Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI'

SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

594
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hajm va solishtirma og„irligi / mexanik tarkibi / umumiy g„ovaklik / qumli / qumloqli / yengil qumoqli tuproqlar / umumiy fizik xossalari / o„tloqi tuproqlar

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S. M. Nazarova, Z. R. Avliyoqulov, N. S. Islomova

Ushbu maqolada Buxoro vohasi sug„oriladigan o„tloqi tuproqlarning umumiy fizikaviy xossalari atroflicha tadqiq qilingan. O„rganilgan hududlar tuproqlarining hajm og„irligi solishtirma og„irlikka nisbatan o„zgaruvchan bo„lishi hamda sug„oriladigan tuproqlar sharoitida mexanik tarkibning og„irlashib borgan sari tuproqlarning zichligi ham birmuncha yuqori bo„lishi aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI»

SUG'ORILADIGAN O'TLOQI TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO'LLARI

S. M. Nazarova

Buxoro davlat universiteti q/x. f.f.d. PhD

Z. R. Avliyoqulov

Buxoro davlat universiteti magistranti

N. S. Islomova

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Buxoro vohasi sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning umumiy fizikaviy xossalari atroflicha tadqiq qilingan. O'rganilgan hududlar tuproqlarining hajm og'irligi solishtirma og'irlikka nisbatan o'zgaruvchan bo'lishi hamda sug'oriladigan tuproqlar sharoitida mexanik tarkibning og'irlashib borgan sari tuproqlarning zichligi ham birmuncha yuqori bo'lishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: hajm va solishtirma og'irligi, mexanik tarkibi, umumiy g'ovaklik, qumli, qumloqli, yengil qumoqli tuproqlar, umumiy fizik xossalari, o'tloqi tuproqlar

Kirish

Bugungi kunda dunyoda «50% qishloq xo'jaligi yerlari o'rta va kuchli degradatsiyaga uchragan, har yili 12 million gektar yer qishloq xo'jaligi aylanmasidan chiqib ketmoqda. Shu sababli millionlab insonlarning tirikchilik va yashash vositasi hisoblangan yerlar xavf ostida qolmoqda.

Keyingi 25 yil davomida tuproqlar degradatsiyasi jarayonlarining jadallashuvi natijasida jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 12% ga kamayishi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan narxlarni 30% ga oshishiga olib kelishi mumkin». Shuning uchun ham sug'orma dehqonchilik sharoitida tuproqlarning hozirgi holati, agrofizikaviy xossa va xususiyatlari, tuproq unumdorligini aniqlash, mavjud salbiy jarayonlarning oldini olish orqali tuproqlarning hozirgi holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, oshirish va muhofazalash hamda yer resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

October 5-6

641

Dunyoda tuproq unumdorligini holati, uning ko'rsatkichlari, tuproq unumdorligining boshqa omillar bilan o'zaro aloqadorligi va tuproq unumdorligini modellashtirish bo'yicha bir qator ustuvor yo'nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tuproq xossa-xususiyatlarini o'rganish, tuproq unumdorligini baholash, oshirish, boshqarishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish, tegishli ishlanmalarni ishlab chiqarish va joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Sug'oriladigan tuproqlarning umumiy fizik xossalari tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, tuproq namligini harakati va sarflanishi oziqa moddalarni o'zlashtirilishi fizikaviy va suv-fizikaviy xossalariga bog'liq bo'ladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: R.Qurvantaevning ta'kidlashicha, bo'z tuproqlar va cho'l mintaqasida tarqalgan lyoss, allyuvial-prolyuvial, allyuvial yotqiziqlarda hosil bo'lgan sug'oriladigan og'ir va o'rta qumoqli bo'z-o'tloqi, o'tloqi,

"5

taqirsimon tuproqlar uchun maqbul zichlik 1,2-1,4 g/sm va kritik zichlikni 1,5-1,6

"5

g/sm bo'lishi mazkur tuproqlar uchun eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Yengil

"5

qumoqli tuproqlarning haydalma qatlamida esa hajm og'irlik 1,34-1,43 g/sm bo'lishi maqsadga muvofiqdir. [4,5,]

Umumiy g'ovaklik tuproq mexanik tarkibiga chambarchas bog'liq bo'lib, qumli, qumloqli va yengil qumoqli tuproqlarda va shunday qatlamlarda eng katta (50-54%) miqdorni tashkil qiladi. Bunday tuproqlar M.U.Umarov, J.Ikromov, R.Kurvantaevlarning ta'kidlashicha yaxshi xossali tuproqlar hisoblanadi.

