzasida qishloq xo'jaligini rivojlantirishda tog' jigarang, to'q tusli bo'z, tuproqlarni unumdorligini oshirish, uning holatidan kelib chiqib qishloq xo'jaligi yerlariga ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni qo'llash yo'nalishida bir qancha ishlar olib borilmoqda va muayyan natijalarga erishilmoqda [2-5].

Qo'riq tog' jigarrang tuproqlar. Bu tuproqlar mexanik tarkibiga ko'ra, og'ir va o'rta qumoqli bo'lib, haydov osti va bir metrgacha bo'lgan qatlamda og'ir va o'rta qumoqli qatlamlar, ikkinchi metrdan boshlab ko'p hollarda og'ir, loyli va o'rta qumoqli qatlamlari almashib kelgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Qo'riq tog' jigarrang tuproqlarining yuqori chimli qatlamidagi gumus miqdori 1,519% ni tashkil etadi (1-jadval). Chim ostki qatlamida 0,994% gacha kamaygan. Ona jins qatlamlarida uning miqdori yanada 0,35 dan 0,59 % gacha kamaygan. Umumiy azot miqdori tuproqlarni yuqori qatlamida 0,097 % ni tashkil etgan. Chim osti qatlamida 0,034 % gacha, ona jins qatlamida 0,032- 0,025 % gacha kamayganligini kuzatish mumkin. Kesma bo'ylab karbonatlar miqdori 8,62-8,80 % atrofida tebranadi. Umumiy fosforni miqdori yetarli bo'lib, chim va chim osti qatlamlarida, 0,25-0,24 % ni, pastki qatlamda uning miqdoi 0,18- 0,15 % ni tashkil etadi. Chim va chim osti qatlamlarida kaliyni umumiy shakli 1,17 va 1,11 % ni tashkil etib, pastga tamon 0,70 % gacha kamaygan. Harakatchan shakldagi fosfor bilan qo'riq tog' jigarrang tuproqlar chim va chim osti qatlamida 33,63 va 30,88 mg/kg ni tashkil etib, o'rtachadan past darajada, harakatchan kaliy bilan kam taminlangan.

Qo'riq tog' jigarrang kuchsiz ishqorsizlangan tuproqlar. Mexanik tarkibiga ko'ra, ishqorsizlangan tog' jigarrang tuproqlari o'rta va og'ir qumoqli bo'lib, chim, chim osti va bir metrgacha bo'lgan qatlamda og'ir va o'rta qumoqli qatlamlar, ikkinchi metrdan boshlab ko'p hollarda og'ir, loyli va o'rta qumoqli qatlamlari almashib kelgan. Karbonatlar genetik katlamlari bo'yicha 8,71-8,52 % atrofida bo'lishi aniqlangan. O'rganilgan ishqorsizlangan tog' jigarrang tuproqlar kesmasida sho'rlanishlar belgilari uchraydi va ularni aksariyati sulfat tipida kuchsiz sho'rlangan ayirmalardan iborat. Ishqorsizlangan tog' jigarrang tuproqlarida tuzlarni yuvilganligi ham kuzatildi va tuproq kesmasida xlorid-sulfat va sulfat tipidagi sho'rlanishlar vujudga kelgan. Ushbu tuproqlarning yuqori (0-4 sm; 0-11 sm) qatlamlarida quruq qoldiq miqdori o'rtacha 0,185-0,460 % atrofida tebranishi aniqlangan. Ushbu tuproqlarni chim va chim osti qatlamlarida gumus miqdori 1,388% va 1,062 % ni tashkil qilib, pastga tamon uning miqdori 0,963-0,776 % gacha kamayganligi aniqlangan (1-jadval). Avvalgi tadqiqotlarda keltirilgan me'yorga nisbatan gumus miqdorining kamligi eroziyani va toshloqlilik darajasining ta'sirini ko'rsatadi. A.Z.Genusovning [1] ta'kidlashicha, to'q tusli lalmi tuproqlarda gumus o'rtacha 2,00 % ni tashkil etgan, antropogen omillar ta'sirida gumus miqdorining 2,0 % dan kamayib ketganligini ko'rsatadi. Umumiy azot miqdori chim va chim osti qatlamlarida 0,103 va 0,056 % bo'lib, pastki qatlami ona jinsda 0,076-0,081 % gacha kamaygan. Umumiy fosfor miqdori bilan bu tuproqlar asosan o'rtacha ta'minlangan bo'lib, chim va chim osti qatlamlarida 0,248 va 0,235 % ni tashkil qiladi. Umumiy kaliy miqdori genetik qatlamlar bo'yicha 1,17-1,54 % gacha tebranishi aniqlangan. Chim qatlamida kaliy miqdori 1,17 %, chim osti qatlamida esa 1,24 % ni tashkil etib, chim qatlamiga nisbatan umumiy kaliy chim ostida oshgan, ona jinsda uni miqdori 1,191,54 % ni tashkil etgan.

