Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATI SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK XOSSALARI'

BUXORO VILOYATI SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
570
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eroziya / sho'rlanish / elementlar / massa / xajm / solishtirma / g'ovaklik / gigroskopik / maksimal / zarracha / tarkib. / erosion / salinization / elements / mass / volume / specific gravity / porosity / hygroscopicity / properties / composition.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva, Xumora Boybori Qizi, Maxkamova, Dilafroz Yuldashevna, Isxoqova, Shoira Mirsodiqovna

Maqolada Buxoro regionida tarqalgan o'tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi, umumiy fizik xossalari; solishtirma va xajm massa, g'ovaklik to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Maksimal gigroskopiklik to'g'risida ham qisqacha to'xtalib o'tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL PHYSICAL PROPERTIES OF ALLUVIAL SOILS OF IRRIGATED GRASSES OF BUKHARA REGION

The article provides information about the mechanical composition, general physical properties of meadow alluvial soils common in the Bukhara region: specific and volumetric mass, porosity. The results of maximum hygroscopicity are also briefly given.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATI SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK XOSSALARI»

Scientific Journal Impact Factor

BUXORO VILOYATI SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK XOSSALARI

Abdullayeva Xumora Boybo'ri qizi

M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi 2 kurs magistri

Maqolada Buxoro regionida tarqalgan o'tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi, umumiy fizik xossalari; solishtirma va xajm massa, g'ovaklik to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Maksimal gigroskopiklik to'g'risida ham qisqacha to'xtalib o 'tiladi.

Kalit so'zlar: eroziya, sho'rlanish, elementlar, massa, xajm, solishtirma, g'ovaklik, gigroskopik, maksimal, zarracha, tarkib.

В статье приводятся сведения о механическом составе, общих физических свойствах луговых аллювиальных почв, распространенных в Бухарском регионе: удельной и объемной массе, пористости. Также кратко даётся результаты максимальной гигроскопичности.

Ключевые слова: эрозия,засоление, элементы, масса, объем, удельный, пористость, гигроскопичность, свойства, состав.

The article provides information about the mechanical composition, general physical properties of meadow alluvial soils common in the Bukhara region: specific and volumetric mass, porosity. The results of maximum hygroscopicity are also briefly given.

Keywords: erosion, salinization, elements, mass, volume, specific gravity, porosity, hygroscopicity, properties, composition.

xumora.tolaganova.95@mail .ru Maxkamova Dilafro'z Yuldashevna

M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti d [email protected] Isxoqova Shoira Mirsodiqovna M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti sh. iskhakova@gmail .com

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Jahonda qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning degradatsiyasiga sabab bo'luvchi omillar, tuproqlarning eroziyaga uchrashi, sho'rlanishi, shu bilan birga gumus va oziqa moddalari kamayishi, zaharli moddalar bilan ifloslanishi kabi jarayonlar hisoblanadi. Bu kabi salbiy jarayonlar respublikamiz tuproqlarida, ayniqsa sug'oriladigan tuproqlarda doimo sodir bo'lganligi sababli, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi rivojlanishining muhim iqtisodiy muammolaridan biri hisoblanib, tuproqlar degradatsiyasining oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etish orqali yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Yurtboshimizning tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan 2017-2021yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishini, Harakatlar strategiyasini uchinchi yo'nalishida qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni ko'rish ham ko'zda tutilgan. [1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ilmiy tadqiqotlar tuproq namunalarini tayanch nuqtalardan, genetik qatlamlar bo'yicha olish, kuzatuvlar va tahlillar O'zPITI — "Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевных хлопковых районах", Е.В Аринушкинанинг — "Руководство по химическому анализу почв" hamda Tuproqshumslik va agrokimyo ITI va O'zFA Mikrobiologiya institutlarida qabul qilingan tuproq va mikrobiologik tahlil uslublari bo'yicha amalga oshirildi.

