Научная статья на тему 'SUG’ORILADIGAN TOSH-SHAG’ALLI OCH TUSLI BO’Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI'

SUG’ORILADIGAN TOSH-SHAG’ALLI OCH TUSLI BO’Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
55
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo’z tuproq / kremniy / spektr / grokimyo / element / erroziya / yuvilma / genetik qatlam / kamar / zona / sug’oriladigan

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Yuldashev Gulomjon, Maxramxo’Jayev Sultonxo’Ja Akramxo’Ja O’G’Li

Ushbu maqolada yangidan o’zlashtirilgan, tosh-shag’alli, sho’rlanmagan och tusli bo’z tuproqlarning genetik qatlamlarida Si, Ca, Ba, Na, K, Mg, Al, Fe, S, Sr larning geokimyoviy spektrlari erroziyalanmagan, kuchsiz erroziyalangan, yuvilma tuproqlarda tasvirlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG’ORILADIGAN TOSH-SHAG’ALLI OCH TUSLI BO’Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN TOSH-SHAG'ALLI OCH TUSLI BO'Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI 1Yuldashev Gulomjon, 2Maxramxo'jayev Sultonxo'ja Akramxo'ja o'g'li

1Farg'ona davlat universitetiq.x.f.d., professor 2Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8004101

Annotatsiya. Ushbu maqolada yangidan o'zlashtirilgan, tosh-shag'alli, sho'rlanmagan och tusli bo'z tuproqlarning genetik qatlamlarida Si, Ca, Ba, Na, K, Mg, Al, Fe, S, Sr larning geokimyoviy spektrlari erroziyalanmagan, kuchsiz erroziyalangan, yuvilma tuproqlarda tasvirlangan.

Kalit so'zlar: Bo'z tuproq, kremniy, spektr, grokimyo, element, erroziya, yuvilma, genetik qatlam, kamar, zona, sug'oriladigan

Bo'z tuproqlar kamarining tuproqlari qadimdan qator xorijiy va Respublikamiz olimlari tomonidan ko'p tomonlama, ya'ni genezisi, xossa-xususiyatlari, ulardan foydalanish yo'llari yoritilgan.

Hususan bo'z tuproqlar dastlab A., F. Middendorf tomonidan (1887) o'rganilgan. Keyinchalik esa bu tuproqlarni N. A. Dimo tomonidan "och tuproqlar" deb atash taklif etilgan, ko'p vaqt o'tmay S. S. Neustroyev mazkur tuproqlarni "bo'z tuproqlar" deb atashni tavsiya etgan.

Yuqorida keltirilgan va boshqa ma'lumotlar asosida va o'zining ko'p yillik ilmiy izlanishlari natijasida A. N. Rozanov o'zining "O'rta Osiyo bo'z tuproqlari" nomli asarini nashr etdi. Bu esa o'z navbatida bo'z tuproqlar to'g'risidagi fikrlar va dunyo qarashlarning sezilarli darajada o'zgarishiga turtki bo'ldi.

Bizga ma'lumki bo'z tuproqlar zonasining eng quyi pogonasi ya'ni nisbiy balandligi 250300 m dan keyin boshlanib 600 metrgacha bo'lgan balandliklardagi, ya'ni adirliklarda och tusli bo'z tuproqlar shakillangan bo'lib bo'z tuproq tipchalari orasida eng yaxshi o'rganilgani hisoblanadi. [1, 153-158]

Och tusli bo'z tuproqlar tarqalgan maydonlar iqlim jihatidan quruq va issiq, yog'ingarchilik miqdori esa yiliga 200-250 mm ga yaqin bo'lib, bunday yog'inlarning asosiy qismi yilning qish va bahor oylariga to'g'ri keladi.