1-jadval

Qo'riq tog' jigarrang va kuchsiz ishqorsizlangan tuproqlarining kimviy tarkibi

Kesm a № Qatlam chuqurligi, sm CO2, % Gumus, % C:N Umumiy, % Harakatchan, Mg/kg

N P K P2O5 K2O

Bo'stonliq tumani «B üurchmul a" massivi qo'riq tog' jigarrang tuproqlar

34 0-8 8,74 1,519 8,85 0,097 0,25 1,17 33,63 288

8-27 8,62 0,944 8,15 0,034 0,24 1,11 30,88 188

27-52 8,80 0,595 5,70 0,032 0,18 0,70 19,50 101

52-95 8,66 0,423 5,33 0,031 0,18 0,71 15,75 87

95-141 8,77 0,351 4,53 0,025 0,15 0,72 11,88 151

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Bo'stonliq tumani «Sijjak" massivi qo'riq tog' jigarrang cuchsiz ishqorsiz angan tuproqlar

16 0-14 8,71 1,388 8,4 0,103 0,248 1,17 30,7 181

14-38 8,65 1,062 8,1 0,056 0,235 1,24 28,7 169

38-75 8,46 0,963 7,5 0,076 0,233 1,19 24,2 123

75-109 8,71 8,52 0,913 0,776 6,7 6,0 0,081 0,076 0,198 0,160 1,54 1,37 23,2 14,8 142 123

109-120

Harakatchan shakldagi fosfor bilan tahlil qilingan tuproqlar o'rtachadan past miqdorda ta'minlangan bo'lib, yuqori chim va chim osti qatlamida 30,7 va 28,7 mg/kg ni tashkil etib, ona jinsda 109-120 sm qatlamda keskin kamayib 14,8 mg/kg miqdorlarda qayd etilgan. Almashinuvchi kaliyni bu tuproqlar kam miqdorda saqlaydi, chim qatlamlarda uning miqdori 181 mg/kg bo'lib, pastki chim ostki qatlamda 169 mg/kg ni, ona jinsda 123-142 mg/kg ni tashkil etadi.

Lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar. Bu tuproqlar kesmasida bir xilda sulfat tipidagi tuzlar aniqlanib, sho'rlanishlar aniqlanmagan, buning sababi suvda oson eruvchan tuzlarni doimiy yuvilib turishidir. Quruq qoldiq miqdori haydov qatlamida ba'zi joylarda o'rtacha 0,145-0,240 % ni tashkil etishi tuproqlarni sulfat tipdagi sho'rlanishini keltirib chiqaradi. Mexanik tarkibiga ko'ra, lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar o'rta va og'ir qumoqli bo'lib, haydov osti va bir metrgacha bo'lgan qatlamlar og'ir va o'rta qumoqli, ikkinchi metrdan boshlab ko'p hollarda asosan o'rta qumoqli. Tog' oldi hududlarining lalmi to'q tusli bo'z tuproqlarini doimiy atmosfera yog'inlari bilan yetarli darajada ta'minlanganligi sababli, karbonatlar doimiy yuvilishga chalingan va bir xilda uchraganligi kuzatiladi. Chotqol tog' tizmasining tog' oldi hududlarida shakllangan lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar gipslashmagan va ular miqdori tuproqning haydov qatlamida o'rtacha 0,460 % ni tashkil etadi.