Buxoro vohasi tuproq qoplamining o'rganilish tarixida dastlab, N.A.Dimo tomonidan amalga oshirilgan marshrut-ekspeditsiya tavsifidagi tadqiqotlarda Zarafshon daryosi vohasi tuproqlari o'rganilgan. Shuningdek, M.A Orlov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda Buxoro vohasining tuproqlari nisbatan batafsil tavsiflangan. Jumladan, laboratoriya sharoitida tuproqning tarkibini tahlil qilish natijalari asosida tuproq qoplamining fizik-kimyoviy struktura xaritalari tuzib chiqilgan, tuproqlarning kelib chiqishi haqida ilmiy xulosalar keltirilgan.

Scientific Journal Impact Factor

N.V.Kimberg (1928) tomonidan Buxoro viloyatining shimoliy qismiga tutash bo'lgan, Qizilqum hududida (Mohondaryo, Jilvonsoy cho'llari va boshq.) marshrut tadqiqotlari amalga oshirilgan. 1929-yilda A.P.Livanov va N.V.Kimberg tomonidan Jilvonariqdan sug'oriluvchi yer maydonlarida (Buxoro viloyatining shimoliy chekka qismi) 10 000 masshtabdagi tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu yilda S.P.Pustovoyt tomonidan Quyimozor va Xo'jayakshanba hududlari atrofida, alohida sohalar bo'yicha ikkita hududda tuproq tadqiqotlari amalga oshirilgan. Olib borilgan ilk tadqiqotlar natijalari asosida xaritalar shakllantirilgan. Bu izlanishlarning xammasi faqat mono o'simlik paxta yetishtirishning muqobil variantlarini ishlab chiqish uchun olib borilgan edi. Oxirgi 30-40 yil davomida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari Buxoro viloyati tuproqlarini har tomonlama o'rganishga asos bo'la oladi.[2]

I.N.Felitsiant tomonidan (1953, 1957, 1969, 1984) amalga oshirilgan tadqiqotlarni alohida qayd qilib o'tish o'rinli hisoblanadi, bu tadqiqotlarda hududning sug'oriladigan va qo'riq yer maydonlari tuproqlarining tavsifi, tuproq xosil bo'lishi jarayonlarining asosiy xususiyatlari, tuproq xosil bo'lishi shart-sharoitlari, tabiiy sharoitlari, sug'orish uchun istiqbolli hisoblangan tuproqlar bonitirovkasi, o'zlashtirish uchun istiqbolli hisoblangan tuproq-iqlim hududlarini baholash bo'yicha qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, hududda tuproqlarni, iqlim, geomorfologik va meliorativ shart-sharoitlarni o'rganish natijalari g'o'za ekish maqsadida yer maydonlarini irrigatsion o'zlashtirish uchun istiqbolli hisoblangan hududlar va kenja hududlarni ajratish imkonini bergan.

U.Tojiev, R.Qo'ziev, X.Ortiqova, R.Qurvantoev, YE.Xolova, S.Narzieva (2013), R.Raxmonov, B.Toxirov, N.Begimqulov (2013), A.Niyozov, K.Qo'ziev, A.Xasanov (2013), Z.Tojixo'jaev, X.Ortiqova (2013), N.Murodov, A.Murtazaev (2013), I.Xudoev, B.Xofizov (2013), G.Jabborov, R.Yunusov, M.Maxmudov, T.Usmonov (2013) va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda hudud tuproqlarining xossalari, unumdorligi, tuproq qoplamining sifat jihatidan baholanishi, meliorativ holati haqida ma'lumotlar keltirilgan. [6]

So'nggi yillarda (2008-2017) L.Gafurova, O.Sharipov, A.Asadov, D.Maxkamova va boshqalar tomonidan hududda tarqalgan tuproqlarning morfogenetik, agrokimyoviy, agrofizik, fizik-kimyoviy xossalarini majmuaviy tavsifda o'rganish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Birinchi marta Buxoro vohasining sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida tanazzulga uchragan tuproqlarning mikrobiologik va fermentativ faolligi o'rganilgan, shuningdek masofadan turib zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanish asosida tuproqlarni

tekshirish ishlari Gafurova va boshq. (2014, 2015, 2016, 2017) amalga oshirilib kelinmoqda.[6]