"5

Tuproqlarning umumiy g'ovakligi, zichligi 1,5-1,6 g/sm bo'lgan tuproqlarda 3840 % ni tashkil qilib, qoniqarsiz hisoblanadi. [1,2,3]

Tadqiqot metodologiyasi. Solishtirma og'irlik birmuncha barqaror birlik bo'lib, u tuproqlarning kimyoviy, mexanik va minerologik tarkibi va gumus bilan ta'minlanganlik darajasiga bog'liq. Olingan natijalarning ko'rsatishicha, Zarafshonning quyi oqimi Buxoro vohasida sug'oriladigan o'tloqi tuproqlari hajm og'irligi ko'rsatkichlariga ko'ra, tumanlar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan -

-5 "5

Vobkent tumanida 2,56-2,66 g/sm , Jondor tumanida 2,58-2,66 g/sm , Kogon

-5 -5

tumanida 2,63-2,67 g/sm , Qorako'l tumanida 2,58-2,63 g/sm .

"5

Solishtirma og'irlik 2,56 dan 2,67 g/sm gacha o'zgarib turadi (1-rasm), bu cho'l hududi uchun xarakterli hisoblanadi. Eng kam solishtirma og'irlik (2,56-2,60

"5

g/sm ) Kogon tumanining "Bo'ston" massivida, eng yuqori ko'rsatkich Qorako'l tumanining "Darg'ali" massivida (2.56-

October 5-6

"2

2,66 g/sm ) kuzatildi. Bu bir-biriga yaqin raqamlar tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha bir xilligi bilan ifodalanadi.

Sug'oriladigan tuproqlarni ko'pchiligida solishtirma og'irlik yuqori qatlamlarda pastki qatlamlarga qaraganda kichik ko'rsatkichga ega, bunday bo'lishiga sabab tuproqlarning yuqori qatlamida gumus miqdorining bir muncha yuqori bo'lishidir. Umuman Buxoro vohasi sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining solishtirma og'irlik ko'rsatkichlari bir-biridan keskin farq qilmaydi va ular tez o'zgaruvchan kattalik ham emas.

O'rganilgan hududlar tuproqlarining hajm og'irligi solishtirma og'irlikka nisbatan o'zgaruvchan va turli-tumandir. Bu esa tuproqlarda kechayotgan jarayonlarning o'zgacha ekanligini izohlaydi. O'rganilgan tuproqlarning hajm og'irligi turli hududlarda turlicha bo'lib, ular o'rtasida keskin farq sezilmaydi.

3

1-rasm. Sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining solishtirma va hajm og'irliklari, g/sm Tekshirilgan tuproqlarning hajm og'irligi va g'ovakligi bo'yicha olingan natijalar shuni ko'rsatadiki tuproqlarning yuqorigi haydalma qatlamining gumus miqdori, mexanik tarkibi, sho'rlanishi va hokazolarga ko'ra, turli hajm og'irligiga ega

"5

bo'lib, 1,27-1,63 g/sm oralig'ida o'zgarib turadi. Jondor va Qorako'l tumanlari tuproqlari haydalma osti qatlamining eng yuqori zichligi bilan farq qiladi (1,53-1,63

"5

g/sm ). Olingan ma'lumotlarning ko'rsatishicha, maqbul ko'rsatkichga yaqin hajm og'irlik Vobkent, Qorako'l va Kogon tumanlari sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining haydov qatlamida

October 5-6

643

"5

(1,27-1,39 g/sm ) hosil bo'lgan. Buning asosiy sababi qum zarrachalari miqdorining ko'p bo'lishi va yaxshi joylanishi, ularni sho'rtoblashganligi hisoblanadi. Bu ikki omil tuproq kesmasining yuqori va o'rta qismlari hajm og'irligini kattaligini belgilaydi. Xaydov qatlami nisbatan yumshoq, xaydov osti qatlami zich tuzilishi bilan xarakterlanadi. Pastki qatlamlarning zichlashishiga tuproq fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari (temir, marganes va magniy birikmalarini hosil bo'lishi) hamda gidromorfizm ham kuchli ta'sir qiladi. Bundan tashqari sizot suvi yaqin bo'lgan tuproqlarda ustki qatlamlar bosimi ham ta'sir ko'rsatadi.

Kogon va Jondor tumanlari eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarida esa og'ir qishloq xo'jalik texnikalarini yerni hali fizik yetilmagan holatida bir necha bor dalalarga kiritilishi va sug'orish tartibotiga rioya qilinmasligi oqibatida, tuproq qatlamlarini maqbul zichlikdan ancha yuqori zichlashganligi kuzatiladi.

Buxoro vohasi sug'oriladigan tuproqlari sharoitida mexanik tarkibning og'irlashib borgan sari tuproqlarning zichligi ham birmuncha yuqori bo'lishi aniqlandi.

Shu bilan birga, kuchli zichlanish tuproq kesmalarining faqat yuqori qatlamlarida uchramasdan, balki ularning quyi qatlamlarida ham kuzatiladi. Olingan ma'lumotlarning ko'rsatishicha, yillar davomida amalga oshiriladigan sug'orishlar tuproq agregatlarini parchalanishiga sabab bo'lsa, haydalma qatlamida tuproqqa uzluksiz ishlov berish, uning zichlanishini oldini olishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.