Bunday sharoitda tuproqning yuqorigi 10-15 sm qatlami qish fasli sovuq kelgan yillari ma'lum darajada muzlaydi, yilning yoz faslida esa qalinligi 10 sm gacha qismi 65 oC, 100 sm gacha qalinligi esa 25 oC gacha isiydi. [2, 3-40 b], Qo'ziyev R.K., Yo'ldashev G ma'lumotlariga ko'ra och tusli bo'z tuproqlarning yuqoru qatlamlarida suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni 1 metr chuqurlikda esa 1,0 % ni tashkil qilishimumkin. Och tusli bo'z tuproqlarning singdirish sig'imi 8-10 mg/ekv ni tashkil qiladi. Yuqori gorizontlarda singdirilgan kationlar orasida Ca eng ko'p (80 %) magniy esa ozroq (10-15 %) bo'lib, pastga borgan sari magniyning hissasi ortadi. Bu jarayon tuproqlarning yuqori gorizontlarida kaltsiy va kaliyning biogen yo'llar bilan to'planishini isbotlaydi. Och tusli bo'z tuproqlar tipchasi o'z navbatida och tusli bo'z tuproqlar, yupqa och tusli bo'z tuproqlar va gipslashgan och tusli bo'z tuproqlar oilalariga bo'linadi. [1, 156-158 b] [4, 250 b]. Shu blan birga iqlimga bog'liq ravishda och tusli bo'z tuproqlar tarqalgan maydonlarida efemerli mezofil o'simliklar va shular bilan bir qatorda tabiiy sharoitda o'sayotgan dorivor o'simliklarning ham o'sib rivojlanishiga sharoit yaratadi. Shuni alohida ta'kidlash

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

kerakki yangidan o'zlashtirilgan tosh-shag'alli, vodiyning shimoliy qismidagi och tusli bo'z tuproqlarni o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi, ayniqsa ushbu yerlardan dorivor va boshqa o'simliklarni yetishtirishda faydalanish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa.

Bu kabi tuproqlarga misol tariqasida Farg'ona vodiysining shimoliy qismida ya'ni aniqroq qilib aytadigan bo'lsak Namangan viloyatining Pop tumani Chorkesar massivida shakillangan tuproqlarni keltirish mumkin.

Bunday sharoitda ushbu tuproqlarda dorivor va boshqa o'simliklar yetishtirish alohida ahmiyat kasb etadi. Respublikamizda barcha toifadagi yerlarni hisobga olsak tog' oldi hududlarining 50 % ida eroziya jarayoni bormoqda, chunki bu yerlar o'ziga xos tuproq-iqlim sharoitiga va qiyaliklarga ega hisoblanadi. Bu yerlarda tez-tez bo'lib turadigan shamol va yog'in-sochinlar ta'sirida tuproqlar ma'lum darajada degradatsiyaga ya'ni boshqacha qilib aytganda erroziyaga uchraydi. Bu esa o'z navbatida shu yerda o'sayotgan dorivor va boshqa turdagi o'simliklar, bevosita tuproqlarini muhofaza qilishdek muammoli tadbirlarni talab qiladi.

Och tusli bo'z tuproqlar tarqalgan maydonlarni eroziyadan saqlash uchun asosan ularni keltirib chiqaruvchi omillarni va ayrim xossalarini o'rganish va ulardagi eroziyalanish darajasini bilish kerak. Ma'lumki bu tuproqlar shakllangan maydonlarda relyefning notekisligi, ya'ni past-balandliklar qiya va nishabliklarning mavjudligi, tez-tez esib turadigan kuchli shamollar, yog'in jadalligi hamda bu yerlarda o'simlik qoplamining notekis tarqalishi ko'pincha tabiiy va antrapagen omillar ta'sirida eroziyaga uchrab turadi. Bu esa o'z navbatida eroziya va deflyatsiya jarayonlari ta'sirida tuproq gumus qatlamining ma'lum darajada degradatsiyasiga sabab bo'ladi. [5, 186-193]