NATIJALAR

Sug'oriladigan tuproqlarning rivojlanishi, genetik qatlamlarni shakllanishi va takomillashishida, eng avvalo nuragan tog' jinslarining mayda zarrachalari holatini ahamiyati katta. O'z navbatida bir guruhga birlashgan xajmi, tarkibi jihatdan yaqin bo'lgan mayda zarrachalar yig'indisi tuproqning fraksion tarkibini tashkil etadi.Tuproqning fraksion tarkibi eng muhim xossalari va unumdorligini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib, birinchi navbatda uning agronomik jihatidan ahamiyati kattadir. Sug'oriladigan tuproqlarda il va kolloid zarrachalari katta ahamiyatga ega bo'lib, tuproqni unumdorligi undagi eng mayda (<0,001 mm) zarrachalarini miqdori bilan uzviy bog'liqdir. Mexanik zarrachalar o'lchamining maydalashishi bilan gumus va azot miqdori ko'payadi. Eroziya jarayoni esa, kichik o'lchamdagi zarrachalarni yuvib ketishi natijasida tuproqlarning nafaqat mexanik tarkibini, balki, undagi gumus va boshqa oziqa moddalar xarakatining o'zgarishiga ham sabab bo'ladi. [3]

Shunday qilib, tuproqlarning mexanik tarkibi tuproq qoplamining barcha xossa-xususiyatlari (oziqa elementlari va gumus miqdori, suv o'tkazuvchanligi, singdirish, nam sig'imi va x.k) bilan xarakterlanadi. Ayniqsa yana shunday keskin o'zgarishlar "fizik qum" bilan "fizik loy" fraksiyalari chegarasida yaxshi ifodalanadi.[4]

Bundan tashqari mexanik tarkib to'g'risidagi ma'lumotlar tuproqqa ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan barcha texnologik jarayonlar asosiy haydov chuqurligi va optimal namlik ko'rsatkichi, solishtirma qarshilik kuchini aniqlash, cho'kish va bo'kish jarayonlarini baholash, qatqaloq hosil bo'lish jarayonlari oldini olish va unga qarshi kurashish kabi muhim fizik-mexanik ko'rsatkichlarni baholashda muhim roF o'ynaydi.

Tuproqning mexanikaviy tarkibi tuproqning fizikaviy, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy va biologik faollik xossalariga katta ta'sir o'tkazadi. Tuproqning mexanik tarkibi tuproq namlik darajasi va o'simliklarni o'zlashtiradigan ozuqa moddalarga muvofîq aniqlanadi. Buxoro viloyatida sug'oriladigan o'tloqi, ayniqsa allyuvial tuproqlar butun kenglik bo'yicha mexanik tarkibning turli tumanligi bilan, shu bilan birga vertikal kesma bo'yicha xam ajralib turadi. [5]

L.G'afurova, D.Mahkamovalarning olib borgan izlanishlariga ko'ra, sug'orish manbalariga yaqin joylashgan yerlarning mexanik tarkibi yengil, ulardan uzoqlashgani sari og'irlashib boradi. Eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning

yuzasi agroirrigatsiya yotqiziqlari bilan qoplangan, ularning tarkibi bir xil.

490

Agroirrigatsiya yotqiziqlarining qalinligi 1-3 mgacha. Mexanik tarkibga ko'ra ular odatda o'rta va og'ir qumoqlardir. [7]

Tadqiqotchilarning fikricha fraksiyalardagi samarali mexanik elementlarning diametri kichrayishiga qarab gumus miqdori, singdirish sig'imi, shuningdek, nam sig'imi va tuproqning bo'kishi bir necha bor ortishi aniqlangan. Fraksiyalar o'lchamining kichrayishi bilan gumus va azot miqdori ortadi. Ma'lumki, Buxoro vohasi sug'oriladigan tuproqlarini loyqa suv bilan sug'organda undagi mayda chang xolidagi zarrachalar tuproqning g'ovaklarida mexanik ravishda saqlanib qoladi va agroirrigatsion qatlamni hosil qiladi. [7]

1 jadval. Tuproqning mexanik tarkibi

Gorizon t (sm) Fraksiyalarning o'lchami (mm) Mexanik tarkibga

>0,2 5 0,250,1 0,1 0,0 5 0,05 0,01 0,01 0,00 5 0,005 0,001 <0,00 1 oh3hk non (<0,01 ) ko'ra nomlanish i