Pskom-Chotqol-Qurama tog' oldi keng to'lqinsimon baland adirlarida tarqalgan lalmi to'q tusli bo'z tuproqlarni haydov qatlamidagi gumus miqdori o'rtacha 1,453 % (Zarkent massivida) 0,835 % ni (Qo'shqo'rg'on massivida) tashkil etadi (2-jadval). Ushbu tuproqlarda gumusni kesmaning quyi tomon kamayib borishi asosan bir metrdan so'ng seziladi, chunki bir metrgacha gumus miqdori o'rganilgan lalmi to'q tusli bo'z tuproqlarda o'rtacha 0,524-1,10 % ni tashkil etadi. Bu tuproqlarda eroziya jarayonlar kuchli darajada ketgan lekin, namsevar o'simliklar olamini zich joylashganligi va suvga chidamli agregarlar miqdorini ko'pligi gumusni kamroq yuvilishiga olib kelgan ya'ni, haydov qatlamlarida o'rtacha 0,835-1,453 % tashkil etadi.

2-jadval

Lalmi to'q tusli bo'z tuproqlarining kimyoviy tarkibi

Kesma № Qatlam chuqur ligi, sm CO2, % Gumus, % C:N Umumiy,% Harakatchan, Mg/kg

N P K P2O5 K2O

Parkent tumani «Zarkent" massivi lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar

23 0-32 8,72 1,453 6,8 0,123 0,27 1,01 30 350

32-47 8,68 1,424 7,4 0,113 0,25 1,01 23 285

47-80 8,68 1,170 7,0 0,075 0,24 0,97 20 261

80-107 8,73 1,100 7,6 0,084 0,23 1,07 17 257

107-152 9,01 1,026 6,9 0,089 0,22 0,72 18 218

Bo'stonliq tumani «Qo'shqo'rg'on" massivi lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar

34 0-31 8,69 0,835 8,2 0,045 0,26 1,39 30 285

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

31-52 8,71 0,673 7,2 0,040 0,28 1,37 26 232

52-85 8,53 0,524 6,8 0,042 0,24 1,45 25 197

85-120 8,57 0,400 6,7 0,039 0,22 1,39 24 170

120-162 8,77 0,372 6,7 0,032 0,21 1,26 19 134

O'rganilgan Chirchiq havzasi Chotqol tog' tizmasining tog' oldi hududlarida shakllangan lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar haydov qatlamida, yalpi azot miqdori 0,123-0,045 % ni, umumiy fosfor 0,27-0,26% ni va yalpi kaliy o'rtacha 1,01 dan 1,39 % gacha bo'lishi aniqlandi. Ushbu tuproqlarda harakatchan fosfor miqdori o'rtacha 30,0 mg/kg ni, almashinuvchi kaliy 350-285 mg/kg ni tashkil etadi. Ayrim holatlarda, harakatchan fosfor miqdori haydov qatlamida 40,0 mg/kg ni, almashinuvchi kaliy 281 mg/kg ni tashkil etgan. Bundan ko'rinadiki, lalmi to'q tusli bo'z tuproqlar oziqa moddalari bilan teng taqsimlanmagan, vaholanki umumiy lalmi yer maydonlari olinganda ushbu tuproqlar harakatchan fosfor va kaliy bilan kam ta'minlangan.

Sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlar. Bu tuproqlar qiyaliklari kuchli bo'yicha lekin, o'simliklarni zich joylashganligi va suvga chidamli agregarlar miqdorini ko'pligi gumusni kamroq yuvilishiga olib kelgan. O'rganilgan tuproqlarni 53,9 % kam, 46,1 % o'rtacha darajada eroziyaga uchragan va toshloqli yerlar hisoblanadi. Sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlar sho'rlanmagan, tuzlar va gipslar yog'inlar, sug'orish suvlari ta'sirida yuvilgan. Bu tuproqlarning singdirish sig'imi 100 g tuproqda 9 dan 16 mg-ekv ni tashkil etadi. Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy va magniy ustunlik qiladi. Tuproqlardagi karbonatlar miqdori juda yuqori (8-11% SO2), ularning eng yuqori miqdori o'tuvchi qatlamda to'plangan. Irigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda karbonatlar haydalma qatlamda nomoyon bo'lgan, ba'zan tuproqning yuqori qatlamida minerallarni nurashi natijasida hosil bo'lgan va kesmaning o'rta qismida to'plangan loyli (gleyli) qatlam ajralib turadi. Qirralashgan past tog'li mintakasida yangidan sug'oriladigan o'rta qumoqli ayrim hollarda 0,8-1 m da shag'al to'shalgan to'q tusli bo'z tuproq. Odatda lyossli past-baland tog' oldi hududlarida joylashgan. Mexanik tarkibiga ko'ra ular o'rta qumoqli 0,5-1 m chuqurlikdan shag'al yotqizilgan. To'q rangli haydalma qatlam mavjud. Parkent tumani Gulbog' massivida o'rganilgan sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlarning haydalma qatlamida gumus miqdori 1,198 % ni tashkil qiladi, haydov osti qatlamida kamayib borib 0,962% ni tashkil etadi ona jins qatlamida 0,384-0,549 % gacha kamayib borgan.(3-jadval). Gumusga mos holda umumiy azot miqdori ham yuqori bo'lib, haydov qatlamlarida 0,091 % atrofida kuzatilib, haydov osti qatlamida kamaygan va 0,079 % ni, ona jinsda uni miqdori 0,037-0,066 % ni tashkil etadi.

Umumiy fosfor miqdori haydalma va haydalma osti qatlamlarda yetarli (0,25-0,23

%), pastki qatlamlarda o'rtacha (0,19-0,23%) bo'lgan. Umumiy kaliy tuproqlarni haydov va haydov osti qatlamlarida 1,16-1,14 % ni tashkil etadi, ona jinsda esa 47-83 sm qatlamda

ko'payib (1,39 %) undan pastda kamaygan (1,08-1,31% atrofida tebranilishi kuzatiladi.

3-jadval

Sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlarining kimviy tarkibi

Kesm a № Qatlam chuq urligi, sm СО2, % Gumus, % C:N Umumiy, % Harakatchan, mg/kg

N P K P2O5 K2O

Parkent tumani «Gulbog'" massivi sug'oriladigan to'q tusli bo'z tuproqlar

45 0-26 8,95 1,198 7,5 0,091 0,25 1,16 25 299

26-47 8,90 0,962 7,2 0,079 0,23 1,14 57 235

47-83 8,62 0,808 7,1 0,066 0,22 1,39 50 193

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

83-114 8,69 0,549 6,7 0,046 0,19 1,08 12 161

114-170 8,80 0,384 6,2 0,037 0,23 1,31 10 108

Olingan malumotlarga ko'ra tuproq kesmasida umumiy kaliy o'rtacha miqdori kuzatildi. To'q tusli bo'z tuproqlarni haydov va haydov osti qatlamlarida almashinuvchi kaliy miqdori mos ravishda 299-235 mg/kg ni tashkil etadi. Pastki qatlamlarda kaliy kam miqdorni (108-161 mg/kg) tashkil qilgan.