Bu kabi tuproqlarning shakillanishida, eroziyaga bo'lgan munosabatlariga ularning tarkibidagi Fe, Al ning oksidli birikmalari hamda boshqa makroelementlarga boy bo'lishi, ularning eroziyalanishiga ta'sir qiladi. Fe, Al larning 30-80 % qismi montmorillonit va nontronit, 10 % gidroslyudalar gruppasidagi metallar, 1-7 % qismi esa kremnezyomlardan iborat [3-720 b]. Ushbu tuproqlarda suv eroziyasi ta'sirida gumus bilan bir qatorda Si, Ca, Ba, Na, K, Mg, Al, Fe, S, Sr kabi elementlarning har xil darajada yuvilishi, migratsiyasi, akkumulyatsiyasi sodir bo'lib, natijada tuproqning unumdorligi o'zgaradi. Natijada o'rganilgan elementlarning kontsentratsiya klarklarining tuproqlarni eroziyalanganlik darajasiga qarab o'zgarishi sodir bo'ladi. Bu holatni Si, Ca, Ba, Na, K, Mg, Al, Fe, S, Sr kontsentratsiya klarklarining o'zgarishini quyidagi geokinyoviy spektrlardan ko'rishimiz mumkin. Elementlarni, ya'ni Mg, Al, Si, S lar-O'zbekiston-Turkiya hamkorligidagi laboratoriyada induktiv bog'langan plazmali atom-emission spektrometr Analist 40 Perkin Elmer apparatida tuproqni HNO3 + HCl + HF da suyultirish orqali, qolganlari neytron-aktivatsion usullarda aniqlangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Rasm 1 Erroziyalanmagan tuproqlarda makroelementlarning geokimyoviy spektri

Rasm 2 Kuchsiz erroziyalangan tuproqlarda makroelementlarning geokimyoviy

spektri

Rasm 3 Yuvilma qatlamli tuproqlarda makroelementlarning geokimyoviy spektri

Keltirilgan diagrammalardan ko'rinib turibdiki o'rganilgan tuproqlar tarkibidagi makroelementlar tuproqning eroziyalanganlik darajasiga kam bo'lsada bog'liq holda miqdoriy o'zgarishlarga yuz tutgan. Eroziyalanmagan, kuchsiz eroziyalangan tuproqlarda Ba elementi S, Ca, Na lardan keyin keladi, ya'ni Klark kontsentratsiyasi oltingugurt va kaltsiy, natriy elementlaridan kam. Shunga yaqin holatlar Yuldashev G., Makhramkhuzhaev S. laming ishlarida ham kuzatilgan. Ayni paytda yuvilma tuproqlar tarkibidagi ushbu elementlarning kontsentratsiya klarklarini ko'radigan bo'lsak bu ko'rsatkichga ga ko'ra bariy oltingugurtdan keyingi o'rinni egallaydi. Demak bu borada dastlabki xulosa qiladigan bo'lsak och tusli tosh-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

shag'alli yangidan o'zlashtirilgan bo'z tuproqlarda eroziya ta'siri natijasida Ba li minerallarni

kuchsiz bo'lsada yuvilishi va yuvilma guruhdagi tuproqlarda akkumulyatsiyasi kuzatiladi.

REFERENCES

1. Kuziyev R.K., Yuldashev G'. O'zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish. Toshkent "Zilol buloq" nashriyoti 2019 153-158 b.

2. Панков М.А. Почвы Узбекской ССР: Издательство Академии наук Узбекской ССР Ташкент-1957 г 3-40 с.

3. Розанов А.Н. Сероземы Средней Азии М. 1957 г 720 с.

4. Parpiyev G'. T. Bo'z-voha tuproqlari. Monografiya. -Toshkent: 90 «Lesson Press» MCHJ nashriyoti, 2023. -250 b.

5. Xolov Y.D. Tuproqlarni muhofaza qilish ulardan oqilona foydalanish. "Science and education" Scientific journal. June 2022 Volume 3 Issue 6. 186-193 b.

6. Yuldashev G., Makhramkhuzhaev S. Agrochemical Characteristics of Newly Developed Light Sierosem of the Fergana Valley //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2023. - Т. 13. - С. 64-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.