Voha o'tloqi allyuvial tuproqlar

Kesma 1

0-25 1,2 0,3 31,5 24,0 13,7 17,1 12,2 43,0 O'rta

qumoq

25-50 0,8 0,2 27,8 26,8 12,2 14,5 17,7 44,4 O'rta

qumoq

50-76 0,4 0,1 25,5 24 14,2 17,7 18,1 50,0 Og'ir

qumoq

76-100 0,4 0,1 42,5 25,3 8,7 11,0 12,0 31,7 O'rta

qumoq

Kesma 3

0-23 0,9 0,2 31,1 21,8 15,3 14,2 16,5 46,0 Og'ir

qumoq

23-46 0,8 0,2 37,4 17,6 17,3 10,9 15,8 44,0 O'rta

qumoq

46-70 0,4 0,1 28,5 20,3 18,2 20,8 11,7 50,7 Og'iq

qumoq

71-100 0,4 0,1 22,4 40,0 11,1 12,4 13,6 37,1 O'rta

qumoq

Scientific Journal Impact Factor

Voha o'tloqi-allyuvial tuproqlarining mexanik tarkibida mayda qum (0,1- 0,05 mm) 31,5-39,2%, yirik chang (0,05-0,01mm) fraksiyalari - 20,2-31,1% ustunlik qilishi hamda loyqa fraksiyasi (<0,001 mm) -12,2-16,8% nisbatan kamroq miqdoridaligi kuzatiladi. Sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarda yirik chang fraksiyalar (0,05-0,01 mm) - 32,5-56,7% va mayda qum fraksiyalari (0,1-0,05 mm) -28,8-33,5% ustunlik qiladi, hamda loyqa fraksiyasi (<0,001 mm) voha o'tloqi-allyuvial tuproqlariga nisbatan kam - 2,2 - 8,4% va mexanik tarkibiga ko'ra tuproq profili qatlamligi bilan ajralib turadi (1-jadval).

Sug'oriladigan tuproqlarda mayda chang fraksiyasi loyqa fraksiyasidan ustunlik qilishi aniqlandi. Fraksiyalardagi samarali mexanik elementlarning diametri kichrayishiga qarab gumus miqdori, singdirish sig'imi, shuningdek, nam sig'imi va tuproqning bo'kishi bir necha bor ortishi aniqlangan. [7]

Xudud tuproqlarining unumdorlik elementlari quyidagilar bilan ifodalanadi: -mexanik tarkibi tuproq paydo qiluvchi ona jinslar xarakteriga bog'liq holda, asosan o'rta, yengil va og'ir qumoq, ba'zan qumloqlardan iborat bo'lib, ularda chang fraksiyasi (0,05-0,01) ba'zida mayda qum fraksiyasi (0,1-0,05) muhim o'rin egallaydi. Voxa o'tloqi allyuvial tuproqlarida loyqa (<0,001mm) va mayda chang (0,0050,001mm) fraksiyalari boshqa tuproqlarga nisbatan ko'pligi bilan ajralib turadi. [7]

Tuproqning umumiy fizik xossalari tuproq unumdorligini belgilovchi muhim xossalardan biri hisoblanadi. Tuproq zichligini ortishi uning g'ovakligi, suv o'tkazuvchanligi, tuproq namligi, mikrobiologik faolligi va boshqa xossa xususiyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tuproqlarning fizik xossalari, ayniqsa arid sharoitlarda tuproq xosil bo'lishi jarayoniga, tuproqlarning unumdorligiga, o'simliklarning o'sish va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Tuproqlarning umumiy fizik xossalari haqida aniq tasavvurlarga ega bo'lish, ularning morfogenetik xususiyatlarini va tuproq rejimini nisbatan aniq baholash, yer maydonlarini o'zlashtirish va rekultivatsiyalashda agrotexnik va melioratsiya chora-tadbirlarini maqsadga muvofîq tarzda ishlab chiqish, shuningdek tuproq tarkibida mavjud bo'lgan gumus, azot va boshqa ozuqa elementlarini hisoblab chiqishni amalga oshirish, bundan tashqari tuproq qatlami tarkibidagi tuz miqdorini baholash imkonini beradi. Olingan natijalarga muvofîq, hajmiy massa qiymatining bu hudud tuproqlarida 1,27-1,31g/sm3 pastki tomon 1,36 - 1,62 g/sm3 ga teng bo'lib, yuqorida joylashgan tuproqlarda solishtirma massa qiymati (2,63-2,71 g/sm3) ni tashkil etadi. Ushbu tuproqlarda g'ovaklik ko'rsatkichi yuqori hisoblanadi (50-53% gacha). Quyi qatlamga tomon zichlik orta borib, g'ovaklik pasayib boradi. Solishtirma massa va

