Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN GIDROMORF TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI'

SUG‘ORILADIGAN GIDROMORF TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
105
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gumus / sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial / oziqa moddalari / unumdorlik / harakatchan fosfor / almashinuvchi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N.N. Qalandarov., A.J. Ismonov., O‘ M. Mamajanova, A T. Do‘saliev

Maqolada Markaziy Farg‘ona cho‘l zonasining shimoliy qismida joylashgan Mingbuloq tumani Guliston massivida tarqalgan yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar tarkibidagi gumus va oziqa moddalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Olib borilgan monitoring tadqiqotlarida o‘rganilgan tuproqlar harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy moddalari bilan juda kam darajada ta’minlanganligi qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN GIDROMORF TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN GIDROMORF TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY

XOSSALARI

1N.N. Qalandarov., 2A.J. Ismonov., 3O'.M. Mamajanova., 4A. T.Do'saliev

1,2,3,4Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8007818

Annotatsiya. Maqolada Markaziy Farg'ona cho'l zonasining shimoliy qismida joylashgan Mingbuloq tumani Guliston massivida tarqalgan yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlar tarkibidagi gumus va oziqa moddalari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Olib borilgan monitoring tadqiqotlarida o'rganilgan tuproqlar harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy moddalari bilan juda kam darajada ta'minlanganligi qayd etilgan.

Kalit so'zlar: gumus, sug'oriladigan o'tloqi allyuvial, oziqa moddalari, unumdorlik, harakatchan fosfor, almashinuvchi.

Hozirgi kunda respublikamiz yer maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, oshirish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli melioratsiya tadbirlari va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 iyundagi PQ-277-son «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida yerlar degrodatsiyasiga qarshi kurashish, tuproq gumus miqdorini oshirish, tuproqlar unumdorligini barqarorligini ta'minlash bo'yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu borada, respublikamizda sug'oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, mavjud degradatsiya jarayonlarni oldini olish, tuproqlarni ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq sifatini baholash, unumdorligini saqlash va oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlar Markaziy Farg'onaning shimoliy qismida joylashgan Mingbuloq tumani, Guliston massivida tarqalgan So'x daryosini tashqi yoyilmalariga tutash, Sirdaryoning qadimgi allyuvial tekisligida shakllangan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarida olib borilgan.

Ishning maqsadi Markaziy Farg'ona cho'l zonasi sug'oriladigan gidromorf tuproqlarining gumus va oziqa elementlari bilan ta'minlanganligi va hudud tuproqlarini agrokimyoviy holatini ochib berishdan iborat.

Guliston massividan dala sharoitida qazilgan asosiy kesmalarda tuproq profilining morfologik tuzilishi va asosiy belgilari o'rganildi, laboratoriya-analitik tadqiqotlar uchun tuproq namunalari olindi. Analitik tadqiqotlar O'zPITI ning [1], TAITIning [2], va institutda ishlab chiqilgan, umumqabul qilingan uslublar [3] asosida bajarilgan.

Mingbuloq tumani Guliston massivida joylashgan yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlar, Markaziy Farg'onaning shimoliy qismida sizot suvlarning sathi 1,5-2,5m bo'lgan sharoitda shakllangan. Sizot suvlarining avvaldan yuqori joylanishi - tabiiy omillar bilan bog'langan bo'lib: tog' osti tekisliklari va konus yoyilmalarining quyi chekka qismlarida, tuproqlarni saz rejimda hamda Sirdaryoni quyi terrasalarining allyuvial rejimi ta'sirida vujudga kelgan. Tog' osti tekisliklaridagi va konus yoyilmalaridagi yerlarni keng miqyosda o'zlashtirilishi, sizot suvlar oqimini yetarli darajada ta'minlanmaganligi sababli ularni sathini tekislikka chiqganda ko'tarilishiga olib kelgan. Gidrogeologik sharoitlarning o'zgarishi natijasida, avtomorf tuproqlar avval yarim gidromorf, so'ng gidromorf tuproqlarga o'tgan. Shu munosabat bilan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlar saz hozirgi tabiiy-antropogen sharoitda,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

allyuvial irrigatsiya rejimi qo'shilib sizot suvlarni aralashgan rejimi, tanlanish rejimida paydo bo'lishiga olib kelgan [4, 5, 6, 7].

