Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQ UNUMDОRLIGI KO‘RSATKICHLARINI ERОZIYA TA’SIRI O‘ZGARISHI'

SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQ UNUMDОRLIGI KO‘RSATKICHLARINI ERОZIYA TA’SIRI O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
245
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
eroziya / fraksion tarkibi / qum / chang / il / oziqa elementlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shermatov Toxirjon Xolmatjonovich, Mamatova Gulzoda Toyirjon Qizi

Maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar unumdоrligi ko‘rsatkichlariga turli darajada erоziya ta’siri namoyon bo‘lgan hamda yuvilma jinslarni fraksion tarkibi va ulushi keltirilgan. Eroziya ta’sirida gumusli qatlam qalinligi va oziqa moddalarni haydov qatlamdagi o‘zgarishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQ UNUMDОRLIGI KO‘RSATKICHLARINI ERОZIYA TA’SIRI O‘ZGARISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN TIPIK BO'Z TUPROQ UNUMDORLIGI KO'RSATKICHLARINI

EROZIYA TA'SIRI O'ZGARISHI 1Shermatov Toxirjon Xolmatjonovich, 2Mamatova Gulzoda Toyirjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi 2Farg'ona davlat universiteti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8004071

Annotatsiya. Maqolada sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar unumdorligi ko'rsatkichlariga turli darajada eroziya ta'siri namoyon bo'lgan hamda yuvilma jinslarni fraksion tarkibi va ulushi keltirilgan. Eroziya ta'sirida gumusli qatlam qalinligi va oziqa moddalarni haydov qatlamdagi o'zgarishi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: eroziya, fraksion tarkibi, qum, chang, il, oziqa elementlar.

Tuproq eroziyasi - suv yoki shamol ta'sirida tuproqlarning parchalanishi tushuniladi, tuproq hosil bo'lish jarayonini aksi sifatida qaraladi. "Eroziya" - so'zi lotincha "erosion" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, yemirilish, ajralish degan ma'noni anglatadi.

Tuproqlarning eroziya xavfi sinflari bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: eroziya xavfi juda past (yiliga 3 t/ga gacha); eroziya xavfi past (yiliga 3,1 - 10 t/ga gacha); eroziya xavfi o'rtacha (yiliga 10,1 - 20 t/ga gacha); eroziya xavfi kuchli (yiliga 20,1 - 40 t/ga gacha); eroziya xavfi juda kuchli (yiliga 40 t/ga dan ortiq); yuvilma yerlar.

Dehqonchilik tarixida tuproqning buzilishi va degradatsiyasiga oid ko'plab dalillar mavjud bo'lib, hisob-kitoblarga qaraganda so'nggi 200 yil ichida dunyoda 2 milliard gektarga yaqin ekin maydonlari eroziya natijasida vayron bo'lgan, ya'ni unumdorligini yo'qotgan va bu hozirgi ekin dehqonchilik qilinadigan taxminan 1,5 milliard gektar maydonlardan ko'p hisoblanadi.

G'o'za va boshka ekinlar hosilini oshirishda asosiy agrotexnik tadbirlardan biri sog'lom nihollar olishdir. Bahordagi kuchli yog'ingarchiliklar, xususan sug'orishlar natijasida tuproqda gumus va oziqa moddalarning yuvilishi sodir bo'ladi. G'o'za va boshka ekinlarni ko'chat soni kamayadi, o'z navbatida eroziya jarayonini tezlashtiradi. Organik o'g'itni asosi bo'lgan go'ngni solish tuproq zarrachalarini mustaxkamlaydi, natijada sug'orishlar vaqtidagi tuproqning yuvilish darajasini kamaytiradi.