g'ovaklik ko'rsatkichlari tuproqlarning mexanik tarkibiga va tuproqdagi tuz miqdoriga bog'liq holatda o'zgaradi. [7]

2-jadval. Tuproqning umumiy fizik xossalari.

Kesma № Chuqurlik , sm Solishitma massasi, g/sM3 Xajm massasi, g/sM3 Umumiy g'ovaklik

KesMa 1 0-25 2,63 1,31 50

25-50 2,70 1,59 42

50-75 2,71 1,37 50

76-100 2,69 1,41 47

KesMa 3 0-23 2,65 1,50 43

23-46 2,70 1,45 46

46-70 2,72 1,45 46

70-100 2,69 1,46 46

Sug'oriladigan tuproqlarda suvning harakatlanishi, tuproq eritmasi, namlikning saqlanishi, o'simlik ildiz tizimining havo bilan ta'minlanishi bevosita tuproq g'ovakligi bilan bog'liq. Ko'rilayotgan tuproqlarda g'ovaklik yuqori hisoblanadi (5053% gacha).

R.Qurvontoyevning olib borgan izlanishlari shuni ko'rsatdiki, MG ko'rilayotgan tuproqlarda juda keng ko'lamli bo'lib, 1,25 - 4,17% ni tashkil etadi. Tuproqning MG ko'rsatkichi asosan tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Mualliflarning ma'lumotlariga ko'ra bu ko'rsatkichlar so'nggi yillarda pasaygan. Buning sababini tuproqlarda gumus miqdorining ortishi va suvda eruvchi tuzlarning kamayganligi, deb e'tirof etish mumkin. [8]

MUHOKAMA

O'tloqi allyuvial tuproqlarning umumiy fizik xossalarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, mexanik tarkibining asosiy qismini qumoqlar tashkil etadi. Solishtirma massa, xajm massa va g'ovaklik qumoqlar xossasiga yaqin. Bundan ko'rinadiki, ushbu tuproqlarni ona jinsi qumolanuvchi minerallardan tashkil topganligidan darak beradi. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti olib borgan Xorazm

va Qoraqalpog'iston tuproqlarining monitoringi natijalari quyidagi natijani: aynan o'tloqi allyuvial tuproqlarning 0-30 smida xajm massa - 1,38- 1,49 g/sm3va 50-100 sm -1,35-1,63 g/sm3 ni, solishtirma massa esa 0-30 smda - 2,67-2,71 g/sm3 va 50-100sm - 2,63-2,75 g/sm3 ni tashkil etmoqda. Bundan ma'lu bo'ladiki, olingan ko'rsatkichlar nomlanishi bir xil bo'lgan tuproqlarning kelib chiqishi ona jinsga bevosita bog'liqligini bildiradi .

XULOSA

Xudud tuproqlarining unumdorlik elementlari quyidagilar bilan ifodalanadi:

1. Mexanik tarkibi tuproq paydo qiluvchi ona jinslar xarakteriga bog'liq holda, asosan o'rta , yengil va og'ir qumoq, ba'zan qumloqlardan iborat bo'lib, ularda chang fraksiyasi (0,05-0,01) bazida mayda qum fraksiyasi (0,1-0,05) muhim.