Tadqiqot hududlarining yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlari haydov qatlamlari gumus miqdori o'rtacha 1,158-1,434% oralig'ida bo'lsa, unga mos hola umumiy azot miqdori 0,101-0,126% ni, haydalma osti qatlamlarida gumus miqdori mos ravishda 0,8621,075% ni, umumiy azot miqdori esa 0,086-0,107% ni tashkil etib, ona jins qatlam tomon bir tekis kamaygani kuzatildi va uni miqdori o'rtacha 0,301-0,325% va 0,019-0,021% atrofida qayd etildi (rasm).

.a

o

2

N

is

•c

O

1,6 1,4 1,2 1 0,8 0,6 0,4 0,2 0

1,434

1,229

0,371

0,301 0,301

1,158

0,325

n

0,342

I

m m s m m m m m m m m m m m

2 5 5 0 0 8 3 0 2 4 8 4 5

3 4 0 2 3 4 7 1 3 4 7 0 3

-0 -2 1 Ti 1 - 1 - -0 --0 - 8 1 - -0 -2 -4 1 - 1 -

3 TT 7 5 3 4 3 3 4 8 4

7 0 7 7 0

1-kesma

2-kesma

3-kesma

Rasm-Tadqiqot hududi sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlari tarkibidagi gumus miqdori, % hisobida

O'rganilgan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarning haydov qatlamida umumiy fosfor 0,137-0,185-% ni, harakatchan fosfor miqdori 20,4-25,6 mg/kg miqdorlarda qayd etilib, ushbu tuproqlar harakatchan fosfor bilan kam darajada ta'minlanganligi kuzatildi (jadval).

Ushbu tuproqlar haydov qatlamida umumiy kaliy miqdori 1,23-1,46-% ni, almashinuvchi kaliy miqdori 210-238 mg/kg miqdorlarda qayd etilib, ushbu tuproqlar almashinuvchi kaliy bilan o'rtacha darajada ta'minlanganligi aniqlandi.

Kimyoviy tahlil natijalariga asosan, tadqiqot izlanishlari o'tkazilgan yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlar harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy moddalari bilan kam va o'rtacha darajada ta'minlanganligi aniqlandi. Bu o'z navbatida gumus miqdoriga bog'liq bo'lmagan holda, sug'oriladigan gidromorf tuproqlarga yetarli darajada minéral o'g'itlarni kiritilmaganligi va almashlab ekishni kamligi oqibatida, ushbu tuproqlarda degradatsiya jarayonlari vujudga kelgan. Bu holat, Sox daryosi yoyilmasi tashqi (chekka) qismlari va Sirdaryoning II-qayir usti terassalari geomorfologik rayonlari tuproqlarida kuchsiz ba'zan o'rtacha sho'rlanishlarni ham yuzaga kelganligi kuzatildi (jadval).

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni vaqtida hamda sifatli o'tkazish orqali erishish mumkin. Tadqiqot hududida o'rganilgan yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarda olib borilgan izlanishlarning natijalari bo'yicha olingan ilmiy ma'lumotlar asosida, minéral va organik o'g'itlarni ilmiy asosda

928|

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

tabaqalashtirilgan holda qo'llash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni meliorativ holatining yaxshilash imkonini beradi.

Jadval.

Yangidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlar tarkibidagi gumus va oziqa

moddalari tarkibi

Kesma № Chuqurlik, sm hisobida Gumu s, % Azot, % S:N Fosfor Kaliy

% mg/kg % mg/kg

1 0-32 1,434 0,126 6,6 0,175 20,4 1,46 232

32-45 1,075 0,107 5,8 0,170 16,5 1,39 125

45-77 0,503 0,048 6,1 0,111 13,0 1,24 91

77-105 0,371 0,028 7,7 0,107 11,5 1,16 84

105-120 0,301 0,019 9,2 0,101 9,6 1,10 67

2 0-30 1,229 0,101 7,1 0,137 21,8 1,23 238

30-48 0,903 0,086 6,1 0,116 12,0 1,14 177

48-73 0,583 0,064 5,3 0,109 6,0 1,05 102

73-110 0,325 0,027 7,0 0,103 4,7 0,95 67

3 0-32 1,158 0,103 6,5 0,185 25,6 1,33 210

32-44 0,862 0,087 5,7 0,175 18,9 1,32 151

44-78 0,525 0,063 4,8 0,155 14,4 1,16 105

78-104 0,445 0,029 8,9 0,145 9,4 1,15 80

104-135 0,342 0,021 9,4 0,121 8,0 1,00 63

Takliflar. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, Markaziy Farg'ona cho'l zonasi hududlarida tarqalgan ushbu gidromorf tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish maqsadida, agromeliorativ, agrotexnik hamda agrokimyoviy chora-tadbirlar majmuini tabaqalashtirilgan holda qo'llash va qishloq xo'jalik ekinlarini tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida agrotexnik chora-tadbirlarni vaqtida o'tkazish, almashlab, takroriy va orliq ekish tizimlarini ilmiy asoslangan holda joriy etish, organik va mineral o'g'itlarni ilmiy asoslangan holda qo'llash, eroziyasiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko'rish zarur. Bunda har yili ekinlar hosili va boshqa organlari bilan tuproqdan olib chiqib ketiladigan bir qator oziqa elementlarining o'rnini to'ldirishga e'tibor qaratib, mahalliy o'g'it hisoblangan go'ng va turli kompostlar tayyorlashni yo'lga qo'yish hamda ularni qo'llashda aniq rejalarga amal qilish kerak.

Qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishda sug'oriladigan o'rtacha va yuqori unumdorlikka ega yerlarga joriy etilgan navbatlab ekish tizimlarini e'tiborga olgan holda, paxta va boshoqli don ekinlarini joylashtirish va bunda o'tmishdosh ekin turi ham hisobga olinishi kerak. Unumdorligi past bo'lgan yerlarga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, yem-xashak va boshqa ekinlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Yer osti suvlari juda yaqin, ortiqcha namlanishga uchragan va uning natijasida kuchli va juda kuchli sho'rlangan, namlik yuqori yerlarida namsevar ekinlarni (sholi, tariq, oq jo'hori, mosh) joylashtirish maqsadga muvofiqdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. Пахта майдонларида тупрокларнинг агрофизикавий, агрокимёвий ва микробиологик хоссаларини урганиш услублари. УзПИТИ. Тошкент, 1973, 101-128 бетлар

2. М. Тошкузиев ва бошкалар. Тупрокда умумий гумус ва хдракатчан гумус моддалари микдоридан унинг унумдорлиги курсаткичи сифатида фойдаланишга доир услубий курсатмалар. Тошкент. 2006, 20 бет

3. Аринушкина Е.В. Руководство по химическому анализу почв. Москва, 1975, стр. 491

4. Р. Кузиев., В. Сектименко, А. Исмонов. Атлас почвенного покрова Республики Узбекистан. Ташкент, 2010. стр. 48

5. ^аландаров Н.Н. Марказий Фаргона шимолий кисми сугориладиган гидроморф тупрокларининг х,олати ва уларнинг антропоген омил таъсирида узгариши. Автореф. биология фанлари буйича ф.д. (PhD). -Тошкент / 2019. 24б

6. ^аландаров Н.Н. Мингбулок тумани сугориладиган тупрокларидаги тузлар микдори, зах,ираси ва ер ости сувларининг х,олати // УзМУ хабарлари. -Тошкент, 2012. -№3. -Б. 134-136.

7. Монография. Муаллифлар жамоаси. Фаргона водийси сугориладиган тупрокларининг хоссалари, экологик-мелиоратив х,олати ва мах,сулдорлиги // Тошкент. Навруз нашрёти, 2017. 328 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.