O'zbekistonda sug'oriladigan yerlar qishloq xo'jalik mahsulotini 95% ni yetishtirishda xizmat qiladi. Qishloq xo'jaligi esa volyuta keltiruvchi asosiy tarmoq, ya'ni manba hisoblanadi. Lekin adabiyot ma'lumotlariga ko'ra irrigatsion eroziya 2 mln. 904 ming ga yerda sodir bo'lgan bo'lib, natijada 40% dan ko'proq maydonda gumus miqdori meyoridan kamaygan. Shuningdek, O'zbekistonda 581 ming gektar sug'oriladigan yerlar o'rtacha, 17,6 ming gektar yer esa kuchli darajada shamol eroziyasiga uchragan. Ko'p yillik tekshirishlar natijasiga ko'ra shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarni haydov qatlamida (0-30 sm) o'rtacha 0,33-0,40%, bu jarayondan saqlangan tuproqlarda esa 0,67-0,70% gumus mavjudligi aniqlangan (R.Qo'ziyev, G'.Yuldashev, I.Akramov, 2004).

X.M.Maqsudov, K.I.Shodrailova, L.A.Ryazkova (1991) o'z ilmiy ishlarida sug'orish eroziyasi sodir bo'lishida nishoblik, tuproqni yulishidaga chirindi miqdori va undagi suv oqimi tezligi katta ta'sir ko'rsatadi deb ta'kidlaydilar. Mualliflar Toshkentning Qibroy tumanidagi Turon fermer xo'jaligida mis va bor mikroelement tizimini paxta hosildorligiga ta'sirini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

o'rganib, bu ikkala element yuvilgan tuproqlarda kamayganligi, shunday joyga ularni solish paxta hosilini mis 23,30-33,50 foizga, bor esa 8,90-15,58 foizga oshirganligini keltirib o'tganlar.

Biz shularni hisobga olib har bir sug'orishdan keyin tuproqni yuvilib ketish tezligini (miqdorini) aniqlash muhim tadqiqotlar qatoridan joy oladi. Buning uchun turli darajada qiyalikka ega bo'lgan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlari obyekt tariqasida tanlandi.

Tajriba variant tariqasida 3 ta variantli maydon tanlab olindi: I-variant - qiyalik darajasi 0,02-0,1° bo'lgan, yaxshi tekislangan, eroziyalanmagan tipik bo'z tuproq; II-variant - qiyalik darajasi 0,5-1° bo'lgan, kuchsiz eroziyalangan tipik bo'z tuproq; III-variant - qiyalik darajasi 44,5° bo'lgan, o'rtacha eroziyalangan tipik bo'z tuproq.

Irrigatsion tuproq eroziyasi - antropogen eroziyaning bir ko'rinishi bo'lib, tuproqni sug'orish paytida yuvilishi va eroziyalanishi tushuniladi. Melioratsiyaning eng muhim ekologik vazifalaridan biri uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki kamaytirishdan iborat.

Irrigatsion suv eroziyasi sug'oriladigan tumanlarda dalani nishabligi 2o dan ortganda hamda yuqoriroq miqdorda suv berilganda ko'pincha suvchilarning nazoratsizligidan tuproqlarning unumdor qatlami katta zarar ko'radi. Ayniqsa, hozirgacha adirli va dala yonbag'iri yuqori bo'lgan yerlarda g'o'za va boshqa qator orasi ishlananadigan, egat orqali sug'oriladigan yerlardagi ekinzorlarni qancha miqdorda suv sarf qilishi, me'yori belgilanmagan, oqibatda ko'pincha tavakkal qilib egatlarga suv taraladi. Bu esa ko'proq tuproqni unumdor ustki qatlamini yuvilib ketishiga sababchi bo'lib qolmoqda. Xo'sh egatlarga taralgan suv o'zi bilan ko'proq qaysi guruhdagi fraktsiyalarni va qancha miqdorda loyqa yoki kolloid zarrachalarni yuvib ketishi va nihoyat qancha gumus va oziqa moddalarni yuvib ketishi muhim ilmiy va amaliy muammo hisoblanadi.

Ana shu masalani oydinlashtirish uchun biz tajriba dalasidan yuvilib chiqqan oqava sug'orish suvi bilan yuvilgan bir kilogramm layqada tarfraksion tarkibining ulushi tekshiruvdan o'tkazdik. Bu ma'lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirildi.

1-jadval.