2. Tuproqlarning solishtirma massasi tuproq tiplaridan qat'iy nazar 2,63 -2,71g/sm3 atrofida tebranib turadi.

3. Xajm massa tuproq genetik qatlamlariga mos ravishda turli kattaliklarga ega bo'lib, 1,31 - 1,59 g/sm3 gacha o'zgarib turishi mumkin. G'ovaklik gemorfologik sharoitlarga bog'liq bo'lmagan xolda 42 dan 50 % atrofida bo'ladi.

4. Tuproqlarning umumiy fizik xossalari ayniqsa arid sharoitlarida tuproq xosil bo'lishga, uning evolyutsiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi, tuproqlarning morfologik ko'rsatkichlariga katta ta'sir ko'rsatadi.

5. Tuproqning umumiy fizik xossalarini yaxshilash uchun, zamonaviy innovatsion usullardan foydalangan holda sug'orish tartibotini to'g'ri joriy qilish, organik o'g'itlardan samarali foydalanish, sideratlar qo'llashni amalda joriy etish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. ( )

Kitoblar

2. Kimberg N. V. Pochvi pustinnoy zoni Uzbekskoy SSR. Т.: Fan, 1974. -bet 1152. (Kimberg N. V. (Soils of the desert zone of the Uzbek SSR. T.: Science, 1974. - p 11-52).

3. Qo'ziyev R. Q, Sektimenko Y. V. Pochvi Uzbekistana. Т.: "EXTREMIUM PRESS", 2019 -бет 115 - 117. (Kuziev R. K., Sektimenko E. V. Soils of Uzbekistan. T.: "ECHTREMIUM press", 2019 - p 115-117.)

4. Gafurov K, Abdullayev S. Xarakteristika pochvennogo pokrova oroshaemoy zoni Buxarskoy oblasti. T. Fan, 1982 - bet , 140 b. ( Gafurov K., Abdullaev S. Characteristics of the soil cover of the irrigated zone of the Bukhara region. T. Fan, 1982 - p 140 )

5. Abdullaev S. Agrofizicheskie svoystva i solevoy rejim oroshaemix pochv oazisov Buxarskoy oblasti: Avtoref. dis... kand. s.-x. nauk.. Т.: 1975. - bet 34. (Abdullaev S. Agrophysical properties and salt regime of irrigated soils of oases of Bukhara region: Abstract. diss... Candidate of Agricultural Sciences. T.: 1975. - p34.)

Scientific Journal Impact Factor

6. Maxkamova D., Sharipov O. Nekotorie aspekti izuchennosti usloviy -pochvoobrazovaniya i sostoyaniya pochvennogo pokrova Buxarskogo oazisa (19602016 y.y). Respublika ilmiy-amaliy seminari. Toshkent,, 2017. b. 242-247. (Mahkamova D., Sharipov O. Some aspects of the study of conditions - soil formation and the state of the soil cover of the Bukhara oasis (1960-2016). Republican Scientific and Practical Seminar Tashkent, 2017. pp. 242-247.)

7. Gafurova L.A., Sharipov O.B. Buxoro vohasi sug'oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi va agrokimyoviy jihatlari (Buxoro tumani misolida) // Upravlenie zemelnimi resursami i ix otsenka:novie podxodi i innovatsionnie resheniya. Materiali rossiysko-uzbekskoy nauchno-prakticheskoy konferensii. -Moskva-Tashkent, 2019.-С. 639-643. (Gafurova L.A., Sharipov O.B. Mechanical composition and agrochemical aspects of irrigated soils of the Bukhara oasis (on the example of the Bukhara district) // Land resources management and their assessment: new approaches and innovative solutions. Materials of the Russian-Uzbek scientific and practical conference - Moscow-Tashkent, 2019. - from 639-643.)

Veb sayt

1. R. Kurvantaev R., Nazarova S.M. Agrofizicheskaya xarakteristika oroshaemix lugovix pochv Buxarskogo oazisa. (Kurvantaev R., Nazarova S.M. Agrophysical characteristics of irrigated meadow soils of Bukhara oasis) https://elibrary.ru/download/elibrary 40844712 18891732.pdf. CRP1.1 Характеристика участка "Регион Аральского моря http://www.cac-program.org/files/crp/crp 1 1 scd ru.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.