Tuproqlarning yuqori unumdorligi, ko'p hollarda, uning tarkibidagi oziqa moddalarni miqdori va sifati bilan aniqlanadi. Shunga binoan sug'oriladigan dehqonchilik, jadallashtirishda yuqori hosil olishni ta'minlaydigan tuproqdagi gumus, azot, fosfor va kaliyli oziqa moddalarning zahirasini ta'minlanganlik darajasiga qarab to'ldirish talab qilinadi. Yuqorida qayd etilgan tuproqlar unumdorlik darajasi past, gumus va oziqa moddalari bilan kam darajada ta'minlanganligi aniqlandi, ammo umuman yuqori ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan tuproqlar hisoblanadi. Lekin, keyingi yillarda tuproqqa ishlov berish, organik-mineral o'g'itlardan tabaqalashgan tizimda foydalanmaslik, yerga mineral o'g'itlarni notekis solish hamda qishloq xo'jaligi ekinlari bilan olib chiqib ketilgan oziqa moddalar o'rnini yetarli darajada to'ldirib borilmaganligi natijasida, bu tuproqlarni unumdorlik darajasi ma'lum darajada kamayib ketgan.

Xulosa. Qo'riq tog' jigarrang va to'q tusli bo'z tuproqlarining yuqori chimli va haydov qatlamidagi gumus miqdori 1,519 va 1,453 % ni tashkil etib, ona jins qatlamlarida uning miqdori kamaygan. (1-jadval). Chim ostki qatlamida 0,994% gacha kamaygan.. Umumiy azot miqdori tuproqlarni yuqori qatlamida 0,097 % ni tashkil etgan. Chim osti qatlamida 0,034 % gacha, ona jins qatlamida 0,032- 0,025% gacha kamayganligini kuzatish mumkin. Avvalgi tadqiqotlarda keltirilgan me'yorga nisbatan gumus miqdorining kamligi eroziyani va toshloqlilik darajasining ta'sirini ko'rsatadi. Umumiy azot miqdori ham yuqori bo'lib, haydov qatlamlarida 0,091 % atrofida kuzatilib, haydov osti qatlamida kamaygan va 0,079 % ni, ona jinsda uni miqdori 0,0370,066 % ni tashkil etadi. Umumiy fosfor miqdori haydalma va haydalma osti qatlamlarda yetarli (0,25-0,23 %), pastki qatlamlarda o'rtacha (0,19-0,23%) bo'lgan. Umumiy kaliy tuproqlarni haydov va haydov osti qatlamlarida 1,16-1,14 % ni tashkil etadi.

REFERENCES

1. Genusov A.Z. Pochvbi Tashkentskoy oblasti. Pochvbi Uzbekiskoy SSR, tom-III. Izd-vo: "Uzbekistan", - Tashkent, 1964.- S. 212-294.

2. Qurvantayev R., Xalilova Z.F. Chirchiq havzasi tuproqlarining mexanik va mikroagregat tarkibi.// Sug'oriladigan tuproqlar unumdorligini tiklash, saqlash, oshirish agrotexnologiya lari va uning dolzarb muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. - Guliston. 2020.- B. 282-286.

3. Qurvantayev R., Xalilova Z.F., Soliyeva N.A. Toshkent viloyati tuproqlarining granulometrik tarkibi. / AGRO ILM №6 (69) - 2020. - B. 75-76.

4. Qurvantayev R., Xalilova Z. Chirchiq havzasi tuproqlarning suv xossalari. // Qishloq xo'jaligi fani va to'qimachilik sanoatining yutuqlari, innovatslari, texnologiyalari va rivojlanish istiqbollari mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium materiallari to'plami. -Toshkent. 2022. - B. 383-395.

5. Kurvantayev R., Xalilova Z.F. Chirchiq havzasi tuproqlarning strukturali holati. / O'zMU xabarlari ISSN - 2022 [3/1]. - B. 114-118.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

6. Nazarova S.M., Kurvantayev R. Buxoro viloyati tuproqlari unumdorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar. - Buxoro: «Durdona", 2018. -57 b.

7. Umarov M.U., Kurvantaev R. Povbisheniye plodorodiya oroshayembix pochv putem regulirovaniya ix fizicheskix svoystv. - Tashkent, «Fan", 1987, - 106 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.