Yuvilgan tuproqni fraksion tarkibi,%

Variantlar Fraksiya nomi

Qum Chang Il Hammasi

I. Eroziyalanmagan 42,2 37,8 20,0 100

II. Kuchsiz eroziyalangan 44,6 35,9 19,5 100

III. O'rtacha eroziyalangan 52,6 27,3 20,1 100

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, yuvilma tarkibida eng ko'p fraksiyalar qum hissasiga to'g'ri keladi. Yuvilmani 100 foiz deb olsak, ikkinchi o'rinni chang fraksiyalari egallaydi. Il fraksiyalari tuproqda gumus bilan bog'langan holatda bo'lib, yuvilishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Joyning qiyalik darajasi ortib borishi bilan qum fraksiyasining miqdori ortib bordi. Olib borilgan tadqiqot natijasida kolloid-loyqalar nisbatini I, III variantlarda yuqori bo'ldi. Bu o'rganilgan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarning gumus miqdori bilan bevosita bog'liq deyish mumkin.

Ko'pgina tekshirishlarni ko'rsatishicha, suv eroziyasi tuproqdagi chirindi qavatini asta-sekin yillar o'tishi bilan qisqartirib borardi, bu esa ushbu yerlar tuprog'ini unumsiz holga olib keladi (Rasulov, 1978).

Biz ham o'z tajribamizda kiyalik darajasi turlicha bo'lganda tipik bo'z tuproqlarni gumus qatlami qalinligi qanday darajada bo'lishi va oziqa elementlar miqdori bilan qiziqdik va tipik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

bo'z tuproqli unumdorligi o'rtacha bo'lgan, irrigatsion eroziyaga uchragan tuproqni holati qay ahvolda bo'lishini aniqlash maqsadida tadqiqotlar davom ettirilishini ta'kidlagan holda dastlabki ma'lumotlarni oldik.

2-jadval.

Sug'oriladigan tipik bo'z tuproq unumdorligi ko'rsatkichlari

Variant Qiyalik, gradusda Gumusli qatlam qalinligi (A+B), sm Haydov qatlamida oziqa moddalar yalpi miqdori, % da

Gumus Azоt Fоsfоr

I. Eroziyalanmagan 0,02-0,1 113 1,357 0,125 0,216

II. Kuchsiz eroziyalangan 0,5-1 68 0,976 0,089 0,200

III. O'rtacha eroziyalangan 4-4,5 42 0,595 0,065 0,150

Jarvaldan ko'rinib turibdiki, ustki qatlami eroziyalanmagan maydonlarda gumusli qatlam qalinligi 113 sm ga teng bo'lib, kuchsiz eroziyalangan tipik bo'z tuproqlarda gumus qatlami 68 sm ni tashkil etdi. O'rtacha eroziyalangan qiyalik darajasi 4-4,5° bo'lgan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarda gumus qatlami qalinligi 42 sm ni tashkil etib, eroziyalanmagan tipik bo'z tuproqlarga nisbatan 2,7 martaga qatlam qalinligi kamaygan. Bu ko'rsatkich kuchsiz eroziyalangan tipik bo'z tuproqlarga nisbatan 1,6 barobarni tashkil etadi. Shunga o'xshash holat yalpi azоt va fosfor ham kuzatildi. Demak, qiyalik darajasi оГ^п sari sug'orish suvlari ustki unumdоr qismini ko'praq yuvib ketadi.

Shunday qilib tuproqni unumdоrlik xоssalarini ifodatovchi gumus, azоt va fosfor mоddalari yuvilish kuchayishi (qiyalikni ог-tishi) bilan ог-tib ЬопЬ unumdоrlik qоbiliyatini kamaytiruvchi оmil bo'lib ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Неуструев С.С. Естественно-исторический очерк Наманганскрго уезда.Ташкент. 1913.

2. Yuldashev G'., Raximov A., Azimov Z. Sho'rlangan tuproqlar melioratsiyasi. 2022. 257 s.

3. Yuldashev G'., Jabborov Z., Abduraxmonov T. Tuproq kimyosi. 2019. 246 s.

4. Ruziyev R.K., Yuldashev G'. O'zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish. 2019.

5. G'. Yuldashev. Meliorativ tuproqshunoslik. 2008. 132 s.

6. Максудов.А. Почвы Центральной Ферганы. Ташкент. 1979, 120 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.