Sug'orish va agrotexnikaviy tadbirlar ta'sirida Buxoro vohasi sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining haydalma osti va undan pastki qatlamlarining zichlashishini bartaraf qilish uchun birinchi navbatda yerlarni iloji boricha chuqurroq yumshatish, ko'p yillik o't va dukkakli ekinlar ekish kam ishlov berish maqsadga muvofiqdir.

Sug'oriladigan tuproqlarda suvning (namlikning) miqdori, uning harakati, oson eruvchi tuzlar miqdori, namlikni ortishi va uni ushlanib qolishi, ildiz oziqlanish qatlamini havo bilan ta'minlanishi tuproqlarning g'ovakligiga bevosita bog'liq bo'ladi. O'rganilgan o'tloqi tuproqlarda umumiy g'ovaklik sug'orish davriyligiga ko'ra tuproqlarning genetik qatlamlari va butun tuproq kesmasi bo'yicha keng (4251%) oraliqda o'zgaradi. Eskidan sug'oriladigan tuproqlarning hamma turlari bo'yicha umumiy g'ovakligi yuqori qatlamda katta bo'lib, pastga haydalma osti qatlamiga qarab kamayadi, umumiy g'ovaklikni pastga qarab kamayib borishi mexanik tarkib og'irlashishi, suvga chidamli agregatlarning miqdorini kamayishi, tuproqga ishlov beruvchi mexanizmlar

ta'sirida sodir bo'ladi. Yuqori qatlamlarda umumiy g'ovaklik

October 5-6

yuqori bo'lishi tuproqlarda ishlov berish va agregatlar hosil bo'lishi bilan bog'liqdir.

Xulosalar. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarni solishtirma og'irligi yuqori qatlamlarda past ko'rsatkichga ega, bir-biridan keskin farq qilmaydi va ular tez o'zgaruvchan kattalik emas. Eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarda og'ir qishloq xo'jalik texnikalarini yerni fizik yetilmagan holatida bir necha bor dalalarga kiritilishi va sug'orish tartibotiga rioya qilinmasligi oqibatida tuproq qatlamlarini maqbul zichlikdan yuqori

"3

zichlashganligi (1,55-1,60 g/sm) kuzatildi, mexanik tarkibning og'irlashib borgani sari tuproqlarning zichligi ham birmuncha yuqori bo'lishi aniqlandi. Eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarda umumiy g'ovaklik yuqori qatlamlarida 47-51% ni tashkil qiladi. Pastki qatlamlarda esa keskin kamayib, 38-45% oralig'ida kuzatiladi, bu holat qoniqarsiz hisoblanadi. Odatda g'ovaklik yuqori qatlamda katta bo'lib, pastga haydalma osti qatlamiga qarab kamayib boradi.

REFERENCES

1. Umarov M. Fizicheskie svoystva pochv rayonov novogo i perspektivnogo orosheniya UzSSR. -Tashkent, «Fan», 1974, -280 s.

2. Qurvontoev R., Xalberdieva M.R.Tuproqda qatqaloq hosil bo'lishini oldini olish usullari. // Tezisbi dok. res. konf., - Guliston, 1994.- 228 b.

3. Qurvontoev R. Tuproq unumdorligini oshirish usullari. // Tuproq unumdorligini oshirishning dolzarb muammolari, ilmiy to'plam. -Toshkent, 1995. - B. 30-33.

4. Kurvantaev R. Musurmonov A. Tuproq fizikasi. - Guliston. 2011. -120 b.

5. Qurvantoev R., Turg'unov M., Musurmonov A.Tuproq unumdorligini oshirishda ular agrofizik xossalarini e'tiborga olgan holda ishlov berish masalalari. // Tuproq resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy asoslari. Maqolalar to'plami, - Toshkent, 2011. - B. 142-148.

6. Nazarova S.M., Kungirov H.N., Kurvantaev R.K., Dadamukhamedova M.R. The main factors of soil formation and their evolution in the Zerafshan valley. // In the collection: Ecological condition of the natural environment and scientific and practical aspects of modern reclamation technologies Collection of scientific papers. Ryazan, 2016.60-66pp.

7. Nazarova SM, Kurvantaev R. Mechanical composition of irrigated soils of the Bukhara oasis. / Actual problems of modern science. Scientific journal No. 4 (101), 2018. 187-190pp.

8. Nazarova SM, Kurvantaev R. Old-irrigated meadow alluvial soils of the Bukhara oasis. // Soil science - food and environmental security of the country VII Congress of the Society of Soil Scientists named after V.V.Dokuchaev. Materials of reports. Part 1. - Moscow-Belgorod, 2016. - Pp.268-269.

October 5-6

645

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.